Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 02.03.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, viloyatdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi mavjud muammolarni hal etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va diversifikatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmonining 9-bandiga muvofiq Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida budjetdan tashqari Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish va unga O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, istisno tariqasida, 200 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Viloyat hokimligi tomonidan 2021-yil uchun 20-mart kuniga qadar hamda keyingi yillar uchun 1-dekabr kuniga qadar ushbu nizomning 10-bandida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha yillik manzilli dastur (keyingi o‘rinlarda — Dastur) loyihasi ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Subsidiya olish uchun tadbirkorlik subyektlari har oyning 1-sanasidan 5-sanasiga qadar Viloyat hokimligiga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan shaklda subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim qilinmagan yoki to‘liq hajmda taqdim qilinmaganligi;
24. Ushbu Nizomning 21-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
a) ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan yillik manzilli dastur loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqish uchun Qashqadaryo viloyatida o‘rganish o‘tkazish va Dasturni shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Jamg‘armaning foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan tartibda keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi