Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 19.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda xorijiy kinokompaniyalar, kinostudiyalar va boshqa kino tashkilotlarining mamlakat hududida o‘z filmlarini yaratishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Subyekt

Chora-tadbir

Bajarish muddati


Xorijiy kinokompaniya

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori talablari asosida “O‘zbekkino” Milliy agentligidan ruxsatnoma oladi

Qarorda belgilangan muddatlarda


“O‘zbekkino” Milliy agentligi

Xorijiy kinokompaniya bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni suratga olishda hamkorlik qilish, ko‘maklashish va shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha Memorandum imzolaydi

Ruxsatnoma olingan kundan boshlab 3 kun ichida


Xorijiy kinokompaniya

“O‘zbekkino” Milliy agentligidan olingan ruxsatnoma nushasini tijorat bankiga maxsus hisob raqam ochish uchun taqdim etadi

Ixtiyoriy ravishda


Tijorat banki

Xorijiy kinokompaniyaga pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishi uchun hisob-raqami ochadi

5 kun ichida


“O‘zbekkino” Milliy agentligi

Respublikadagi xizmat ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar ro‘yhatini xorijiy kinokompaniyaga taqdim etadi

3 kun ichida


“O‘zbekkino” Milliy agentligi

Suratga olish ishlari (ruxsatnoma muddati uzaytirilmagan taqdirda) yakunlangani haqida tijorat bankiga xabar beradi

Ruxsatnoma muddatiga asosan


Tijorat banki

Tijorat banki xabarni olgandan so‘ng maxsus hisob raqamda filmni suratga olish davrida amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni Xorijiy kinokompaniyaga taqdim etadi.

3 kun ichida


Xorijiy kinokompaniya

Xorijiy kinokompaniya amalga oshirilgan harajatlar haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekkino” Milliy agentligiga taqdim etadi.

1 kun ichida


“O‘zbekkino” Milliy agentligi

Maxsus hisob raqamda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni Moliya vazirligiga harajatlar qismini qaytarish uchun taqdim etadi.

3 kun ichida


Moliya vazirligi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan yuborilgan moliyaviy hujjatlarni o‘rganib chiqadi hamda harajatlarning bir qismini qaytarish (yoki qaytarmaslik) haqida qaror qabul qiladi

10 kun ichida


Moliya vazirligi

Harajatlar qismini qaytarish haqida qaror qabul qilgan taqdirda qaytariladigan pul mablag‘larini maxsus hisob raqamga o‘tkazib beriladi

10 kun ichida


Tijorat banki

Maxsus hisob raqamdagi barcha (qoldiq va qaytarilgan mablag‘) pul mablag‘larini Xorijiy kinokompaniyaning so‘roviga asosan tegishli hisob raqamga o‘tkazib beradi.

5 kun ichid�


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi