Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 06.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ib qilish va ommalashtirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Chavandozlar maktablarining tuman (shahar) seksiyalari mazkur qarorning 8-bandida ko‘rsatilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilinadi. Bunda, bitta tuman (shahar)da bir nechta seksiyalarni tashkil qilishga ruxsat beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq tashkil qilinayotgan ot sportini rivojlantirish, naslli va zotdor otlarni ko‘paytirish, shuningdek, mahalliy va xorijiy turistlarning dam olishini tashkil qilish uchun zarur infratuzilma obyektlaridan iborat ko‘p tarmoqli sport majmualarining mazkur bandda ko‘rsatilgan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 2022-yil 1-martga qadar barpo etilishi va foydalanishga topshirilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ot sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari (Chavandozlar maktablari) va ularning tuman (shahar) seksiyalari faoliyatini tashkil etish.

1. Chavandozlar maktablari ustavini tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2. Aholiga pullik (shu jumladan, bepul yoki imtiyozli shartlarda) xizmat ko‘rsatish tartibini belgilovchi hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chavandozlar maktablari faoliyatining samaradorligini aniqlash bo‘yicha reyting tizimini ishlab chiqish:

Chavandozlar maktablari tomonidan davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan razryadli va unvonli sportchilar soni;

respublika va xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar soni;

olimpiya zaxiralari kollejlari va ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga qabul qilingan o‘quvchilar soni.

2021-yil dekabr

-

Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi

2.

Chavandozlar maktablari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida doimiy hamkorlik qiluvchi davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha huquqiy asoslarni ishlab chiqish.

1. Chavandozlar maktablari va ot sporti turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi federatsiyalar o‘rtasida hamkorlik bitimlarini tuzish va amalga oshirish.

2. Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlik bitimini tuzish.

3. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlik bitimini tuzish.

2021-yil sentabr

-

Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi

3.

Chavandozlar maktablari imkoniyatlaridan turizmni rivojlantirish yo‘nalishida unumli foydalanish.

1. Chavandozlar maktablari ochilishi marosimini tantanali tarzda o‘tkazish.

2022-yil mart

-

Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi

2. Chavandozlar maktablarini turistlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish.

2022-yil martdan boshlab

3. Sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha ot sporti turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish, turistlar ko‘p tashrif buyuradigan hududlarda maxsus klublar ochish.

4. Chavandozlar maktablarining otlarini pasportlashtirish va elektron ma’lumotlar bazasini yuritish.

4.

Chavandozlar maktablarida jahon standartlariga javob beradigan ot sporti bazalarini tashkil etish.

1. Chavandozlar maktablarining namunaviy loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha “ToshuyjoyLITI” AJga murojaat qilish.

2021-yil 10-avgust

-

Milliy gvardiya

2. Chavandozlar maktablarining namunaviy loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan (ajratiladigan) mablag‘lar

“ToshuyjoyLITI” AJ, Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

3. Chavandozlar maktablarida qurilish, rekonstruksiya qilish va qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida bosh pudratchi tashkilotini aniqlash uchun belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolari tashkillashtirish.

2021-yil sentabr

-

Milliy gvardiya

4. Chavandozlar maktablarini zamonaviy sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan ta’minlash.

2022-yil fevral

Budjet mablag‘lari

Milliy gvardiya, Moliya vazirligi

5.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uloq-ko‘pkari va boshqa milliy ot sporti o‘yinlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan alohida yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratish.

1. Hududlarda uloq-ko‘pkari va boshqa milliy ot sporti o‘yinlarini o‘tkazish uchun alohida yer maydonlarini ajratish.

2. Ajratilgan maydonlarda Mustaqillik kuni, Navro‘z va boshqa umumxalq bayramlarida uloq-ko‘pkari va milliy ot sporti o‘yinlarini o‘tkazish.

2021-yil sentabr

Investorlar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi

6.

Chavandozlar maktablari uchun trener, yo‘riqchi-uslubchi va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirish.

1. Trener, yo‘riqchi-uslubchi va boshqa mutaxassislarni shartnoma asosida qisqa muddatli o‘quv kurslarda qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish.

Reja asosida

Respublika budjeti mablag‘lari, ijrochilar va homiylik mablag‘lari

Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Germaniya, AQSh, Rossiya va boshqa davlatlarda Chavandozlar maktablari trener, yo‘riqchi-uslubchi va boshqa mutaxassislarining malakasini oshirish.

2021-yil oktabrdan boshlab

7.

Chavandozlar maktablari uchun davlat va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

1. Chavandozlar maktablari uchun sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2021-yil sentabr

Tijorat banklari kreditlari, investorlar mablag‘lari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi

2. Xorijiy tajriba asosida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali Chavandozlar maktablari uchun zarur sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.

2021-yil 1-noyabrdan boshlab

8.

Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida Chavandozlar maktablari faoliyatini targ‘ib qilish va ommalashtirish.

1. Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida Chavandozlar maktablari faoliyatini 2021-2022-yillarda targ‘ib qilish va ommalashtirish bo‘yicha media-reja loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

Tasdiqlash — 2021-yil sentabr

Ijrochilar va homiylik mablag‘lari

Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi

alohida ko‘rsatuvlar namoyish etish, reklama kampaniyalarini o‘tkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish etish;

teleko‘rsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish;

tashkillashtiriladigan tadbirlar (seminar-trening, master-klass)ni, xalqaro va respublika miqyosdagi musobaqalarni ommaviy axborot vositalari va Internet orqali muntazam va keng yoritish;

sportchilar, tajribali trenerlar va ularning ota-onalari to‘g‘risida teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

Amalga oshirish — rejaga asosan

2. Chavandozlar maktablarini o‘quv qo‘llanma, darslik, kitob va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash.

2022-yil fevral

3. Chavandozlar maktablarining yagona veb-saytini ishlab chiqish.

Keyingi tahrirga qarang.
1. 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Qarorning ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi