Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 05.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustuni 25-pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 44-son, 563-modda) 1-ilovaning “Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 9, 19, 20 va 24-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-iyuldagi 479-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 28-son, 656-modda) 2-ilovaning “Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 10 va 12-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-sentabrdagi 719-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 1001-modda) 1-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 5.1-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 2 va 21-bandlardagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 1-ilovaning “1, 2, 5, 6 va 8-bosqich” pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo‘shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga 4-ilovaning 13-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi hamda 5-ilovaning 6-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatida soya yetishtirish sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyuldagi 506-son qaroriga 3-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktoriga” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning “Mas’ullar” ustuni 6 — 9, 14, 16, 19, 20 va 23 — 26-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustuni 1 va 2-pozitsiyalaridagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshisiga “birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish” so‘zlaridan keyin “va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” so‘zlari qo‘shilsin;
birinchi xatboshisiga “birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish” so‘zlaridan keyin “va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-sentabrdagi 735-son qarori 2-bandidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 6-son, 150-modda) 7-ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustuni 11-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaning “Ma’lumot taqdim etuvchi subyekt” ustuni II bo‘limining 9-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash va ularning original urug‘chiligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi 504-son qaroriga ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustuni 6-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi (B. Xalikov)” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Turayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Agrar ta’lim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 15-dekabrdagi 788-son qaroriga 1-ilovaning 6-bobi oltinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi