Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 26.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
7. Monitoring tizimi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
11. Monitoring Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining yer qa’ri monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom, mazkur nizom, shuningdek, neft va gaz konlarini o‘zlashtirish shart-sharoitlariga, konlarni ishga tushirish rejalari va yer qa’rining tegishli uchastkasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Monitoring obyektlari

Respublika hududida mahalliy va xorijiy kompaniyalar tomonidan
o‘zlashtirilayotgan neft va gaz konlari


Monitoringni olib boruvchi davlat organlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi

Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi


Monitoring turlari

Seysmometrik kuzatuvlar

Geofizik kuzatuvlar

Kosmik geodeziya kuzatuvlari


Monitoringni amalga oshirish

Kuzatuvlar o‘zlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida hududiy seysmiklikni mintaqaviy hamda kamida 4 ta mahalliy seysmik stansiyalar yordamida muntazam seysmometrik o‘lchovlar asosida o‘rganish orqali amalga oshiriladi

Kuzatuvlar o‘zlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida geofizik maydonlarning o‘zgarishi dinamikasini maydon bo‘yicha joylashtirilgan doimiy va qayta kuzatuv nuqtalarida o‘tkaziladigan o‘lchovlar asosida o‘rganish orqali amalga oshiriladi

Kuzatuvlar o‘zlashtirilayotgan neft va gaz konlari hududlarida yer qobig‘ining zamonaviy vertikal harakatlari o‘zgarishining dinamikasini maydon bo‘yicha joylashtirilgan qayta kuzatuv nuqtalarida o‘tkaziladigan o‘lchovlar asosida o‘rganish orqali
amalga oshiriladi


Monitoring natijalari

1. Tektonik kuchlanishlarga texnogen omillarning ta’siri aniqlanadi.

2. Neft va gaz konlarini o‘zlashtirayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar konlardagi seysmogeodinamik holatning o‘zgarishi to‘g‘risida axborot bilan ta’minlanadi.

3. Uglevodorodlarni qazib olishning seysmogeodinamik jarayonlarga ta’siri baholanadi.

4. Favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi kuchli zilzilalarning ehtimoli va ko‘lami prognoz qilinadi.

5. Seysmologik, geofizik va kosmik geodeziya kuzatuvlarining ma’lumotlar bazasi yaratiladi.


Monitoring ma’lumotlarini kompleks tahlil qilish

Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti


Monitoring ma’lumotlarini taqdim etish

Uglevodorod xomashyosini qazib chiqarayotgan
mahalliy va xorijiy kompaniyalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
mahalliy davlat hokimiyati organlari


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi