Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

2. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklashda davlat boji va yig‘im (gerb, konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘im va davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun belgilangan narx)lardan (keyingi o‘rinlarda — to‘lovlar) ozod qilinadi.
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumotnomalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklash Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalaridan olinadigan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
5. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi ikki hafta muddatda tegishli ravishda ushbu qarorning 2-bandida belgilangan tartibning o‘rnatilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Adliya vazirligiga takliflar kiritsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi