Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va ularga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordamni tayinlash shartlari

3-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi

4-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish tartibi

5-bob. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha bir oylik daromad hajmini aniqlash

6-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordamni to‘lash

7-bob. Mahalliy budjet mablag‘laridan moliyalashtirish tartibi

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1a-ILOVA
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani taqdim etish SXEMASI

2-ILOVA
Kam ta’minlangan oilalarga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash va to‘lash SXEMASI

2-ILOVA
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidagi idoralararo elektron o‘zaro axborot almashinuvi doirasidagi ma’lumotlar RO‘YXATI *

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 05.03.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PF-6038-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil sentyabr — dekabr va 2021-yil yanvar oylarida mehnatga layoqatli ishsiz a’zosi mavjud bo‘lganligi sababli ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha rad etilgan murojaatlar avval taqdim etilgan arizalar asosida oila a’zosini tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish va boshqa ish bilan band bo‘lganligini avtomatik ravishda belgilash orqali qayta ko‘rib chiqilib, ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlanganligi, shuningdek, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olishga taqdim etilgan arizalar 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlashga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2021-yil 1-apreldan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari to‘g‘risida ma’lumot;
ushbu Nizomga 3b-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan ma’lumotlarni Markaziy bank tomonidan “Yagona reyestr” ATga taqdim etish to‘g‘risida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolari bilan tasdiqlangan ariza.
Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tasdiqlanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi har besh kunda kamida bir marotaba, biroq ariza berilgan oyning 19-sanasiga qadar ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan ariza va taqdim etilgan hujjatlarni hamda ushbu Nizom bilan tasdiqlangan 4-ilovaga muvofiq oilaning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga arizalar ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlashni so‘rab murojaat etilgan arizalar ro‘yxatiga asosan taqdim etiladi.
j) bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila a’zosi tomonidan ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan tartibga rioya qilmagan holda takroriy ariza taqdim etilganda. Bunda takroran taqdim etilgan ariza “Yagona reyestr” ATga kiritilgandan so‘ng ariza ko‘rib chiqilmasdan, arizachiga rad javobi arizada ko‘rsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga jo‘natiladi;
20. Ariza beruvchining ushbu Nizomning 6 va 19-bandlariga muvofiq bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordamni olish huquqiga ega emasligi “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan ma’lumotlar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oilaning tarkibi bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan aniqlanadi.
Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan ariza beruvchi to‘g‘risida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan ma’lumotlar “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi. Ushbu ma’lumotlardan foydalanish vakolati Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilgan mas’ul xodimga beriladi.
TD — tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda) hisoblanadigan uch oylik o‘rtacha normativ daromadlar;
32. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 6, 19 va 30-bandlarida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq bo‘lganda, “Yagona reyestr” ATda bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Ariza beruvchi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yozma ariza beradi.

Xohishiga ko‘ra, biroq joriy oyning 16-sanasiga qadar


2-bosqich

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi

Ariza beruvchining oila a’zolari tarkibi, maqomi va shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yer maydonini aniqlaydi.

2 ish kuni mobaynida, biroq joriy oyning 18-sanasiga qadar


Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza va to‘liq to‘plamdagi hujjatlarni taqdim etadi.

har 5 kunda, biroq joriy oyning 19-sanasiga qadar


3-bosqich

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritadi.

har kuni, biroq joriy oyning 26-sanasiga qadar


4-bosqich

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi

1. Oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga solishtiriladi.

2. Ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

3. Ariza beruvchilarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga ijtimoiy nafaqa tayinlanganligi yoki tayinlash rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar


4. Ijtimoiy nafaqalar to‘lash bo‘yicha elektron hujjatlar shakllantiriladi va AT “Xalq banki”ning bo‘limi (filiali)ga yuboriladi.

To‘lov amalga oshiriladigan oyning 4-sanasiga qadar


5-bosqich

Moliya bo‘limi

Ijtimoiy nafaqalar to‘lash uchun mablag‘larni AT “Xalq banki” bo‘limi (filiali)ning maxsus hisobvarag‘iga moliyalashtiradi.

To‘lov amalga oshiriladigan oyning 4-sanasidan 25-sanasiga qadar


6-bosqich

AT “Xalq banki” bo‘limi (filiali)

1. Ijtimoiy nafaqa oluvchilarga to‘lovlarni amalga oshiradi.

To‘lov amalga oshiriladigan oyning 5-sanasidan 27-sanasiga qadar


2. Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga ijtimoiy nafaqa to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi.

3. To‘lanmagan mablag‘larni mahalliy budjetga qaytaradi va tuman (shahar) moliya bo‘limlariga ma’lumot taqdim etadi.

To‘lov amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 2-sanasiga qadar

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining _______________________ __________ tuman (shahar)

(respublika, viloyat, shahar) bo‘limi boshlig‘iga

Quyidagi manzilda yashaydigan:

Mahalla__________________________
ko‘cha (kvartal)__________________________
uy__________________________
kvartira__________________________

__________________________________ tomonidan,
(ariza beruvchining F.I.O)

ARIZA

Sizdan mening oilamga quyidagi nafaqa (moddiy yordam) ni tayinlashingizni so‘rayman:

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa

bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa

kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam
(murojaat qilgan nafaqa yoki moddiy yordam turi tanlansin)
Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:

pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;

vasiylik va homiylik organining qarori nusxasi.
Boshqa hujjatlar:_________________________________________________________________________

Arizani ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi xabarni quyida kelitirilgan telefon raqamiga: +998________________ yoki elektron pochta ____________________ga yuborishingizni so‘rayman.

Pensiya jamg‘armasi bo‘limini oila tarkibi (bola tug‘ilganligi, vafot etganligi yoki boshqa holatlar), daromadi, yashash joyim o‘zgarganligi va nafaqa (moddiy yordam) miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa hol�tlar kabi o‘zgarishlar sodir bo‘lganda, o‘z vaqtida xabardor qilish majburiyatini olaman. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini kafolatlayman.

Mening va oilam a’zolarimning ish haqlarini va boshqa barcha daromadlarini hamda mulkiy va moddiy holatimizning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali tekshirilishiga rozilik beraman.

Mahalliy budjet imkoniyatidan kelib chiqib, Men so‘ragan bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda:

Menga 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa (belgilangan mezon talablariga mos bo‘lganda) tayinlanishiga rozilik beraman;

Mening arizamda ko‘rsatilgan nafaqa (yoki moddiy yordam) tayinlash masalasi keyingi oyda ko‘rib chiqilishiga rozilik beraman.
Murojaat qiluvchining imzosi: ___________________________
Sana: 20 ____ y “____” _____________.

Arizani ro‘yxatdan o‘tkazdim _________________________________

(fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mas’ul xodimi)

I. Ariza beruvchining oila a’zolari tarkibi to‘g‘risida
MA’LUMOT

Oila a’zolarining F.I.O (pasport yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga qat’iy amal qilgan holda)

Qarindoshlik darajasi
(*kod ko‘rsatiladi)

Tug‘ilgan sanasi (kun/oy/yil)

Pasport yoki tug‘ilganlik guvohnomasi** seriyasi va raqami (shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar)

Har bir oila a’zosining maqomi (*** kod ko‘rsatiladi)

Ariza beruvchining oila a’zolari

* qarindoshlik darajasi kodlanishi: 01-er; 02-xotin; 03-qiz/o‘g‘il; 04-ota/ona; 05-boshqalar.
** tug‘ilganlik guvohnomasining qayd raqami ko‘rsatiladi.
*** maqom turlari kodlanishi
06 — 16 yoshgacha bolalikdan nogironligi mavjud shaxsning onasi (onasi bo‘lmagan holda, otasi), oila a’zosi bo‘lgan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksa(lar)ni parvarish qiladi;
07 — “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi;
08 — oliy ta’lim muassasasi talabasi (o‘qishning faqat kunduzgi shakli bo‘lganida belgilanadi);
09 — kasb-hunar kolleji yoki akademik litsey o‘quvchisi (o‘qishning faqat kunduzgi shakli bo‘lganda belgilanadi);
10 — chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashi yoxud harbiy ta’lim muassasasida ta’lim olishi sababli oilada bo‘lmagan shaxs;
11 — sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish joylarida bo‘lish munosabati bilan oilada bo‘lmagan shaxs;
12 — xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi sababli oilada bo‘lmagan shaxs.

II. Shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi
(kerakligi tanlansin):

“mavjud”,

“mavjud emas”

Shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi maydoni: _______________ sotix.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi

_____________

_________________________

(imzo va muhr)

(F.I.O)

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mas’ul xodimi

_____________

_________________________

(imzo va muhr)

(F.I.O)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tashkilot nomi

Talab etiladigan ma’lumotlar

I. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bo‘yicha

1.

Moliya vazirligi

1. Mahalliy budjetda va boshqa manbalarda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam xarajatlari uchun nazarda tutilgan mablag‘larning rejasi to‘g‘risida ma’lumot.

2. Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga stipendiyalar.

2.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

1. Mehnat organlariga murojaat qiluvchilar (ishsiz, ish izlovchi, ishsizlik nafaqasi va boshqalar) to‘g‘risida ma’lumot.

2. Jamoat ishlarida qatnashganlar to‘g‘risida ma’lumot.

3. Fuqarolarga vazirlik tizimidagi jamg‘armalar tomonidan berilgan subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumot.

4. Tashkillashtirilgan holda chet elga vaqtincha ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

3.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

1. Nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

2. Bepul tibbiy xizmatlar olish uchun berilgan orderlar.

3. Yakka-yolg‘iz shaxslarga ajratilgan bepul oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

4.

Ichki ishlar vazirligi

1. Jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanilayotgan avtotransport vositasi (ishlab chiqarilgan sana, turi, markasi, texnik holati va boshqalar) to‘g‘risida ma’lumot.

2. Jazoni ijro etish muassasalaridan chiqqan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish uchun beriladigan bir martalik nafaqalar to‘g‘risida ma’lumot.

3. Jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot.

4. Fuqarolarga berilgan pasportlar to‘g‘risida ma’lumot.

5. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan yashash guvohnomalari bo‘yicha ma’lumot.

5.

Ichki ishlar vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Ariza beruvchi va uning oila a’zolarining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati, shu jumladan, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumot.

6.

Maktabgacha ta’lim vazirligi

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumot.

2. Kam ta’minlangan oilalarning a’zolariga ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar (ota-onalar to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar va boshqalar) to‘g‘risida ma’lumot.

7.

Xalq ta’limi vazirligi

Kam ta’minlangan oilalarning a’zolariga ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar (bepul qishki kiyim-bosh, darsliklar to‘plami, ota-onalar to‘lovida imtiyozlar va boshqalar) to‘g‘risida ma’lumot.

8.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi***

Talaba (tinglovchi)lar (ta’lim tashkiloti, o‘qish shakli, o‘qish turi, ta’lim kursi, yo‘nalishi va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

9.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Fuqarolaring o‘zini o‘zi boshqarish organlari (ID-raqamlari, nomlanishi, chegaralari, ko‘chalari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

10.

Transport vazirligi

1. Fuqarolarning ayrim toifalariga transport (shahar, havo, temir yo‘l)da imtiyozli yurish bo‘yicha berilgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot.

2. Yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar tomonidan litsenziyalar berilgan avtotransport vositalari va ularning egalari to‘g‘risida ma’lumot.

11.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga berilgan subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumot.

12.

Davlat soliq qo‘mitasi

1. Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan daromadlar.

2. Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi maqomi.

3. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot.

13.

Kadastr agentligi

1. Ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida ma’lumot.

2. Turar joyning yashash maydoni hamda tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaliklarining maydoni.

14.

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi**

1. Pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar va ularga to‘langan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlar miqdorlari to‘g‘risida ma’lumot.

2. Kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumot.

15.

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

1. Oila a’zolarining fuqarolik holati to‘g‘risida ma’lumot.

2. Oila tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar.

3. Qayd etilgan fuqarolik holatlari (tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganlik, vafot etganlik va boshqalar) to‘g‘risidagi shu jumladan, chet elda qayd etilgan holatlar bo‘yicha ma’lumotlar.

16.

Markaziy bank

1. Jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot.

2. Olingan pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot.

3. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kredit olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida ma’lumot.

17.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ

Jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida ma’lumot.

18.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

Ariza beruvchi va uning oila a’zolariga biriktirilgan JShShIRlar to‘g‘risida ma’lumot.

19.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

Qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

II. Boshqa tashkilotlar bo‘yicha

20.

AT “Xalq banki”

1. To‘langan (to‘lanmagan) ijtimoiy nafaqa, moddiy yordam, kompensatsiya hamda hisobvaraqlardagi qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot.

2. Yangi ariza beruvchilarga va amaldagi nafaqa oluvchilar nomiga ochilgan plastik kartalar to‘g‘risida.

3. Nafaqa va moddiy yordam uchun moliyalashtirilgan bo‘lib, to‘langan va to‘lanmasdan tegishli mahalliy budjetga qaytarilgan mablag‘lar miqdorlari va nafaqa oluvchilar to‘g‘risida ma’lumot.

21.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi

1. Aholining tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligi (hosildorlik darajasi (ball-boniteti), maydoni) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

2. Fuqarolarning yirik va mayda shoxli chorva mollari (shu jumladan, parrandalari) to‘g‘risida ma’lumot.

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi