Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan KONSEPSIYASI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Sud-ekspertlik tizimining joriy holati va mavjud muammolar

3-bob. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

4-bob. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish mexanizmlari

1-§. Sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirib borish

2-§. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish

3-§. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish

4-§. Sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish

5-§. Nodavlat sud-ekspertiza institutini rivojlantirish

6-§. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

7-§. Sud-ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi bo‘yicha 2021 — 2023-yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “YO‘L XARITASI”

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha kengash TARKIBI

4-ILOVA
2021 — 2025-yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari RO‘YXATI

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar

Hujjat 06.07.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
 LexUZ sharhi

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish:

sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini takomillashtirish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining maqomi, ularga qo‘yiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini o‘tkazish tartib-taomili hamda ish reglamentlarini belgilash;

nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik ta’minlash hamda tartibga solish mexanizmini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan beriladigan mutaxassis fikrini berish;

qayta ekspertiza o‘tkazish vakolati beriladigan ekspertlar reyestrini yuritish tizimini joriy etish va unga kiritishga doir talablarni belgilash;

maxsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash;

sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish va kasb-etika qoidalarini belgilash;

sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish.

Qonun loyihasi

2022-yil aprel

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM, Advokatlar palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Protsessual qonunchilik hujjatlariga nodavlat sud-ekspertlarining surishtiruv, dastlabki tergov va sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ular vakolatini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2021-yil oktabr

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM

3.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxatini tasdiqlash

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil avgust

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Advokatning so‘roviga asosan shartnoma asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ekspertiza tayinlash va ekspertiza xulosasini olish vakolatlarini belgilash.

Qonun loyihasi

2021-yil avgust

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM

5.

Qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan davlat va nodavlat sud ekspertlariga nisbatan ta’sir choralari qo‘llashning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV, DXX, Oliy sud, Bosh prokuratura, ETRM

6.

Sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bog‘liq holatlarning adolatli va xolis ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, ETRM

II. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish

7.

Sud-ekspertiza muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud-ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizasining yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy choralar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Sud ekspertizaning yangi turlarini joriy qilish bo‘yicha grantlar ajratish.

Tashkiliy choralar

2021 — 2023-yillar

Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

9.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining (keyingi o‘rinlarda — RSEM) hududiy bo‘limlarida joylardagi zarur ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qo‘shimcha turlarini joriy qilish. Shu jumladan, Farg‘ona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil sentabr

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi

10.

Sud ekspertlari va ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda ekspertiza harakatlarni amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan “E-ekspertiza” yagona axborot tizimini joriy etish (integratsiya qilish).

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil mart

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, ETRM, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Ekspert xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishi va qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida davlat sud-ekspertiza muassasalari laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini ta’minlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

12.

Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, Mudofaa vazirligi, ETRM

13.

Sud ekspertlarining yagona reyestrini yuritish orqali ular faoliyatiga oid elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Tashkiliy choralar

2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, Mudofaa vazirligi, ETRM

14.

Sud-ekspertlik sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan aholiga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan sud-ekspertiza axborot portalini yaratish.

Tashkiliy choralar

2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, ETRM

15.

Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasalarga o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha sud-ekspertlik tadqiqotlarini o‘tkazish huquqini berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM

III. Sud-ekspertlik xizmatining ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarini takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish

16.

Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil avgust

Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qo‘llanmalarni tanqidiy ko‘rib chiqish va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida tizimlashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, DXX

18.

RSEMda sud ekspertizasi mutaxassisligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish bo‘yicha alohida Kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy-chora tadbirlar

2022-yil aprel

Adliya vazirligi, OAK, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, ETRM

19.

Sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy-chora tadbirlar

dastur asosida 2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, OAK, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi

20.

Davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan sudlarga va huquqni muhofaza qilish organlariga metodik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan ular uchun sud ekspertizalarini tayinlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha amaliy qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar nashr qilish.

Tashkiliy-chora tadbirlar

dastur asosida 2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM

21.

Adliya organlari tomonidan aniq ish reja asosida sud-ekspertlik sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan aniq, chuqur, ilmiy asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy-chora tadbirlar

dastur asosida 2021-2022-yillar

Adliya vazirligi

22.

Sud-ekspertlik sohasidagi mavjud uslubiyotlarni tanqidiy ko‘rib chiqish orqali xalqaro standartlarga va talablarga moslashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

23.

Sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb muammolarini tadqiq qilish bo‘yicha aniq reja-grafik asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

24.

Sud ekspertizasi va kriminalistika sohasida yangi avlod darsliklarini olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlarni jalb etgan holda tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

dastur asosida 2021-2022-yillar

TDYUU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi

25.

Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalariga oid lug‘at yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

TDYUU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi

26.

“O‘zbekiston sud-ekspertizasi” elektron ilmiy jurnalini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

RSEM, TDYUU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi

27.

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, tanib olinmagan murdalar, bedarak yo‘qolgan shaxslar bo‘yicha genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasini yaratishga doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

dastur asosida 2021 — 2023-yillar

IIV, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, DXX

IV. Sud-ekspertlik xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda sud ekspertlarni tayyorlashning samarali tizimini yaratish

28.

Sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq bakalavr yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM

29.

RSEMda professor-o‘qituvchilar doimiy faoliyat yuritadigan o‘quv kafedralarini tashkil qilish orqali ekspertlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini yaxshilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV

30.

Sohaga innovatsion o‘qitish uslublari va shakllarini keng joriy etish orqali davlat va nodavlat sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini takomillashtirish, shuningdek, kredit-modul tizimi asosida sud ekspertlarining malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV

31.

Sud ekspertlarini ishdan ajralmagan holda hamda ularning ish joyida kasbiy malakasini oshirish tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, ETRM

32.

Sud ekspertlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishda xorijiy sud-ekspertlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, bunda har yili kamida 10 nafar sud ekspertlarining grant mablag‘lari hisobidan xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, ETRM

33.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari to‘g‘risida doimiy ravishda manzilli o‘quv seminarlar (vebinarlar)ni tashkil qilib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi, ETRM

34.

Malaka oshirish jarayonlariga xorijiy davlatlarning sud-ekspertlik sohasidagi mutaxassislarini ma’ruzachi va o‘qituvchi sifatida keng jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud, IIV

35.

Ekspertiza muassasalarida kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, xodimlar tomonidan doimiy ravishda o‘z kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirib borishini qo‘llab quvvatlash maqsadida ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlar uchun tegishli shart-sharoitlar va moliyaviy imkoniyatlar yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, IIV

V. Nodavlat sud-ekspertiza institutini rivojlantirish

36.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari va xususiy ekspertlarining birlashmasini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil sentabr

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi

37.

Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy layoqatliligi hamda o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifatini monitoring qilib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil sentabr

Adliya vazirligi

38.

Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertiza faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy ekspertlar institutini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

Adliya vazirligi

VI. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

39.

Sud-ekspertiza muassasalarining Osiyo tarmog‘i (Aziatskaya set uchrejdeniy sudebnoy ekspertizi (Asian Forensic Sciences Network — AFSN)ga a’zo bo‘lish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

40.

Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari tahlili asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

41.

Xorijiy yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan xalqaro hujjatlar tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, DXX, ETRM

42.

Xalqaro ekspertlar ishtirokida mamlakatimiz sud ekspertlari uchun xorijiy amaliyot, seminar va o‘quv kurslarini tashkil etish ishlarini kuchaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, DXX, ETRM

43.

O‘zbekiston Respublikasi sud-ekspertiza muassasalari va tashkilotlari tomonidan xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud-ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida, ularga xizmat ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2022-yil sentabr

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, RSEM

44.

Sud ekspertlarining xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

45.

Sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga davlatlararo va xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida amaldagi qonunchilikka muvofiq texnik qo‘mita tashkil qilish va Davlatlararo hamda xalqaro texnik qo‘mitalarga a’zo bo‘lish va ular faoliyatini ishtirokini ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, DXX, ETRM, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

VII. Sud-ekspertlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

46.

Davlat sud-ekspertiza muassasalarini ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablariga javob beradigan bino va inshootlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

47.

Dasturiy ta’minotlar, reaktivlar, reagentlar, sarflash materiallari hamda asbob-uskunalar va jihozlar xaridi bo‘yicha yillik dasturni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Dastur asosida 2022-2023-yillar

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Tashqi ishlar vazirligi

48.

Davlat sud-ekspertiza tashkilotlarini o‘rnatilgan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar

49.

Davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Dastur asosida 2022-2023-yillar

Adliya vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

50.

Ekspertiza tadqiqotlarini sifatli va belgilangan muddatlarda o‘tkazish maqsadida ko‘chma laboratoriyalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

IIV, Adliya vazirligi, DXX, ETRM, Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

51.

Yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Ekspertiza va tadqiqotlar turlari

Mas’ul tashkilot va muassasa nomi

Ijro muddati

1.

Sud-soliq ekspertizasi

RSEM, Bank-moliya akademiyasi

dastur asosida 2021-yil

2.

Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi

RSEM, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

3.

Radiotexnika ekspertizasi

RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

dastur asosida 2022-2023-yillar

4.

Sovuq qurollarning kriminalistik ekspertizasi

RSEM, IIV Akademiyasi

5.

Bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash tadqiqoti

RSEM, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Bank-moliya akademiyasi

6.

Sud psixologik-filiologik ekspertiza tadqiqoti

RSEM, O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

7.

Intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasi

RSEM, Intellektual mulk agentligi

dastur asosida 2023-2024-yillar

8.

Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning sud tovarshunos ekspertizasi

RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

9.

Dendrologiya ekspertizasi

RSEM, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

10.

Gaz va elektr texnika obyektlarining portlash texnik ekspertizasi

RSEM, IIV EKBM, FVV Akademiyasi

dastur asosida 2023-2024-yillar

11.

Bino va inshootlarning texnik holatini aniqlash

RSEM, Toshkent arxitektura-qurilish instituti

12.

Psixofiziologik ekspertizasi

RSEM, O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti

13.

Videotexnika ekspertizasi

RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

14.

Fototexnika ekspertizasi

RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

15.

Parfyumeriya sanoati mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash tadqiqoti

RSEM, Toshkent kimyo-texnologiya instituti

dastur asosida 2024-2025-yillar

16.

Qurilish mollarining tadqiqoti

RSEM, Toshkent arxitektura-qurilish instituti

Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5843-son Farmonining 8-bandi “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi “davlat organlari va tashkilotlarining” so‘zlaridan keyin “(Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi va ularning tizimidagi tashkilotlar bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi