Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 11.12.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, shuningdek, soliq to‘lovchilar uchun soliq to‘lovlarini amalga oshirishda qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
soliq qarzi — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) talablariga muvofiq hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning, shu jumladan, ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, shuningdek, Soliq kodeksida belgilangan muddatda to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar;
Soliq kodeksining 100-moddasida nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud bo‘lgan manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan tarmoqlar va faoliyat turlari ro‘yxatida mavjud bo‘lganda, soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyati ushbu shaxsning umumiy daromadlarida uning mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan faoliyatdan (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda saqlash faoliyati va boshqalar) olingan daromadlarining ulushi kamida 50 foizni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hududiy boshqarmalarining ma’lumoti asosida taqdim etiladi.
5. Soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berish Soliq kodeksiga muvofiq mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati bilan ta’minlanishi mumkin.
8. Manfaatdor shaxs tomonidan soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga (keyingi o‘rinlarda — hokimliklar) soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berish to‘g‘risida ushbu Nizomga 3.1-3.2-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etilgan qog‘oz yoki elektron shakldagi ariza hamda Soliq kodeksining 101-moddasiga muvofiq ilova qilingan zarur hujjatlar vakolatli organning qarori (keyingi o‘rinlarda — qaror) loyihasini tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Manfaatdor shaxs

Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berish uchun qog‘oz yoki elektron shaklda soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ariza beradi.

Zaruratga ko‘ra


2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni Nizom talablariga muvofiq ko‘rib chiqadi va vakolatli organ qarori loyihasini tayyorlaydi.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashlari va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga qaror loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.

Manfaatdor shaxsning arizasi tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida


3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashlari va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi

Soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berish yoxud uni berishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qiladi

Soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish yoxud uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi kiritilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun mobaynida


4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

1. Soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organi va manfaatdor shaxsga yuboriladi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida

2. Soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berish rad etilishi nazarda tutilgan taqdirda, asoslangan rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida manfaatdor shaxsni yozma ravishda xabardor qiladi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi