Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 26.01.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoniga muvofiq xalq ta’limi xodimlari o‘z ixtiyoriga ko‘ra Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida malakasini oshirishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish

1.

Xalq ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi xodimlari) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga ta’limning kredit-modul tizimini joriy qilishni nazarda tutuvchi “Xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil 1-aprel

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Adliya vazirligi (Davletov)

2.

“Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i

2021-yil 1-aprel

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Adliya vazirligi (Davletov)

3.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilarining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar hajmini hisoblashning “vaqt me’yorlari”ni tasdiqlash.

Qo‘shma qaror

2021-yil 1-may

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Husanov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

4.

Oliy ta’lim tashkilotlarining pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish.

Qo‘shma qaror

2021-yil 1-may

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Adliya vazirligi (Davletov)

5.

Uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida xalq ta’limi xodimlari tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning (akademik soatlarning) eng kam hajmini (miqdorlarini) tasdiqlash.

Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirishning muqobil shakllari ro‘yxatini tasdiqlash va har bir shaklga to‘g‘ri keladigan kreditlar (akademik soatlar) hajmini (miqdorlarini) belgilash.

Qo‘shma qaror

2021-yil 1-mart

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

II. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish

6.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv reja hamda dasturlarini, shuningdek, bitiruvchilar egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni aks ettiruvchi malaka talablarini ishlab chiqish, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyul

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

7.

Tayanch maktablarda fanlar kesimida uzluksiz malaka oshirish amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish.

Xalq ta’limi vazirligi buyrug‘i, o‘quv reja va dastur

O‘quv yili davomida

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

8.

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Axborot tizimi (elektron platforma)

2021-yil 1-aprel

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)

9.

Xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etish, jumladan:

xalq ta’limi xodimlarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, doimiy ravishda maqsadli, muammoli va mualliflik kurslarini tashkil etish;

xalq ta’limi xodimlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi media kurslar yaratish va joriy etish;

an’anaviy, masofaviy va boshqa shakllarni o‘z ichiga olgan malaka oshirishning uyg‘unlashgan kurslarini tashkil etish.

Qo‘shma qaror, kurslarni tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”

2021-yil 1-martdan boshlab doimiy ravishda

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

10.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi uchun zamonaviy, shu jumladan elektron formatdagi o‘quv adabiyotlarini yaratish.

O‘quv adabiyotlarini yaratish rejasi

2021-2022-yillar

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

11.

Xalq ta’limi xodimlari uchun jahon ilmiy-texnik ma’lumotlarning elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Jahon ilmiy-texnik ma’lumotlarning elektron axborot resurslariga kirish imkoniyatini yaratish

2021-yil 1-sentabr

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

III. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlarini ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish

12.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy markazlar) yuqori malakali professor-o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) qoshida tashkil etilgan maqsadli doktorantura va stajirovkaga qabul kvotalarini ajratish.

Belgilangan taqsimot asosida maqsadli doktorantura va stajirovkaga qabul qilish jarayonini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvardan boshlab doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy attestatsiya komissiyasi (Yusupov)

13.

Hududiy markazlarning professor-o‘qituvchilarini umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirishga hamda xalq ta’limi xodimlari uzluksiz ta’limining dolzarb muammolariga doir ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-martdan boshlab doimiy ravishda

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

14.

Institut va hududiy markazlar professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini baholash va rag‘batlantirishning reyting tizimini joriy etish.

Professor-o‘qituvchilarning turli innovatsion, amaliy va fundamental tadqiqotlar loyihalari tanlovlarida faol ishtirok etishini ta’minlash.

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i

2021-yil 1-dekabrdan boshlab doimiy ravishda

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

15.

Quyidagilar orqali xalq ta’limi sohasidagi mahalliy va yetakchi xorijiy tashkilotlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish:

xalq ta’limi xodimlarining qonunchilikda belgilangan tartibda yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish;

ta’lim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, mutaxassislarni taklif etish;

xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish, qo‘shma xalqaro ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.

Ijrochilarning kompleks chora-tadbirlari, xalq ta’limi vazirining buyrug‘i

Doimiy ravishda

Xalq ta’limi vazirligi va tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

16.

Institutda to‘lov-kontrakt asosida “Ta’lim menejmenti” va “Kattalar ta’limi” bir yillik magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021/2022 o‘quv yili

To‘lov-kontrakt mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

IV. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish

17.

Hududiy markazlarni zarur mebellar, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, videokonferensiya qurilmalari, kompyuter texnikasi va boshqa inventarlar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-mart

Xalq ta’limi vazirligi va tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Hududiy markazlarda tabiiy fanlarning zamonaviy STEAM laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-martdan boshlab bosqichma-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi va tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Hududiy markazlar xodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish.

Institut va hududiy markazlarning rahbar lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali”dan foydalangan holda ochiq tanlov o‘tkazish.

Institut va hududiy markazlarni yuqori malakali, ta’lim berishning zamonaviy shakl va uslublarini, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini puxta egallagan, ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, halol, tartib-intizomli pedagog kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-martdan boshlab bosqichma-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov)

V. Xalq ta’limi xodimlarining salohiyatini oshirish, xalq ta’limida inson resurslarini rivojlantirish

20.

Xalq ta’limi xodimlarining “Lifelong learning” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2021-yil 1-martdan boshlab bosqichma-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

21.

Xalq ta’limi tizimi rahbarlarining yuksak kasbiy axloq-odobini, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish.

Institut, hududiy markazlar, davlat umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining psixologik portretini tuzish hamda davriy ravishda yangilab borish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)

22.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Boshqaruvning zamonaviy usullari” maxsus kurslarida hududiy markazlar rahbarlarining malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich

Institut va hududiy markazlarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat boshqaruvi akademiyasi (Bekmurodov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

23.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-oktabrdan boshlab

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

24.

Xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan fan metodistlarining umumiy shtatlar sonini o‘zgartirmagan holda tuman (shahar)lar kesimidagi shtatlari sonini maktablarning tegishli fan o‘qituvchilari kontingentidan kelib chiqqan holda belgilash.

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i

2021-yil 1-sentabr

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

25.

Pedagogika yo‘nalishidagi talabalar amaliyoti soatlarini oshirish, amaliyotni asosan chekka hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘tishini ta’minlash.

Qo‘shma qaror

2021-yil 1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

Yillar kesimida

Mas’ul ijrochilar

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

I. Ta’lim samaradorligi va kadrlar salohiyatini oshirish

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarining (keyingi o‘rinlarda — hududiy markazlar) ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar salmog‘i.

Foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan)

20

25

30

35

40

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

2.

Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka o‘tagan hududiy markazlarning professor-o‘qituvchilari salmog‘i.

Foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan)

2

4

8

15

20

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

3.

Hududiy markazlardagi o‘quv jarayonida taqdimotlar, multimedia va onlayn texnologiyalardan foydalanadigan professor-o‘qituvchilari salmog‘i.

Foizda (jami o‘qituvchilar soniga nisbatan)

40

60

70

90

100

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

4.

Hududiy markazlarga jalb qilingan xorijiy professor-o‘qituvchilar salmog‘i.

Foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan)

1

2

2

3

4

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

5.

Kredit-modul tizimi joriy etiladigan hududiy markazlar soni.

Soni

6

10

14

14

14

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev)

II. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish

6.

Hududiy markazlarning nufuzli xalqaro bazalarda (SCOPUS, Web of science va boshqa Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan bazalar) ro‘yxatdan o‘tgan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar salmog‘i.

Bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan maqolalarning o‘rtacha soni

0,1

0,2

0,3

0,4

0,5

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov)

7.

Hududiy markazlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi hamda umumiy o‘rta ta’lim sohasiga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilari salmog‘i.

Foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan)

10

15

25

35

50

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov)

8.

Hududiy markazlarda xalqaro yoki milliy ilmiy-tadqiqot grantlari loyihalarida ishtirok etadigan professor-o‘qituvchilar salmog‘i.

Foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan)

10

12

14

16

18

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

III. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion loyihalarni joriy etish

9.

Milliy va xalqaro (Coursera, Udemy, Udacity, Edx va boshqa) darajadagi mustaqil masofaviy malaka oshirish kurslarida ta’lim olgan xalq ta’limi xodimlari salmog‘i.

Foizda (jami xalq ta’limi xodimlari soniga nisbatan)

10

12

14

16

18

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

IV. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga nodavlat tashkilotlarini jalb qilish orqali sog‘lom raqobat muhitini yaratish

10.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi xususiy sektorning ulushi.

Foizda (jami maktab o‘qituvchilari soniga nisbatan)

10

15

20

25

30

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (G‘. Xoljigitov)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Ustuvor masalalar

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Ilmiy izlanishlar samaradorligi va natijadorligini oshirish

1.

Xalq ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) 2021 — 2030-yillarda rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va qo‘shma qaror bilan tasdiqlash. Bunda:

xalqaro tendensiyalar va ilmiy izlanishlar bilan muvofiqlikni ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish;

umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Institut ilmiy faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash va tasdiqlash. Bunda:

xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, maqsadlari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirishda Institutning roli va o‘rnini aniqlash;

xalq ta’limi tizimi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazishning Institut uchun ustuvor jihatlarini belgilab olish;

Institutning kadrlar yetishtirib berishdagi rolini oshirish.

2021-yil 1-iyun

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Institutning ilmiy-tadqiqot yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish. Bunda:

umumiy o‘rta ta’limni tashkil qilishning ilmiy-uslubiy va amaliy-texnologik asoslarini yaratish, milliy ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish va tajriba-sinovdan o‘tkazishda ishtirok etish;

umumiy o‘rta ta’limning o‘quv reja va dasturlarini o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishi samaradorligini tahlil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

kelajak maktabi, uning rahbari va o‘qituvchisining modelini yaratish asosida xalq ta’limi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish;

umumta’lim maktablari rahbarlarining psixologik portretini shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yish;

tadqiqot natijalariga ko‘ra aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan guruh va individual amaliy dars mashg‘ulotlari va treninglarni tashkil etish.

2021-yil 1-dekabr

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

4.

Xorijiy ilmiy markazlarda faoliyat olib borayotgan olimlarni Institutdagi ilmiy izlanishlarga jalb qilish. Bunda:

xorijdagi turdosh ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan olimlar haqidagi ma’lumotlar bazasini yaratish;

xorijiy olimlar bilan muzokaralar olib borish;

xorijiy olimlar ishtirokida ilmiy izlanishlar loyihalarini tayyorlash;

loyihalarni ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari hamda xalq ta’limi muammolari bilan shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlash va muvofiqlashtirish.

Xalq ta’limi vazirligi va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2021-yil 1-iyundan boshlab doimiy

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)

II. Institut faoliyatini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va yosh mutaxassislarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish

5.

Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini xatlovdan o‘tkazish, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda, Institutning ilmiy-tadqiqot ishlarini xatlovdan o‘tkazish, dolzarbligidan kelib chiqib, istiqbolli ilmiy ishlanmalarni tahlil qilgan holda ularning ro‘yxatini va amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2021-yil 15-dekabr

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

6.

Institut ilmiy ishlanmalarining doimiy yangilanib turadigan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

Bunda, Institut ilmiy ishlanmalarning elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va uni muntazam yangilab turish.

2021-yil 1-dekabr

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

7.

Xalq ta’limi sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish. Bunda:

xalq ta’limi muassasalari uchun magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;

xalq ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, ularni sinovdan o‘tkazish va pilot kurslarini tashkil qilish;

xalq ta’limi muassasalari rahbar kadrlarini tayyorlash va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi o‘quvlar tashkil qilish asosida milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlash;

xalq ta’limi tizimiga kiruvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qilish;

xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini ta’minlovchi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish;

ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha shartnoma asosida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish.

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil 1-yanvardan boshlab doimiy

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)

8.

Yosh olimlarni Institutga jalb etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda:

Xalq ta’limi vazirligiga oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi yosh mutaxassislarni taqsimlash to‘g‘risida taklif kiritish;

davlat granti loyihalari shtat jadvalida yosh olimlar ulushi 30 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash;

magistrlar uchun ajratilgan kvotalardan maqsadli foydalanish.

2021-yil 1-apreldan boshlab doimiy

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

9.

Institut ilmiy faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha doktoranturaga kvotalar ajratish.

Bunda:

doktoranturada yangi ixtisosliklarni ochish va mavjudlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

dissertatsiya ishini amalga oshirish yuzasidan ilmiy xodimlarni uzoq muddatli ilmiy safarga jo‘natishni tashkillashtirish.

Davlat budjeti

2021-yil 1-oktabr

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

10.

Magistrlarni Institut ilmiy-tadqiqot loyihalariga jalb qilish.

Bunda:

turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan magistrlik dissertatsiyalarini Institutda bajarish tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

rejani Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish va amalga oshirish.

Tasdiqlash — 2021-yil 1-may

Bajarish — rejaga muvofiq

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)

III. Xalqaro aloqalarni mustahkamlash va Institutning raqobatbardoshligini ta’minlash

11.

Xorijiy ilmiy muassasalar va markazlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishni kengaytirish. Bunda:

Institut asosiy ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikda olib boriladigan izlanishlarni kelishib olish va shu yo‘nalishlar bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqish;

qiziqish bildirgan turdosh yetakchi xorijiy ilmiy markazlar, jamg‘armalar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;

ilmiy darajaga ega izlanuvchilarning xorijdagi anjumanlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarda qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratish.

Xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablag‘lari

2021-yil 1-martdan boshlab doimiy

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov)

12.

Umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari va pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida xorijiy tashkilotlar (Koreya, Finlyandiya, Rossiya va boshqalar) bilan hamkorlik qilish.

Bunda, hamkorlikda olib boriladigan ilmiy izlanishlar hamda mazkur institut bazasida kadrlar tayyorlash ish rejalarini ishlab chiqish, doktorantlarni dissertatsiya ishini bajarish yuzasidan ilmiy safarlarga yuborish.

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

2021-yil 1-sentabr

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)

13.

Institutda olib boriladigan ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha noshirlik ishlarini yo‘lga qo‘yish. Bunda:

Institutda xalq ta’limi muammolarining ilmiy yechimlari nashr qilinadigan “Xalq ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” nomli ilmiy jurnal faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

Institutda o‘quv va metodik qo‘llanmalarni ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra xalq ta’limi muassasalarida foydalanishga tavsiya etish (grif berish) vakolatiga ega bo‘lgan ilmiy-metodik kengashlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari va homiylar mablag‘lari

2021-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

14.

Institutda olib boriladigan ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar tashkil etish va o‘tkazish. Bunda:

respublikada o‘tkaziladigan ilmiy-texnikaviy tadbirlar rejasiga kiritish uchun pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xalqaro tadbirlar taqvimiy rejalarini tuzish va Fanlar akademiyasi bilan muvofiqlashtirish;

rejada belgilangan muddatlarda xalq ta’limi muammolarini yechishga bag‘ishlangan anjumanlarni o‘tkazib borish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari va homiylar mablag‘lari

2021-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

IV. Institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

15.

Ilmiy moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha yillik dasturni amalga oshirish. Bunda:

Institutga zarur bo‘lgan kompyuter va ko‘p nusxada chop etish qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

Texnik vositalar (qurilmalar) ro‘yxatini Xalq ta’limi vazirligi bilan muvofiqlashtirish.

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi

2021-yil 1-iyun

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Ko‘rsatkich (indikator) nomi

2021-y.

2022-y.

2023-y.

I. Ilmiy tadqiqot faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish

1.

Ilmiy xodimlarning shtat birligi

35

40

45

2.

O‘rtacha yoshi

45

42

40

II. Oliy toifadagi kadrlarni tayyorlash

3.

Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi (DSc)

-

1

2

4.

Falsafa doktori dissertatsiyalari himoyasi (PhD)

2

3

4

5.

Professor ilmiy unvonini olgan ilmiy xodimlar soni

-

-

1

6.

Katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan ilmiy xodimlar soni

-

1

2

7.

Fan doktori (DSc) darajasini olish bo‘yicha doktorantlar soni

-

1

2

8.

Falsafa doktori (PhD) darajasini olish bo‘yicha doktorantlar soni

1

4

6

9.

Stajyor-izlanuvchilar soni

2

3

4

10.

Mustaqil izlanuvchilar soni

3

5

7

11.

Yosh olimlar soni (40 yoshgacha)

7

10

12

III. Nashr etish faolligi

12.

Nashr etilgan ilmiy maqolalar soni

16

34

52

13.

“Scopus” va “Web of Science” xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiruvchi maqolalar soni

2

6

10

14.

Xorijda chop etiladigan maqolalar soni

4

8

12

15.

Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiruvchi respublika jurnallaridagi ilmiy maqolalar soni

10

20

30

16.

Monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalari soni

2

3

5

17.

Patentlar va intellektual mulkka egalik guvohnomalari soni

1

3

5

IV. Ilmiy natijalarni keng muhokama etishni tashkil qilish va zamonaviy fan yutuqlarini ommalashtirish

18.

Respublika ilmiy konferensiyalarini tashkil etish

2

2

2

19.

Xalqaro ilmiy konferensiyalarni tashkil etish

-

1

2

20.

Doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi ilmiy seminarlarni tashkil etish

9

10

10

21.

Doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi o‘quv seminarlarini tashkil etish

2

2

3

V. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish

22.

Institutdagi ilmiy ishlarning bajarilishida ishtirok etayotgan hududiy malaka oshirish markazlarining professor-o‘qituvchilari soni

3

7

10

23.

Magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish

2

10

15

24.

Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish

4

6

8

25.

Ilmiy ishlanmalarni joriy qilish

-

2

5

VI. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

26.

Xorijiy ilmiy grantlar soni

-

1

2

27.

Texnik yordam loyihalari soni

-

1

2

28.

Hamkorlikdagi dasturlar doirasidagi ilmiy-izlanishlar

-

1

2

29.

Xorijiy olimlarning institutga tashrifi

2

5

10

30.

Institut xodimlarining xorijiy olimlar bilan birgalikdagi maqolalari soni

1

5

10

VII. Institutning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish

31.

Zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlanganlik darajasi (%)

25

50

100

32.

Kichik bosmaxonani tegishli qurilmalar bilan jihozlash darajasi (%)

30

60

100

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Xorijiy hamkor

Mamlakat

Ilmiy hamkorlikning yo‘nalishi

Jami (xodimlar soni)

Malaka oshirish yili

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Koreya ta’limni rivojlantirish instituti (KEDI)

Koreya

Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim muammolarini tadqiq qilish

6

2

1

1

1

1

2.

Rossiya ta’lim akademiyasi (RAO)

Rossiya, Moskva

Maktab direktorlari va o‘qituvchilarning kasbiy standartlarini takomillashtirish

4

2

1

1

3.

Belarus respublikasi ta’lim vazirligining “Diplomdan keyingi ta’lim akademiyasi”

Belarus

Umumiy o‘rta ta’lim rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz ta’limini rivojlantirish

2

1

1

4.

Koreya o‘quv dasturlari va baholash instituti (KICE).

Koreya

Pedagogik kompetensiyalarni takomillashtirish, maktablardagi o‘quv jarayoni monitoringi

4

2

1

1

5.

Aminuddin Baki nomidagi Ta’limning rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Malayziya

Ta’lim menejmentining dolzarb muammolarini tadqiq qilish

2

1

1

6.

Pittsburg davlat universiteti

AQSh, Kanzas shtati

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim muammolari

4

2

2

7.

Germaniya o‘qituvchilar uyushmasi

Germaniya

Ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish muammolari

2

1

1

8.

Belarus Fanlar akademiyasining informatika muammolari birlashgan instituti

Belarus

Umumiy o‘rta ta’limni axborotlashtirish jarayonlarini ilmiy jihatdan ta’minlash

2

1

1

9.

Finlyandiya akademiyasi (Suomen Akatemia)

Finlyandiya

Maktab ta’limi sifatini takomillashtirish

2

1

1

10.

Rossiya ta’lim akademiyasining ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti

Rossiya, Sankt-Peterburg

Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish strategiyasi yo‘nalishida fundamental va amaliy tadqiqotlar

4

2

1

1

Jami:

32

8

9

4

8

3

16-banddagi “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovadagi “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9-banddagi “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2019 — 2021-yillarda xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 24-pozitsiyasidagi “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasidan” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob fondining” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
a) 8-banddagi “Shayxontohur ko‘chasi, 3-uy” so‘zlari “Navoiy ko‘chasi, 2 a-uy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “axborot-resurs markazlari” so‘zlari “bolalar kutubxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi