Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 09.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
4. Nazorat xaridi tadbirlari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq o‘tkaziladi.
7. Nazorat xaridi tadbirini o‘tkazish rejasi mazkur Nizomning 4-bandida keltirilgan asoslarga muvofiq to‘ldirib borilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Nazorat xaridi natijalari bo‘yicha savdo obyekti hududidan tashqarida tovar namunalarini tanlab olish dalolatnomasi hamda mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq nazorat xaridini o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
18. Mazkur Nizomning 17-bandida keltirilgan mezonlarga muvofiq bo‘lmagan tovarlarni sotib olishga va ularni sinov laboratoriyalarida testdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Agentlik

Nazorat xaridini o‘tkazish rejasini shakllantiradi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi

Har yili, yanvar oyida


2-bosqich

Agentlik

Nazorat xaridini o‘tkazish rejasini rasmiy veb-saytda joylashtiradi

Har yili, yanvar oyida


3-bosqich

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Nazorat xaridini amalga oshirishda foydalanish uchun maqsadli korporativ bank kartasi ochadi va Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari jamg‘arma hisobidan zarur miqdorda pul mablag‘i o‘tkazadi

Har yili, yanvar oyida


4-bosqich

Agentlik

Tasdiqlangan rejaga ko‘ra, OAV ma’lumotlari yoki murojaat kelib tushganda nazorat xaridini hamkorlik amalga oshirish uchun vakolatli organdan (“O‘zstandart” agentligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Veterinariya) mutaxassis jalb qilinadi

Tadbir o‘tkazilishidan 3 kun avval


5-bosqich

Agentlik

Tasdiqlangan rejaga ko‘ra, OAV ma’lumotlari yoki m�rojaat kelib tushganda nazorat xaridini amalga oshirish to‘g‘risida Agentlik direktori tomonidan buyruq chiqariladi.

Tadbir o‘tkazilishidan 1 kun avval


6-bosqich

Agentlik va/yoki uning hududiy tuzilmalari, vakolatli organlar

Mas’ul xodim buyruqda ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektdan (joyiga chiqqan holda) belgilangan tovarni ekspertizadan o‘tkazish natijalariga asosan kassa va/yoki tovar cheki bilan sotib oladi (zarur hollarda foto- va videotasvirga olish vositalaridan foydalanadi)

Buyruqda ko‘rsatilgan sanada


7-bosqich

Agentlik va/yoki uning hududiy tuzilmalari, vakolatli organlar

Savdo obyekti hududidan tashqarida tovar namunalarini tanlab olish dalolatnomasi va nazorat xaridini o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi

Nazorat xaridi o‘tkazilgan kunda


8-bosqich

Vakolatli organlar

Nazorat xaridi davomida olingan tovar namunalari savdo nomlari olib tashlangan va to‘liq berkitilgan, biroq iste’mol qadog‘i saqlangan holda tegishli sinov laboratoriyalariga yetkaziladi

Nazorat xaridi o‘tkazilgan kunda


9-bosqich

Akkreditatsiya qilingan davlat va nodavlat laboratoriyalar

Tovar namunalarini testdan o‘tkazadi vasinov bayonnomalarini Agentlikka yuboradi

Texnik hujjatlar va shartnomada belgilangan muddatda


10-bosqich

Agentlik

Test natijalari bo‘yicha tovar sifati va xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lmagan holatlar aniqlanganda, qonun hujjatlariga ko‘ra tegishli harakatlarni amalga oshirish uchun vakolatli organlarga yuboriladi

Test natijalari olingan kundan 3 kungacha muddatda


11-bosqich

Vakolatli organlar

Tovar sifati va xavfsizlik talablari buzilishi holati bo‘yicha ishlab chiqaruvchi yoki import tovarlar bo‘yicha uning vakolatli shaxsiga tegishli chora ko‘radi

Belgilangan muddatda


12-bosqich

Agentlik

Iste’molchi v� tadbirkorlarni sifat va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar va uning ishlab chiqaruvchilari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida nazorat xaridi natijalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida axborot joylashtiradi

Nazorat xaridi natijalari bo‘yicha

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi