Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 01.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 18-moddaning beshinchi qismidagi “telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni eshitib borish” degan so‘zlar “telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 87-moddaning birinchi qismidagi “telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilgan so‘zlashuvlarni eshitish” degan so‘zlar “telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 21-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi 721-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 12-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 641-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 6-moddasining uchinchi qismidagi “uning telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish” degan so‘zlar “uning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-344-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi qismidagi “organ rahbarining asoslantirilgan qarori” degan so‘zlar “organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, ularning telefonlari va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitishga mazkur shaxslarning arizasiga yoki yozma roziligiga ko‘ra” degan so‘zlar “Fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan tahdid yuzaga kelgan taqdirda, ularning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishga mazkur shaxslarning arizasiga yoki yozma roziligiga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Turar joylarni va boshqa joylarni, binolar, inshootlarni, joyning uchastkalarini, transport vositalarini tekshirish, tezkor kuzatuv, aloqaning texnik kanallaridan axborot olish, axborot olishning boshqa texnik vositalarini qo‘llash hamda pochta kuryerlik jo‘natmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish, telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitish” degan so‘zlar “Turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, texnik va transport vositalarini tekshirish, tezkor kuzatuv, pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarini nazorat qilish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 18-moddaning uchinchi qismidagi “qonun hujjatlarida belgilanadi” degan so‘zlar “tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hujjatlarida belgilanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “organ rahbarining qarori” degan so‘zlar “organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “o‘tkazilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda, faqat mazkur organlar rahbarlarining qarori asosida” degan so‘zlar “shuningdek maxsus vakolatli davlat organining kuch va vositalari bilan o‘tkazilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda, faqat mazkur organlar rahbarlarining tasdiqlagan qarori asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, pochta, kuryerlik jo‘natmalari, telegraf xabarlari hamda aloqa kanallari orqali uzatiladigan boshqa xabarlar sir saqlanishiga doir huquqlarni, shuningdek, uy-joy daxlsizligi huquqini cheklovchi” degan so‘zlar “Turar joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot olishga qaratilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi