Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Elektron reyestrni shakllantirish

3-bob. O‘quv dasturini amalga oshirish va o‘quv kurslarini tashkil etish

4-bob. O‘quv kurslari bitiruvchilarining o‘qitish xarajatlarini qoplab berish

5-bob. Vakolatli davlat organiga kompensatsiya uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

2-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish SXEMASI

3-ILOVA
Nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning filiallari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar, tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha KASBLAR RO‘YXATI

2-ILOVA
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka jalb qilish jarayoni

3-bob. Mikrokreditlarni ajratish tartibi

4-bob. Mikrokreditlarni rasmiylashtirish

5-bob. Kreditlarni monitoring qilish va so‘ndirish

6-bob. Yakuniy qoida

ILOVA
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish SXEMASI

3-ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tanlov tashkil etish va o‘tkazish tartibi

3-bob. Qarz ajratish tartibi

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash SXEMASI

Hujjat 08.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, hududlardagi aholi ongida tadbirkorlik orqali hayot tarzini yaxshilashga intilish hissini uyg‘otish hamda bu borada ularni rag‘batlantirish va davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 22-iyuldagi PQ-329-son qarorlari hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga muvofiq aholini, xususan, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni, tadbirkorlikka jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi o‘rnatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq ajratilgan 2 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka o‘qitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun qarz ajratish bo‘yicha tanlov 2021-yil 20-iyulga qadar e’lon qilinadi va 2021-yil 1-avgustga qadar o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari xabarnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida kamchiliklar bartaraf etilib, mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tegishli tartibda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab ularning ma’lumotlari hamda ro‘yxatini ikki ish kuni ichida takroran vakolatli davlat organiga kiritishi mumkin.
NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi, shuningdek, taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi zarur hollarda, vakolatli davlat organi xamda uning hududlardagi boshqarmalari mas’ul xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganilishi mumkin.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nodavlat ta’lim tashkilotlar

(keyingi o‘rinlarda — NTT)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza taqdim etadi.

Har yili 1-noyabrga qadar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy maktabga ariza taqdim etadi.

Professional ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — PTT)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza taqdim etadi.

2-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga ko‘ra NTT va PTTlar ro‘yxatini shakllantiradi, ro‘yxat va NTTlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarni vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish hamda elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etadi.

Har yili 1-dekabrga qadar

Oliy maktab

Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga ko‘ra hududiy filiallar ro‘yxatini shakllantiradi, ro‘yxat va hududiy filiallar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarni vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish hamda elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etadi.

3-bosqich

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi)

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oliy maktab tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar va hujjatlarni Nizomning 4 va 5-bandida nazarda tutilgan talablar asosida o‘rganib chiqadi, belgilangan talablar ta’minlanmagan taqdirda, NTTlar, PTTlar va Oliy maktab hududiy filiallarini elektron reyestrga kiritmaydi, bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Oliy maktabga yozma yoki elektron shaklda xabar yuboradi, taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab

Hujjatlar qaytarilganligi to‘g‘risida tegishli NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallarini xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari

Kamchiliklar bartaraf etilib, Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli ma’lumotlar va hujjatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktabga qayta taqdim qiladi.

Xabarnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida

6-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oliy maktab

NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari tomonidan qayta taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib, ma’lumot, hujjatlar hamda ro‘yxatni vakolatli davlat organiga takroran yuboradi.

2 ish kuni ichida

7-bosqich

Vakolatli davlat organi

Takroran taqdim etilgan ro‘yxat, ma’lumot va hujjatlarni Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida qayta ko‘rib chiqadi.

Qayta ko‘rib chiqi�gan ro‘yxatni umumlashtirgan holda NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantiradi.

Belgilangan tartibda

har yili1-yanvarga qadar

8-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi

NTT, PTT, Oliy maktab o‘quv dasturlari doirasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra tinglovchilar bilan tuzilgan uch tomonlama shartnoma va to‘lov asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Murojaat qilingan kundan boshlab

9-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar, o‘qituvchilar, ustalar va murabbiylar tomonidan zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilgan holda an’anaviy usulda o‘quv kurslarini olib boradi.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga bitiruvchilarni test sinovidan o‘tkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi.

O‘quv kurslari yakunlanishidan ikki kun oldin

11-bosqich

Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari

O‘quv kurslari yakunlariga ko‘ra tinglovchilarni Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari, vakolatli davlat organining hududiy boshqarmala�i vakillarini jalb qilib, real vaqt (onlayn) rejimida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini qo‘llagan holda test va imtihon sinovidan o‘tkazadi.

Shuningdek, zarur hollarda, tinglovchilardan amaliy imtihonlar ham olishi mumkin.

Belgilangan muddatlarda

12-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Yakuniy imtihon sinovlari natijasida 71 va undan yuqori ball to‘plagan bitiruvchilarga sertifikat beradi.

Belgilangan muddatlarda

13-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tegishli qiymatini qoplab berish uchun Nizomning 23-bandida qayd qilingan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalariga rasmiy murojaat qiladi.

Shartnomaga muvofiq

14-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari

NTT, PTT, Oliy maktab o‘quv dasturlari doirasida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hamda tinglovchilar o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomada ko‘rsatilgan o‘quv kurslarining tegishli qiymati asosida kompensatsiya qiladi.

Shartnomada belgilangan muddatda

15-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari

Agar, hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarini yozma yoki elektron shaklda xaba�dor qiladi hamda taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.

(NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilishga haqli).

Besh ish kuni ichida

16-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari

Tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng NTT, PTT, Oliy maktabga belgilangan kompensatsiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.

Uch ish kuni ichida

17-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab

Sertifikat olgan bitiruvchilar haqida haqqoniy ma’lumot taqdim etmagan bo‘lsa, vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalaridan olingan kompensatsiya mablag‘larini qaytarib beradi.

Ikki ish kuni muddatida

1.

Pazandalik, oshpazlik va novvoylik.

2.

Ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish va boshqarish.

3.

Qandolatchilik, pazandachilik va karving.

4.

Tikuvchilik (to‘qimachilik sohasining barcha turdagi xizmatlari).

5.

Gilam to‘qish.

6.

Charm-teri mahsulotlari va poyabzal tikish, ta’mirlash.

7.

Zardo‘zlik, kashtachilik va gazlamalarga gul bosish.

8.

Zargarlik va bijuteriya tayyorlash.

9.

Sartaroshlik, manikyur, pedikyur xizmatlari.

10.

Kosmetolog.

11.

Uy hamshiraligi, bolalar va qariyalar parvarishi.

12.

Kir yuvish va dazmollash xizmatlari.

13.

Ko‘p qavatli uylar va binolarga texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya va joriy ta’mirlash.

14.

Umumiy qurilish ishlari (beton quyish, g‘isht va kafel terish, suvoqchilik, bo‘yoqchilik va pardozlash ishlari).

15.

Darvoza, eshik va derazalar yasash va ta’mirlash (yog‘och, plastik, metall va boshqa).

16.

Slesar, tokar va metallarga ishlov berish, buyumlar yasash.

17.

Duradgorlik, yog‘och buyumlarini yasash.

18.

O‘ymakorlik va ganchkorlik.

19.

Kulolchilik.

20.

Tosh, marmar, granit va boshqa inert materiallarga ishlov berish.

21.

Haykaltaroshlik hamda ?ichik me’moriy shakllarni yasash va o‘rnatish.

22.

Milliy musiqa asboblarini yasash va ta’mirlash.

23.

Mebelsozlik.

24.

Santexnika uskunalarini o‘rnatish va ta’mirlash.

25.

Elektropayvand, elektromontyorlik xizmati.

26.

Maishiy texnikalar, kompyuter va ofis jihozlarini o‘rnatish, tuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish.

27.

Avtotransport vositalarini ta’mirlash va jihozlash.

28.

Obodonlashtirish va landshaft dizayn ishlarini tashkil etish.

29.

Gul yetishtirish, gulchambarlar, gulli bezak va dekoratsiyalar tayyorlash.

30.

Tantanalar, marosimlar, to‘y va tadbirlarni tashkil etish hamda badiiy bezash ishlarini amalga oshirish.

31.

Dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash bo‘yicha mutaxassis).

32.

Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, vizuallashtiruvchi dizayner, texnik dizayner, moushn-dizayner, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator va boshqalar).

33.

Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, kontent-menejer, muharrirlik xizmatlarini tashkil etish).

34.

Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ilgari surish va reklama qilish (SMM), �jtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, targetolog, kontekst-reklama bo‘yicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi).

35.

Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, NR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent).

36.

Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi).

37.

Buxgalteriya hisobi.

38.

Brokerlik, rieltorlik, baholash ishlari.

39.

Deklarant (tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi rasmiyatchiligi).

40.

Logistika (yuk va yo‘lovchi tashish xizmati operatori).

41.

Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlar reklamasini tashkil etish.

42.

Turizm, mehmonxona va gid xizmatlari.

43.

Bosma nashrlarni ishlab chiqarish va chakana savdo qilish.

44.

Chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

45.

Parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

46.

Asalarichilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

47.

Baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

48.

Veterinariya va zootexnika.

49.

Qassobchilik va kushxona xizmatlari.

50.

Intensiv bog‘bonlik, mevali va manzarali daraxtlar yetishtirish va ularni parvarishlash.

51.

Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish, yuritish va mahsulotlar yetishtirish.

52.

O‘simliklarni kimyoviy himoyalash xizmatlari.

53.

Meva-sabzavotlarni saralash, saqlash, qadoqlash va birlamchi qayta ishlash.

54.

Tish texnigi.

55.

Xorijiy tillarni o‘rganish (mukammal so‘zlashish darajasida).

(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq joriy etilgan tizim asosida aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki va aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — bank) tomonidan kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — Qarz oluvchilar)

Kredit olish uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki yoki aksiyadorlik-tijorat Xalq bankiga elektron ariza bilan murojaat qiladi.

Bunda, qarz oluvchi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, mikrokredit olish huquqini beruvchi sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi.

(Mijoz va bank munosabatlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali bank filialiga yoki bank xizmatlari markaziga tashrif buyurish, “Call” markazga murojaat qilish, SMS xabarnoma jo‘natish, bankning internetdagi sahifasi orqali murojaat qilish, shuningdek, “Telegram.bot” orqali amalga oshiriladi).

Belgilangan mudda�larda

2-bosqich

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — Bank)

Kredit olish bo‘yicha bankning eng qulay filiali yoki bank xizmatlari markaziga murojaat qilish va tegishli hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qarz oluvchiga taklif jo‘natadi.

Shuningdek, skoring tizimi asosida loyihani moliyalashtirish yuzasidan ijobiy yoki salbiy qaror chiqaradi, qaror nusxasini qarz oluvchiga va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi)ga taqdim etadi.

Ariza bankka kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan

3-bosqich

Bank

Qarz oluvchilarga kreditlarni ajratadi

(Jismoniy shaxslar, xususan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 mln so‘mgacha;

mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga 225 mln so‘mgacha.

Kreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

Qarz oluvchilarga kreditlar ularning talabiga binoan jami kredit summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda naqd pulda ajratiladi.

Qarz oluvchi va bank o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq

4-bosqich

Bank

Qarz oluvchiga ajratilgan kreditni maqsadli ishlatilishi yuzasidan kreditdan foydalanishning muddati davomida monitoringni amalga oshiradi. Bunda, kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasini bank elektron platformasiga biriktirib boradi.

Kredit to‘liq so‘ndirilgunga qadar

5-bosqich

Bank

Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik yoki kredit mablag‘larini talon-taroj qilinganlik holatlari aniqlangan taqdirda, kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini yoki talon-taroj qilingan summani belgilangan tartibda qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.

Qarzdor kredit bo‘yicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida to‘lashdan bosh tortgan hollarda, choralar ko‘radi.

Qarz oluvchining garov ta’minoti kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulkiga qaratishi mumkin.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda

6-bosqich

Bank

Qarz oluvchilar, ularning qarzdan foydalanish yo‘nalishlari va natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etib boradi.

Har oyning 5 sanasiga qadar

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vakolatli davlat organi tomonidan mazkur nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qarz ajratish NNTlar orasida ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
NNTlar tanlovda ishtirok etish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi)

Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan kompleks dasturlari uchun qarz ajratish bo‘yicha nodavlat-notijorat tashkilotlar orasida tanlov e’lon qiladi.

(Tanlov o‘tkazilishi uchun kamida ikkita taklif kelib tushgan bo‘lishi lozim. Agarda belgilangan miqdordagi taklif kelib tushmasa, tanlov qaytadan e’lon qilinadi).

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi vakillaridan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuzadi.

(Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi).

Har yili 1-iyulga qadar

2-bosqich

Vakolatli davlat organi

Tanlovlar bo‘yicha e’lonlar va ma’lumotlar, shuningdek, tanlovlarning natijalari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablag‘larning taqsimlanishi, ishlatilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni vakolatli davlat organining rasmiy veb-sahifasi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi. Tanlovni oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash prinsiplari asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Tanlov o‘tkazilgunga qadar

3-bosqich

Nodavlat-notijorat tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — NNT)

Tanlovda ishtirok etish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan

4-bosqich

Tanlov komissiyasi

Tanlovni o‘tkazadi.

Har yili 1-avgustga qadar

5-bosqich

Vakolatli davlat organi

Tanlov natijalari asosida g‘olib deb topilgan NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik bo‘yicha shartnoma tuzadi.

Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan

6-bosqich

Vakolatli davlat organi

Shartnomada ko‘rsatilgan miqdordagi qarzni NNT maxsus xisobvarag‘ig? qarzni to‘liq o‘tkazib beradi.

(Tadbirkorlik faoliyati va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 mln so‘mgacha miqdorda 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratiladi).

Shartnoma tuzilgandan keyin o‘n ish kuni ichida

7-bosqich

NNT

Ajratilgan qarzlarning hamda mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobidan yoshlar va xotin-qizlar tomonidan olingan mikroqarzlarning maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib boradi.

Bunda mikroqarz olgan yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini doimiy kuzatib boradi hamda ularga maslahat va ko‘mak berib boradi.

Muntazam ravishda

8-bosqich

NNT

Monitoring va kuzatib borish natijalari yuzasidan vakolatli davlat organiga batafsil axborot taqdim etib boradi.

Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar

9-bosqich

Vakolatli davlat organi

Qarz mablag‘laridan samarasiz va maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlaganda NNTdan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli.

Bunda, vakolatli davlat organi NNTga akseptsiz talabnoma qo‘yadi. Ushbu talablar shartnomada ko‘rsatiladi.

Shartnomaga muvofiq

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi