Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 31.10.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Aholining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish

1.

Aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini yaratish.

1. “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini yaratish.

2021-yil
1-yanvar

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sodiqov)

2. “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi orqali bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan shaxsning elektron hamyoniga 3 ming so‘m;

bir oyda bir marta tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘m, hududlar bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 1 mln so‘m qo‘shimcha o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

2.

Piyodalar va velosiped yo‘laklar�ni tashkil etish bo‘yicha tegishli loyihalarni ishlab chiqish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish bo‘yicha tegishli loyihalarni ishlab chiqish va keng jamoatchilik bilan muhokama qilish.

2. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

piyodalar va velosiped yo‘laklarining umumiy uzunligi 35 kilometrni tashkil etishi hamda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lishi;

zamonaviy, energiya tejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorug‘lik qaytaruvchi, yo‘laklarning boshlanishi, oralig‘i va yakunini ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari bilan to‘liq ta’minlanishi;

piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlarini yaratish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “to‘siqsiz muhit” tashkil etish.

2021-yil
1-yanvar

Investitsiya dasturi doirasida
1,4 trln so‘m

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov)

3. Har bir tuman (shahar)da aholi uchun qulay bo‘lgan markaziy ko‘chalarni modernizatsiya qilish doirasida piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish.

2021-yil
1-may

3.

Toshkent shahrining barcha tumanlarida bosqichma-bosqich aholi uchun qulay, bo‘lgan umumiy uzunligi 50 km bo‘lgan piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish.

1. Toshkent shahrining barcha tumanlarida aholi uchun qulay, bo‘lgan umumiy uzunligi 50 km bo‘lgan piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024-yillarda qaytarish sharti bilan 20 mln AQSh dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratish.

2021-yil yanvar

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish
va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev),
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Sh. Vafayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Saliyev),
Buxoro (F. Umarov), Qashqadaryo (Z. Mirzayev),
Samarqand (E. Turdimov),
Surxondaryo (T. Bobolov), Toshkent (R. Xolmatov),

Farg‘ona (X. Bozarov), Xorazm (F. Ermanov) viloyatlari hokimliklari

2. Ushbu tajribadan kelib chiqib, 2022-yildan boshlab Nukus, Buxoro, Nurafshon, Samarqand, Termiz, Xiva, Shahrisabz va Qo‘qon shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etish.

2022-2023-yillar

4.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga targ‘ib etib borish.

1. Umumta’lim, professional va oliy ta’lim muassasalarida darslar oralig‘ida (katta tanaffus vaqtida) “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2020-yil
1-dekabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), tasarrufida professional, oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

2. O‘quvchilar, talabalarning yosh toifasiga qarab ularning jismoniy ko‘rsatkichlari (yugurish, otish, sakrash, tortilish va h.k)ni baholash mezonlarini ishlab chiqish, “Kundalik” reyting daftariga alohida sahifa kiritish hamda har chorak tahlillari va natijalari aks ettirilishini ta’minlash.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Ijrochilar mablag‘lari

5.

Yurish va yugurish, mini- futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” turlarini ommaviylashtirish
va rivojlantirish.

1. “Yurish va yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” turlarini ommalashtirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish hamda paralimpiya harakatini rivojlantirish, “Sog‘lom ayol — buyuk kelajak” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
1-iyun

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 104 mlrd so‘mdan;

jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 10 mlrd so‘mdan mablag‘lar ajratish.

2021-yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

6.

Davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirib borish.

1. Davlat organlari va tashkilotlarida:

mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga qo‘shimcha 20 foiz miqdorida ustama belgilashni yo‘lga qo‘yish;

ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) barcha vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, mahalliy davlat organlarining rahbarlari va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, suzish, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi va boshqalar) bilan shug‘ullanishini ta’minlash;

har shanba kuni soat 14:00 dan so‘ng xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida yugurish, suzish, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etish. Bunda, musobaqalarning bayramona ruhda, shou ko‘rinishida o‘tkazilishiga, g‘olib va sovrindorlarning munosib rag‘batlantirilishiga alohida e’tibor qaratish.

2. Davlat organlari va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish (trenajer zali, “Workout” maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari).

3. Vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, mahalliy davlat organlarining birinchi rahbarlari “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salo�atlikni mustahkamlash va h.k.) yaxshilashi orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarining veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlari, ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, gazeta, Internet tarmog‘i) bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishni muntazam ravishda (har kuni) yoritib borishni ta’minlash.

2021-yil
1-yanvardan boshlab, doimiy

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari
va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Davlat organlari va tashkilotlari

7.

Hududlarda xususiy tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan sport inshootlaridan samarali foydalanishni tashkil etish.

Hududlarda xususiy tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan sport inshootlari bazasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sport muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki davlat sport muassasalari faoliyat turini o‘zgartirmaslik sharti bilan ularni xususiylashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, talab yuqori bo‘lgan sport turini tanlab olib, mazkur yo‘nalishdagi muass�salarni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tashkil etish, saqlash va moliyalashtirishni bosqichma-bosqich qisqartirish, davlat sport muassasalarining bo‘sh yer maydonlarida sport maydonchalari va inshootlari, mehmonxonalar, sport kiyimlari va jihozlarini sotishga mo‘ljallangan do‘konlar, sog‘lom ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, fitobarlar, fitnes markazlari uchun binolar qurilishiga ruxsat berilishini nazarda tutish.

2021-yil
1-iyun

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha aholi orasida, xususan, yoshlar, ayollar, keksalar o‘rtasida sport musobaqalari va tanlovlarini tashkil etish

8.

Xodimlar o‘rtasida musobaqalarning tizimli o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Keyingi yil uchun yil davomida o‘tkaziladigan haftalik musobaqalarni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash.

2. Yillik xarajatlar smetasini shakllantirishda mazkur maqsadlar uchun mablag‘ ajratilishini nazarda tutish.

Har yili
1-dekabr

Ijrochilar mablag‘lari hisobidan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida ommaviy sport turlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

Davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi jamoa shartnomalarida:

ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari;

texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlarga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslarni belgilash.

2021-yil
1-yanvardan boshlab

Davlat organlari va tashkilotlari

10.

Yoshlar orasida sportni ommalashtirish, maktablarda jismoniy tarbiya soatlarini oshirib borish.

Umumta’lim maktablarida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘quv soatlari doirasida jismoniy tarbiya fanini barcha sinflarda haftada 2 soatdan o‘qitishni tashkil etish

2021-yil sentyabr

Respublika budjeti mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Barcha tuman (shahar)lardagi har bir mahalla fuqarolar yig‘inida sport yo‘nalishida tanlovlar tashkil etish.

1. Barcha tuman (shahar)lardagi har bir mahalla fuqarolar yig‘inida “Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini tashkil etish.

Har chorakda

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi (D. Nabiyev),

“Mahalla” xayriya
jamoat fondi

(kelishuv asosida)

2. Tanlovni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlarini ishlab chiqib, tasdiqlash.

Bunda, mahalla aholisining doimiy ravishda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etilishi, sog‘lom ovqatlanishi va sog‘lom hayot tarziga rioya etishi, mahallada zarur sport infratuzilmasi mavjudligi, o‘tkazilgan musobaqalar soni, mahalla aholisining kasallanish darajasi pasayib borishini;

2020-yil dekabr

tanlovda birinchi o‘rinni egal�agan mahalla 10 mln so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 5 mln so‘m va uchinchi o‘ringa 3 mln so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishini nazarda tutish.

Tanlov natijalariga ko‘ra

“Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari

3. Pul mukofoti mablag‘larini mahalla fuqarolar yig‘inlarining tijorat bankida ochilgan hisob raqamiga o‘tkazish hamda mahalla hududini obodonlashtirish, sport maydonchalarini tashkil etish va ularni jihozlash, sport tadbirlarini o‘tkazish maqsadlariga istisno tariqasida tender savdolarisiz yo‘naltirish.

Tanlov yakunlangandan so‘ng

III. Aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish

12.

Tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini kam iste’mol qilgan oilalarga preferensiyalar berishni joriy qilish.

Tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini kam iste’mol qilgan oilalarga preferensiyalar berish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
1-yanvar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

13.

Tibbiyot xodimlarining diyetologiya sohasida bilimlarini oshirish va kunlik ovqatlanish me’yorlarini ishlab chiqish.

1. Tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning sog‘lig‘ini inobatga olgan holda, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi ustidan nazorat o‘rnatish va bolalarning salomatligi asosida tibbiy-sog‘lomlashtirish guruhlariga ajratilishi va shunga qarab jismoniy chiniqtirish miqdorini belgilashni ta’minlash.

2021-yil
1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

2. Bolalarning jismoniy rivojlanishini baholash uchun raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini ishlab chiqish.

2021-yil
1-yanvar

IV. Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targ‘ib qilish

14.

Ta’lim muassasalarini, xususan maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash.

Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash dasturlari doirasida ta’lim muassasalarini, xususan maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlab borish choralarini ko‘rish.

2021 — 2025-yillar

Mazkur yo‘nalishga ajratilgan mablag‘lar doirasida

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Ta’lim muassasalarida mavjud va ularga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning sog‘lig‘i va jismoniy kamolotini doimiy nazorat qilib borish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tibbiyot xodimlari hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalaridan umumta’lim maktablariga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan bolalar va o‘quvchilar hamda muassasa xodimlarining sog‘lig‘i va jismoniy kamoloti doimiy ravishda nazoratga olinishini, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishini ta’minlash.

Doimiy

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov)

V. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish

16.

Umumta’lim maktablarining sport zallari va jismoniy tarbiya va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

1. 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan umumta’lim maktablarini to‘liq sport zallari bilan ta’minlash, har bir tuman(shahar)da to‘liq moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarini va boshqa jismoniy tarbiya va sport muassasalarining sport inshootlarini qurish va jihozlash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Kelgusi yillarda umumta’lim maktablari sport zallari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari va jismoniy tarbiya va sport muassasaarining sport inshootlarini qurish parametrlarini sezilarli oshirib borish.

2021-yil
1-aprel

Investitsiya dasturi doirasida

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev)

17.

Maktabgacha ta’lim, umumta’lim va sport ta’lim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlash.

Davlat maktabgacha ta’lim, umumta’lim va sport ta’lim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlash, bunda 2021-yilda har bir:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2 mln so‘mdan;

davlat umumta’lim muassasasiga 5 mln so‘mdan ajratish.

2021-yil

Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev)

18.

Ko‘p qavatli turar joylar, mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarni bog‘lovchi avtomobil yo‘llari, aholi yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklarni tashkil etish.

Hududlarda yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylarni qurish bo‘yicha tasdiqlangan amaldagi shaharsozlik normalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish:

aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, shuningdek, tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport maydonchalarini (shu jumladan Workout) tashkil etish;

mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarni bog‘lovchi avtomobil yo‘llari, piyoda hamda velosiped yurishi uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari”ni qurish;

avtomobil qatnovi yuqori bo‘lgan va katta yo‘l kesishmalarida aholiga qulay o‘tish joylarini barpo etish.

2021-yil
1-yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari

19.

Yoshlarda, xususan bog‘cha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport tushunchasini paydo qilish va ularni sportga qiziqtirish choralarini ko‘rish.

Quyidagi teleko‘rsatuvlar namoyish etishni ta’minlash:

Yoshlarda, xususan bog‘cha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport tushunchasini paydo qilish va ularni qiziqtirish maqsadida “Bolalikdan sportga”, “Tonggi gimnastika”, umumta’lim maktablarida “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar!”, “Quvnoq startlar” sinflararo, “Katta yoshdagilar uchun aerobika”, “Boshlang‘ich yoga mashg‘ulotlari”, “Ortiqcha vazndan voz kech!” kabi sport mashg‘ulotlarini hamda oilalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Otam, onam va men — sportchilar oilasi!” televizion sport musobaqalari;

barcha telekanallar, shu jumladan xususiy telekanallar efirida har kuni uch marta (soat 7:00, 12:00 va 17:00 da) nufuzli sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari ishtirokidagi 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari;

ayollar va keksalar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha “Sog‘lom turmush” ko‘rsatuvlari.

Doimiy

Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi
(F. Abduxalikov),

Maktabgacha ta’lim vazirlig� (A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev)

VI. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash

20.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar ulushini oshirish.

1. Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga va sohadagi muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalar tanlovlarini muntazam e’lon qilinishini nazarda tutish.

2. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar ulushini oshirish maqsadida tayanch doktorantura va doktorantura umumiy qabul kvotasi doirasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga kamida 10 ta o‘rin ajratish.

2021-yildan boshlab har yili

Grant mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (I. Abduraxmonov)

21.

Milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari tarixini o‘rganish.

Respublika hududlarida ekspeditsiya tashkil qilgan holda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari tarixini o‘rganish asosida “O‘zbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ensiklopediyasi”ni tayyorlash va chop etish to‘g‘risidagi Hukumat farmoyish loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2021-yil
1-sentabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

O‘zbekiston Polvonlar milliy markazi

Keyingi tahrirga qarang.
a) 1-bandining uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring” so‘zlari “Ichki audit va moliyaviy nazorat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 21-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
a) 9-bandning beshinchi xatboshisidagi “bir oy muddatda” so‘zlari “2020-yil 1-sentabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 16-bandning uchinchi xatboshisidagi “bir oy muddatda” so‘zlari “2020-yil 1-oktabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
1-bandi to‘qqizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziriga, zarur hollarda, jismoniy tarbiya va sport organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasiga belgilangan son doirasida” so‘zlaridan keyin “Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari bilan kelishilgan holda” so‘zlari qo‘shilsin.
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

O‘zbekiston Respublikasi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi



O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari


O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining

Nukus filiali


Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari

“Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Samarqand filiali


Oliy sport mahorati maktablari


“Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi


Olimpiya zaxiralari kollejlari


“Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi , “Jismoniy tarbiya va sport” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita


Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumi


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-metodik ta’minlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning Samarqand, Farg‘ona va Nukus filiallari


Futbol mahorati maktablari


Olimpiya shon-shuhrati muzeyi,

“Sport media markazi” davlat korxonasi


Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari


Sport yakka kurashlari, sport o‘yinlari, sportning qishki va murakkab texnik turlari, gimnastika, suv sporti, yengil atletika turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari;

Respublika o‘smirlar oliy sport mahorati maktabi;

Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabi;

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi;

Sportning eshkak eshish turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari respublika bolalar-o‘smirlar sport maktabi;

Suv sporti turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari respublika bolalar-o‘smirlar sport maktabi;

Suv sporti turlarini rivojlantirish respublika markazi;

Respublika olimpiya zaxiralari kolleji

Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan

bolalar-o‘smirlar sport maktablari


Bolalar-o‘smirlar sport maktablari

;

b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

T/r

Hududlar

Tumanlar va shaharlar

1-toifa

2-toifa

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahri

Qo‘ng‘irot tumani

Xo‘jayli tumani

Beruniy tumani

To‘rtko‘l tumani

Chimboy tumani

Ellikqal’a tumani

Amudaryo tumani

Shumanay tumani

Qonliko‘l tumani

Kegeyli tumani

Bo‘zatov tumani

Mo‘ynoq tumani

Qorao‘zak tumani

Taxtako‘pir tumani

Nukus tumani

Taxiatosh tumani

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

Qo‘rg‘ontepa tumani

Shahrixon tumani

Andijon tumani

Jalaquduq tumani

Izboskan tumani

Marhamat tumani

Xonobod shahri

Asaka tumani

Baliqchi tumani

Bo‘ston tumani

Buloqboshi tumani

Paxtaobod tumani

Oltinko‘l tumani

Xo‘jaobod tumani

Ulug‘nor tumani

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

G‘ijduvon tumani

Romitan tumani

Qorako‘l tumani

Shofirkon tumani

Kogon shahri

Jondor tumani

Peshku tumani

Olot tumani

Buxoro tumani

Vobkent tumani

Kogon tumani

Qorovulbozor tumani

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

Zomin tumani

Do‘stlik tumani

G‘allaorol tumani

Forish tumani

Baxmal tumani

Sh. Rashidov tumani

Paxtakor tumani

Mirzacho‘l tumani

Arnasoy tumani

Zarbdor tumani

Zafarobod tumani

Yangiobod tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

Shahrisabz tumani

Nishon tumani

Muborak tumani

Mirishkor tumani

Chiroqchi tumani

G‘uzor tumani

Yakkabog‘ tumani

Koson tumani

Qamashi tumani

Shahrisabz shahri

Qarshi tumani

Kitob tumani

Dehqonobod tumani

Kasbi tumani

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

Zarafshon shahri

Uchquduq tumani

Qiziltepa tumani

Xatirchi tumani

Karmana tumani

Konimex tumani

Navbahor tumani

Nurota tumani

Tomdi tumani

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri

Kosonsoy tumani

Norin tumani

Uchqo‘rg‘on tumani

Chust tumani

Pop tumani

To‘raqo‘rg‘on tumani

Chortoq tumani

Mingbuloq tumani

Namangan tumani

Uychi tumani

Yangiqo‘rg‘on tumani

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

Kattaqo‘rg‘on shahri

Urgut tumani

Narpay tumani

Jomboy tumani

Samarqand tumani

Ishtixon tumani

Payariq tumani

Pastdarg‘om tumani

Kattaqo‘rg‘on tumani

Bulung‘ur tumani

Nurobod tumani

Paxtachi tumani

Oqdaryo tumani

Qo‘shrabod tumani

Toyloq tumani

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

Sirdaryo tumani

Boyovut tumani

Sayxunobod tumani

Xovos tumani

Shirin shahri

Yangiyer shahri

Sardoba tumani

Oqoltin tumani

Guliston tumani

Mirzaobod tumani

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

Denov tumani

Sho‘rchi tumani

Sherobod tumani

Jarqo‘rg‘on tumani

Sariosiyo tumani

Muzrabod tumani

Qumqo‘rg‘on tumani

Uzun tumani

Angor tumani

Boysun tumani

Qiziriq tumani

Oltinsoy tumani

Termiz tumani

Bandixon tumani

11.

Toshkent viloyati

Nurafshon shahri

Olmaliq shahri

Angren shahri

Bekobod shahri

Chirchiq shahri

Bo‘stonliq tumani

Qibray tumani

Zangiota tumani

O‘rta Chirchiq tumani

Yangiyo‘l tumani

Ohangaron shahri

Yangiyo‘l shahri

Ohangaron tumani

Oqqo‘rg‘on tumani

Bekobod tumani

Bo‘ka tumani

Quyi Chirchiq tumani

Parkent tumani

Piskent tumani

Chinoz tumani

Yuqori Chirchiq tumani

Toshkent tumani

12.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahri

Qo‘qon shahri

Marg‘ilon shahri

Quva tumani

Bag‘dod tumani

Beshariq tumani

O‘zbekiston tumani

Toshloq tumani

Uchko‘prik tumani

Quvasoy shahri

Buvayda tumani

Dang‘ara tumani

Oltiariq tumani

Qo‘shtepa tumani

Rishton tumani

Farg‘ona tumani

Yozyovon tumani

So‘x tumani

Furqat tumani

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri

Hazorasp tumani

Xiva tumani

Xonqa tumani

Bog‘ot tumani

Shovot tumani

Xiva shahri

Urganch tumani

Qo‘shko‘pir tumani

Gurlan tumani

Yangiariq tumani

Yangibozor tumani

Tuproqqal’a tumani

14.

Toshkent shahri

Olmazor tumani

Bektemir tumani

Mirobod tumani

M. Ulug‘bek tumani

Sergeli tumani

Uchtepa tumani

Chilonzor tumani

Shayxontohur tumani

Yunusobod tumani

Yakkasaroy tumani

Yashnobod tumani

Jami

106

97

Keyingi tahrirga qarang.
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 10-bandning uchinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari” so‘zlaridan keyin “, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelim” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4194-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5-bandning “v” kichik bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6-bandning oltinchi xatboshisidagi “Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati” so‘zlari “Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning “a” kichik bandi va 9-bandning beshinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida” so‘zlari “olimpiya zaxiralari kollejlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi