Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 24.09.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Adliya vazirligi va manfaatdor davlat organlari vakolatli organning so‘roviga ko‘ra davlat funksiyalarini mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan funksiyalar toifasiga kirmasligi jihatidan tahlil qiladi hamda so‘rovda ko‘rsatilgan funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyati mavjudligi yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan asoslangan xulosalarni so‘rov tushgan kundan boshlab 15 kun muddatda taqdim etadi.
Xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyati mavjud davlat funksiyalarining mazmun-mohiyatini aniqlashtirishga qaratilgan pasport mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda vakolatli organ tomonidan har yili 15-aprelga qadar har bir davlat funksiyasi bo‘yicha shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vakolatli organ*

Elektron maydonchada jamoatchilik muhokamasini o‘tkazadi, manfaatdor davlat organlariga samarasiz davlat funksiyalari bo‘yicha ma’lumotlar va xulosa taqdim qilish uchun so‘rov yuboradi.

Har yili 1-fevralga qadar

Manfaatdor davlat organlari

Ma’lumotlar va takliflarni vakolatli organga taqdim qiladi.

Vakolatli organning so‘roviga ko‘ra, 15 kunlik muddatda.

Vakolatli organ*

Davlat funksiyalarini xatlovdan o‘tkazadi.

Har yili 15-fevralga qadar

2-bosqich

Vakolatli organ*

Aniqlangan samarasiz davlat funksiyalari ro‘yxatini ilova qilgan holda Adliya vazirligi hamda manfaatdor davlat organlariga so‘rov yuboradi.

Har yili 25-fevralga qadar

Adliya vazirligi, manfaatdor davlat organlari

Mazkur Nizomning 3-bandiga aloqador emasligi jihatidan tahlil qiladi va asoslangan xulosalarni vakolatli organga taqdim qiladi.

Vakolatli organning so‘roviga ko‘ra, 15 kunlik muddatda

Vakolatli organ*

Aniqlangan samarasiz davlat funksiyal�rini xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyatini tahlil qiladi.

Har yili 20-martga qadar

3-bosqich

Vakolatli organ*

Pasportni shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim qilish yuzasidan so‘rov yuboradi.

Har yili 25-martga qadar

Manfaatdor davlat organlari

Davlat funksiyalarining pasportlarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, shuningdek, xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha takliflarni vakolatli organga taqdim qiladi.

Vakolatli organning so‘roviga ko‘ra, 20 kunlik muddatda

Vakolatli organ*

Davlat funksiyalarining pasportlarini shakllantiradi.

Har yili 15-aprelga qadar

4-bosqich

Vakolatli organ*

Vakolatli organ o‘tkazish imkoniyati mavjud davlat funksiyalarini ilova qilgan holda iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha xulosa taqdim qilish uchun so‘rov yuboradi.

Har yili 20-aprelga qadar

Moliya vazirligi, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Tahlillar o‘tkazib iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan asoslangan xulosalarni, shuningdek, xususiy sektorga o‘tkazish usuli bo‘yicha takliflarni vakolatli organga taqdim qiladi.

Vakolatli organning so‘roviga ko‘ra, 10 kunlik muddatda

Vakolatli organ*

Xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lgan davlat funksiyalarining iqtisodiy samaradorligini tahlil qiladi.

Har yili 10-mayga qadar

5-bosqich

Vakolatli organ*

Davlat funksiyalarining iqtisodiy samaradorligi jihatidan ijobiy xulosalarga asoslanib xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalarining yakuniy ro‘yxatini shakllantiradi.

Har yili 20-mayga qadar

Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarori bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Vakolatli organ hisoblanadi hamda Vazirlikning markaziy apparatida 8 ta shtat birligidan iborat Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.

Davlat organi nomi

Tuzilmaviy bo‘linma

Aloqa uchun shaxs

Funksiyaning nomi, manbasi bo‘yicha

(funksiyaning nomi to‘liq qonunchilik hujjatiga muvofiq bo‘lishi lozim)

Davlat organining nizomiga asosan

Normativ-huquqiy hujj�tlarga asosan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, qarori hamda Vazirlar Mahkamasi qarori, farmoyishiga asosan)

Agar funksiya Davlat xizmatlari reyestriga kiritilgan bo‘lsa, uchinchi manbada davlat xizmatining nomi va reyestrdagi raqami kiritiladi

Funksiyaning davomiyligi

Vaqtinchalik

Doimiy

Funksiya kim tomonidan amalga oshiriladi?

Davlat organining bo‘linmasi nomi

Shtat birligi (mazkur funksiyani amalga oshiruvchi haqiqiy xodimlar soni)

Shtat birligi (mazkur funksiyani hududiy organlar bilan birgalikda amalga oshiruvchi xodimlar soni)

Shtat birligi (mazkur funksiyani boshqa idora va tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiruvchi xodimlar soni)

Moliyalashtirish manbasi (summasi):

Respublika budjeti

Mahalliy budjet

Funksiyadan foydalanuvchilar hisobiga (xizmat qiymati ko‘rsatilishi kerak)

Boshqa manbalar (qaysi manba ekanligi ko‘rsatilishi kerak)

Funksiya quyi turuvchi organ tomonidan amalga oshirilsa, bir yillik moliyalashtirish summasi

Shundan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar

Funksiyadan foydalanuvchi

Davlat organi

Davlat organi (quyi organlari) nomi

Jismoniy shaxslar

Tadbirkorlik subyektlari

Tadbirkorlik subyektining tashkiliy-huquqiy shakli

Funksiya xususiyati

Funksiyani amalga oshirish bosqichlari (qisqacha)

Funksiyani amalga oshiruvchilarni nazorat qilish

Nazorat qilish talab qilinadi

Nazorat funksiyasining nomi

Nazorat shakli (tekshiruv, monitoring yoki boshqa shakli)

Javobgarlik ko‘rinishi: intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy

Agar funksiya davlat xizmati bo‘lsa, iste’molchilar uchun xizmat narxi

Xizmat shakli (xavf darajasidan kelib chiqib):

Litsenziya

Ruxsatnoma

Xabarnoma

Boshqa

Xizmatni ko‘rsatish shakli:

Elektron

Qog‘ozda

Aralash

Iste’molchilar uchun xizmatni ko‘rsatish muddati (kun)

Xizmatni ko‘rsatish sifatini aniqlash mezoni

(to‘liq va tushunarli yozilishi kerak)

Funksiyani xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha taklif:

Autsorsing

Kraudsorsing

Davlat ijtimoiy buyurtmasi

Akkreditatsiya

Sertifikatlashtirish

Boshqa usul

Taklif qilinayotgan o‘tkazish jarayoni:

Sinov-tajriba

Boschiqma-bosqich

Qisman o‘tkazish

To‘liq o‘tkazish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Elektron maydonchada 15 kunlik jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish:

Vakolatli organ*

1. Xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari yakuniy ro‘yxatini elektron maydonchaga joylashtiradi.

Har yili 1-iyunga qadar

Savdo-sanoat palatasi, funksiyasi xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan tegishli davlat organlari

2. Yakuniy ro‘yxat joylashtirilishi kunini ko‘rsatgan holda Savdo-sanoat palatasi va funksiyasi xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan tegishli davlat organlariga xabarnoma yuboradi.

Ro‘yxat joylashtirishdan kamida uch ish kuni oldin

3. Jamoat muhokamasi o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtiradi.

Xabarnoma kelib tushgandan keyin bir kun muddatda

2-bosqich

Vakolatli organ*

Jamoatchilik muhokamasi natijalarini jamlaydi va o‘tkazilayotgan davlat funksiyalariga o‘xshash bo‘lgan faoliyat tajribasiga ega xususiy sektor subyektlarining dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi.

Har yili 1-iyulga qadar

Xususiy sektor subyektlarida zarur resurslar va infratuzilma, malakali kadrlar mavjudligini, shuningdek, davlat funksiyasini amalga oshirish uchun qilinadigan xarajatlar va tovar (ish, xizmat) qiymati bo‘yicha takliflarni aniqlash maqsadida Vakolatli organ 20 kunlik muddatda davlat funksiyalariga o‘xshash bo‘lgan faoliyat tajribasiga ega xususiy sektor subyektlarining dastlabki ro‘yxatidagi xususiy sektor subyektlarida so‘rovnomalar o‘tkazadi.

Har yili 20-iyulga qadar

3-bosqich

Vakolatli organ*

So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra xususiy sektor va iste’molchilar uchun davlat funksiyalarini amalga oshirish qiymatini belgilaydi.

Bunda davlat organi tomonidan davlat funksiyasini amalga oshirish qiymati hamda xususiy sektor subyektlari tomonidan taklif qilinayotgan eng past qiymat solishtirilganda:

1. Taklif qilinayotgan tovar (ish, xizmat) qiymatining eng past narxi mazkur funksiyani amalga oshirish uchun davlat organi qilayotgan xarajat miqdoriga teng yoki xarajat miqdoridan kam bo‘lsa, ushbu funksiyani xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etiladi;

2. Taklif qilinayotgan tovar (ish, xizmat) qiymatining eng past narxi mazkur funksiyani amalga oshirish uchun davlat organi qilayotgan xarajat miqdoridan ortiq bo‘lsa, ushbu funksiyani xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etilmaydi.

Har yili 25-iyulga qadar

4-bosqich

Vakolatli organ*

Xususiy sektor va iste’molchilar uchun davlat funksiyalarini amalga oshirish qiymati belgilangan holda har bir davlat funksiyalari bo‘yicha bozor tayyorligi xulosasi tayyorlanadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Har yili 1-avgustga qadar

5-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Vakolatli organning bozor tayyorligi xulosasini ko‘rib chiqadi.

Har yili 15-avgustga qadar

Vakolatli organ*

Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Har yili 1-oktabrga qadar

Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarori bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Vakolatli organ hisoblanadi hamda Vazirlikning markaziy apparatida 8 ta shtat birligidan iborat Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilgan.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi