Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 14.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sug‘urta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 16-martdagi 222-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida onlayn tartibida faoliyat yurituvchi tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yagona axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — yagona axborot tizimi) joriy etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat


1-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

Sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursida E-polis sotib olish uchun arizani to‘ldiradi.

Zaruratga ko‘ra


2-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

1. E-polis sotib olish uchun yuborilgan arizadagi ma’lumotlarni tekshiradi hamda elektron shartnoma tuzish uchun ommaviy oferta bilan tanishish, tasdiqlash va sug‘urta mukofotini to‘lash to‘g‘risida taklifini beradi.

2. Agar ma’lumot noto‘g‘ri yoki qisman to‘ldirilgan bo‘lsa, arizadagi ma’lumotni qayta tekshirish va to‘g‘rilash haqida sug‘urta qildiruvchiga ma’lumot yuboradi.

Avtomatik tarzda


3-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

1. E-polisni tuzish uchun ommaviy oferta bilan tanishadi va tasdiqlaydi.

2. E-polisda ko‘rsatilgan sug‘urta mukofotini to‘laydi.

3. Agar sug‘urta tashkilotidan arizani qayta tekshirish va to‘g‘rilash haqida ma’lumot kelsa, ma’lumotlarni tekshiradi va to‘g‘rilab qayta yuboradi.

Avtomatik tarzda 24 soat ichida


4-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta mukofoti to‘langanligini tekshiradi va E-polis bo‘yicha yagona axborot tizimiga ma’lumot yuboradi.

Avtomatik tarzda


5-bosqich

Yagona axborot tizimi

1. Tuzilgan shartnoma bo‘yicha ma’lumotlarni saqlaydi, E-polisning noyob raqamini shakllantiradi va sug‘urta tashkilotiga yuboradi.

2. Sug‘urta qildiruvchining telefon raqamiga SMS-xabar shaklida va elektron pochta manziliga (mavjud bo‘lsa) elektron xabarnoma shaklida ma’lumot yuboradi.

Avtomatik tarzda


6-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

1. SMS yoki elektron manziliga yuborilgan xabarnomada ko‘rsatilgan havolaga o‘tadi va E-polisni elektron qurilmaga yuklaydi yoki qog‘ozga chiqarib oladi.

2. Yagona axborot tizimi yoki sug‘urta tashkiloti rasmiy veb-sayti, E-polisning noyob raqami va transport vositasining davlat raqam belgisini kiritish orqali E-polisni haqiqiyligini tekshiradi.

To‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda


7-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining YXHBB xodimlari

Yagona axborot tizimi orqali yoki planshet qurilmadagi axborot tizimlarni integratsi�si orqali E-polisni haqiqiyligini tekshiradi.

To‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda


8-bosqich

Ariza beruvchi

Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda E-polis bo‘yicha jabrlanuvchi yoki sug‘urta qildiruvchining qonunchilikda belgilangan hujjatlarning elektron yoki skanerlangan nusxalari sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi orqali yuboradi.

To‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda


9-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va qabul qilingan sanasi to‘g‘risida elektron ma’lumotnoma ariza beruvchiga, u ko‘rsatgan elektron pochta manziliga (agar mavjud bo‘lsa) yuboriladi va (yoki) sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursidagi arizachining shaxsiy kabinetida ko‘rsatiladi.

To‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda


10-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

Qonunda belgilangan muddatlarda arizani ko‘rib chiqadi va to‘lovni amalga oshirish yoki rad etish haqida ariza beruvchiga xabar beradi.

To‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi