Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda hamda 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
5. Agar ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar yetarli bo‘lmasa, konsullik mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) bilan kelishuv asosida va ushbu Nizomga muvofiq mazkur fuqaroning O‘zbekiston Respublikasiga qaytib ketishini ta’minlash maqsadida shunday maqsadlar uchun maxsus ajratilgan mablag‘lar hisobiga va ularning doirasida moliyaviy yordam ko‘rsatishga haqli.
Moliyaviy yordam xorijiy valyutada ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan me’yorlarga muvofiq ko‘rsatiladi.
a) xorijiy davlat hududida yashash uchun mablag‘larsiz qolganlik sabablari aniq bayon etilgan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xorijdagi muassasaning rahbari nomiga ariza (o‘zi, agar mavjud bo‘lsa xotini (eri), voyaga yetmagan farzandlari, shuningdek, uning qonuniy vakilligi ostidagi boshqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘rsatiladi);
10. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizasi ijobiy ko‘rib chiqilganidan so‘ng bir ish kunida konsullik muassasasi va fuqaro o‘rtasida ushbu Nizomga 4-ilovaga asosan notarial tasdiqlangan bitimga tenglashtirilgan qarz shartnomasi tuziladi, unga ko‘ra, xorijdagi muassasadan moliyaviy yordam olgan shaxs ushbu mablag‘larning o‘rnini moliyaviy yordamni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun muddatda qoplash majburiyatini oladi.
Konsullik mansabdor shaxsi tomonidan ushbu bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligini tekshirish, arizani ko‘rib chiqish va kelishish tartib-taomillari bilan bir paytda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining moliyaviy yordam so‘rab yozgan arizasi qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Konsullik mansabdor shaxsi tomonidan mablag‘lar mazkur Nizomning 17-bandiga asosan hayot uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, kiyim-kechak va transport chiptasi sotib olish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’minotchilarga to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustavining 14-moddasiga muvofiq konsullik mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq konsullik muassasasining boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshlig‘iga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoxud sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

T/r

Konsullik okrugining nomi

Sarf-xarajatlar me’yorlari (AQSh dollarida)

sutkalik yashash uchun mablag‘lar

transport xarajatlari

1.

O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi

100

800

2.

O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi

50

400

3.

O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi Elchixonasi

50

250

O‘zbekiston Respublikasining Mozori-Sharif shahridagi konsulxonasi

50

100

4.

O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchixonasi

65

500

5.

O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi

150

1000

6.

O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasi

100

800

7.

O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Elchixonasi

70

800

8.

O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasi

100

600

9.

O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi

100

600

10.

O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasi

100

600

11.

O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchixonasi

100

500

12.

O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi

100

1000

13.

O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchixonasi

70

400

14.

O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Elchixonasi

50

100

O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi

50

100

O‘zbekiston Respublikasining Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi

50

100

15.

O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

100

600

O‘zbekiston Respublikasining Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi

100

600

O‘zbekiston Respublikasining Guandjou shahridagi Bosh konsulxonasi

100

700

16.

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi

100

500

17.

O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Elchixonasi

100

1000

18.

O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Elchixonasi

50

100

19.

O‘zbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Elchixonasi

100

600

20.

O‘zbekiston Respublikasining Malayziya Respublikasidagi Elchixonasi

70

600

21.

O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirligidagi Elchixonasi

125

300

O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi

125

300

22.

O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchixonasi

70

600

23.

O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Elchixonasi

70

500

24.

O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasi

100

800

25.

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

50

400

O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi

50

400

O‘zbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi

50

400

O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi

50

400

O‘zbekiston Respublikasining Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi

50

400

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi

50

400

O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi

50

800

26.

O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligi�agi Elchixonasi

100

600

O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi

100

600

27.

O‘zbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi Elchixonasi

125

800

28.

O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasi

100

1000

O‘zbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi

100

1000

29.

O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi

50

100

30.

O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi

100

400

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

100

400

31.

O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Elchixonasi

70

200

32.

O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi

100

500

33.

O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Elchixonasi

100

650

34.

O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi

100

600

O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi

100

600

35.

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi

150

1 000

36.

O‘zbekiston Respublikasining Afina shahridagi Bosh konsulxonasi

100

600

37.

O‘zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi

70

600

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddatlari


1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi

Moliyaviy yordam olish uchun arizani to‘ldiradi va Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga bo‘lib turgan davlati hududidagi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga (xorijiy muassasasi) murojaat qiladi.

Zaruratga ko‘ra


2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasasi

1. Ariza va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan arizada keltirilgan asoslar to‘g‘riligini tekshiradi, uning xorijiy davlat hududida bo‘lish sharoitlarini aniqlaydi (safar maqsadi, viza mavjudligi, yashash sharoitlari va boshqalar) hamda zarurat tug‘ilganda holatga aloqador hujjatlarni (shu jumladan, elektron va faksimil shakllarda) talab qiladi.

2. Fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida moliyaviy yordam ko‘rsatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va zarur hujjatlar bilan birgalikda uni Tashqi ishlar vazirligiga tasdiqlash uchun yuboradi (shu jumladan, elektron va faksimil shakllarda).

2 ish kuni mobaynida


3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

1. Fuqaroga moliyaviy yordam ko‘rsatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi hujjatlarni va konsullik mansabdor shaxsining xulosasini ko‘rib chiqadi.

2. Xorijiy muassasaga moliyaviy yordam ko‘rsatish yoki rad etish to‘g‘risida xat yuboradi (shu jumladan, elektron va faksimil shakllarda).

1 ish kuni mobaynida


4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasasi

1. Murojaat etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan notarial tasdiqlangan bitimga tenglashtirilgan qarz shartnomasini tuzadi. Oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun xarajatlar smetasi hisobidan xorijiy muassasalarni saqlash uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ta’minotchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar)ga to‘lov o‘tkazadi.

2. Moliyaviy yordam olish uchun arizani ko‘rib chiqish rad qilingan holatlarda konsullik mansabdor shaxsi ariza beruvchiga rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabarnoma yuboradi (shu jumladan, ele�tron va faksimil shakllarda).

1 ish kuni mobaynida


5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi

1. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti “boshqa daromadlar turlariga kirim qilish” g‘azna hisobvarag‘iga moliyaviy yordam mablag‘ini qaytaradi.

2. Agar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lsa, qarz mablag‘i xorijiy muassasaning kassasiga (hisobvarag‘iga) belgilangan tartibda topshiriladi.

30 kun mobaynida


6-bosqich

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasasi va Tashqi ishlar vazirligi

1. Xorijiy muassasa tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy yordam summasi belgilangan muddat ichida qaytarilmagan taqdirda, konsullik mansabdor shaxsi Tashqi ishlar vazirligiga ijro xati yuboradi.

2. Ijro xati Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qarzdorlikni majburiy undirish uchun qarzdor yashash joyi yoki ish joyi yoxud uning mol-mulki turgan joydagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limiga yuboriladi. Ijro xati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlikni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali yuborilishi mumkin.

Moliyaviy yordam ko‘rsatilgan kundan 30 kun o‘tgach

Oldingi tahrirga qarang.

QARZ ShARTNOMASI ___- son

____________ shahri

20__ yil “___”________

Keyingi o‘rinlarda “Qarz beruvchi” deb ataladigan _________________________________________________

(xorijiy davlat nomi)

dagi O‘zbekiston Respublikasi xorijiy muassasasi nomidan_________________________ asosida ish ko‘ruvchi

(patent, kollegiya qarorlari, buyruq va h.k.)

_________________________________________________bir tomondan, va keyingi o‘rinlarda “Qarz

(Konsullikning mansabdor shaxsining F.I.O. va lavozimi)

oluvchi” deb ataladigan __________________________________________ O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi,

(fuqaroning F.I.O.)

pasport seriyasi ___ raqami _______, __ _______ _____ yilda _______________________________________
tomonidan berilgan, “___” ________ _____ yilda tug‘ilgan, ish joyi _________________________, ikkinchi tomondan, birgalikda shartnomaning taraflari deb nomlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustavining 20-moddasiga asosan quyidagilar to‘g‘risida mazkur shartnomani tuzdilar:

1. ShARTNOMA PREDMETI

1.1. Qarz beruvchi Qarz oluvchiga umumiy _______________ (_________________________________________) miqdorida pul mablag‘ini qarzga beradi, Qarz oluvchi esa o‘z zimmasiga mazkur shartnomaning shartlariga muvofiq mazkur mablag‘ni o‘z vaqtida qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Qarz summasi Qarz oluvchi va uning oila a’zolariga (agar mavjud bo‘lsa) quyidagilar uchun beriladi:
hayot uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini va kiyim-kechaklarni sotib olish uchun (O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelguniga qadar);
birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini olish uchun (O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelguniga qadar);
O‘zbekiston Respublikasiga chiqib ketish uchun kutish vaqtida (eng kam stavka bo‘yicha) turar joy uchun;
O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelish uchun transport chiptalari (havo, temir yo‘l) sotib olish yoki avtotransport xizmatlarini to‘lash uchun.


2. KELIShUV JARAYoNI

2.1. Qarz oluvchining moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizasi ijobiy ko‘rib chiqilganidan so‘ng bir ish kunida Qarz beruvchi mazkur shartnomaning 1.2-bandiga asosan Qarz oluvchiga oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, turar joy, kiyim-kechak va transport chiptasi sotib olib berish uchun mablag‘larni to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’minotchilarga to‘lash yo‘li bilan amalga oshiradi. Moliyaviy yordam Qarz oluvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri pul mablag‘larini ajratish orqali amalga oshirilmaydi.
2.2. Qarz summasi berilgan vaqtdan e’tiboran 30 (o‘ttiz) kun muddatga taqdim etiladi va ushbu muddat davomida Qarz oluvchi tomonidan qaytarilishi kerak.
2.3. Qarz summasi Qarz oluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti “boshqa daromadlar turlariga kirim qilish” g‘azna hisobvarag‘iga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida mablag‘ kiritish yo‘li bilan qaytariladi.
2.4. Agar Qarz oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lsa, qarz mablag‘i xorijdagi muassasaning kassasiga (hisobvarag‘iga) qarz summasi olingan valyutada qaytariladi.


3. TARAFLAR JAVOBGARLIGI

3.1. Ushbu Shartnomaning majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun taraflar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga v� ushbu Shartnomaning shartlariga muvofiq javob beradilar.
3.2. Agar qarz summasi belgilangan muddat ichida qaytarilmagan taqdirda, konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ijro xati yuboradi, ijro xati bo‘yicha qarzdorlikni undirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda so‘zsiz amalga oshiriladi.
3.3. Konsullikning mansabdor shaxsi ijro xati bo‘yicha qarzdorlikni majburiy undirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.


4. FORS-MAJOR

4.1. Taraflarning birontasi ham boshqa tarafning oldida ushbu Shartnoma bo‘yicha qolgan majburiyatlarni taraflarning erki va istagidan tashqari paydo bo‘lgan va ularni oldindan ko‘ra bilish yoki bartaraf etish mumkin bo‘lmagan quyidagi holatlarda majburiyatlardan ozod qilinadi: hukumat tomonidan taqiqlanish, fuqarolik tartibsizliklari, yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi, qamal holati, eksport yoki import operatsiyalarining hukumat tomonidan taqiqlanishi, zilzila, suv toshqini, yong‘in yoki boshqa tabiiy ofatlar.
Shu bilan birga, Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ijro etish muddati bunday holatlar va ularning oqibatlari muddatiga mutanosib ravishda kechiktiriladi.
4.2. Ushbu Shartnomaning 4.1-bandida ko‘rsatilgan holatlar yuz berganda, bir taraf 10 kun muddat ichida ikkinchi tarafga yozma xabar berishga majburdir.
4.3. Vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjat, favqulodda vaziyatning mavjudligini va davomiyligini yetarli darajada tasdiqlaydi.


5. YAKUNLOVChI QOIDALAR

5.1. Ushbu Shartnoma taraflar tomonidan imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar to‘liq bajarilgunicha amal qiladi.
5.2. Shartnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat yozma ravishda amalga oshirilib, taraflar imzolaganidan so‘ng haqiqiy deb e’tirof etiladi. Taraflarning tegishli qo‘shimcha bitimlari ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
5.3. Ushbu Shartnomaga oid, lekin Shartnomaga kiritilmagan holatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida hal etiladi.
5.4. Ushbu Shartnoma taraflar uchun bir hil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tayyorlandi.


6. TARAFLARNING POChTA MANZILLARI, TO‘LOV REKVIZITLARI VA IMZOLARI:

Qarz oluvchi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
_____________________________________________
(F.I.O.)


Pochta manzili: _______________________________
____________________________________________

Qarz beruvchi:
_________________________________________dagi
(xorijiy davlat)
O‘zbekiston Respublikasining
xorijiy muassasasi

Pochta manzili: _______________________________ _____________________________________________

(O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining G‘aznachilik hisobvarag‘i:

Pasport seriyasi va raqami
_____ _________________
Kim tomonidan berilgan _______________________
___________________________________________

JShShIR (STIR) _____________________________
_______________________________________

O‘zbekiston Respublikasi xorijiy
muassasasining hisobvarag‘i:

_____________________________________________

Bank nomi: ___________________________________

___________________

___________

___________________

___________

(Qarz oluvchining F.I.O.)

(imzo)

(Konsulning F.I.O.)

(imzo)

M.O‘.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

IJRO XATI

________________ shahri (__________________________________)

(Xorijiy muassasa joylashgan davlat)

Men ________________________________, _____________________________dagi O‘zbekiston Respublikasi

(F.I.O.)

(xorijiy davlat)

xorijiy muassasasining rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustavining 20-moddasi, “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 76 — 80-moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil “___”________ da ____-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablag‘larsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan 20__ yil “__”______da tuzilgan notarial tasdiqlangan bitimga tenglashtirilgan ___-son qarz shartnomasidagi qarzdor O‘zbekiston Respublikasi _________ shahri ___________ ko‘chasi ____-uy ____-xonadon manzilida yashovchi, pasport raqami _______, JShShIR (STIR) _______, “___” ________ _____ yilda tug‘ilgan, ish joyi _____________________, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ____________________dan, O‘zbekiston Respublikasi 100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 3-uyda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi foydasiga to‘lanmagan umumiy miqdori ___________ _________________________________________ so‘m miqdoridagi qarzdorlikni

(raqamlar va so‘z bilan)

mazkur ijro xati asosida O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti “boshqa daromadlar turlariga kirim qilish” g‘azna hisobvarag‘i: ________________________________ga undirib berilishini so‘rayman.
Mazkur ijro xati ________________________________________ da amalga oshirilgan va ____________-son

(sana yozuv bilan kiritiladi)

reyestr raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Xorijiy muassasaning muhri va rahbarining imzosi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi