Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 10.08.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilga rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari, 2030-yilgacha mo‘ljallangan “Yoshlar strategiyasi”, Yoshlar manfaatlari bo‘yicha butunjahon harakatlar dasturi, 2020-yil dekabr oyida tashkil etilgan “O‘zbekiston yoshlari” forumida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bobning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish yo‘nalishi

1.

Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilish.

“Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2021-yil

-

Oliy Majlis palatalari,
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Adliya vazirligi

2.

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

-

Yoshlar ishlari agentligi,
Adliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini va “Yoshlar murojaati” elektron platformasini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyul

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
tegishli vazirlik va idoralar

Doimiy ravishda

4.

Yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan Butunjahon yoshlar anjumanini tashkil etish va o‘tkazish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish.

2. Anjuman konsepsiyasi hamda dasturini ishlab chiqish.

3. Konsepsiya va dastur loyihasini tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishish.

4. Konsepsiya va dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil sentyabr

-

Yoshlar ishlar agentligi,
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

5.

Davlat idoralarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik ma’lumotlar yuritilishini ta’minlash.

1. Yoshlar siyosatiga oid statistik ko‘rsatkichlarni 0 — 30 yosh, 14 — 30 yosh, 18 — 30 yosh toifasida ishlab chiqish.

2021-yil mart

-

Davlat statistika qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Davlat idoralari, tashkilotlar, banklar va boshqa xo‘jalik boshqaruvi organlarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik ma’lumotlar yuritilishini ta’minlash.

Doimiy ravishda

II. Mamlakatda xavfsizlik, adolat va ?kologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish yo‘nalishi

6.

BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasi loyihasi bo‘yicha yoshlar ishtirokida keng doirada muhokamalarni tashkil etish.

Tadbirlar rejasi

2021-yil

-

Yoshlar ishlari agentligi,
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari

7.

2020-yilda yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik ko‘rsatkichlari oshgan hududlarda 2021-2022-yillarda jinoyatchilik holatlarini keskin kamaytirishga qaratilgan alohida dasturlarni amalga oshirish.

Hudu�lar kesimida hamkorlar chora-tadbirlari

2021-yil mart

-

Ichki ishlar vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Yoshlar o‘rtasida korrupsiyaning mohiyati va oqibatlari bo‘yicha ta’sirchan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

Hamkorlar chora-tadbirlari

2021-2022-yillar

Tashkilotchilar va homiylik xayriyalari hisobidan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi

9.

O‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirish maqsadida ekologik oromgoh tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil IV chorak

Tashkilotchilar va homiylik xayriyalari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash yo‘nalishi

10.

Millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom avlod tug‘ilishi, yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzilish holatlarining ayanchli oqibatlari haqida ta’sirchan multimedia mahsulotlarini tayyorlash va targ‘ib etish.

Tadbirlar rejasi

2021-2022-yillar

Tashkilotchilar va homiylik xayriyalari hisobidan

MTRK,
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi

11.

Yoshlarning turli yuqumli, genetik va surunkali kasalliklar, bevaqt o‘lim holatlarini keltirib chiqarayotgan sabablarni o‘rganib, bartaraf etish yuzasidan “Yoshlar salomatligi — 2021 — 2025” dasturini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil iyul

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy tadqiqotlar muassasalari

IV. Yoshlarni ona Vatanga, oi�aga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘nalishi

12.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda onalik va otalik mas’uliyatini oshirish, yosh oilalar o‘rtasidagi nizolarning oldini olishga qaratilgan aniq va natijador mexanizmlar joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2021-yil mart

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

13.

Voyaga yetmagan o‘smir qizlar o‘rtasida erta tug‘ruq holatlarini oldini olish maqsadida mahalla tizimida kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va bu borada Toshkent viloyati tajribasini yaratish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2021-yil mart

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi,
vazirlik, idora va tashkilotlar,
Toshkent viloyati hokimligi

14.

Yoshlarda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, milliy g‘urur, qat’iyat, oriyat, qanoat, mehnatsevarlik, irodalilik, mas’uliyatlilik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan harbiy vatanparvarlik tadbirlarini tizimli amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2021-yil mart

-

Mudofaa vazirligi,
Milliy gvardiya,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

15.

Qarovsiz va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish, nogiron va imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘maklashishga qaratilgan “Ijtimoiy volontyorlik guruh”larini shakllantirish va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2021-yil aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Yoshlar ishlari agentligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
vazirlik va idoralar

16.

Yoshlarni ona Vatanga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida hududlar kesimida o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda alohida yillik dasturlar ishlab chiqish.

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari

2021-yil avgust

-

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari (kelishuv asosida),
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda Andijon viloyati tajribasini o‘rganish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Andijon yoshlari forumi”ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Andijon viloyati hokimligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

18.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Farg‘ona yosh hunarmandlar festivalini”ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Farg‘ona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

V. Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishi

19.

Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish.

1. Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari bo‘yicha respublika miqyosida tanlov o‘tkazish.

2021-yil may

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi

2. Tanlov natijasiga ko‘ra:

2021-yildan boshlab har yili kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 mln so‘mdan 200 mln so‘mgacha grant mablag‘lari ajratish.

2021-yildan boshlab har yili 1-sentabr

20.

Hududlarda yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish.

1. Yoshlarga quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqish.

2021-yil mart

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. Belgilangan tartibda subsidiyalar ajratib borish.

Doimiy ravishda

21.

“Yoshlar daftari” yuritilishi tizimini elektronlashtirishga qa?atilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi

2021-yil mart

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat Personallashtirish markazi,
Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi,
viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari,
sektor rahbarlari

22.

“Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish. Shuningdek, “Hunarli kishi xor bo‘lmas” g‘oyasi asosida usta hunarmandlar qo‘lida ishsiz yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida hududlarda “ustoz-shogird” an’anasini yangi tizimda joriy etish.

Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi

2021-yildan boshlab doimiy

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Savdo-sanoat palatasi,
“Hunarmand” uyushmasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

23.

“Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” tamoyili asosida ko‘ngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish tashabbusini amalga oshirish.

Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi

2021-yildan boshlab doimiy

-

Savdo-sanoat palatasi,
Yoshlar ishlari agentligi

24.

Yosh tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish.

Yosh tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kamida 20 ta ko‘rgazmali savdo yarmarkalari tashkil etish.

2021-2022-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Yosh tadbirkorlarning tadbirkorlikka oid xalqaro ko‘rgazma va anjumanlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish.

Hamkorlik tadbirlar rejasi

2021-2022-yillar

Yoshlar ishlari agentligi va homiylik xayriyalari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik,
idora va tashkilotlar

26.

Yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash.

Yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun 500 ta konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash.

2021-2022-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Turli sohalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar eksportda”, “Yoshlar investitsiyada”, “Yoshlar fermerlikda”, “Yoshlar qurilishda” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus dasturlarni amalga oshirish.

Hamkorlar qo‘shma chora-tadbirlari

2021-yil mart

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Tashqi savdo va investitsiya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

28.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish nuqtai-nazaridan yanada takomillashtirish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyul

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
manfaatdor vazirlik,
idora va tashkilotlar

29.

Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda bepul o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish va biznesni yo‘lga qo‘yishdan daromad olishgacha bo‘lgan masalalarni o‘rgatishga qaratilgan qo‘llanmalar yaratish.

Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda respublikaning turli hududlarida kamida 200 ta bepul o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish.

2021-yildan boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumi va startap tadbirlarini o‘tkazish.

1. Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumini o‘tkazish.

2021-yil?an boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
Tashqi ishlar vazirligi

2. “Yoshlar oromgohi” bazasida xalqaro startap tadbirlarini o‘tkazish.

2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba

31.

Bitiruvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida biznes akseleratorlar tashkil etish.

Barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida bosqichma-bosqich biznes akseleratorlar tashkil etish.

Reja asosida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

32.

Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish.

Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga 200 ta biznes sayohatlar tashkil etish.

2021-yildan boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari

VI. Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish yo‘nalishi

33.

2021-yil yakuniga qadar 102 ta tuman (shahar)da Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish.

Manzilli chora-tadbirlar rejasi

2021-yil iyun

Axborot texnologiyalari vazirligi mablag‘lari

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazi�lar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

34.

Musiqa maktablari, bolalar va o‘smirlar sport maktablarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish, tuman (shahar)lar kesimida ehtiyojni aniqlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini inventarizatsiyadan o‘tkazish;

2021-yil mart

O‘zbekiston Respublikasi mahalliy budjeti

Madaniyat vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning 5 yillik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2021-yil apreldan dastur asosida

35.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon” respublika tanlovini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yilda va keyingi yillarda doimiy

Tashkilotchilar va homiylik mablag‘lari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Xalq ta’lim vazirligi,
Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, MTRK

36.

Yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yilda va keyingi yillarda doimiy

Tashkilotchilar va homiylik mablag‘lari �isobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi,
MTRK

37.

Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar o‘rtasida ijodiy ko‘rik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, san’at asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Yozuvchilar uyushmasi

38.

Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish.

Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

Doimiy ravishda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi

39.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida haftaning har shanba kunida hududlarda “Velosiped bilan bir kun” ijtimoiy harakatini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori

2021-2022-yillar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Yoshlar ishlari agent�igi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

40.

“Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual o‘yinlar” haftaligi, “Yil talabasi” singari ko‘rik-tanlov va musobaqalarni tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Ijrochilarning mablag‘lari hisobidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Rektorlar Oliy Kengashi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Milliy teleradiokompaniya

41.

“Abdulla Oripov izdoshlari”, “O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov san’ati davomchilari” ko‘rik-tanlovlarining tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlari tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil

Ijrochilarning mablag‘lari hisobidan

Madaniyat vazirligi,
Yozuvchilar uyushmasi,
Badiiy akademiya, Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

42.

Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalar orqali yoshlarni vatanga sadoqat, ona yurtga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “KinoMark” milliy internet striming platformasini tashkil etish (investitsion loyiha)

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2021-yil mart

Investorlarning mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Adliya vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Yosh kinoijodkorlar kengashi

43.

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun “Talabalar bahori” (StudFest) respublika yoshlar festivalini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Madaniyat vazirligi

44.

Yoshlarning iste’dodi va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni munosib taqdirlash maqsadida “Yoshlar haftaligi”ni o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili noyabr oyida

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Madaniyat vazirligi,

45.

Yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “PROlogue” xalqaro kinofestivali va uning doirasida “Location EXPOuz” mahalliy kinolokatsiyalarining xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yildan har yili noyabr oyida

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va hamkor tashkilotlar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Madaniyat vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi

46.

Milliy xalq o‘yinlari, �aqslari va qadriyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan Xalqaro “International Drum & Dance” festivalini o‘tkazish

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil mart

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Madaniyat vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VII. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi

47.

Nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, ta’lim, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, madaniy meros obyektlari, ko‘ngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun bosqichma-bosqich shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish.

Hududlar kesimida reja-jadval ishlab chiqish va amalga oshirish

2021-yil avgust

O‘zbekiston Respublikasi mahalliy budjeti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

48.

Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov shartnoma asosida ta’lim olayotgan chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo‘qotgan talabalarga to‘lov shartnoma mablag‘larini 50 foiz miqdorda to‘lab berish maqsadida “Yoshlar ta’lim granti” loyihasini tashkil etish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2020-2021 o‘quv yil

Yoshlar ishlari agentligi va homiylik xayriyalari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

49.

Barcha mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning inson omilidan zarar ko‘rish holatlarini oldini olish maqsadida hududiy monitoring guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil mart

-

Bosh prokuratura,
Xalq ta’limi vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

yil davomida

VIII. Yosh salohiyatli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘nalishi

50.

Iqtidorli yosh kadrlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashga qaratilgan “Vatan iftixorlari” loyihasini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash qarori

2021-yil

Tashkilotchilar mablag‘lari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

51.

Hududlar kesimida yuqori natijaga erishayotgan yoshlar bazasini shakllantirish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tavsiyasi asosida xorijiy davlatlarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quvlarga yuborish.

Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

2021-yil aprel

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,
Yoshlar ishlari agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

IX. Yosh xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish yo‘nalishi

52.

Jins bo‘yicha bilvosita va bevosita kamsitilish holatlarini o‘rganish, tahlil qilish va samarali yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot va taklif

2021-yil aprel

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Bosh prokuratura,
Oliy sud,
Yoshlar ishlari agentligi

53.

Oliy ta’limdan keyingi ilmiy faoliyatda, ayniqsa aniq va texnika fanlari bo‘yicha xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlarni amalga oshirish.

Bunda, xotin-qizlarning ilmiy faoliyatiga grantlar ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil aprel

O‘zbekiston Respublikasi budjeti

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

54.

Maishiy zo‘ravonlikka uchrayotgan yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularni himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumot va taklif

2021-yil mart

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi

X. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotl�ri va volontyorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi

55.

Hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida volontyorlik markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari

56.

Faol va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida “Biz birgamiz” shiori ostida O‘zbekistonda volontyorlar forumini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil noyabr-dekabr

Yoshlar ishlari agentligi va homiylik xayriyalari mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,
Adliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

57.

Yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazish.

Yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida har yili kamida bir marotaba yoshlar davrasida ushbu yo‘nalishda xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilgan holda tadbirlar o‘tkazish.

2021-yildan boshlab har yili yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

58.

Iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo‘lgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalar farzandlarini) bepul yo‘llanmalar asosida oromgohlarga yuborish.

Fanlarni “a’lo” va “yaxshi” baholarga o‘zlashtirayotgan iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo‘lgan 500 nafar yoshlar (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning farzandlari)ni bepul yo‘llanmalar asosida oromgohlarga yuborish.

2021-yildan boshlab har yili reja asosida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

XI. Yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishi

59.

Xorijdagi yoshlarimiz bilan samarali ishlashni yo‘lga qo‘yish va ular bilan erkin muloqot maydonini yaratish va vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Vatandosh” maqsadli tizimini yaratish.

Hamkorlik tadbirlar rejasi

2021-yil may

-

Yoshlar ishlari agentligi

60.

Axborot-kommunikatsiyalar va texnologiyalari sohasi bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston yoshlari va talabalar festivalini o‘tkazish.

Hamkorlik tadbirlar rejasi

2021-yil II yarim yillik

Ijrochilar hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Yoshlar ittifoqi

61.

Islom hamkorlik tashkilotining Yoshlar forumi bilan hamkorlik o‘rnatish.

Hamkorlik tadbirlar rejasi

2021-yil II yarim yillik

-

Tashqi ishlar vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,

62.

Turkiy Tilli Davlatlar Hamkorlik Kengashi doirasida Yosh tadbirkorlar forumini tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini 2021-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish.

Hamkorlik tadbirlar rejasi

2021-yil II yarim yillik

Yoshlar ishlar agentligi hamda homiylar hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Yoshlar ittifoqi,
Tashqi ishlar vazirligi,
manfaatdor vazirlik,
idora va tashkilotlar

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi