Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

1-ILOVA
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish QOIDALARI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishdagi asosiy talablar

1-§. Qoidalarni qo‘llash sohasi va tartibi

2-§. Xodimlarning vazifalari, qoidalarning bajarilishi uchun javobgarlik va nazorat

3-§ . Xodimlarga qo‘yiladigan talablar

4-§. Elektr xo‘jaligini tezkor boshqarish

5-§. Boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari

6-§. Elektr qurilmalarini ta’mirlash

7-§. Texnik hujjatlarni yuritish

8-§. Xavfsizlik texnikasi, yong‘in va ekologiya xavfsizligi

9-§. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun talablar. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari

3-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari

4-bob. Kabel tarmoqlari

5-bob. Kuch transformatorlari va reaktorlar

6-bob. Elektr dvigatellar

7-bob. O‘ta kuchlanishlardan himoya

8-bob. Kondensator qurilmalari

9-bob. Akkumulyator qurilmalari

10-bob. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQlar

11-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va TQlar

12-bob. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar

13-bob. Elektr o‘lchash vositalari

14-bob. Yerga ulash qurilmalari

1-ILOVA
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

2-ILOVA
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

3-ILOVA
Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

4-ILOVA
Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

5-ILOVA
Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

6-ILOVA
O‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

7-ILOVA
Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

8-ILOVA
Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

9-ILOVA
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

10-ILOVA
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

11-ILOVA
Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

12-ILOVA
Elektr o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

13-ILOVA
Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

2-ILOVA
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi QOIDALARI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda asosiy xavfsizlik talablari

1-§. Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish Tezkor xizmat ko‘rsatish

2-§. Ishlarning xavfsiz bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar

3-§. Avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish

4-§. Xizmat safaridagi xodimlar bajaradigan ishlar

3-bob. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlari

2-ILOVA
Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega bo‘lgan xodimlarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tish jurnali

3-ILOVA
Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilim sinovidan o‘tish jurnali

8-ILOVA
1-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar

2-§. Elektr uzatish havo liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar

10-ILOVA
Alohida ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari

1-bob. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish

2-bob. Avtomatik uzatmali va masofadan boshqarilidigan kommutatsiya apparatlaridagi (o‘chirgichlar, yuklama o‘chirgichlari, bo‘lgichlar, qisqa tutashtirgichlar, ajratkichlarda) ishlar

3-bob. Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish

4-bob. Kabelli elektr uzatish liniyalarida ta’mirlash ishlari

1-§. Yer qazish ishlari

2-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash

3-§. Muftalarni ochish va kabelni kesish

4-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish

5-§. Kabellarni o‘tkazish, kabel va muftalarni boshqa joyga ko‘chirish

6-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar

7-§. Kavsharlash lampalari bilan ishlash

5-bob. O‘lchov asboblari, releli himoya qurilmalari, ikkilamchi zanjirlar, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini montaj va ekspluatatsiya qilish

6-bob. Taqsimlash qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanish olinmasdan turib izolatsiyani tozalash

7-bob. Uskunalarda sinash va o‘lchashlarni amalga oshirish

1-§. Tashqi tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash

2-§. Elektr o‘lchov qisqichlari va o‘lchov shtangalari bilan ishlash

8-bob. Elektr asbob-uskunalari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l elektr yoritkichlari

9-bob. Mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalarini qo‘llab bajariladigan ishlar

10-bob. Elektr qurilmalarida balandlikka chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar

11-bob. Akkumulyator batareyalari va zaryadlovchi qurilmalar

12-bob. Elektr uzatish havo tarmoqlari

1-§. Tayanchlarda ishlash

2-§. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ishlash

3-§. Turli ishlar

4-§. Trassani daraxtlardan tozalash

13-bob. Elektrod qozonlari. Elektr filtrlari

Hujjat 11.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
30. Ishlab chiqarishni o‘rganish tugaganidan so‘ng o‘rganayotgan xodim 28-bandda ko‘zda tutilgan hajmda malaka komissiyasida bilimlar tekshiruvidan o‘tishi shart. Unga XTQga ko‘ra tegishli elektr xavfsizlik guruhi (II — V) berilishi kerak.
b) korxonaning ishlab chiqarish sexlari va bo‘linmalarining elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar, elektr ho‘jaligining tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari uchun korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki uning o‘rinbosari (rais), mazkur Qoidalarning ushbu bandi “a” kichik bandiga muvofiq komissiyada bilim tekshiruvidan o‘tgan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis (xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi bo‘limi vakili), energetika xizmati vakili tarkibidan iborat komissiya tomonidan;
v) qolgan muhandis-texnik xodimlar uchun mazkur Qoidalarning ushbu bandi “b” kichik bandiga muvofiq kimissiyada bilim tekshiruvidan o‘tgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga (yoki 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalari uchun IV guruhga) ega komissiya tekshiruvidan o‘tgan shaxs — rais va energetika xizmati, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi yoki kasaba uyushmasi vakilidan iborat komissiya tomonidan;
“O‘zenergoinspeksiya” va mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmati vakillari “b”, “v” va “g” kichik bandlarda ko‘rsatilgan xodimlar bilimi tekshiruvi komissiyalarida o‘z xohishlariga ko‘ra ishtirok etishlari mumkin;
“b” va “v” kichik bandlardagi komisciya tarkibini korxonaning bosh muhandisi tasdiqlaydi.
35. Qoidalar bo‘yicha bilimlar sinovi sinalayotgan xodim ishlayotgan korxona komissiyasida o‘tkazilishi shart. 34-bandning “d” kichik bandida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Biror-bir boshqa komissiyada bilimlar sinovini o‘tkazilishi man etiladi.
37. Ishga yangi qabul qilingan, qoidalar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tmagan yoki muddati o‘tgan bilimlar sinovi guvohnomasiga ega elektrotexnik xodimlar (32-bandda ko‘rsatilgan guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish hollaridan tashqari) elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega shaxslarga tenglashtiriladi.
176. Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 8-ilovada keltirilgan talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.
210. Elektr qurilmalarining erga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga topshirishda, montaj tashkiloti ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga mazkur Qoidalarda (7-§. “Texnik hujjatlarni yuritish”da) ko‘rsatilgan texnik hujjatlarni, shuningdek, elektr uskunalarini SQ va Mga ko‘ra qabul qilish-topshirish sinovlari bayonnomalarini taqdim etadi.
4. Har bir KT mazkur Qoidalarning 155-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni o‘z ichiga olgan pasportga, dispetcherlik raqamiga yoki nomiga ega bo‘lishi shart.
26. TQdagi barcha yozuvlar ushbu Qoidalarga 9-ilova “Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlovchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar” ga muvofiq bajariladi.
5. Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, ularda tezkor almashlab-ulashni o‘tkazish, ta’mirlash, montaj qilish yoki sozlash ishlari va sinovlarni tashkil etish hamda bajarish mazkur Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan elektrotexnik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
35. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlarga ish bajarayotgan odamlar hamda ular ishlatayotgan asbob va ta’mirlash jihozlarini tok o‘tkazuvchi qismlardan mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilgandan kam masofaga bexosdan yaqinlashish ehtimoli bo‘lmagan hamda bunday yaqinlashishning oldini olish uchun tashkiliy yoki texnik tadbirlarni (masalan, uzluksiz nazorat qilish) qo‘llash zarurati bo‘lmagan hollardagi ishlar kiradi.
103. Naryadning amal qilish muddati 5 sutkagacha belgilanadi, mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 7-bandida ko‘rsatilgan ishlar bundan istisno. Ishdagi tanaffuslarda, agar bu vaqt ichida sxemalar tiklanmagan va ishni bajarish sharoitlari o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, naryad amalda hisoblanadi.
a) buning uchun vakolatli shaxslarning (mazkur Qoidalarning 60-bandi) farmoyishi bo‘yicha tezkor jurnalda rasmiylashtirgan holda;
114. Mazkur Qoidalarning 115-bandda ko‘rsatilgan ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodim hisoblangan shaxs yakka o‘zi tomonidan bajarilishi mumkin.
“a” kichik bandi bo‘yicha ishlarni elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan I guruhga ega bo‘lgan shaxslar;
“a” , “b” kichik bandlar bo‘yicha ishlarni joriy ekspluatatsiya tartibida tezkor xodimlar;
“g” kichik bandi bo‘yicha ishlarni tezkor xodimlar yoki elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega maxsus ajratilgan kuzatuvchining kuzatuvi ostida elektrotexnik bo‘lmagan xodimlar tomonidan bajarilishiga ruxsat etiladi.
116. Mazkur Qoidalarning 117-bandida ko‘rsatilgan ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimning yakka o‘zi tomonidan yoki ta’mirlash xodimlari yoki ixtisoslashtirilgan xizmatlarning xodimlari hisoblangan kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi lozim. Ulardan bittasi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV dan past bo‘lmagan guruhga, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha III dan past bo‘lmagan guruhga ega bo‘lishi kerak.
a) mazkur Qoidalar 115-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan, kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar;
b) kuchlanish olinib,mazkur Qoidalarning 120-bandida ko‘rsatilgan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar.
a) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan mazkur Qoidalar 115-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlari va 120-bandida belgilangan va mahalliy sharoitlarga qarab to‘ldirilgan ishlar ro‘yxati tuzilishi va uni korxona bosh muhandisi (rahbari) tomonidan tasdiqlanishi;
124. Mazkur Qoidalarning 125-bandiga muvofiq ro‘yxatga kiritilgan ishlar turlari doimo ruxsat etilgan va yana qo‘shimcha farmoyishlar rasmiylashtirilishini talab qilmaydigan ishlar bo‘lib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.

Bilimlar sinovidan o‘tish to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli

1-bet

Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tganlik to‘g‘risida
GUVOHNOMA


___________________________________________________________________________________________

2-bet
Vazirlik, birlashma __________________________________________________________________________
Tashkilot, korxona ____________________________________________________________________________
Guvohnoma ________- son
F.I.O.______________________________________________________________________________________
Mansabi____________________________________________________________________________________
_________________________________________________(sex) bo‘limida
_________________________________________________ sifatida
kuchlanishi ________________________________________bo‘lgan
elektr qurilmalaridagi ishlarni bajarishga ijozat berildi.
Berilgan sana________________________________________________________________________________
Korxonaning elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgar shaxs_________________________________________________

(imzo)

Muhr o‘rni

3-bet
Bilimlar sinovining natijasi

Sana

Bilimlar sinovining sababi

Jurnaldagi yozuv raqami

Umumiy baho, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi

Komissiya raisining imzosi

4-bet
Maxsus ishlarni bajarish huquqiga shahodatnoma

Sana

Ishlarning nomi

Komissiya raisining imzosi

5-bet

Naryadning shakli va uni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar

(Naryadning old tomoni)

Korxona_________________________
Bo‘linma_________________________

Elektr qurilmalarida ishlash uchun
___ -son naryad-ijozat


Ish uchun javobgar rahbar ____________________________ ijozat beruvchi _____________________________
ish bajaruvchi ______________________________________ kuzatuvchi_______________________________ga
brigada a’zolari bilan________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
topshiriladi: ________________________________________________________________________________
Ishlar boshlansin: sana ___________________
vaqti __________________
Ishlar tugatilsin: sana ___________________
vaqti __________________
Ishlar bajarilsin:
kuchlanish olinganda;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda (keraklisi ostiga chizilsin).

1-jadval

Ish joyini tayyorlash bo‘yicha choralar

Tarmoqdan uzilishi va erga ulagichlar o‘rnatilishi lozim bo‘lgan elektr qurilmalarining nomi

Nima tarmoqdan uzilishi va erga ulagich qayerga o‘rnatilishi kerak

1

2

Alohida ko‘rsatmalar__________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
Naryadni berdi: sana_____________ vaqti_____________ imzo___________ familiyasi___________________
Naryad muddati gacha uzaytirildi: sana___________ vaqti _________
Imzo________ familiyasi__________________ sana_______vaqti________

2-jadval

Ishga ijozat berishga ruxsat berish

Ish joyini tayyorlashga va ishga ijozat berishga ruxsat oldim

Sana, vaqti

Kimdan olindi (familiyasi, lavozimi)

Ijozat beruvchi (imzo)

1

2

3

4

(Naryadning orqa tomoni)


Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi:____________________________________________
____________________________________________________________________________________________
Ijozat beruvchi __________________ Ish uchun javobgar rahbar _______________________________________

(imzo)

(imzo)

3-jadval

Kundalik ijozat berish va ishning tugashi

Brigadaga yo‘l-yo‘riq berildi va tayyorlangan ish joyida ishlashga ijozat berildi

Ish tugadi, brigada ish joyidan chiqarildi

Ish joylarining nomi

Sana, vaqti

Imzolar

Sana, vaqti

Brigada o‘rnatgan erga ulagichlar olingani haqida xabar berildi (kimga)

Ish bajaruvchi (imzo)

Ijozat beruvchi

Ish bajaruvchi

1

2

3

4

5

6

7

4-jadval

Brigada tarkibidagi o‘zgarishlar

Brigada tarkibiga kiritildi

Brigada tarkibidan chiqarildi

Sana, vaqti

Ruxsat berildi (imzo)

1

2

3

4

Ish butunlay tugatildi, brigada ish joyidan chiqarildi, brigada o‘rnatgan erga ulagichlar olindi _________________________________________ ga xabar berildi.

(lavozimi, familiyasi)

Sana____________ vaqti____________Ish bajaruvchi________________

(imzo)

Ish uchun javobgar rahbar ____________________________

(imzo)

Naryadni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar

1. Naryaddagi yozuvlar tushunarli bo‘lishi shart. Naryad matniga tuzatishlar kiritish man qilinadi.
2. Naryadlarni raqamlash tizimi korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan belgilanadi.
3. Jadvalning to‘ldirilmaydigan kataklariga “Z” belgisini qo‘yish, qatorlarga esa chiziq tortish kerak.
4. “Sana” satriga yozilayotganda avval kun, keyin oy va so‘ngida yilning oxirgi ikki soni ko‘rsatiladi, masalan, 02.11.13, 24.04.13.
5. Naryadda ko‘rsatilayotgan shaxslarning familiyalaridan tashqari, ularning ismi, otasining ismi hamda ijozat beruvchi, mas’ul javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi va brigada a’zolarining elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi ham yoziladi.
6. Naryadda elektr qurilmalarining, ulanmalarning, jihozlarning dispetcherlik nomlanishi ko‘rsatilishi lozim.


Naryadning old tomoni

7. “Bo‘linma” satrida korxonaning elektr qurilmasida ish olib borishi lozim bo‘lgan tarkibiy bo‘limi (sexi, xizmati, uchastkasi) ko‘rsatiladi.
8. Agar ishlarning mas’ul javobgar rahbarsiz bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, “Ish uchun javobgar rahbar” satrida “Tayinlanmaydi” deb ko‘rsatiladi.
“Ijozat beruvchi” satrida tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan ijozat beruvchining familiyasi ko‘rsatiladi.
“Brigada a’zolari bilan” satrida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchidan tashqari barcha brigada a’zolarining hammasi familiyalari ko‘rsatiladi.
Familiyalar bosh kelishikda yoziladi. Satrlar yetishmagan hollarda, naryad beruvchi shaxs tomonidan imzolangan brigada a’zolarining ro‘yxati naryadga ilova qilinishi va bu haqda oxirgi satrda “Qo‘shimcha ro‘yxatga qarang” deb yozib qo‘yilishi lozim.
9. “Topshiriladi” satrida:
ish bajariladigan joydagi elektr qurilmasining va ulanmalarning nomi, ishning mazmuni ko‘rsatiladi; HL uchun ushbu liniyaning nomi va ish bajarilishi kerak bo‘lgan uchastka chegarasi (tayanchlarning tartib raqami ko‘rsatilib, qaysi tayanchlarda yoki tayanchlar oralig‘ida ish olib borilishi, qaysi tayanchlar oralig‘idagi simlarda ishlash), shuningdek, ishning mazmuni ko‘rsatiladi. Ko‘p zanjirli HL uchun, shuningdek, zanjirning nomi, fazama-faza ta’mirlashda esa tyanchlarda fazalarning joylashishi ko‘rsatiladi.
10. “Ish tugatilsin” satrida ushbu naryad bo‘yicha ishni tugatish sanasi hamda vaqti ko‘rsatiladi (barcha ishlar qachon batamom tugashidan qat’i nazar).
11. Podstansiyalar elektr qurilmalarida va KLda ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1-ustunda-tarmoqdan uzilishi va erga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan elektr qurilmalarining nomi;
2-ustunda o‘chirilishi zarur bo‘lgan kommutatsiya apparatlari va erga ulagichlar hamda to‘siqlar o‘rnatilishi zarur bo‘lgan joylar.
12. HL da ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1-ustunda naryadning “topshiriladi” satriga yozilgan liniyalar, zanjirlar va simlarning nomi hamda ta’mirlanayotgan HL yoki zanjirdagi ishlarni bajarish bilan bog‘liq holda o‘chirilishi va erga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan boshqa HL yoki zanjirning nomi;
2- ust�nda ijozat beruvchi tomonidan o‘chiriladigan va erga ulagich o‘rnatiladigan HL uchun TQda va HLning o‘zida o‘chiriladigan kommutatsiya apparatlarining nomi va erga ulagichlar o‘rnatilishi zarur bo‘lgan joylar.
Agar erga ulagichlar tayanchlarga o‘rnatiladigan bo‘lsa, tayanchlarning tartib raqami ko‘rsatilishi lozim. Ushbu ustunda, shuningdek, mazkur Qoidalarga 9-ilovadagi 42 — 45, 48, 50, 51-bandlarga muvofiq ish joyida simlar va troslarga erga ulagich o‘rnatilishi shart bo‘lgan tayanchlarning tartib raqamlari yoki tayanchlar oralig‘i ko‘rsatilishi kerak.
Agar naryad berish paytida erga ulagich o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joyni aniqlash mumkin bo‘lmasa yoki bajariladigan ish erga ulagichni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishini talab qilsa, ushbu ustunda “ish joylarida erga ulagich o‘rnatilsin” deb ko‘rsatiladi.
2-ustunda, shuningdek, ta’mirlanayotgan HL bilan kesishgan yoki uning yaqinidan o‘ggan havo elektr uzatish tarmog‘iga o‘rnatilishi kerak bo‘lgan erga ulagichlarning joyi ham ko‘rsatilishi kerak.
Agar ushbu HL boshqa korxona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida boshqa korxona xodimlari tomonidan o‘rnatilgan erga ulagichni tekshirish zarurligi ko‘rsatilishi kerak.
13. 1-jadvalga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan tarmoqdan o‘chirishlar kiritilishi zarur. Ish joyini tayyorlash jarayonida sxemaga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘lik bo‘lgan qayta ulashlar (masalan, ulanmani bir shina tizimidan, boshqa shinalar tizimiga o‘tkazish, tarmoq uchastkasini bir manbadan ikkinchi manbaga o‘tkazish va boshqalar) jadvalga kiritilmaydi.
Ish joyini tayyorlash bo‘yicha tezkor ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan ijozat beruvchi tomonidan bajariladigan elektr qurilmalaridagi barcha operatsiyalarni hamda ish joylarini tayyorlash bo‘yicha boshqa choralarni (masalan, kuchlanish yo‘qligini tekshirish, tok o‘tkazuvchi qismlarga to‘siqlar o‘rnatish va boshqalar) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan tezkor o‘chirib-ulash ishlari bo‘yicha maxalliy yo‘riqnomalarga muvofiq 1-jadvalga kiritish mumkin.
14. Ishga ijozat berish uchun tarmoqdan o‘chirish va erga ulagichlar o‘rnatish talab qilinmaydigan naryadlarda 1-jadvalning 1-ustuniga “Tarmoqdan uzmasdan va erga ulagichlarni o‘rnatmasdan” deb yozib qo‘yiladi.
15. Agar 1-jadvaldagi satrlar soni ish joyini tayyorlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish uchun yetarli bo‘lmasa, unda naryadga naryad beruvchining imzosi bilan qo‘shimcha jadval ilova qilishga ruxsat etiladi va bu haqda asosiy jadvalning oxirgi satriga “qo‘shimcha ro‘yxatga qaralsin” deb yozib qo‘yilishi kerak.
16. “Alohida ko‘rsatmalar” satrlarida quyidagilar qayd etiladi:
javobgar rahbarning uzluksiz nazorati ostida bajariladigan ishning bosqichlari yoki alohida operatsiyalari (mazkur Qoidalarning 62-bandi);
erga ulagichni vaqtincha olishga ruxsat berish (mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 39-bandi);
yuklarni kran bilan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda, ishning xavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaxsni tayinlash (mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandi);
mazkur Qoidalarning 46-bandida ko‘rsatilgan ishlar bajarilayotgan joydagi ta’mirlanayotgan liniya ustunlari oralig‘idagi kuchlanish ostidagi HL, kuchlanish ostidagi simlar va ta’mirlanayotgan liniyaning troslari;
ta’mirlanayotgan liniyaning boshqa HL ta’sirida ilashgan kuchlanish ostida ekanligi haqida ko‘rsatma.
Naryad beruvchining xohishiga ko‘ra, ushbu satrlarga bajarilayotgan ish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘rsatmalarni ham yozishga ruxsat etiladi.
“Naryad berdi” va “Naryad muddati uzaytirildi” satrlarida naryad beruvchi uni imzolagan vaqtini va sanasini ko‘rsatishi zarur.
17. 2-jadval tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik asosida bajarayotgan ish bajaruvchi tomonidan ishlashga birinchi bor ishga ijozat berilganda to‘ldiriladi.
Ta’mirlanayotgan elektr qurilmasini vaqtincha ulash paytida 2-jadval har bir qayta ishga ijozat berishdan oldin to‘ldiriladi.
Ishga ijozat berish navbatchi tomonidan amalga oshirilganda, shuningdek, tezkor ta’mirlash xodimlar jumlasidan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik asosida bajaruvchi ish bajaruvchi tomonidan ishga ijozat berish ish joyiga yetib kelgan zahoti amalga oshiriladigan hollarda 2-jadval to‘ldirilmaydi.

Naryadning orqa tomoni

18. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ishlaganda “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi” satrlarida ijozat beruvchi ta’mirlanayotgan va ish joyi yaqinidagi qo‘shni ulanmalarning (yoki qo‘shni ulanmalarning uskunalarini) kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarini ko‘rsatadi. Agar bunday qismlar bo‘lmasa, ushbu satrlarda “Qolmadi” deb yozilishi lozim.
HLda ishlaganda ushbu satrlarda naryad beruvchi tomonidan “Alohida ko‘rsatmalar” satrida ko‘rsatilgan tok o‘tkazuvchi qismlar, zarur bo‘lganda esa boshqa tok o‘tkazuvchi qismlar ham yozib qo‘yiladi.
Ijozat beruvchi va javobgar rahbar “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi” satrlari ostiga faqat birinchi bor ishga ijozat berishda imzo qo‘yadi.
19. 3-jadvalda har kungi ishga ijozat berish va ishning tugatilishi, shu jumladan brigadaning bir ish joyidan ikkinchisiga ko‘chirilishi, shuningdek, elektr qurilmalari vaqtincha ulanganda ishga ijozat berish va ishning tugatilishi rasmiylashtiriladi.
Qayta ishga ijozat berishni amalga oshiruvchi shaxs 3-ustunga imzo qo‘yadi.
Mazkur Qoidalarning 96-bandiga muvofiq tekshirish uchun elektr qurilmalarini ulash bilan bog‘liq ishlarda 6-ustun to‘ldiriladi. 6-ustunda brigadani ish joyidan chiqarilgani, o‘rnatilgan erga ulagichlar olingani, ish vaqtincha tugatilgani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasi va lavozimi ko‘rsatiladi.
Ishlarning ish kunining tugashi munosabati bilan tamomlanishini ish bajaruvchi 3-jadvalning 5- va 7-ustunlarida rasmiylashtiradi.
20. 4-jadvalda brigada tarkibiga mexanizm haydovchisi yoki kranchini kiritish yoki undan chiqarishda, unga biriktirilgan mexanizm va o‘ziyurar kranning turi ham ko‘rsatiladi. “Ruxsat berdi” satriga brigada tarkibini o‘zgartirishga ruxsat bergan shaxs (familiyasini ko‘rsatib) imzo qo‘yadi.
Agar ruxsat telefon yoki radio orqali berilgan bo‘lsa, ish bajaruvchi ushbu ustunda brigada tarkibini o‘zgartirishga ruxsat bergan shaxsning familiyasini ko‘rsatadi.
21. Ish to‘liq tugatilgandan so‘ng ish bajaruvchi naryadni ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan satriga rasmiylashtirish vaqti va sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi. Ish joyini qabul qilib olganidan so‘ng javobgar rahbar ham tegishli satrga imzo qo‘yadi. Agar javobgar rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, ish bajaruvchi uning o‘rniga imzo qo‘yadi.
Naryadda ishning to‘liq tugallanganini ish bajaruvchi faqat o‘zidagi naryad nusxasida ish batamom tugallangani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasini va lavozimini hamda xabar berilgan sana va vaqtini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiradi.
Agar brigada erga ulagichlar o‘rnatmagan bo‘lsa, u holda “brigada o‘rnatgan erga ulagichlar olindi” degan so‘zlar ish to‘liq tugallanganligi to‘g‘risidagi xabar matnidan o‘chirib tashlanadi.
22. Naryad beruvchi shaxs mazkur Qoidalarning 106-bandiga muvofiq naryadning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qiladi va uning oxirida imzo qo‘yadi.
6. Ishlar mazkur Qoidaga 8-ilovaning 4-5-bandlariga muvofiq bajarilganda, barcha ish joylari ishga ijozat berishdan oldin tayyorlab qo‘yilishi lozim. Brigada turli ish joylariga tarqatib ishlaganda, brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lganlardan bittasi yoki bir nechtasi ish bajaruvchidan alohida turishiga ruxsat etiladi; bunda ish bajaruvchi, undan alohida joylashtirilishi kerak bo‘lgan brigada a’zolarini ish joylariga boshlab borishi va ishlar xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi shart.
Har bir podstansiya va har bir ulanmada ishga ijozat berish mazkur Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan naryadning “Kundalik ishlashga ijozat berish va uning tugashi” 3-jadvalida rasmiylashtirilishi lozim. Ishlar mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 3-bandiga muvofiq bajariladigan podstansiyalard ishga ijozat berish barcha ulanmalar uchun bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin, lekin ushbu podstansiyadagi barcha ishlar to‘liq tugallanmaguncha ularni birontasini ham ulashga tayyorlash taqiqlanadi. Podstansiyalarning har birini mazkur naryad bo‘yicha ishlar to‘liq tugallanganidan so‘ng ulashga ruxsat beriladi.
11. Ta’mirlanayotgan liniyadan kuchlanish olinganda bajariladigan ishlarga berilgan naryadda uni kesib o‘tgan qaysi liniya uzilishi mazkur Qoidalarning 46-bandiga va erga ulanishi mazkur Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq erga ulagich o‘rnatilishi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Agar ishlarni bajarish sharoitlariga ko‘ra ta’mirlanayotgan liniya yaqinidan o‘tayotgan liniyani o‘chirish talab qilinadigan bo‘lsa, naryadda ta’mirlanayotgan HLga tegishli xuddi shunday ko‘rsatma kiritilishi lozim. Bunday hollarda ta’mirlanayotgan liniyani kesib o‘tuvchi yoki uning yaqinidan o‘tayotgan liniyaga erga ulagich o‘rnatish ishga ijozat berishdan oldin amalga oshirilishi kerak hamda ishlar to‘liq tugallanishiga qadar ulardan erga ulagichlarni olish taqiqlanadi.
b) tok o‘tkazuvchi qismlarga yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarini, odamlar va ular qo‘llaydigan asbob va ta’mirlash jihozlarini mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilganidan kam masofaga yaqinlashish ehtimoli bo‘lgan to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlar.
3. Mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 2-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan tok o‘tkazuvchi qismlarni uzish mumkin bo‘lmasa, unda ular to‘sib qo‘yilishi kerak.
KTQning yacheykalarida plakatlar mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 3-bobi “Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish” talablariga muvofiq osib qo‘yiladi.
21. KTQlarining shkaflari ichida mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 20-bandidagi ko‘rsatmalarga muvofiq ishlar bajarilganda quyidagilarga ruxsat etiladi:
30. Yer qazish sharoiti mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida ko‘rsatilgandan farq qiladigan holatlarda kotlovanlar va handaqlarni qazish ishlari tik devorlarni bo‘yi baravar tirgovich yordamida mustahkamlab yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda, devorlarni mustahkamlamasdan bajariladi.
31. Devorlari mustahkamlanmasdan mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida ko‘rsatilgandan kattaroq chuqurlikdagi zovur va handaqlar qiyaliklarining eng katta qiymati mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 2- jadvali bo‘yicha qabul qilinadi.
OTQ hududi bo‘ylab va HLning muxofaza zonasida yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarni mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning yoki ma’muriy-texnik xodimlar jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega bo‘lgan shaxsning bevosita nazorati ostida, OTQ hududi bo‘ylab esa kamida IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimning nazorati ostida harakatlanishiga ruxsat beriladi.
140. Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari yurayotganda ularning ko‘tariladigan va surilma qismlaridan, stroplardan, yuk iladigan moslamalardan, yuklardan tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi, ushbu mexanizmlarda ishlashda esa qo‘tariladigan va surilma qismlarda turib ishlayotgan odamgacha bo‘lgan masofa ham 1 jadvalning 3-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi shart.
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining ishlash jarayonida strelani, teleskop minorasini yoki surilma narvonni tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida ko‘rsatilganidan kam bo‘lgan balandlikka va burchakka ko‘tarish va burish man etiladi. Yuk ko‘taruvchi mashina strelasining, yoki boshqa surilma. yoki ko‘tariladigan qismining gorizontal tekislikdagi eng ko‘p mumkin bo‘lgan burilish burchagi zarur holatlarda, qizil bayroqchalar yoki fonarlar o‘rnatilgan tayoqchalar yordamida belgilab qo‘yilishi lozim.
Ushbu bandda va mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 225-bandida ko‘rsatilgan ishlarni bajarishda yoritgichlarga faqat ish bajaruvchi yoki elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi ko‘tarilishiga ruxsat etiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi