Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 08.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son qarori ijrosini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda yerlarning sho‘rini yuvish, meliorativ holatini yaxshilash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish hamda sho‘r yuvish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suv iste’molchilariga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 442-moddasi talablaridan kelib chiqib, sho‘r yuvish ishlari uchun ajratilgan suv olish limitidan ortiqcha suv olingan taqdirda, belgilangan tartibda suvdan foydalanganlik uchun soliqqa tortilishi ko‘rsatib o‘tilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Meliorativ ekspeditsiyalar har yili 10-noyabrga qadar yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ilmiy asoslangan tavsiyalarni (keyingi o‘rinlarda — Tavsiyalar) ishlab chiqadi hamda agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga (keyingi o‘rinlarda — suv iste’molchilari) yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning hududiy organlari

Suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (suv iste’molchilari uyushmalarining) suv olish limitlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va joylarga yetkazish.

Har yili 1-oktabrga qadar

2-bosqich

Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv iste’molchilari uyushmalari)

Agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini, shuningdek, tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

Har yili 20-oktabrga qadar

3-bosqich

Meliorativ ekspeditsiyalar

Hududlar bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv ko‘rsatkichlarini o‘rganish hamda tahlil qilish. Sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv xaritalarini hamda meliorativ kadastr hujjatlarini ishlab chiqish.

Har yili 1-noyabrga qadar

4-bosqich

Meliorativ ekspeditsiyalar

Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish hamda agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yetkazish.

Har yili 10-noyabrga qadar

5-bosqich

Suv iste’molchil�ri

Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv iste’molchilari uyushmalari) bilan birgalikda ularga berilgan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni (keyingi o‘rinlarda — Tavsiyalar) va suv iste’moli rejalariga asosan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari rejalarini ishlab chiqish.

Har yili 20-noyabrga qadar

6-bosqich

Suv iste’molchilari

Yerlarning sho‘r yuvish ishlarini sho‘r yuvish rejalari bo‘yicha berilgan Tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida sho‘r yuvish normalariga muvofiq amalga oshirish.

Tavsiyada ko‘rsatiladigan maqbul muddatlarda

7-bosqich

Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchi tashkilotlar (suv iste’molchilari uyushmalari)

Suv iste’molchilari bilan belgilangan tartibda sho‘r yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritish.

Sho‘r yuvish davrida

8-bosqich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari, shuningdek, suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish.

Suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sirchan choralar ko‘rish.

Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish davrida

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi