Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qo‘yish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. O‘zbekiston Respublikasi chegara belgilarining turlari, shakllari, o‘lchamlari va tuzilishi tavsifi

3-bob. Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va o‘rnatish tartibi

4-bob. Ikkita va uchta chegara ustunlaridan iborat bo‘lgan chegara belgilarini o‘rnatishning o‘ziga xos xususiyatlari

5-bob. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining asosiy temir-beton chegara ustuni

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining asosiy yig‘ma temir-beton chegara ustuni

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining asosiy polimer (kompozit) chegara ustuni

4-ILOVA
Markaziy ustun

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining oraliq temir-beton chegara ustuni

6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining maxsus chegara belgilari

7-ILOVA
Ikkita chegara ustunidan iborat (juftlik) chegara belgisini o‘rnatish

8-ILOVA
Quruqlik hududlaridan o‘tayotgan chegara chizig‘i avtomobil va temir yo‘llar bilan kesishgan hollarda ikkita chegara ustunidan iborat (juftlik) chegara belgisini o‘rnatish

9-ILOVA
Chegara suv obyektlari orqali o‘tgan chegara chizig‘ini avtomobil va temir yo‘llar kesib o‘tgan hollarda ikkita chegara ustunidan iborat chegara belgisini o‘rnatish

10-ILOVA
Davlat chegarasi suv hududidan quruqlikka yoki quruqlik hududidan suvga o‘tgan joylarda ikkita chegara ustunidan iborat (juftlik) chegara belgisini o‘rnatish

11-ILOVA
Davlat chegarasi suv hududidan quruqlikka yoki quruqlik hududidan suvga o‘tgan joylarda uchta chegara ustunidan iborat (uchlik) chegara belgisini o‘rnatish

12-ILOVA
Davlat chegarasi bir suv obyektidan boshqasiga o‘tgan joylarda uchta chegara ustunidan iborat (uchlik) chegara belgisini o‘rnatish

13-ILOVA
Chegara suv obyektlari o‘rtasida uncha katta bo‘lmagan quruqlik hududi mavjud bo‘lganda uchta chegara ustunidan iborat (uchlik) chegara belgisini o‘rnatish

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 13.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan Davlat chegarasiga belgi qo‘yish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Asosiy temir-beton chegara ustuni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
4. Markaziy ustun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
5. Oraliq temir-beton chegara ustuni ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
6. Maxsus chegara belgilari ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq quyidagi turlarga bo‘linadi:
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq quruqlik hududlarda chegarani asosiy chegara belgilari bilan belgilashda, chegaradosh davlat chegara belgilariga parallel ravishda bevosita Davlat chegara chizig‘iga markaziy ustunlar o‘rnatilishi mumkin.
16. Ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq quruqlik hududlaridan o‘tayotgan chegara chizig‘i avtomobil va temir yo‘llar bilan kesishgan hollarda ikkita chegara ustunidan iborat (juftlik) chegara belgisi o‘rnatiladi. Bunda chegaradosh davlatning chegara ustuni chegara chizig‘i ustida, avtomobil/temir yo‘lning o‘ng tomoniga o‘rnatiladi.
17. Ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq chegara suv obyektlari (daryo, kanal, kollektor-drenaj tarmog‘i va boshqalar) orqali o‘tgan chegara chizig‘ini avtomobil va temir yo‘llar kesib o‘tgan hollarda, ikkita chegara ustunidan iborat chegara belgisi o‘rnatiladi. Bunda chegaradosh davlatning chegara ustuni avtomobil/temir yo‘lning o‘ng tomoniga, suv obyektining qirg‘og‘iga o‘rnatiladi.
19. Ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq davlat chegarasi quruqlik hududidan suv hududiga yoki aksincha o‘tganda, uning burilish joyiga ikkita ustundan iborat bo‘lgan o‘tish chegara belgisi, asosiy va stvordagi chegara ustunlari o‘rnatiladi. Bunday holda asosiy chegara ustuni chegara chizig‘iga o‘rnatiladi, stvordagi chegara ustuni esa suv hududining qarama-qarshi qirg‘og‘ida Davlat chegarasining stvorida o‘rnatiladi. Asosiy chegara ustunining yuz tomoni chegaradosh davlat tomonga yo‘naltiriladi. Stvordagi ustuning yuzi chegara chizig‘iga perpendikulyar yo‘naltiriladi.
ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq chegara suv obyektidan (kanal, kollektor, zovur va boshqalar) quruqlik hududiga yoki aksincha o‘tganda, quruqlik hududida yuz tomoni demarkatsiya chizig‘iga parallel ravishda bir-biriga qarama-qarshi ikkita chegara ustuni o‘rnatiladi, uchinchi chegara ustuni (stvordagi) esa suv obyektining qarama-qarshi qirg‘og‘ida Davlat chegarasining stvorida o‘rnatiladi. Stvordagi chegara ustunning yuz tomoni chegara chizig‘iga perpendikulyar tarzda yo‘naltiriladi.
ushbu Nizomga 12, 13-ilovalarga muvofiq chegara bir suv obyektidan boshqasiga o‘tganda (kanal, kollektor, zovur va boshqalar), shuningdek, ular o‘rtasida uncha katta bo‘lmagan quruqlik hududi mavjud bo‘lganda, bir suv obyektining har ikkala qirg‘og‘ida bir-biriga qarama-qarshi ikkita chegara ustuni yuz tomoni demarkatsiya chizig‘iga parallel ravishda o‘rnatiladi, uchinchi chegara ustuni (stvordagi) esa boshqa suv obyektining qarama-qarshi qirg‘og‘ida Davlat chegarasining stvorida o‘rnatiladi. Stvordagi chegara ustunning yuz tomoni chegara chizig‘iga perpendikulyar tarzda yo‘naltiriladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi