Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini, Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi majburiyatlarini bajarish, shuningdek, ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

1.

Milliy dastur va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish va ularning ijrosi etilishi monitoringini olib borish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirishni ta’minlash.

1. Ozon qatlamiga xavf tug‘dirmaydigan texnologiyalarni ishlab chiqaradigan va tatbiq qiladigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kompaniyalar va jismoniy shaxslarni qo‘llab-quvvatlash.

Doimiy ravishda

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Ozon qatlamini buzuvchi moddalarni (OBM) iste’moldan chiqarish nazoratini kuchaytirish maqsadida qonunchilik bazasini rivojlantirish.

3. OBMni iste’moldan chiqarish jarayonini ta’minlashda korxonalar va tashkilotlarni rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

Talab va takliflarga muvofiq 2021-yil may

4. OBMni ishlab chiqarish va iste’moldan chiqarish jarayonlarining salbiy oqibatlarini kamaytirish orqali amalga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘rish.

Dastur doirasida

2.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga (TIF TN) muvofiq ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni respublikaga olib kirish va respublikadan olib chiqish ustidan qat’iy nazorat olib borish.

1. OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi va eksporti yuzasidan tadbirkorlar murojaatlariga o‘z vaqtida javob berilishini ta’minlash.

2. OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish bo‘yicha qat’iy nazoratni ta’minlash.

Doimiy ravishda

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

3.

O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokoli Kigali tuzatishiga qo‘shilishining maqsadga muvofiqligini o‘rganish.

1. O‘zbekiston Respublikasining Kigali tuzatishiga qo‘shilishining maqsadga muvofiqligi masalasida jahon tajribasini o‘rganish.

2021-yil aprel

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

2. O‘rganish materiallarini tahlil qilish va ular asosida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil may

4.

Sovitish uskunalari sohasida assotsiatsiya tashkil qilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish.

1. Sovitish uskunalari sohasida assotsiatsiya tashkil qilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish maqsadida ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish.

2. Assotsiatsiya tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil avgust

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

II. OBM o‘rnini bosuvchi vositalardan foydalanishga o‘tish uchun rag‘batlantirish choralari

5.

Mahalliy resurslardan foydalangan holda OBM o‘rnini bosuvchi vositalardan foydalanishga o‘tish sohasida istiqbolli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga tatbiq qilish.

1. OBM o‘rnini bosuvchi vositalardan foydalanishga o‘tish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish.

2. Mahalliy resurslardan foydalangan holda respublikada OBM o‘rnini bosuvchi moddalar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2021-yil noyabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

III. OBMni iste’moldan chiqarish bo‘yicha milliy dasturning amalga oshirilishi monitoringini olib borish tizimini yaratish

6.

OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi va eksporti bo‘yicha monitoring olib borilishini ta’minlash.

1. OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi va eksporti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini takomillashtirish.

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof muhit dasturining Ozon Kotibiyatiga OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi va eksporti bo‘yicha hisobotlarni taqdim etib borish.

Har yili

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

7.

OBMni iste’moldan chiqarish bo‘yicha milliy dastur doirasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilishining tizimli monitoringini olib borish.

1. Ma’lumotlarni to‘plash, tegishli ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish.

2. Umumlashtirilgan ma’lumotlarni yagona ma’lumotlar bazasiga kiritib borish.

Doimiy ravishda

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

IV. O‘zbekistonda global isishga ta’siri past darajada bo‘lgan va ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega bo‘lmagan samarali texnologiyalarni joriy etish orqali GXFUni butunlay iste’moldan chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish

8.

Milliy qonunchilikni amalga oshirish, bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mahsulotlar importi va eksportini nazorat qilish bo‘yicha bilimini va malakasini oshirishga ko‘maklashish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2021-yil may

Global ekologik jamg‘arma va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (0,3 mln AQSh dollari), korxonalar mablag‘lari (0,887 mln AQSh dollari)

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

2. Davlat ekologiya qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlarining institutsional salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.

2021 — 2024-yillar davomida

3. GFU va boshqa muqobil sovitgichlardan foydalanish bo‘yicha Kigali tuzatishiga qo‘shilish masalasini asoslash va ko‘rib chiqish.

2021-yil may

4. Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy laboratoriyasining gaz xromatograflarini kalibrovka qilish, shuningdek, ular uchun zarur uskunalarni sotib olish.

2021 — 2024-yillar davomida

5. “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ruxsatnoma hujjatlarini olishga ariza berish va arizaga asosan ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylash-tirish jarayonlari yuzasidan trening tashkil etish.

2021 — 2024-yillar davomida

9.

GXFUdan qayta foydalanish tizimini mustahkamlash va ularning texnologiyalarini almashtirish sohasida ishlab chiqiladigan loyihalar natijadorligi keng omma e’tiboriga namoyish qilinishini ta’minlash.

1. OBMni qayta ishlash bo‘yicha 6 ta yangi markaz tashkil qilish va 6 ta mavjud markazni qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

2. Sovitish uskunalari ishlab chiqaradigan 100 ta korxona uchun zarur ehtiyot qismlarni sotib olish.

3. OBMni qayta ishlash markazlarining barqarorligini ta’minlash uchun biznes reja ishlab chiqishda ko‘maklashish.

4. Ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega bo‘lmagan va global isishga ta’siri past darajada bo‘lgan uskunalarni o‘rnatish, ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida mutaxassislarning bilimlarini oshirish.

5. Davlat ekologiya qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan sovitish uskunalarini ishlab chiqarish sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash uchun 3 ta markaz tashkil etish.

6. Iqtisodiy o‘tish davridagi mamlakatlardagi ozon ofislari bilan tarmoq almashinuvini ta’minlash va tajriba almashish.

7. Ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega bo‘lmagan va global isishga ta’siri past darajada bo‘lgan texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilishda ko‘maklashish.

8. OBM iste’molini qayd etuvchi www.report.o3.uz onlayn tizimini qo‘llab-quvvatlash va tashkilotlardan ma’lumot yig‘ishda va monitoring olib borishda yordamlashish.

2020 — 2024-yillar davomida

Global ekologik jamg‘arma va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (1,25 mln AQSh dollari),

korxonalar mablag‘lari (1,0 mln AQSh dollari), xususiy sektor (4,2 mln AQSh dollari)

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat

bojxona qo‘mitasi

10.

Ma’lumot almashish va manfaatdor tomonlar o‘rtasida xabardorlikni oshirish.

1. Sohaga oid turli tadbirlarni (seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar) tashkil etish va o‘tkazish, axborot tarqatma materiallarni ishlab chiqish.

2. “Xalqaro Ozon qatlamini muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish.

3. Sanoat va moliya tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, resurslarni safarbar qilish uchun sovitish uskunalari ishlab chiqarish sohasida xabardorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish.

2020 — 2024-yillar davomida

Global ekologik jamg‘arma va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (0,32 mln AQSh dollari), xususiy sektor (0,5 mln AQSh dollari)

Davlat ekologiya qo‘mitasi

11.

Sovitish uskunalari va havoni konditsionerlash uskunalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish sohasiga xotin-qizlarni jalb qilish.

1. Xotin-qizlarni mazkur sohaga bosqichma-bosqich jalb qilishni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil iyun

Global ekologik jamg‘arma va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (0,05 mln AQSh dollari), korxonalar mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

2. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash.

2021 — 2025-yillar davomida

V. OBMlarning zarari to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish

12.

OBMdan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechish, ularni ozon qatlamiga zararsiz va global isish salohiyati past bo‘lgan moddalar bilan almashtirish choralarini ko‘rishning maqsadlari, amaliy ahamiyati hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida keng targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etish.

1. OBM va global isish salohiyati yuqori bo‘lgan moddalardan foydalanuvchilarni aniqlash bo‘yicha xatlovni bosqichma-bosqich amalga oshirish.

2. Xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan foydalanuvchilarning moliyaviy ko‘magi asosida ularning mas’ul xodimlari uchun sohaga taalluqli seminarlar, o‘quv kurslari va davra suhbatlarini tashkil etish yuzasidan har yilgi rejalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish.

3. Olib borilayotgan ishlar natijadorligini teleradiokanallar va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng omma e’tiboriga havola etish.

Har yili

Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Savdo- sanoat palatasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi

13.

Ozon qatlamini muhofaza qilish sohasida aholining xabardorligini oshirish.

1. Atrof muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha milliy ma’ruzalarda ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlarni muntazam berib borish.

2. OBMdan foydalanish va ularni ozon qatlami uchun xavfsiz bo‘lgan turlariga almashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar haqida chiqishlar tashkil etish.

Alohida belgilangan reja asosida

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi