Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 31.10.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
3. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
13. Davlat soliq qo‘mitasi 2021-yil 1-aprelgacha 4-ilovaga muvofiq real vaqt rejimida qo‘shimcha ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan idoralararo apparat majmuasini foydalanishga topshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, komissiya raisi

N.T. Yo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

M.B. Nurmuratov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

T.A. Ishmetov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

N.B. Xusanov

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

Sh.D. Kudbiyev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

M.B. Azimov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

N.Sh. Sharipov

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi

B.A. Begalov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi

O.M. Umarov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi

I.I. Norqulov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

Sh.S. Xidoyatov

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari

Sh.U. Sobirov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

D.S. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatla�ini himoya qilish bo‘yicha vakil

A.I. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

A.E. Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

D.F. Raximov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i

Sh.Y. Ismailov

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi

A.B. Samadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi

D.Sh. Sultanov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari, komissiya kotibi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Iqtisodiyotda yashirin aylanma darajasini qisqartirish va qonuniy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralari

1.

Alohida tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat muhitini buzadigan eksklyuziv huquqlar, yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalarni bekor qilish.

1. Amaldagi imtiyozlar va preferensiyalarni tahlil qilish.

2020-yil
dekabr

Moliya vazirligi
(Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Abdinazarov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(Sharipov)

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tahlil natijalari hamda alohida imtiyoz va preferensiyalarni bekor qilish to‘g‘risida hukumat qarorlari loyihalarini kiritish.

2021-yil
fevral

2.

Elektron tijorat bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini hamda ularni soliqqa tortish tizimini soddalashtirish. Mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini bank kartalaridan foydalangan holda to‘lab, maxsus elektron dasturlar (elektron maydonchalar) orqali sotish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

1. Elektron tijorat bozoridagi amaldagi vaziyatni tahlil qilish, mavjud takliflarni tadbirkorlar bilan muhokama qilish.

2020-yil dekabr
2021-yil
fevral

DSQ (Kudbiyev), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov),
Markaziy bank (Nurmuratov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
fevral

3.

Jahon banki mutaxassislari ishtirokida yashirin iqtisodiyotni statistik baholash metodikasini ishlab chiqish va joriy qilish.

1. Jahon Banki ekspertlariga so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etish.

2020-yil
noyabr

Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Norqulov),
Davlat statistika qo‘mitasi
(Begalov)
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Mirzayev)

2. Jahon banki mutaxassislari bilan birgalikda baholash metodikasini, shu jumladan Qashqadaryo viloyati misolida ishlab chiqish va joriy qilish.

2020-yil
dekabr

3. Yashirin iqtisodiyotni statistik baholash natijalarini e’lon qilish.

2021-yil
yanvar

4.

Aksizosti va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ta’sischilari jismoniy shaxslarning xarajatlari deklaratsiyalangan daromadlarga muvofiqligini o‘rganishni tashkil etish.

1. Aksizosti mahsulotlar va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishni tahlil qilish.

2020-yil
dekabr

2021-yil aprel

DSQ (Kudbiyev),
Moliya vazirligi
(Sultanov),
Maxsus komissiya a’zolari

2. Tahlil natijalariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2021-yil
iyun

3. Zaruratga ko‘ra, aktivlarning kelib chiqish manbasini aniqlashni ta’minlagan holda, jismoniy shaxslarning daromadlari to‘g‘risidagi soliq deklaratsiyasi ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.

2021-yil
avgust

5.

Davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini kengaytirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish sohasida ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini yoritish.

1. Ishlab chiqilgan dasturlar, ularga ajratilgan mablag‘lar hamda erishilgan natijalar to‘g‘risida “Ochiq budjet” portalida batafsil ma’lumotlarni joylashtirib borish.

doimiy ravishda

Moliya vazirligi (Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev),
MTRK (Xadjayev)

2. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalarini keng yoritib borish.

doimiy ravishda

3. Ommaviy axborot vositalarida yashirin iqtisodiyot mavzusida ochiq suhbatlar o‘tkazish.

doimiy ravishda

6.

Investitsiyalarning o‘zini o‘zi qoplash muddatlarini baholash, daromadlilik me’yorlari va indekslari, rentabellik va samaradorlikning boshqa ko‘rsatkichlari asosida davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan yakunlangan loyihalar va dasturlarni auditdan o‘tkazish standartlarini joriy etish.

1. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan yakunlangan loyihalar va dasturlarning samaradorligini auditdan o‘tkazish standartlarini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

Hisob palatasi (Turabov),
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan yakunlangan loyihalar va dasturlarning samaradorligini auditdan o‘tkazish standartlarini tasdiqlash.

2021-yil yanvar

7.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga budjet va korporativ buyurtmachilarning davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishlari yuzasidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.

1. O‘tkazilgan nazorat tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash tizimini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Hisob palatasi (Turabov),
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Hisobotlar shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ma’lumotlarni taqdim etish.

har chorak

8.

Davlat auditi sohasida samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xorijiy davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish.

1. Davlat auditi sohasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhini tuzish.

2021-yil yanvar

Hisob palatasi (Turabov)

2. Xorijiy davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash.

2021-yil iyun

9.

Budjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) birja savdolarida sotib olishda taqqoslanadigan narxlar asosida g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar kiritish.

1. Birjalarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi va to‘lovchi bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tovarlarga (xizmatlarga) narxlar shakllanishini tahlil qilish.

2021-yil
yanvar — may

Moliya vazirligi
(Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev)

2. Savdolarda g‘oliblarni aniqlash uchun yagona talablarni yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.

2021-yil
iyun

II. Korrupsiyaga qarshi kurashish choralari

10.

Vazirliklar, idoralar hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy qilish.1. Tashkiliy tuzilmasidakorrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy qilish zarur bo‘lgan vazirliklar, idoralar hamda davlat ulushiga ega korxona va tijorat banklar ro‘yxatini tasdiqlash.

2020-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Hisob palatasi (Turabov)

2. Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy qilish reja-grafigini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

3. Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy etishga mas’ul bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish.

2020-yil dekabr

4. Vazirliklar, idoralar, shuningdek, davlat ulushiga ega korxonalar va tijorat banklari kesimida korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy etish bo‘yicha kompleks “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

5. “Yo‘l xarita” ijrosi to‘g‘risida hisobotlarni eshitib borish.

har chorakda

11.

Tegishli davlat organlari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘lgan kadrlarni o‘qitish va muntazam malaka oshirish tizimini joriy etish.

1. Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘lgan kadrlarni o‘qitish va muntazam malakasini oshirish tizimini ishlab chiqish va kiritish.

2020-yil dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi
(Azizov)

2. Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘lgan xodimlarni baholash tizimini ishlab chiqish va kiritish.

2021-yil
mart

12.

Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibini joriy qilish.

1. Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev)

2. Markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining monitoringini ta’minlash.

doimiy ravishda

13.

Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini joriy etish, shuningdek, davriy ravishda rahbarlarning reyting va shaxsiy javobgarligini baholash natijalarini e’lon qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Metodikani ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilish.

2020-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Iqtisodiy tadqiqotlar
va islohotlar markazi (Xakimov)

2. Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil dekabr

3. Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasining reyting baholash natijalarini e’lon qilib borish.

Har chorak

III. Soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish

14.

Aksizosti mahsulotlarni raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilishini ta’minlash.

1. Ayrim turdagi tovarlarning barcha bosqichlardagi (olib kirish, ishlab chiqarish, sotish) harakatini identifikatsiya qilish va hisobga olish tizimini ishlab chiqish, shuningdek, onlayn-kassalarni keng qo‘llash.

2021-yil yanvar

DSQ (Kudbiyev)

2. Majburiy ravishda raqamli markirovkalanadigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirish.

2021-yil
iyul

15.

Soliq to‘lovchilarni soliq to‘lamaslik xavfini baholash, kameral, sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditini o‘tkazish asosida segmentlash tizimini belgilaydigan soliq nazoratini yuritish tartibini tasdiqlash.

1. Segmentlash tizimini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil noyabr

16.

Tovarlar va xizmatlar turlarini tasniflashning yagona tizimini joriy etish orqali respublika hududida sotiladigan tovarlar va xizmatlarni majburiy identifikatsiya qilish tartibini joriy etish.

1. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Tovarlar va xizmatlar turlarini tasniflashning yagona tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil noyabr

17.

Soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash, firibgarlik sxemalarini qo‘llash, shuningdek, soliq organlarining inkassa topshiriqlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil fevral

DSQ (Kudbiyev),
Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev)

18.

Jismoniy shaxs nomiga xalqaro kuryerlik va pochta jo‘natmalari orqali keladigan, bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirishning cheklangan me’yorlarini tenglashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

1. Xalqaro kuryerlik va pochta jo‘natmalarini tahlil qilish. Mavjud muammolarni aniqlash
va takliflarni tadbirkorlar bilan muhokama qilish.

2020-yil dekabr

DBQ (Azimov)

2. Tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga olib kirishning cheklangan me’yorlaridan ortgan taqdirda olinadigan yagona bojxona to‘lovi stavkasini pasaytirish masalasini ko‘rib chiqish.

2020-yil dekabr

3. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-yil dekabr

4. Ushbu normaning mazmuni va uning maqsadlarini ommaviy axborot vositalarida tushuntirish.

2020-yil dekabr

19.

Keladigan chet el tovarlarini keyinchalik elektron savdo doirasida bojxona to‘lovlarini to‘lagan holda qo‘shni mamlakatlar, shuningdek, mamlakat ichida sotish uchun ixtisoslashtirilgan omborlar faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

1. Keladigan chet el tovarlari uchun ixtisoslashtirilgan omborlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2020-yil noyabr

DBQ (Azimov),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
(Sadikov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil yanvar

3. Keladigan chet el tovarlari uchun ixtisoslashtirilgan omborlar faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlarini yaratish.

2021-yil davomida

20.

Xalq iste’mol tovarlarini import qiluvchilar va yuk tashuvchi “kargo” xizmatlari faoliyatini tashkil etishda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish.

Kontragentlar tomonidan barcha pullik hisob-kitoblarni faqat bank hisob raqamlari orqali amalga oshirilishini nazorat qilish imkoniyatini yaratgan holda import qilinadigan tovarlarning yakuniy iste’molchiga yetib borgunga qadar harakatini o‘rganish.

2021-yil

iyul

Maxsus komissiya

21.

Qurilish sohasidagi soliq to‘lovchilarni xavf darajasi bo‘yicha baholash indikatorlarini ishlab chiqish. Eng avvalo, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlarida band bo‘lgan pudratchi tashkilotlardagi ishchilar soni haqqoniyligining muntazam monitoringini olib borish.

1. Indikatorlarni shakllantirish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

DSQ (Kudbiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),

Qurilish vazirligi
(Zakirov)

2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil dekabr

3. Respublikaning yirik shaharlarida tajribadan o‘tkazish.

2020-yil dekabr

4. Tajriba natijalari to‘g‘risida hisobot berish va maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda, uni boshqa sohalarda qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritish.

2021-yil
may

22.

Zarurat bo‘lganda, berilgan huquqni suiiste’mol qilganligi va (yoki) bitimning soxtaligini tekshirish uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga oladigan, ammo to‘lamaydigan soliq to‘lovchilar ustidan soliq auditini o‘tkazish yo‘li bilan hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi haqqoniyligining monitoringi va tekshirilishini ta’minlash.

1. Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida Soliq nazorati departamentini tashkil etish.

2020-yil dekabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Monitoring o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

3. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun ehtimoliy firibgarlik sxemalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda budjetga mablag‘lar tushumini ta’minlash.

doimiy ravishda

23.

Onlayn NKM va to‘lov terminallaridan foydalanmasdan faoliyatni ko‘rsatganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borish.

1. Media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida yoritish.

doimiy ravishda

24.

Elektron shakldagi hisob-fakturalarni rasmiylashtirish, saqlash va hisobga olish tizimidan foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha soliq to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish.

1. Ushbu tartib-taomillarni soddalashtirish uchun mexanizmlar ishlab chiqish.

doimiy ravishda

DSQ (Kudbiyev)

2. Ommaviy axborot vositalarida elektron hisob-fakturalarning qulayliklari to‘g‘risida yoritish.

doimiy ravishda

25.

Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni hamda tovar-moddiy tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish.

1. Shartnomalarni va ishonchnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazishga o‘tish uchun mexanizmlar ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Ommaviy axborot vositalarida shartnomalarni va ishonchnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazishning qulayliklarini yoritish.

2021-yil yanvar

26.

Umume’tirof etilgan xalqaro normalar va amaliyotga asoslangan bojxona auditini amalga oshirish tartibini joriy etish.

1. Bojxona auditini amalga oshirish tartibi bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2020-yil noyabr

DBQ (Azimov)

2. Xalqaro ekspertlar ko‘magida bojxona auditini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

2020-yil dekabr

27.

Bojxona auditini amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilishini ta’minlash hamda bojxona organlarini yangi funksiyalarni bajarishga tayyorlash choralarini ko‘rish.

1. Bojxona auditini o‘tkazish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

DBQ (Azimov)

2. Bojxona auditini o‘tkazish tartibi bo‘yicha bojxona organlari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish.

2021-yil davomida

28.

Soliq organlarini “xizmat ko‘rsatuvchi” yuqori texnologiyali tashkilotga transformatsiya qilishni davom ettirish.

Biznes-jarayonlarni reinjiniring qilish, yangi dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni joriy etish.

2021-yil davomida

DSQ (Kudbiyev)

29.

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan dasturiy hisob yuritish komplekslarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

1. Tadbirkorlik subyektlarini o‘z dasturiy mahsulotlarini soliq organlarining ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilishga rag‘batlantirish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish.

2021-yil
mart

DSQ (Kudbiyev)

2. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2021-yil
may

30.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning insofsiz qatnashchilarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish.

1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning insofsiz qatnashchilarining reyestrini (ro‘yxatini) yuritish tartibi loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil
dekabr

DSQ (Kudbiyev),
DBQ (Azimov),
Savdo-sanoat palatasi
(Ikramov)

2. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2021-yil yanvar

31.

Transfert narx shakllanishi masalalari bo‘yicha norezidentlarning soliq nazorati va ma’muriyatchiligi sohasida soliq qonunchiligini takomillashtirish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil
may

DSQ (Kudbiyev),
Moliya vazirligi
(Ishmetov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
iyul

32.

Xorijiy yuridik shaxslarning soliq ma’muriyatchiligi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va qaytarishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil
iyul

DSQ (Kudbiyev),
Moliya vazirligi
(Ishmetov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil sentyabr

33.

Aktivlarning kelib chiqish manbasini aniqlashni ta’minlagan holda, jismoniy shaxslarning daromadlari to‘g‘risidagi soliq deklaratsiyasi ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil
mart

DSQ (Kudbiyev,)
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Ortikov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
mart

34.

Davlat soliq xizmati organlarida soliq sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha elektron ish yuritilishini joriy etish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil yanvar

DSQ (Kudbiyev)

2. Takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil yanvar

35.

Ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishning jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibini yuridik shaxslarga nisbatan ham tatbiq etish bilan bir qatorda soliq solish maqsadida bitimning bozor konyunkturasini hisobga olish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil dekabr

Moliya vazirligi
(Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev),
Savdo-sanoat palatasi
(Ikramov)

T/r

Ma’lumotlar nomi

Ma’lumotni taqdim qiluvchi idoralar

1.

QQSning qaytarilishi bo‘yicha haqiqiy xarajatlar to‘g‘risida mablag‘ oluvchilar kesimida ma’lumot

Moliya vazirligi

2.

Berilgan davlat nafaqalari to‘g‘risida oluvchilar kesimida ma’lumot

3.

Birja savdolari orq�li amalga oshirilgan bitimlar to‘g‘risida (savdo predmeti, narx va hisob-kitob shartlari) savdo ishtirokchilari kesimida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi AJ

4.

Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari tomonidan olib qo‘yilgan (olingan) mol-mulk va mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot

Surishtiruv organlari, tergovgacha tekshirish, dastlabki tergov, sud organlari

5.

Ko‘chmas mulk va yer uchastkalari to‘g‘risida toifalar bo‘yicha ma’lumot

Kadastr agentligi

6.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va “pul yuvish” bilan bog‘liq ma’lumotlar

Bosh prokuratura

7.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimidahaqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi to‘g‘risida ma’lumot

Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

8.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan tabiiy gaz hajmi to‘g‘risida ma’lumot

O‘ztransgaz” AJ,

Hududiy gaz tarmoqlari”

9.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan suv hajmi to‘g‘risida ma’lumot

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

10.

Yo‘lovchi va yuk tashish haqida ma’lumot

Transport vazirligi

11.

Yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) va ular tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risida ma’lumot

Ichki ishlar vazirligi

12.

Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga qo‘llanilgan jarimalar to‘g‘risida ma’lumot

13.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning joylashtirish vositalaridava davolash muassasalarida vaqtincha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumot

Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

14.

Ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolik holati dalolatnomalari va ularning tarkibi to‘g‘risida ma’lumot

Adliya vazirligi

15.

Davlat xaridlari to‘g‘risida ma’lumot

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 4-banddagi “81” raqami “63” raqami bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 1a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Lavozimlar nomi

Birliklar soni

Hisob palatasining Raisi

1

Raisning birinchi o‘rinbosari

1

Rais o‘rinbosari

1

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatla� xarajatlarini audit qilish shu’basi

7

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

2

Yetakchi inspektor

4

Iqtisodiyot, markazlashgan investitsiyalar va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu’basi

7

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

2

Yetakchi inspektor

4

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, prokuratura, sudlar va boshqa xarajatlarni audit qilish shu’basi

6

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

2

Yetakchi inspektor

3

Davlat xaridlari qonuniyligini nazorat qilish shu’basi

4

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

1

Yetakchi inspektor

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shu’basi

9

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

2

Yetakchi inspektor

6

Iqtisodiyotda yashirin aylanmani qisqartirish va budjetning qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash shu’basi

7

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

2

Yetakchi inspektor

4

Davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlarni auditdan o‘tkazish shu’basi

4

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

1

Yetakchi inspektor

2

Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari joriy etilishini hamda o‘zaro hisob-kitoblar holatini monitoring qilish shu’basi

5

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

1

Yetakchi inspektor

3

Tashkiliy, nazorat va axborot-tahlil shu’basi

5

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

2

Yetakchi inspektor

2

Huquqiy ta’minot, metodologiya, xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan ishlash shu’basi

3

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

1

Yetakchi inspektor

1

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish shu’basi

3

Shu’ba mudiri

1

Bosh inspektor

1

Yetakchi inspektor

1

Jami:

63

Keyingi tahrirga qarang.
a) 1 va 2-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidan “davlat soliq xizmati organlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
a) 2, 4-bandlar, shuningdek 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshidagi “kameral nazorat o‘rnatish” so‘zlari “soliq nazoratini amalga oshirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4707-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Respublika hududlari va tarmoqlari eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasi” so‘zlari “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 3-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi qarori” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi raisi tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Kadastr agentligi direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 45-bandning birinchi xatboshisidagi “2 va 3” so‘zlari “2, 3 va 4” so‘zlari bilan almashtirilsin;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi