Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasi

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsadi va asosiy vazifalari

3-bob. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish bosqichlari

4-bob. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning vazifalari

5-bob. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga jalb etiladigan xodimlar toifalari

6-bob. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtirish

7-bob. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish xarajatlarini moliyaviy ta’minlash

8-bob. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni

9-bob. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlari va ularni e’lon qilish

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga doir chora-tadbirlar rejasi

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi

Hujjat 26.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar

1.

Qishloq xo‘jaligida sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshirish, ularning natijalarini olish, qayta ishlash va e’lon qilish, jalb etiladigan vaqtinchalik xodimlarni yollash va mehnatiga haq to‘lash tamoyillari hamda uslubiy asoslari va ro‘yxatdan o‘tkazishga oid boshqa masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil yanvar

Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Bandlik va mehnatmunosabatlari vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Manfaatdor vazirliklar va idoralar mutaxassislari uchun qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish yuzasidan xorijiy mamlakatlarga, shu jumladan, ushbu masalalar yuzasidan tajribaga ega bo‘lgan MDH davlatlariga xizmat safarlarini tashkil etish.

Xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish maqsadida xizmat safarlarini tashkil etish

2022 — 2024-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi,
xalqaro tashkilotlar

3.

Ma’muriy-hududiy birliklar ro‘yxati va chegaralarini aniqlashtirish, shahar va qishloq aholi punktlari hamda ko‘chalar nomlari, xonadon va uylar raqamlari ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarning mavjudligini ta’minlash

Tashkiliy tadbirlar, ijrochilarning qo‘shma harakatlar rejasi

2022-yil 1-fevralgacha

(sinov)

2024-yil 1-fevralgacha

(asosiy)

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
hududiy komissiyalar,
shahar va tuman hokimliklari

4.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish uchun ishtirokchilarni kartografik materiallar (sxematik xarita) bilan ta’minlash.

Sxematik xaritalar

2022-yil 1-fevralgacha

(sinov)

2024-yil 1-fevralgacha

(asosiy)

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloya�lar va Toshkent shahar hokimliklari,
hududiy komissiyalar

5.

Quyidagilarni ta’minlovchi “Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish:

ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rovnomalaridagi ma’lumotlarni kiritish, to‘plash va saqlash usuli;

ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlari monitoringini olib borish;

qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning shaxsiy ma’lumotlarini avtomatlashgan tarzda tahlil qilish;

shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, ulardan foydalanish, ularni buzish yoki yo‘qotishdan himoya qilishni ta’minlash;

qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning yakuniy ma’lumotlaridan foydalanishni boshqarish.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish

2022-yil 1-maygacha

Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi,
Davlat xizmatlari agentligi

6.

Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, bosma nashrlarda) qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha axborot-targ‘ibot ishlarini olib borish, jamoat joylarida (vokzallar, aeroportlar, metropoliten va boshqalarda) qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

SMS-xabarnoma yuborish, videoroliklar, ijtimoiy reklamalar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlash,boshqa axborot-targ‘ibot ishlari

Ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish davrida

Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, hududiy komissiyalar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ro‘yxatini shakllantirish.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati

2022-yil mart

(sinov)

2023-yil dekabr

(asosiy)

Davlat statistika qo‘mitasi,
Davlat xizmatlari agentligi,
hududiy komissiyalar

8.

Aholi punktlari, ko‘chalar nomlari, uy va xonadon raqamlarining mavjudligiga hamda fuqarolar yig‘inlarida mavjud dehqon xo‘jaliklari soniga aniqlik kiritish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2021-yil dekabr

(sinov)

2023-yil dekabr

(asosiy)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

9.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish uchun vaqtinchalik jalb etiladigan xodimlarni tanlab olish, ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi xodimlarning tasdiqlangan ro‘yxati

2022-yil 1-maygacha

(sinov)

2024-yil 1-maygacha

(asosiy)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
hududiy komissiyalar

10.

Quyidagi ishlar uchun aloqa vositalari bilan jihozlangan binolar bilan ta’minlashni tashkil etish:

qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vaqtinchalik xodimlarni o‘qitish uchun;

tuman (shahar) qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlari, ro‘yxatdan o‘tkazish instruktorlik va statsionar uchastkalari uchun;

qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish materiallarini qayta ishlash uchun;

qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan moddiy-texnik vositalarni saqlash uchun;

ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik saqlash va qo‘riqlash uchun.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2022 — 2026-yillarda

Hududiy komissiyalar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Tumanlar (shaharlar) ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlari, ro‘yxatdan o‘tkazish va instruktorlik uchastkalarini zarur hollarda transport vositalari bilan ta’minlash.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2022 — 2026-yillarda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Har bir aholi punkti hududini ro‘yxatdan o‘tkazish, instruktorlik va hisob uchastkalariga bo‘lish, har bir ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar uchun ish hajmini aniqlash.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

2022-yil 1-martgacha

(sinov)

2023-yil 1-avgustgacha

(asosiy)

Hududiy komissiyalar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy organlari,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy organlari

13.

Ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini chop etish.

Ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rovnomalari va boshqa hujjatlar

2022-yil 1-maygacha

(sinov)

2024-yil 1-maygacha

(asosiy)

Davlat statistika qo‘mitasi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

14.

Ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini tuman (shahar) ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlari, ro‘yxatdan o‘tkazish va instruktorlik uchastkalariga yetkazib berish.

Tadbirlar jadvali

2022-yil 1 iyungacha

(sinov)

2024-yil 1-iyungacha

(asosiy)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Davlat statistika qo‘mitasi

15.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga jalb etiladigan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish masalalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.

O‘quv seminarlari

Tasdiqlangan jadvalga asosan

Hududiy komissiyalar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

16.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri sifatli o‘tkazilishini ta’minlash.

Ijrochilarning tashkiliy rejasi

2022-yil belgilangan

muddatlarda

(sinov)

2024-yil belgilangan muddatlarda

(asosiy)

Respublika komissiyasi,
hududiy komissiyalar,
Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Moliyaviy va moddiy-texnika ta’minot

17.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish, yakuniy ma’lumotlarni tahlil qilish hamda e’lon qilish tadbirlari uchun xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Xarajatlar smetasi

Budjet kodeksiga muvofiq belgilangan muddatlarda

Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

18.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari parametrlarini shakllantirish bo‘yicha qarorda ko‘zda tutilgan qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish, yakuniy ma’lumotlarni tahlil qilish va e’lon qilish tadbirlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish.

Xarajatlar smetasi

2022 — 2026-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish, yakuniy ma’lumotlarni tahlil qilish va e’lon qilish tadbirlari uchun zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olishni amalga oshirish.

Ijrochilarning qo‘shma harakatlari rejasi

2022 — 2026-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi,

Moliya vazirligi

IV. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini yakunlash

20.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning dastlabki ma’lumotlarini tayyorlash.

Tahliliy jadvallar

2025-yil 1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi

21.

Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda tahlil qilish, ma’lumotlar kiritishni kodlashtirish, qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning dastlabki ma’lumotlarini nazorat qilish va tahrir qilish, qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishda ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Tahliliy jadvallar

2025-yil 1-sentabrgacha

Davlat statistika qo‘mitasi

22.

Respublika va hududlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning yakuniy natijalarini olish, rasmiy nashr etish, tarqatish, axborot bilan ta’minlash va e’lon qilish, qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning dastlabki va yakuniy ma’lumotlarini arxivda saqlashga tayyorlash va belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlash uchun topshirishni amalga oshirish.

Tahliliy jadvallar

2026-yil 1-iyulgacha

Davlat statistika qo‘mitasi

Keyingi tahrirga qarang.

Sh.M. G‘aniyev

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Respublika komissiyasi raisi

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri

J.A. Xodjayev

qishloq xo‘jaligi vaziri, Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari

B.A. Begalov

Davlat statistika qo‘mitasi raisi, Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qo‘mondoni

Sh.M. Sodiqov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

A.X. Toshkulov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

R.T. Mamatov

mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri

I.R. Maxkamov

transport vaziri

B.T. Norqobilov

veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

U.M. Yusupov

“O‘zarxiv” agentl�gi direktori

F.K. Umarov

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

A.A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

A.K. Ko‘chimov

Milliy axborot agentligi bosh direktori

A.J. Xadjayev

Milliy teleradiokompaniya raisi

Sh.A. G‘ulomov

Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i, komissiya kotibi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi