Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

ILOVA
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tovarlarni va ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish

3-bob. Vaqtincha saqlash joyiga qo‘yiladigan talablar

4-bob. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar hamda ularga tegishli hujjatlarni saqlash va qaytarish

5-bob. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi

6-bob. Vakolatli shaxsning huquq va majburiyatlari

7-bob. Davlat bojxona xizmati organlarining huquq va majburiyatlari

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

2-ILOVA
Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ularga rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha elektron kitob shakli

3-ILOVA
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar SXEMASI

Hujjat 27.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarori bilan bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari normalari tasdiqlanganligi;
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 22-iyundagi 463-son qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor me’yorlari tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar — jismoniy shaxslarda qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan qismi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmagan, ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddatlarda o‘z xohishi bilan qaytarib olib chiqib ketish yoki bojxona to‘lovlarini to‘lab rasmiylashtiruvni amalga oshirgan holda olib ketish istagi bildirilgan tovarlar;
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jismoniy shaxslarning qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan qismi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmagan, mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan muddatlar ichida qaytarib olib chiqib ketish yoki bojxona to‘lovlarini to‘lab bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketish istagi bildirilgan notijorat maqsadlardagi tovarlari ularning tanloviga ko‘ra davlat bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtincha saqlashga qo‘yilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vakolatli shaxs vaqtincha saqlash uchun topshirilgan tovarlarni ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olmagan taqdirda, tovarlar mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan deb hisoblanadi. Bunda vakolatli shaxs davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tovarlarni (mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga alohida tartibda ish yuritish bo‘yicha da’vo arizasi kiritilishi haqida dalolatnoma orqali ogohlantiriladi.
Ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan saqlash muddatlari o‘tganidan keyin tovarlarni olib ketish bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi va rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy shaxs — davlat bojxona xizmati organlari

Belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan tovarlar quyidagi holatlarda vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadi:

bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmagan;

ko‘rsatilgan muddat ichida qaytarib olib chiqib ketish istagi bildirilgan;

ko‘rsatilgan muddat ichida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketiladigan tovarlar.

Chegara bojxona postidan o‘tish vaqtida

2-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan barcha tovarlarning vazni va miqdori o‘lchovdan o‘tkaziladi.

Tovarlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish vaqtida

3-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari — jismoniy shaxs

Tovarlarni qabul qilish vaqtida QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi dalolatnoma tuziladi.

 

Tovarlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish vaqtida

4-bosqich

Davlat bojxona xiz�ati organlari

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar shunday tovarlarni saqlash uchun jihozlangan vaqtincha saqlash joylarida saqlanadi.

1. 30 kalendar kun;

2. Tez buziladigan tovarlar 2 kalendar kun

5-bosqich

Jismoniy shaxs — davlat bojxona xizmati organlari

Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni qaytarish vakolatli shaxs tomonidan dalolatnomaning tasdiqlangan nusxasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etilishi bilan amalga oshiriladi.

Bojxona to‘lovlari
va tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi to‘langandan hamda hujjatlar rasmiylashtiruvi tugagandan keyin darhol

6-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari,
DXX Chegara qo‘shinlari

Tovarlarni vaqtincha saqlagan davlat bojxona xizmati organlari DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish bo‘yicha murojaat asosida tovarlar vakolatli shaxs bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib chiqarib yuborilishini nazorat qiladi.

Hujjatlar rasmiylashtiruvi tugagandan keyin darhol

7-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari

Vakolatli shaxs tomonidan belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olinmagan tovarlar mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga alohida tartibda ish yuritish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilinadi.

Tovarlarni vaqtincha saqlash muddati

(30 kalendar kun, tez buziladigan tovarlar 2 kalendar kun) o‘tgandan so‘ng


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi