Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq keltirilgan davlat tilini bilishga qo‘yiladigan minimal talablar asosida sinov imtihoni topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Sinov imtihoni topshirish ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng bir oy muddatda o‘tkaziladi.
15. Talabgor mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga topshirganidan so‘ng Markaz va uning hududiy bo‘linmalari bilan talabgor o‘rtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
16. Mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan davlat tilini bilishga qo‘yilgan minimal talablar asosida sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga Markaz va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikati (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikati) beriladi. Malaka sertifikati muddatsiz amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat


1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organiga murojaat qilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘l�agan shaxs (talabgor)

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonida qatnashish uchun ariza bilan A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — Markaz va uning hududiy bo‘linmalari) murojaat qilib, tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Zaruratga qarab


2-bosqich

Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalari

Talabgorga hujjatlar qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sinov imtihonini o‘tkazish vaqti ko‘rsatilgan ma’lumotnoma (elektron qilingan murojaatga ma’lumotnoma elektron tarzda) taqdim etadi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan so‘ng darhol


3-bosqich

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha hududiy imtihon komissiyalari

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonlarini o‘tkazadi.

Hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng bir oy muddatda


4-bosqich

Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalari

1. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihoni natijalarini e’lon qiladi.

2. Sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga belgilangan shakldagi davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikati beriladi.

Uch kun muddatda

Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng uch kun muddatda


5-bosqich

Talabgor

Sinov imtihoni yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 50 foizidan (50 balldan) kam ball olgan (sinov imtihonidan o‘tmagan) taqdirda qayta qatnashish uchun ariza (qayta to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi kvitansiya ilova qilingan holda) bilan murojaat qiladi.

Sinov imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi