Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 16.07.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

I. Ilmiy-tadqiqot ishlari, muzey, arxiv, kutubxona va qo‘lyozmalar fondini boyitish tadbirlari

1.

Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband kabi allomalar, shuningdek, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Zamaxshariy, Ali Qushchi kabi yagona siymosi qabul qilinmagan ajdodlarning siymos�ni soha olimlari va rassomlar bilan birgalikda tarixiy asoslangan shaklda yaratish va xalqaro darajada ommalashtirish choralarini ko‘rish.

1. Sohaga oid olim va mutaxassislar, ulamolar, yetakchi portretist rassomlardan iborat badiiy guruh tarkibini tasdiqlash.

2021-yil avgust

Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

2. Siymosi yaratiladigan buyuk ajdodlar ro‘yxati, har bir siymoni yaratuvchi rassom va biriktirilgan olimlar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil sentyabr

3. Har bir siymoni tarixiy hujjatlar, ma’lumotlar, manbalarga asoslangan holda yaratish, keng muhokamalar asosida tasdiqlash.

2021-2022-yillar

4. Tasdiqlangan buyuk ajdodlar siymolarini YUNESKO, AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlarga rasmiy taqdim etish.

2022-yil sentyabr

5. Tasdiqlangan buyuk ajdodlar siymolarini film, rolik, taqdimot materiallarida, ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, Markaz muzeyi ekspozitsiyasida keng qamrovda namoyish qilish, xalqaro darajada ommalashtirish choralarini ko‘rish.

2022-yildan boshlab

2.

Ilm-fan sohasiga oid xorijiy tillardagi quyidagi kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish:

“1001 Inventions: Enduring Legacy of Muslim Civilization” (“1001 kashfiyot: Musulmon sivilizatsiyasining bardavom merosi”) nomli kitob;

“1001 Cures: Contributions in Medicine & Nealthcare from Muslim Civilisation” (“1001 shifo: Musulmon sivilizatsiyasining dorishunoslik va tabobatga qo‘shgan hissasi”) nomli kitob;

“Light from the East” (“Sharqdan Nur”) nomli kitob.

1. Kitoblarni tarjima qilish va chop etish shartlarini kelishish.

2021-yil avgust

Markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (keyingi o‘rinlarda — O‘zFA Sharqshunoslik instituti), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya, restavratsiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya)

2. Ijodiy va tarjimonlar tarkibini shakllantirish.

2021-yil sentyabr

3. Tarjimalarni amalga oshirish uchun grant loyihasini tayyorlash va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2021-yil oktyabrdan boshlab reja asosida har yili

3.

O‘zbek xalqiga tegishli asriy an’analar, islom diniga asoslangan hikmatli so‘zlar va maqollarning tavsifiga bag‘ishlangan quyidagi nomdagi risolalarni tayyorlash va nashr qilish:

“An’analar: o‘tmish, bugun va kelajak” nomli risola;

“O‘zbek xalq naqllari” nomli risola.

1. Ijodiy va tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2022-yil yanvar

Markaz, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Direksiya

2. Grant loyihalarini tayyorlash.

2022-yil fevral

3. Grant natijalari as�sida tayyorlangan kitob matnini tayyorlash, tahrir qilish va nashr etish.

2022-yil may — sentyabr

4.

“Sharq va G‘arb” nodir kitoblar kolleksiyasining 5 tildagi (o‘zbek, arab, rus, fransuz va ingliz tillari) ilmiy fihristini tayyorlash.

1. Markaz tasarrufidagi “Sharq va G‘arb” nodir kitoblar kolleksiyasining ilmiy fihristini tayyorlash va o‘zbek, arab, rus, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilish.

2021-yil avgust

Markaz, Direksiya

2. Fihristning 1-juz nodir kitoblar suratlari, qisqacha tasnif va illyustratsiya bilan bezatilgan shaklda nashrdan chiqarish.

2021-yil sentyabr

3. Fihristning 2, 3 va 4-juzlarini nashrdan chiqarish.

2021-yil dekabr

5.

“Uchinchi Renessans — Yangi O‘zbekiston” kitob-fotoalbomini 4 tilda (o‘zbek, rus, arab va ingliz tillari) tayyorlash.

1. Ijodiy va tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2021-yil sentyabr

Markaz, Direksiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari

2. Kitob-fotoalbom matnini tayyorlash, tarjima va tahrir qilish.

2022-yil may

3. Respublika bo‘ylab fotosuratlar jamlash va saralash.

2022-yil iyun

4. Nashr qilish va xalqaro miqyosda taqdimotini o‘tkazish.

2022-yil sentyabr

6.

“O‘zbekiston — jahon sivilizatsiyasi kesimida” mavzusida grant loyihasini amalga oshirish va uning natijalari asosida 4 tilda (o‘zbek, rus, arab va ingliz tillari):

monografiya yaratish;

markaz muzeyi mediakontentlari uchun tahliliy materiallar tayyorlash;

qiyosiy-tahliliy jadvallar, xaritalar, infografika tayyorlash.

1. Monografiyaga kiritiladigan mavzular, Markaz muzeyi mediakontent�ari uchun tahliliy materiallar, qiyosiy-tahliliy jadvallar, xaritalar, infografika ro‘yxatini shakllantirish va ularni tayyorlash.

2. Loyiha natijalarini Markaz muzey ekspozitsiyasi, media kontentlar bilan uyg‘unlashtirish, monografiya chop etish.

2021-2022-yillar

Markaz, Direksiya, O‘zFA Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

7.

“O‘zbekiston islom san’ati — jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi” mavzusidagi ilmiy ma’lumotlarni (3 tildagi fotoalbomli kitob, maxsus sayt, turkum ko‘rsatuvlar orqali) keng jamoatchilikka yetkazish.

1. Loyiha konsepsiyasini va texnik shartlarini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

Markaz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

2. heritage.cisc.uz veb-saytini yaratish va uni konsepsiyaga muvofiq materiallar bilan to‘ldirish.

2022-yil reja asosida

3. Veb-saytning o‘zbek, ingliz va arab tillarida faoliyat yuritishini tashkil etish.

2022 — 2025-yillar

8.

“O‘zbekiston — islom madaniyati markazi” ko‘chma stendini tayyorlash va xorijdagi muzey, galereya va ko‘rgazma zallarida uning namoyishini tashkil etish.

1. “O‘zbekiston — islom madaniyati markazi” ko‘chma stendining konsepsiyasi va ko‘rgazma dizaynini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

Markaz, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Tashqi ishlar vazirligi

2. Xorijiy mamlakatlarda namoyishini tashkil qilish.

2022 — 2025-yillar reja asosida

9.

Quyidagi yo‘nalishlarda tanlov tashkil etish:

“Uchinchi Renessans — yoshlar nigohida” mavzusida tanlov o‘tkazish;

oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish.

1. Hamkor tashkilotlar bilan birga tanlov nizomi va yo‘riqnomasini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

Yoshlar ishlari agentligi, Markaz, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Tanlov muddati va shartlarini, o‘tkazish tartiblarini tayyorlash.

3. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash.

2022-yildan alohida reja asosida

10.

Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan muzey va kutubxona xodimlari uchun o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish maqsadida onlayn o‘quv-seminar tashkil etish.

1. O‘quv-seminar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. O‘quv-seminari ishtirokchilari, ma’ruzachi olimlar va mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

3. O‘quv-seminarni yuqori saviyada tashkil qilish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2022 — 2025-yillar reja asosida

Markaz, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Qatar milliy kutubxonasi bilan hamkorlik doirasida u erda saqlanayotgan qo‘lyozmalarning kataloglari va elektron nusxalarini olish.

1. Qatar milliy kutubxonasidagi Markaziy Osiyo tarixiga oid qo‘lyozmalar kataloglari va nusxalarini aniqlash.

2.Qatar davlatida joylashgan kutubxona, universitet va fondlarda saqlanayotgan qo‘lyozmalar kataloglari va elektron nusxalarini almashish.

2021-yil sentyabr — dekabr

Markaz, Tashqi ishlar vazirligi

12.

Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston�a islom sivilizatsiyasi tarixi va buguni, ma’rifiy islom hamda mintaqaga mos islom ilmlari va an’analarini o‘zida aks ettiruvchi manbalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar (magistrlik, PhD, DSc) amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.

1. Markaz qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan Ilmiy kengash hamda Ilmiy seminar faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2. Magistr va yosh tadqiqotchilarning Markazda muntazam ravishda amaliyot o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularning tadqiqot ishlarini amalga oshirishda soha olimlarini jalb etgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatish.

2022 — 2025-yillar reja asosida

Markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

13.

Jahonning yetakchi olimlari tomonidan zaminimizda yetishib chiqqan buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan yirik tadqiqotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish.

1. G‘arb va Sharq mamlakatlarida islom ilmlari va madaniyati yo‘nalishida ilmiy faoliyat olib borayotgan markazlarda yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlari bo‘yicha hamda yurtimiz tarixi va islom madaniyatiga oid Sharq va G‘arb tillarida yozilgan tadqiqotlarni aniqlash va ro‘yxatini tuzish.

2. Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasi va O‘zbekistonda renessans davrlari bo‘yicha qilingan tadqiqotlarni saralash va tasniflash.

3. Yirik tadqiqot ishlarini tarjima qilish rejasini tuzish hamda tarjimonlar guruhini shakllantirish, xalqchil tarzda o‘zbek, rus, ingliz va arab tillariga tarjima qilish ishlarini amalga oshirish va muntazam nashr etib borish.

2022 — 2025-yillar reja asosida

Markaz, O‘zFA Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari

14.

Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asarining ilmiy-izohli, akademik tarjimasini amalga oshirish va nashr etish.

1. Burhoniddin Marg‘inoniy “Hidoya” asarining mukammal va muallifga yaqin ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasini aniqlash hamda asar bo‘yicha arab va boshqa tillarda qilingan tadqiqotlarni aniqlash va jamlash.

2. Asarni tarjima qilish bo‘yicha tarjimonlar guruhini shakllantirish.

3. “Hidoya” asarini to‘liq akademik tarjimasini amalga oshirish uchun grant loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2021 — 2025-yillar reja asosida

Markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Direksiya

15.

Islom tarixi va madaniyati yo‘nalishiga oid bilimlarni oshirish, xorijiy tillar, arab tili va yozuvini (xattotlik), qadimiy qo‘lyozma va toshbosma asarlarni qayta ta’mirlashni (restavratsiya), Qur’oni karimni o‘rganish, gid-tarjimonlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maqsadli o‘quv kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Kurslarning o‘quv dasturlari va o‘quv rejasini ishlab chiqish.

2. O‘quv jarayoniga sohaning tajribali olimlari, pedagoglari va mutaxassislarini jalb qilish.

3. O‘quv kurslarini yuqori saviyada tashkil etish.

2021-yil avgustdan har yili reja asosida

Markaz, O‘zFA Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Turizm va sport vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

II. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari

16.

Buxoro shahrida “Islom kalligrafiyasi va naqqoshlik” tanlovini o‘tkazish va uning yakuni bo‘yicha Islom kalligrafiya galereyasini tashkil etish.

1. “Islom kalligrafiyasi va naqqoshlik” tanlovining konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

2021-yil sentyabr

Markaz, Turizm va sport vazir�igi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Buxoro viloyati hokimligi

2. Tanlovni e’lon qilish va uni o‘tkazish.

3. Tanlov yakuni bo‘yicha kalligrafiya namunalari galereyasini tashkil etish.

2021-yil oktyabr

17.

“Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” shiori ostida ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.

1. Tadbirlar konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

2. Tadbirlar ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish.

3. Tadbirlarni tashkil etish, ularning OAVda yoritilishini ta’minlash.

2022 — 2025-yillar har yili yoshlar kuni arafasida

Yo�lar ishlari agentligi, Markaz, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

18.

“Ajdodlar merosi — ibrat va tarbiya manbai” shiori ostida respublika mahallalarida ma’naviy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

1. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

Markaz, Fanlar akademiyasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi

2. Tadbirlar o‘tkaziladigan mahallalar ro‘yxatini shakllantirish va o‘tkazish muddatlarini belgilash.

2022 — 2025-yillar

3. Tadbirni tashkil etish va uning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

Har yili reja asosida

19.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan turkum mavzudagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar va nashr ishlarini tashkil etish.

1. “O‘zbekiston — islom sivilizatsiyasi markazi” jurnalining maxsus sonini chop etish.

2. Teleradiokanallarda shu mavzuga oid turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlash.

3. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.

4. Mavzuga oid maqolalar, bukletlar va boshqa tarqatma materiallar tayyorlash.

2021-yil avgust-sentyabr

Markaz, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

20.

Diniy ta’lim muassasalarida buyuk allomalarimiz ilmiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etishga qaratilgan “Musulmon sharqida ilm-fan rivoji va hozirgi zamon” mavzuida tanlovlar va ilmiy-ma’rifiy davra suhbatlarini o‘tkazish.

1. Tanlovlar va davra suhbatlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tanlovlar va davra suhbatiga soha olimlari va mutaxassislarni jalb etish.

3. Tanlovlar va davra suhbatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yildan boshlab har yili reja asosida

Markaz, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Ziyo” media markazi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

21.

Teleradiokanallar orqali yurtimiz allomalarining ibratli hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosi haqida ko‘rsatuvlar, davra suhbatlari va eshittirishlar tayyorlash.

1. Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar mavzusi va ssenariysini tayyorlash.

2. Milliy teleradiokanallarda, shu jumladan “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston tarixi”, “Yoshlar”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Mahalla” teleradiokanallarida islom tarixi, madaniyati, rivojlanish tendensiyalari, din sohasidagi islohotlar, vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni yoritishga qaratilgan turkum mavzudagi teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni efirga uzatish.

2021 — 2025-yillar reja asosida

Markaz, Fanlar akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ziyo” media markazi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

III. Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshiriladigan tadbirlar

22.

Xorijiy davlatlardagi shu jumladan Sulaymoniya kutubxonasi qo‘lyozmalar fondi (Turkiya), Xudobaxsh kutubxonasi qo‘lyozmalar fondi (Hindiston), Tehron davlat muzeyi (Eron), Al-Azhar qo‘lyozmalar fondi, Misr Fanlar akademiyasi qo‘lyozmalar fondi (Misr), Parij milliy kutubxonasi fondi (Fransiya), Berlin milliy kutubxonasi (Germaniya), Oksford islom tadqiqotlar markazi fondi (Angliya), Sankt-Peterburg sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondlarida (Rossiya) kabilarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid manbalarning elektron yoki faksimile nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish choralarini ko‘rish.

1. Qo‘lyozmalar elektron nusxalarini olish bo‘yicha xorijiy davlatlarda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil yanvar-iyun

Markaz, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari

2. Qo‘lyozmalarni aniqlash, ro‘yxatini tuzish.

2022 — 2024-yillar

3. Elektron nusxalarini mamlakatimizga olib kelish choralarini ko‘rish.

2022 — 2024-yillar

23.

Xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va memorandumlar imzolash, jumladan:

“Ipak yo‘li xalqaro kutubxonalar ittifoqi” (Silk Road International Library Alliance);

Avstraliya Islom muzeyi, Malayziyadagi Islom san’ati muzeyi va boshqalar.

1. Hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va memorandum loyihalarini ishlab chiqish.

2. Hamkor tashkilotlar bilan memorandumlarni imzolash.

2022-yil yanvar-iyunreja asosida

Markaz, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Saudiya Arabistoni Podshohligi Qirol Faysal nomidagi Islom tadqiqot va izlanishlar markazi imkoniyatlaridan keng foydalanish, hamkorlikda tadbirlar tashkil etish, qo‘lyozmalarni raqamlashtirish va elektron manbalar almashish, shuningdek, Markazning Ar-Riyoz shahrida filialini ochish choralarini ko‘rish.

1. Saudiya Arabistoni Qirolligi Qirol Faysal nomidagi Islom tadqiqot va izlanishlar markazi bilan hamkorlik shartlarini kelishib olish.

2021-yil oktyabr

Markaz, Tashqi ishlari vazirligi

2. Qirol Faysal nomidagi Islom tadqiqot va izlanishlar markazida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini olish.

2022-yil yanvar

3. Markazning Ar-Riyoz shahrida filialini ochish choralarin� ko‘rish.

2022-2023-yillar

25.

O‘zbekistonning islom bilan bog‘liq merosini hamda yurtimizdan yetishib chiqqan musulmon olimlarining hayoti va ilmiy asarlarini o‘rgangan mahalliy va xorijiy olimlar hamda tadqiqotchilar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. O‘zbekistonning islom bilan bog‘liq merosini o‘rgangan mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil yanvar

Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zFA Sharqshunoslik instituti, Markaz, Tashqi ishlari vazirligi

2. Mahalliy hamda xorijiy olim va tadqiqotchilar bilan aloqalarni o‘rnatish, Markaz tomonidan tashkil etilayotgan konferensiya va davra suhbatlarida ularning ishtirokini ta’minlash, maqola, risola, kitob, monografiyalar yaratish va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshir�shda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2022-yildan doimiy ravishda

26.

Dunyo fondlarida saqlanayotgan O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk shaxslar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir qadimiy kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar boshqa hujjatlarning elektron nusxalarini olish va Markaz fondiga taqdim etish choralarini ko‘rish.

1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat ishchi guruhini shakllantirish.

2022-yil yanvar

Tashqi ishlar vazirligi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Markaz

2. Qo‘lyozmalarni aniqlash, ro‘yxatini tuzish, elektron nusxalarini homiylik mablag‘lari asosida mamlakatimizga olib kelish choralarini ko‘rish.

3. Qo‘lyozmalarni o‘rganishni yo‘lga qo‘yish

2022 — 2025-yillar reja asosida

27.

O‘zbekistondagi sohaga oid ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda “Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish.

2022-yil fevral

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Markaz, O‘zFA Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Tashqi ishlar vazirligi

2. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasining farmoyishini tayyorlash.

2022-yil mart

3. Konferensiyaga xorijning nufuzli sharqshunos va islomshunos olimlari, ekspert va mutaxassislarini jalb etish.

2022-yil aprel

4. Konferensiyani yuqori darajada o‘tkazish va tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil may

IV. Tashkiliy chora-tadbirlar

28.

Markaz muzeyi ekspozitsiyalari va kutubxonasi fondini shakllantirish, aholidan xarid qilinadigan qo‘lyozma, toshbosma, bosma asarlar, tarixiy hujjatlar, eksponatlarni tahlil qilish, saralash, ularning noyobligini aniqlash va baholash bo‘yicha komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish, tegishli vazirlik idoralar bilan kelishish.

2021-yil avgust

Markaz, O‘zFA Sharqshunoslik instituti, Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

2. Nizom loyihasini o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil sentyabr

29.

Samarqand qog‘ozi, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy an’analarini tiklash bo‘yicha ustaxona-laboratoriyani tashkil etish choralarini ko‘rish.

1. Laboratoriyani zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan ta’minlash;

2021-yil noyabr

Markaz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Direksiya

2. Laboratoriyaga tajribali mutaxassislarni jalb etish hamda ularning sohaga oid mahalliy va xorijiy muassasalarda malakasini oshirishni tashkil qilish.

2021-yil dekabrdan boshlab

3. Markaz muzeyida Samarqand qog‘oziga oid ekspozitsiya tashkil qilish.

2022-yil apreldan boshlab

30.

Markazda davriy va ilmiy nashrlar, tarqatma materiallar, sohaga oid kitob-jurnallar chop etishni tashkil etish maqsadida bosmaxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Sohada tajribali mutaxassislardan iborat guruhni shakllantirish.

2021-yil oktyabr

Markaz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Direksiya

2. Markaz binosi foydalanishga topshirilgunga qadar bosmaxonani vaqtinchalik O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida joylashtirish.

2021-yil dekabr

3. Bosmaxona uchun zaruriy jihoz, uskuna va ish materiallarining tarkibini belgilash, ularni xarid qilish choralarini ko‘rish.

2022-yil yanvar

4. Markazda davriy va ilmiy nashrlar, tarqatma materiallar, shuningdek, buyurtma asosida sohaga oid mavzudagi kitob-jurnallar nashrini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil fevral

31.

Markaz Axborot-multimedia bo‘limining moddiy-texnika bazasini yaratish.

1. Tajribali mutaxassislardan iborat multimedia guruhini shakllantirish.

2021-yil oktyabr

Markaz, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ, Direksiya

2. Axborot-multimedia bo‘limini vaqtinchalik O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida joylashtirish.

2021-yil dekabr

3. Markazning davriy ko‘rsatuvlari, intervyulari, taqdimot roliklari, shuningdek, muzey ekspozitsiyasi namoyishidagi mediakontentlar uchun media materiallarni tayyorlash va namoyishini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil yanvar

4. Markaz binosining qurilishi jarayonida axborot-multimedia bo‘limi joylashadigan xonalarda zaruriy kommunikatsiyalar tizimlarining o‘tkazilishini ta’minlash.

2022-yil aprel — sentyabr

5. Axborot-multimedia bo‘limi uchun zarur jihozlar tarkibini belgilash, xarid qilish choralarini ko‘rish.

2022-yil dekabr

6. Axborot-multimedia bo‘limining to‘laqonli faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil dekabr

32.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish.

1. Jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik hamda idoralar bilan kelishish.

2021-yil avgust

Markaz, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi

2. Nizom loyihasini o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil sentyabr

33.

Markaz veb-sayti faoliyatini takomillashtirish hamda uni ilmiy va axborot materiallari bilan muntazam ravishda to‘ldirib borish.

1. Markaz veb-saytini yanada takomillashtirish, xorijiy tillardagi shakli va onlayn muloqot formatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil sentyabr

Markaz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Markaz veb-sayti orqali Muzey ekspozitsiyasiga virtual tashrif hamda Markaz kutubxonasi elektron kitoblar bazasiga kirish va foydalanish dasturlarini ishlab chiqish.

2022-yil yanvar

3. Markaz faoliyatini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda targ‘ibotini jadallashtirish.

Doimiy asosda

34.

Kutubxona va arxiv uchun eng zamonaviy ko‘p xotirali va himoyalangan serverlar o‘rnatish.

1. Jahonning eng yetakchi kutubxonalari tajribasi, ularda foydalanilayotgan jihozlar va dasturlar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish.

2021-yil avgust — dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaz, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator, “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ, Tashqi ishlar vazirligi, Direksiya

2. Mahalliy va xorijiy shirkatlarning jihozlash va dasturlash bo‘yicha takliflarini o‘rganish.

2022-yil yanvar — mart

3. Kutubxona va arxiv uchun eng zamonaviy, katta xotirali, qulay va kuchli himoyalangan serverlar o‘rnatish choralarini ko‘rish.

2022-yil oktyabr-noyabr

4. Markazning server faoliyatiga mas’ul xodimlarining malakasini oshirish, serverning texnik sozligini ta’minlash choralarini ko‘rish.

2022-yil dekabr

35.

Markaz faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy qilish.

1. Jahonning yetakchi muzey, kutubxona va turdosh markazlari tajribasi, ularda foydalanilayotgan jihozlar va dasturlar haqida ma’lumot to‘plash.

2021-yil avgust — dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaz, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator, “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ, Direksiya

2. Bino, muzey, kutubxonaga kirish-chiqish, ekspozitsiya namoyishi, ma’lumotlar olish hamda xavfsizlik tizimlaridan foydalanishni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha dastur-rejalar ishlab chiqish, zaruriy jihozlar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil yanvar — mart

3. Markaz faoliyatida raqamli texnologiya sohasini joriy qilish.

2022-yil dekabr

36.

Qo‘lyozma va toshbosma kitoblarni raqamlashtirish uchun eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tashkil etish.

1. Xorijiy davlatlardagi ilg‘or muzey, kutubxona va ilmiy-tadqiqot markazlari tajribasi, ularda foydalanilayotgan jihozlar haqida ma’lumot to‘plash.

2021-yil avgust — dekabr

Markaz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator, “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ, Direksiya

2. Mahalliy va xorijiy shirkatlarning takliflarini o‘rganish.

2022-yil yanvar — mart

3. Markaz binosining qurilishi jarayonida raqamlashtirish jihozlari joylashadigan xonalarni zaruriy kommunikatsiyalar o‘tkazilishini ta’minlash.

2021-2022-yillar

4. Markaz fondlaridagi qo‘lyozma va toshbosma kitoblarni raqamlashtirishni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil dekabr

37.

Markaz muzeyiga virtual 3D tashrif dasturini tayyorlash, dasturning onlayn va mobil ilova shaklda bir necha tilda ishlashini, ekspozitsiya o‘zgarishi bilan doimiy yangilanib turishini ta’minlash.

1. Muzey ekspozitsiyasining “Ilm-fan” bo‘limida namunaviy namoyishi hududi 3D tashrif dasturini tayyorlash.

2021-yil avgust

Markaz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator, Direksiya

2. Markaz muzeyi ekspozitsiyasi to‘liq shakllantirilgach, muzeyga virtual 3D tashrif dasturini tayyorlash, dasturning bir necha tilda, onlayn va mobil ilova shaklda ishlatish.

2023-yil may

3. Muzey ekspozitsiya o‘zgarishi bilan virtual 3D tashrif dasturining doimiy yangilanib, boyitib borilishini ta’minlash.

2023-yildan boshlab

38.

Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha doimiy qo‘mitasi — COMSTECN bilan hamkorlikda dunyo kutubxonalari fondlarida saqlanayotgan islomga oid hamda musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan yaratilgan manbalar, qo‘lyozma, toshbosma va zamonaviy nashrlarning yagona elektron bazasini yaratish.

1. Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha doimiy qo‘mitasi — COMSTECN va Markaz o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida mavzu bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishish.

2021-yil dekabr

Markaz, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator

2. COMSTECN bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar reja-dasturi, yagona elektron baza konsepsiyasi, hamk�rlik yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktyabr

3. Elektron manbalari birlashtiriladigan kutubxona va fondlar tarkibini belgilash hamda kelishuvlarga erishish.

2022 — 2024-yillar

4. Islomga oid hamda musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan yaratilgan manbalar, qo‘lyozma, toshbosma va zamonaviy nashrlarning yagona elektron bazasini yaratish va umumfoydalanuvdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil yanvar

uchinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi