Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 03.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Suv iste’molchilari uyushmasi ikki kun muddatda o‘z xizmat ko‘rsatish hududidagi barcha suv iste’molchilarining yozma buyurtmanomalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq tuman ahamiyatidagi suv xo‘jaligi obyektlaridan suv olish uchun yozma buyurtmanomani xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilot — tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limiga yuboradi (nizomga 2-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
9. Tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limi bir kun muddatda tumandagi barcha suv iste’molchilari uyushmalari, shuningdek, ayrim boshqa suv iste’molchilar buyurtmanomalarini umumlashtiradi, tahlil qiladi hamda ushbu Nizomga 1b-ilovaga muvofiq yozma buyurtmanomani tumanlararo ahamiyatdagi suv xo‘jaligi obyektlaridan suv olish uchun tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bir kun muddatda buyurtmanomalarni umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda ushbu Nizomga 1v-ilovaga muvofiq viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lgan daryolar, magistral kanallar (tizimlar), yirik va alohida muhim suv obyektlardan suv olish uchun yozma buyurtmanomani O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Suv iste’molchilari (tomorqa yer egalaridan tashqari) har kuni soat 17:00 gacha olingan suv miqdori va nima maqsadda ishlatgani to‘g‘risidagi kunlik ma’lumotni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tayyorlaydi hamda yozma yoki elektron aloqa vositasi orqali xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilot (suv iste’molchilari uyushmalari)ga yuboradi (nizomga 2-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Suv iste’molchilari

Suv olish uchun xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilot suv iste’molchilari uyushmala�iga yozma buyurtmanoma berish.

Suv olishdan 10 kun oldin

2-bosqich

Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilot (suvdan foydalanuvchilar uyushmasi)

1. Xizmat ko‘rsatadigan hududdagi barcha suv iste’molchilarining yozma buyurtmanomalarini umumlashtirish va tahlil qilish.

2. Suv olish uchun yozma buyurtmanomani xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilot — tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limiga yuborish.

Ikki kun muddatda

3-bosqich

Tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limi

Suv olish uchun buyurtmanomalarni umumlashtirish, tahlil qilish va yozma buyurtmanomani tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim qilish.

Bir kun muddatda

4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Suv olish uchun buyurtmanomalarni umumlashtirish, tahlil qilish va yozma buyurtmanomani Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilish.

Bir kun muddatda

5-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

Ajratilgan suv olish limitlari va suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, shuningdek, tegishli xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv omborlari boshqarmalari, magistral kanal (tizim) boshqarmalari, alohida ahamiyatga ega suv xo‘jaligi tashkilotlari)ga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib suv olish yuzasidan xabarnoma orqali ruxsatnoma berish yoki rad etish.

Bir kun muddatda

6-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limlari hamda ularga xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (irrigatsiya tizimi boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarm�lari, suv omborlari boshqarmalari)ga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib suv olish yuzasidan xabarnoma orqali ruxsatnoma berish yoki rad etish.

Bir kun muddatda

7-bosqich

Tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limi, suv iste’molchilari uyushmalari

Suv iste’molchilari uyushmalariga, shuningdek, suv iste’molchilariga ajratilgan suv olish limiti hamda suv manbaining suvlilik darajasidan kelib chiqib suv olish yuzasidan xabarnoma orqali ruxsatnoma berish yoki rad etish.

Bir kun muddatda

8-bosqich

Suv iste’molchisi

Olingan suv miqdori va nima maqsadda ishlatgani to‘g‘risidagi kunlik ma’lumotni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tayyorlash hamda yozma yoki elektron aloqa vositasi orqali xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotsuv iste’molchilari uyushmasiga yuborish.

Har kun soat 17:00 gacha

9-bosqich

Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi

Suv iste’molchilari tomonidan berilgan kunlik ma’lumotlar asosida olingan suvdan foydalanish bo‘yicha ma’lumotni ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq tayyorlash va dasturiy ta’minotga kiritish.

Har kuni soat 18:00 gacha

10-bosqich

Tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limi

Suv iste’molchilari uyushmalarining suvdan foydalanish bo‘yicha kunlik ma’lumotlarini dasturiy ta’minotga o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishini nazorat qilib borish.

Har kuni

11-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar

Dasturiy ta’minotning doimiy va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Doimiy

12-bosqich

Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilot, suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchisi

1. Olingan suv miqdori yuzasidan xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchisi o‘rtasida yuritilgan kundalik suvning hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish.

2. Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchisi o‘rtasida ikki tomonlama dalolatnoma rasmiylashtirish.

3. Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi o‘rtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomani tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim etish.

Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasigacha

13-bosqich

Suv iste’molchilari uyushmasi

Soliq bazasini aniqlash uchun:

qishloq xo‘jaligi, shu jumladan baliqchilik bo‘yicha suvni iste’mol qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida — har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay suv resurslarini iste’mol qiluvchi yuridik shaxslarga;

10-dekabrdan kechiktirmay

dehqon xo‘jaliklari tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni — hisobot davri uchun keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay tegishli soliq organiga taqdim qiladi (nizomga 2-ilova).

20-yanvaridan kechiktirmay

14-bosqich

Tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limi

Vegetatsiya va kuz-qish davri yakuni bilan-belgilangan tartibda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi yoki irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga elektron ko‘rinishda hisobot taqdim etish.

Vegetatsiya davri yakuni bilan 15-oktabrgacha va kuz-qish davri yakuni bilan 15-aprelgacha

15-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Vegetatsiya davri va kuz-qish davri yakunlari bilan belgilangan tartibda Suv xo‘jaligi vazirligiga elektron shaklda hisobot taqdim qilish.

1-noyabrgacha 1-maygacha

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.