Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 31.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Bojxona yig‘imi turi

Yig‘im stavkalari

1.

Quyidagilarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun*:

a) bojxona yuk deklaratsiyasi (BYD)ni taqdim etish orqali ekvivalenti quyidagi bojxona qiymatidagi tovarlarni tegishli bojxona rejimlarida (“eksport”, “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash”, “tranzit”, “yo‘q qilish”, “vaqtincha saqlash”, “davlat foydasiga voz kechish” va mazkur bandning “g” hamda “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan tovarlardan tashqari):

10 000 AQSh dollarigacha

BHMning
1 baravari**

10 000 dan 20 000 AQSh dollarigacha

BHMning
1,5 baravari

20 000,00 dan 40 000 AQSh dollarigacha

BHMning
2,5 baravari

40 000,00 dan 60 000 AQSh dollarigacha

BHMning
4 baravari

60 000,00 dan 100 000 AQSh dollarigacha

BHMning
8 baravari

100 000,00 dan 200 000 AQSh dollarigacha

BHMning
15 baravari

200 000,00 dan 500 000 AQSh dollarigacha

BHMning
30 baravari

500 000,00 dan 1 000 000 AQSh dollarigacha

BHMning
58 baravari

1 000 000,01 AQSh dollari va undan ortiq

BHMning
75 baravari

b) BYDni taqdim etish orqali ekvivalenti quyidagi bojxona qiymatidagi tovarlarni “eksport” bojxona rejimida:

20 000 AQSh dollarigacha

BHMning
50 foizi

20 000 dan 40 000 AQSh dollarigacha

BHMning
1 baravari

40 000 dan 60 000 AQSh dollarigacha

BHMning
2 baravari

60 000 dan 100 000 AQSh dollarigacha

BHMning
3 baravari

100 000 dan 200 000 AQSh dollarigacha

BHMning
5 baravari

200 000 dan 500 000 AQSh dollarigacha

BHMning
10 baravari

500 000 dan 1 000 000 AQSh dollarigacha

BHMning
25 baravari

1 000 000 AQSh dollari va undan ortiq

BHMning
50 baravari

v) BYDni taqdim etish orqali tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash”, “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” va “tranzit” bojxona rejimlarida:

BYDning asosiy varag‘i uchun;

BHMning
50 foizi,

har bir qo‘shimcha varag‘i uchun;

BHMning
25 foizi

g) BYDni taqdim etish orqali yuridik shaxslar tomonidan olib kelinayotgan naqd chet el valyutasining (bir dona deklaratsiya uchun);

BHMning
2,5 baravari

d) tovarlarni bojxona kirim orderini qo‘llash orqali (bir dona order uchun).

BHMning
25 foizi

2.

Deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxsning BYDga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha murojaatiga asosan, rasmiylashtirilgan BYDni o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun (qog‘oz shakldagi BYDda bir dona BYD uchun, elektron shakldagi BYDda bir dona BYDni tuzatish shakli uchun)

BHMning
25 foizi

3.

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan*** tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi uchun (“eksport” bojxona rejimi bundan mustasno):

a) bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 — 9.00)****, dam olish va bayram kunlari (har bir BYD uchun);

BHMning
2 baravari

b) bojxona organi xodimi tomonidan (uning ishtirokida) istalgan bojxona nazorati davomida bojxona ko‘rigini, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechiruvni, qayta yuklash operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarni bajarganligi (bir soatlik ish uchun)*****:

kunduzgi vaqtda (9.00 — 18.00 ish vaqtida);

BHMning
25 foizi,

bojxona organlari ish vaqtidan tashqari (18.00 — 9.00), dam olish va bayram kunlari.

BHMning
2 baravari

4.

Egasi bojxona organi bo‘lgan bojxona omborida tovarlarni saqlaganlik uchun (har bir sutka uchun)******:

dastlabki o‘n sutka mobaynida (to‘liq, to‘liq bo‘lmagan) 1 tonna (brutto) uchun;

BHMning
3 foizi

har bir keyingi sutkalar uchun (to‘liq, to‘liq bo‘lmagan) 1 tonna (brutto) uchun.

BHMning
4 foizi

5.

O‘zbekiston Respublikasi hududida bitta avtotransport vositasini quyidagi masofalarga bojxona hamrohligida kuzatib borganlik uchun:

200 km masofagacha;

BHMning
2 baravari

200 km dan ortiq masofagacha.

BHMning
5 baravari

6.

Dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun*******

BHMning
75 foizi

7.

Avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun

olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun transport vositasining har bir ot kuchi uchun BHMning 0,7 % miqdorida********

8.

Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kuni uchun

BHMning
1 baravari

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2020-y., 09/20/800/1656-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi