Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 06.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qarori ijrosini ta’minlash hamda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tutzorlarni tashkil qilishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qaroriga muvofiq yangi intensiv tutzorlar barpo etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘rganish natijasi bo‘yicha kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda — tuman manzilli ro‘yxati) mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan mezonlarga asosan mevali va ozuqa intensiv yangi tutzorlarning hududlar hamda talabgorlar bo‘yicha yer uchastkasi maydoni, yer bonitet balli, suv manbaini ko‘rsatgan holda shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan tuman manzilli ro‘yxati har yili 15-fevralga qadar ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qaroriga muvofiq shakllantirilgan Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhining (keyingi o‘rinlarda — hududiy ishchi guruh) ishchi organi — Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmasiga taqdim qilinadi.
v) dalolatnoma rasmiylashtirilgan talabgorga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda subsidiya ajratish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqich

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

Talabgorlar

Kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman ishchi guruhining ishchi organi — tuman irrigatsiya bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi.

Har yili 1-fevraliga qadar

II bosqich

Tuman ishchi guruhi

(ishchi organi — tuman irrigatsiya bo‘limi)

1. Talabgorlar arizasi tushgan kundan boshlab joyiga chiqib o‘rganadi. Bunda tegishli yer maydonining talab darajasida unumdorligi, sho‘rlanish darajasi, navdor tut ko‘chatlari ekilganligi, tut ko‘chatlarini ekishga qo‘yiladigan talablarga mosligi kabi mezonlarga asosan subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Uch ish kunida

2. Ijobiy xulosa berilgan talabgorlardan iborat tuman manzilli ro‘yxatini shakllantiradi va ko‘rib chiqish uchun hududiy ishchi guruhning ishchi organi — Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmasiga taqdim qiladi.

Har yili 15-fevralga qadar

III bosqich

Hududiy ishchi guruhi

ishchi organi — (Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi)

Tumanlarning manzilli ro‘yxatlarini tahlil qiladi va kelgusi yilda mevali va ozuqa tutzorlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha tumanlar, hududlar hamda talabgorlar bo‘yicha yer uchastkalari maydoni, yer bonitet balli, suv manbai ko‘rsatilgan holda, hududiy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi hamda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga taqdim qiladi.

Har yili 1-martga qadar

IV bosqich

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi

1. Taqdim etilgan hududiy manzilli ro‘yxatlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va manzilli dasturni ishlab chiqadi.

2. Manzilli dastur loyihasini Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim qiladi.

Har yili 15-martga qadar

V bosqich

Vazirlar Mahkamasi

1. Manzilli dasturni tahlil qiladi va tasdiqlaydi.

2. Tasdiqlangan manzilli dasturni Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboradi.

Har yili 20-martga qadar

VI bosqich

Talabgorlar

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarining loyihalar asosida to‘liq qurilishini ta’minlaydi hamda ularni foydalanishga qabul qilishni tashkil qilish va subsidiya ajratish uchun tuman ishchi guruhi ishchi organi — tuman irrigatsiya bo‘limiga murojaat qiladi.

Qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng

VII bosqich

Tuman ishchi guruhi

(ishchi organi — tuman irrigatsiya bo‘limi)

1. Joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joyiga chiqib talabgorlar va pudrat tashkiloti vakili ishtirokida o‘rganadi va amalda qo‘llab (ishlatib) ko‘radi.

2. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari foydalanishga:

tayyor holda bo‘lsa — tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi;

tayyor holda bo‘lmasa — aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar beradi.

Uch ish kunida

3. Dalolatnoma rasmiylashtirilgan talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va hududiy ishchi guruhga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

Har o‘n kunda

VIII bosqich

Hududiy ishchi guruhi

ishchi organi — (Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi)

Taqdim etilgan ro‘yxatlarni umumlashtiradi va subsidiya ajratiladigan talabgorlar ro‘yxatlarini shakllantirib, dalolatnomalar va talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilingan holda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etadi.

Har o‘n kunda

IX bosqich

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi

1. Taqdim etilgan ro‘yxatlarni ular tushgan kundan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan ko‘rib chi�ib umumlashtiradi va kelishadi.

O‘n ish kunida

2. Ro‘yxat belgilangan tartibda kelishilgandan so‘ng suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash bo‘yicha taqdim qilingan yakuniy ro‘yxatlarga asosan talabgorlarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiyani o‘tkazib beradi.

Ro‘yxat kelishilganidan so‘ng besh ish kunida

X bosqich

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash bo‘yicha budjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.

Doimiy ravishda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

_____________________________ tumani hokimi,
Suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etishga
sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash
uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman
ishchi guruhiga
________________________________________ tomonidan

(pillachilik va tutchilik tashkiloti nomi va rahbarning .FI.O.)


ARIZA

___________________________________________________________________ hududda faoliyat ko‘rsatayotgan

(hudud nomi)

__________________________________________________________________________ tumanda 20__ yilda

(qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi nomi)

suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish va (yoki) suv chiqarish uchun burg‘ilangan sug‘orish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurish manzilli ro‘yxatiga korxona tasarrufidagi jami ____ gektar yer uchastkasida, jumladan, ____ raqamli konturdagi ____ gektar, ____ raqamli konturdagi ____ gektar, ____ raqamli konturdagi ____ gektar maydonda yangi intensiv tut plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish loyihasini kiritishingizni so‘rayman.

Yer maydonining o‘rtacha bonitet balli ________ ball, sho‘rlanish darajasi
___________________________________________________________________________________________

(sho‘rlanmagan, kuchsiz, o‘rtacha sho‘rlangan)

Shu jumladan, konturlar bo‘yicha bonitet balli:
(1-kontur) _____ ball, (2-kontur) _____ ball, (3-kontur) _____ ball.
Yer uchastkasi suv bilan ________________________________________________________________________.

(ta’minlangan, ta’minlanmagan)

Yer uchastkasi elektr tarmog‘iga __________________________________________________________________.

(ulangan, ulanmagan)

Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki-_______________________________________________________________.
Ilova. Yer uchastkasining qishloq xo‘jaligi xaritasidan ko‘chirma.
_____________________________________ rahbari

________

_______________________

(pillachilik va tutchilik tashkiloti nomi)

(imzo)

(F.I.O.)

“Tasdiqlayman”
_________tuman hokimi,
Suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy
etishga sarflangan xarajatlarning bir
qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga
ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhi

_________________

_____________________

(imzo, muhr)

(F.I.O.)

20___ yil “____”__________________

__________ tumanida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga va nasos stansiyalarini qurishga ko‘maklashuvchi hamda tugallangan ishlarni foydalanishga qabul qiluvchi ishchi guruhining
XULOSASI

__________ (tuman nomi) tumanida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga va suv chiqarish uchun burg‘ilangan sug‘orish quduqlari, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyalarini qurishga ko‘maklashuvchi va tugallangan ishlarni qabul qiluvchi ishchi guruhi yangi tut plantatsiyasida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan ___________________________________________________ (pillachilik va tutchilik tashkilot nomi) ning 20___ yil ______ dagi murojaatini joyida o‘rganib chiqdi va quyidagilarni aniqladi:

1. ___________________________________________________________________20____ yilda _________ ga

(pillachilik va tutchilik tashkilot nomi)

maydonda, jumladan, ____raqamli konturda____ ga, ____raqamli konturda____ ga, ____raqamli konturda____ ga, yangi intensiv tut plantatsiyasida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun jami qiymati ___________ so‘m bo‘lgan loyiha ishlab chiqqan hamda uni joriy qilish uchun ____________________________________________________________ bilan jami qiymati _________ so‘m

(pudrat, xizmat ko‘rsatish tashkiloti nomi)

bo‘lgan shartnoma tuzgan;

2. ____________________ tijorat banki bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun jami ______________________ so‘mga _______ foizli kredit shartnomasini tuzgan hamda amalda _________________ so‘m kredit olgan (mavjud bo‘lsa);

3. 20____ yilda jami _________ ga maydonda, jumladan, ____raqamli konturda____ ga, ____raqamli konturda ____ ga, ____raqamli konturda____ ga maydonda yangi intensiv tut plantatsiyasida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan va ishga tushirgan.

XULOSA:

_______________________________________________________ ga jami _________________________ so‘m

(pillachilik va tutchilik tashkilot nomi)

miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratish maqsadga muvofiq.

Tuman ishchi guruhining a’zolari:

T/r

f.i.o.

imzo

Lavozimi

1.

Lavozimga ko‘ra

tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari

2.

Lavozimga ko‘ra

tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i, ishchi guruh kotibi.

3.

Lavozimga ko‘ra

tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

4.

Lavozimga ko‘ra

tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i

5.

Lavozimga ko‘ra

“O‘zbekgidrogeologiya” instituti (DUK)ning hududiy bo‘limi rahbari

6.

Lavozimga ko‘ra

Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki rahb�ri

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi