Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 18.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish

8. Qishloq xo‘jaligi yerlarini xatlovdan o‘tkazish va konservatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi yerlarini aniqlash Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq har besh yilda umumiy ko‘rikdan o‘tkazish, agrokimyoviy va geobotanik tadqiqotlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) aybi bilan ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan yer buzilishi holatlari yuzaga kelganda, yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha barcha tadbirlar moliyalashtiriladi.

T/r

Tuproq xususiyatlari va belgilari

O‘lchov birliklari

Tuproq xususiyatlari ko‘rsatkichlari (mintaqaviy joylashuvini hisobga olgan holda)

1.

Eroziyaga uchraganligi (yuvilgan va deflatsiyaga uchragan)

Tuproqning eroziyaga uchraganlik darajasi

Xiralashgan, kuchli va o‘rtacha darajada yuvilgan, kuchli va o‘rtacha darajada deflatsiyaga uchragan

2.

Tarkibiy tuzilishi

O‘lchami 3 mm tog‘ jinsi siniq (qoldiq)lari miqdori, foiz hisobida

Tuproqlar hajmidan > 26 foiz (30 sm lik tuproq qatlamlarida)

3.

Yengil mexanik (granulometrik) tarkibi

Fizik loy (gil)lar miqdori (0,01 mm dan kichik diametrdagi zarrachalar), foiz hisobida

Har uchala (cho‘l, yarimcho‘l, tog‘oldi va tog‘osti) mintaqalarida 05 dan 2530 foizgacha

4.

Tuproqning ustki qatlamida og‘ir mexanik (granulometrik) tarkib

Fizik loy (gil)lar miqdori (0,01 mm dan kichik diametrdagi zarrachalar), foiz hisobida

45foiz dan ko‘p

5.

Gumuslilik

Gumus miqdori, tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida

a) cho‘l mintaqasida — 0,5 kam;

b) yarim cho‘l mintaqasida 0,5 — 1,0 kam;

v) tog‘ va tog‘oldi mintaqalarda 1,0 — 2,0 foiz

6.

Tuproq ishqorliligi

rN

Barcha mintaqalarda

a) 7,0 dan kam (nordon)

b) 8,0 dan yuqori (ishqoriy)

7.

Harakatchan alyuminiy miqdori

100 g tuproqda mg-ekv

3,0 dan yuqori

8.

Harakatchan fosfor miqdori

-

-

9.

Almashuvchan kaliy miqdori

-

-

10.

Gumus (chirindi) miqdori

-

-

11.

Singdirilgan natriy miqdori

Singdirilgan asoslarning umumiy miqdoridan, foiz

10 mg-ekv. dan kam (sho‘rlanmagan).

10 mg-ekv. dan ko‘p (sho‘rlangan)

12.

Sho‘rlanganligi

Zaharli tuzlar miqdori bo‘yicha hisoblanganda tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida

a) sodali — 0,1 foizdan ko‘p;

b) sulfat-xloridli — 0,2 foizdan ko‘p;

v) sulfatli — 0,4 foizdan ko‘p

13.

Fizik degradatsiyaga uchraganligi

Massa hajmi, g/sm3

a) loy va gilsimon tuproqlar uchun — 1,5 dan ko‘p;

b) qumli va qumloq tuproqlar uchun — 1,7 dan ko‘p

14.

Organogenli (torfli) tuproqning joylashish chuqurligi

Organogenli qatlamning qalinligi, sm

30 dan kam

15.

Ikkilamchi suv bosishi (botqoqlashishi)

Grunt (sizot) suvlari sathi, m

1,0 dan yuqori

16.

Kimyoviy ifloslanish

Oxirgi darajada ruxsat etilgan konsentratsiya

Harakatchan shakldagi ruxsat etilgan konsentratsiyaning oxirgi darajadan oshishi (ammoniy-atsetatli modda)

17.

Radiatsiyali ifloslanish

Ifloslanish qalinligi

Seziy — 137

Stronsiy — 90 KOI/kv.km

Cs137 — 15 dan ko‘p;

Sr90 — 3 dan ko‘p.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga yerlarni konservatsiya qilish zarurligi bo‘yicha (konservatsiya qilish sabablarini ko‘rsatgan holda) rasmiy murojaat qilish.

Yil davomida

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari

Yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) arizasiga asosan yerlarni joyiga chiqqan holda ko‘rikdan o‘tkazish va ularni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosani tayyorlash uchun komissiya tuzish.

Yerlarni joyiga chiqqan holda ko‘rikdan o‘tkazish va yerlarni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida hisobot va xulosa tayyorlash.

Taqdim qilingan materiallar va komissiya xulosalarini ko‘rib chiqish va konservatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

30 Ish kunida

3-bosqich

Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari

Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini ishlab chiqish.

Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari bilan kelishish.

30 Ish kunida

4-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari

Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini kelishish yoki rad etish bo‘yicha rasmiy xulosa tayyorlash va taqdim etish.

15 Ish kunida

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari

Yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha tayyorlangan tegishli materiallarni mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etish.

3 Ish kunida

6-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyasining yerlarni konservatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

10 Ish kunida

7-bosqich

Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari

Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish).

Loyihada belgilangan muddatda


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi