Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 15.03.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son hamda “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son farmonlari ijrosi yuzasidan, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini doimiy ravishda monitoring qilish hamda baholashni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Davlat tashkilotlari xodimlari ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar (keyingi o‘rinlarda — minimal talablar) asosida shakllantiriladigan test sinovlari orqali baholanadi.
3. Mazkur Nizomning talablari unga 2-ilovada keltirilgan Huquqiy savodxonlik darajasi baholashdan o‘tkaziladigan davlat tashkilotlari xodimlari toifasining ro‘yxatida ko‘rsatilgan xodimlarga (davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlari, shuningdek boshqa oliy yuridik ma’lumotli xodimlari bundan mustasno) nisbatan tatbiq etiladi.

T/r

Davlat tashkilotlari xodimlari huquqiy savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha qo‘yiladigan talablar

I. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek ayrim sohalarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalar bo‘yicha

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, xususiy mulk himoyasi, inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari va erkinliklari kafolatlari hamda burchlariga oid normalar

2.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari

3.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari

4.

Davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari

5.

Tegishli sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari

II. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bo‘yicha

6.

Fuqarolarning huquq va erkinliklariga qarshi huquqbuzarliklar

7.

Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar

8.

Mulkka qarshi huquqbuzarliklar

9.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar

10.

Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar

11.

Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar

12.

Odil sudlovga qarshi huquqbuzarliklar

13.

Jamoat tartibiga qarshi huquqbuzarliklar

14.

Boshqaruvning belgilangan tartibiga qarshi huquqbuzarliklar

15.

Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda tadbirkorlik subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar

III. Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bo‘yicha

16.

Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar

17.

Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar

18.

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar

19.

Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar

20.

Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar

21.

Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar

22.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar

23.

Odil sudlovga qarshi jinoyatlar

24.

Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar

25.

Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar

26.

Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar

IV. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha

27.

Mehnat shartnomasi, uni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish asoslari

28.

Ish vaqti va dam olish vaqti

29.

Mehnat intizomi, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha talablar va mehnat xavfsizligi standartlari

30.

Mehnatga haq to‘lash, kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari

31.

Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi

32.

Majburiy mehnatga taqiqlar

V. Davlat tashkilotlari xodimlari huquqiy savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha qo‘yiladigan boshqa talablar

33.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) bilan erkin ishlay olish, shu jumladan, kerakli normativ-huquqiy hujjatlarni topish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Davlat tashkiloti

O‘qitiladigan va baholashdan o‘tkaziladigan xodimlar ro‘yxatini tasdiqlash va uni Adliya vazirligiga taqdim qilish.

Baholash o‘tkaziladigan yilning tegishlicha 1-mart va 1-sentabr sanalariga qadar

Adliya vazirligi

Ro‘yxatga muvofiq davlat tashkiloti bilan kelishilgan holda xodimlarni o‘qitish va baholashni tashkil etish bo‘yicha reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.

2-bosqich

Adliya vazirligi (hududiy adliya organi)

Reja-grafikni davlat tashkilotiga yuborgan holda xodimlarni o‘qitish va baholashdan o‘tkazish vaqti haqida xabar berish.

Reja-grafik ishlab chiqilgandan so‘ng 3 kun ichida

3-bosqich

Davlat tashkiloti

(uning hududiy bo‘linmasi)

Baholashdan o‘tkazish joyi va vaqti haqida tegishli xodimlarni xabardor qilish.

Xabar olingan kundan boshlab 1 kun ichida

4-bosqich

Davlat tashkiloti

(uning hududiy bo‘linmasi)

Xodimlarining huquqiy savodxonlikni oshirib borish bo‘yicha elektron platformada mustaqil ravishda o‘qishlarini ta’minlash.

Reja-grafik asosida

5-bosqich

Adliya vazirligi (hududiy adliya organi),

Davlat tashkiloti (uning hududiy bo‘linmasi)

1. Baholash (test sinovi)ni tashkil qilish va o‘tkazish.

Reja-grafik asosida

2. Baholash (test sinovi) natijalari to‘g‘risida xodimlarni ularning shaxsiy kabinetiga ma’lumot yuborish orqali xabardor qilinishini ta’minlash.

Baholash natijalari chiqishi bilan darhol

6-bosqich

Davlat tashkiloti

(uning hududiy bo‘linmasi)

Baholash (test sinovi) natijalarini Adliya vazirligi (hududiy adliya organi)ga taqdim etish.

Baholash o‘tkazilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

7-bosqich

Adliya vazirligi

1. Baholashning umumiy natijalarini tahlil qilish va uning monitoringini yuritish. Bunda:

yuqori natijani qayd etgan davlat tashkilotlarining ijobiy tajribalarini boshqa davlat tashkilotlari faoliyatiga ham joriy etish va past ko‘rsatkich sabablarini bartaraf etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar hamda takliflar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish choralari ko‘riladi;

davlat tashkilotlariga baholashdan o‘tmagan xodimlarning o‘qitilishi va qayta baholashdan o‘tkazilishiga oid ko‘rsatma beriladi;

davlat tashkilotlarining xodimlarni o‘qitish tizimini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi va davlat tashkilotlariga yuboriladi.

Muntazam

Hududiy adliya organi

2. Hududiy adliya organi tomonidan tegishli hududdagi davlat tashkilotlari xodimlarini baholash natijalari tahlil qilinib, ma’lumotlar Adliya vazirligiga taqdim etiladi.

Baholash o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar

Adliya vazirligi

3. Huquqiy savodxonlikni baholash natijalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga tahliliy axborot kiritib borish.

Yil yakuni bo‘yicha


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi