Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 22.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish, bojxona yuk operatsiyalarini amalga oshirishni samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
bojxona nazorati zonasi — O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga (keyingi o‘rinlarda — Bojxona kodeksi) muvofiq bojxona hududining bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qo‘yilgan qismi;
tovarlar bo‘yicha amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalarBojxona kodeksiga muvofiq tashuvchi, vakolatli shaxs va bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladigan operatsiyalar, bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalari bundan mustasno;
10. Bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositalari bojxona omboriga yetib kelganligini ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan harakatlarni bajargan holda axborot tizimida belgi qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
Bunda faqat axborot tizimidagi uzilishlar (elektr manbai sababli uzilishlar bundan mustasno) hamda Bojxona kodeksiga muvofiq yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida transport vositalarining yetib kelganligini tasdiqlash imkoni bo‘lmaganda, bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi darhol bojxona organini o‘z vakolatlari doirasida qaror qabul qilishi uchun xabardor qiladi.
13. Bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda transport vositalari va ularga qo‘yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarini ko‘zdan kechirishi natijasida aniqlagan har qanday tafovutlar va nomuvofiqliklar to‘g‘risida darhol bojxona organini xabardor qiladi.
15. Axborot tizimida ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan tartibda transport vositalarining bojxona omboridan chiqarilganligi tasdiqlanishi bilan tovarlar to‘liq saqlanishini ta’minlash bo‘yicha javobgarlik tashuvchiga qaytadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Yuk operatsiyalari ushbu Nizomning 20-bandida belgilangan tartibda bojxona identifikatsiyalash vositasi olib tashlangandan keyin darhol boshlanishi va vaqt bo‘yicha uzluksiz amalga oshirilgan holda tugallanishi lozim.
28. Tovar va (yoki) transport vositalarini Bojxona kodeksining 93-moddasiga muvofiq faqat bojxona ombori bojxona rejimida bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga joylashtirishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda tovarlarning bojxona ombori hududiga yetkazilishi va tovarga nisbatan bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilishi talab etilmagan holda, vakolatli shaxsning tovarlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan va ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan tartibdagi elektron arizasi transport vositasining bojxona omboriga yetib kelganligi axborot tizimida belgi qo‘yish orqali tasdiqlangunga qadar interaktiv xizmat orqali bojxona organiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Ushbu Nizomning 4-bandi uchinchi xatboshisi va 30-bandiga muvofiq tovarlar bevosita bojxona ombori hududiga yetkazib berilmaganda, tovarlarning yetkazib berilganligi va tovarni yetkazib berish nazorat hujjatining nazoratdan yechilishi Bojxona kodeksining 31-bobi talablariga muvofiq bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan so‘ng bojxona organlari tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan Bojxona kodeksining 28-bobiga muvofiq belgilangan tartibda bojxona nazorati shakllarini amalga oshiradi. Shuningdek, huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritib, ma’muriy ish qo‘zg‘atadi.
40. Bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimi ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan tovarlarning maqomlari orqali yuritiladi.
yuk operatsiyalarini Bojxona kodeksi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshirishi;

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashuvchi

O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar bojxona ombori hududiga yetkaziladi.

Transport turiga qarab bevosita bojxona omboriga yetkazib berish imkoni bo‘lmaganda, tovar avtotransport vositasiga qayta yuklangan holda bojxona ombori hududiga yetkaziladi.

Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatida ko‘rsatilgan muddatda

2-bosqich

Tashuvchi, bojxona organi, vakolatli shaxs

Bojxona nazorati zonasiga yetkazilgan va transport vositasiga ortilgan tovarlar yigirma to‘rt soat ichida tovarlarni chiqarib yuborish bilan bog‘liq bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, shuningdek, bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turgani holda bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berilganda ularni bojxona ombori hududiga yetkazish talab etilmaydi.

Tovarlar bojxona nazorati zonasida doimiy bojxona nazorati ostida bo‘lganda hamda bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga joylashtirishga ruxsat berilganda

3-bosqich

Bojxona ombori (yuridik shaxs)

Tovarlar yetkazib berilgach bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositas�ning tovarlar ortilgan yuk bo‘limlari va unga qo‘yilgan bojxona identifikatsiya vositalarini tovarning kuzatuv hujjatlari hamda tovarni yetkazib berish nazorat hujjati ma’lumotlari asosida ko‘zdan kechiradi.

Etib kelgach, bojxona omboriga kirishi bilan

4-bosqich

Bojxona ombori (yuridik shaxs)

Transport vositasi transport vositasining raqamini aniqlash tizimidan o‘tgandan keyin bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositasi bojxona omboriga yetib kelganligini axborot tizimiga belgi qo‘yish orqali tasdiqlaydi.

30 daqiqa ichida

5-bosqich

Bojxona posti

Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati transport vositasining yetib kelganligi tasdiqlangandan so‘ng, agar transport vositasi bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda yetib kelsa, ish vaqti boshlanganidan keyin biriktirilgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.

1 soat ichida

6-bosqich

Bojxona ombori (yuridik shaxs)

Tovarlarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgandan so‘ng bojxona ombori tomonidan belgilangan tartibda tovarlar bo‘yicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.

Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechilgach

7-bosqich

Bojxona posti

Yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan o‘zgartiriladi, almashtiriladi, olib tashlanadi.

Tovarlar bilan yuk operatsiyalari amalga oshirilganda

8-bosqich

Bojxona ombori (yuridik shaxs), bojxona organi

Bojxona omborlarida:

tovarlar harakati bo‘yicha barcha jarayonlarni vaqt ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilish (qancha miqdordagi tovarlar qanday maqomga ega);

bojxona ombori tomonidan nazoratning barcha bosqichlarida real vaqt rejimida omborlarga tovarlarning kirimi va chiqimini yuritish;

tovarlar harakati hisobining nazorati yo‘qolishining oldini olish;

ma’lumotlar bazasi bilan faqat jarayon uchun bevosita mas’ul bo‘lganlar �shlashi va tovarlarning maqomiga o‘zgartirish kiritishi;

tovarlar maqomining doimiy jarayoni kuzatib boriladigan tovarlar harakati tizimi yuritiladi.

Tovarlarning bojxona omboriga qabul qilinganligi tasdiqlangandan chiqarib yuborilguniga kadar

a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vakolatli organlar

1. Ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni idoralararo hamkorlik darajasida bojxona axborot tizimiga kiritilishini ta’minlaydi yoki yuboradi.

Murojaat qiluvchilarga hujjatlarni berishdan avval yoki ularni berish bilan bir vaqtda

2. Murojaat qiluvchilarga ruxsat etuvchi va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Deklaratsiyalovchi shaxs

Tovarlarning elektron deklaratsiyasi hamda taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bojxona organlariga yuboradi.

Tayyor bo‘lishiga ko‘ra

3-bosqich

Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi

1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona axborot tizimining dastlabki format-mantiqiy nazoratidan o‘tkaziladi va tekshiruvlarning ijobiy natijasida, unga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berilib, ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

2. Format-mantiqiy nazoratidan ijobiy o‘tmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi, xabarnomada sabablari ko‘rsatilgan xolda deklaratsiyalovchi shaxsga qaytarib yuboriladi.

3. Ro‘yxatdan o‘tgan tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona axborot tizimi orqali bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organlarining xodimlari o‘rtasida avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlanadi yoki bojxona organlari xodimi ishtirokisiz, maxsus algoritmlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirilishi mumkin.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

Bojxona organlari xodimi

1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasini kelib tushgan vaqtidan boshlab 3 soat ichida qabul qiladi. Ushbu muddatda qabul qilinmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi axborot tizimi tomonidan avtomatik tarzda qabul qilinadi.

2. Bojxona organlari xodimi tovarlarni elektron deklaratsiyasini qabul qilgan vaqtdan boshlab uning rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.

3. Tovarlarning el�ktron deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanganligi rasmiylashtiruvni o‘tkazgan bojxona organlari xodimi tomonidan o‘zining elektron raqamli imzosi bilan belgi quyish orqali tasdiqlanadi va bu haqda bojxona axborot tizimi tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda deklaratsiyalovchi shaxsning TIF ishtirokchisi kabinetiga xabarnoma yuboriladi.

Tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona organlariga kelib tushganda.

Nizomning 15-bandidagi “a”, “b” va “v” — kichik bandlarida belgilangan muddatlarda. (xavf darajasi past va xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichlarda bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari paytda deklaratsiya taqdim etilgan holatlar bundan mustasno).

Bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanganida.

”.

2-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “hudud” so‘zi “bojxona nazorati zonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
ikkinchi xatboshiga “bojxona ombori hududiga” so‘zlaridan keyin “bojxona nazorati zonasiga” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshiga “binolari” so‘zidan keyin “va (yoki) ochiq maydonchalari” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
beshinchi xatboshiga “maydoni” so‘zidan keyin “hamda bojxona nazorati zonasi” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshiga “yaxlit to‘siqlar” so‘zlaridan keyin “(uzluksiz temir panjara yoki devor)” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
22-bandning birinchi xatboshisiga “bittadan kam bo‘lmagan” so‘zlaridan keyin “usti” so‘zi qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “faks” so‘zi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi — yigirma uchinchi xatboshilari tegishli ravishda to‘qqizinchi — yigirma oltinchi xatboshilari deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshiga “ashyoviy huquqlar yoki” so‘zlaridan keyin “muddatlarini ko‘rsatgan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
40-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
48-banddagi “thaqida” so‘zi “haqida” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;
85-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilari qo‘shilsin:
2-bandning yettinchi xatboshisidagi “hudud” so‘zi “bojxona nazorati zonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshiga “erkin ombor hududiga” so‘zlaridan keyin “bojxona nazorati zonasiga” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshiga “binolari” so‘zidan keyin “va (yoki) ochiq maydonchalari” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
ikkinchi xatboshiga “yaxlit to‘siqlar” so‘zlaridan keyin “(uzluksiz temir panjara yoki devor)” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
21-bandning birinchi xatboshisiga “bittadan kam bo‘lmagan” so‘zlaridan keyin “usti” so‘zi qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “faks” so‘zi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi — yigirma ikkinchi xatboshilari tegishli ravishda to‘qqizinchi — yigirma beshinchi xatboshilari deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshiga “ashyoviy huquqlar yoki” so‘zlaridan keyin “muddatlarini ko‘rsatgan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
38-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
83-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilari qo‘shilsin:
3-ilovaning “II. Ilova qilinadigan hujjatlar” bo‘limi 2-bandidagi “bojxona ombori” so‘zlari “erkin ombor” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4, 21 va 34-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
beshinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilari tegishli ravishda oltinchi — yigirmanchi xatboshilari deb hisoblansin;
ikkinchiga xatboshiga “ashyoviy huquqlar yoki” so‘zlaridan keyin “muddatlarini ko‘rsatgan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshidagi “tarhi va chizmasi” so‘zlari “chizmasi va kadastr yig‘ma jildidagi tarhi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
30-bandning birinchi xatboshisidagi “bojxona ombori” so‘zlari “boj olinmaydigan savdo do‘koni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasidan” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
51-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bojxona ombori” so‘zlari “boj olinmaydigan savdo do‘koni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “bojxona ombori” so‘zlari “boj olinmaydigan savdo do‘koni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
*** izohga “boj olinmaydigan savdo do‘koni” so‘zlaridan keyin “shuningdek, ularga bevosita tutash bo‘lgan doimiy bojxona nazorati zonalari” so‘zlari qo‘shilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi