Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni hamda “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berishni yaxshilash uchun boshqa hududlardan tajribali mutaxassislarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
b) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatidagi hududlarda joylashgan va ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etiladigan o‘qituvchi-pedagoglarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarorida belgilangan qo‘shimcha ustamalar va kompensatsiyalar to‘lanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari

Tasdiqlangan mezonlar asosida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatiga kiritiladigan maktablar yuzasidan Xalq ta’limi vazirligiga taklif kiritadi.

Har yili 1-fevralga qadar

2-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

1. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-martga qadar

2. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini Vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qiladi.

Ro‘yxat tasdiqlangandan so‘ng 10 kun ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi

Elektron platformaga ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar to‘g‘risida, shu jumladan, ulardagi ajratiladigan vakant dars soatlari haqidagi ma’lumotlarni kiritadi.

Har yili 15-mayga qadar

4-bosqich

O‘qituvchi-pedagoglar

O‘qituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarning birini tanlab, ko‘rsatilgan manzilning axborot ma’lumotlari asosida maktab direktoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etadi.

Har yili 15-maydan 25-iyulga qadar

5-bosqich

Umumta’lim maktabi

1. Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda o‘qituvchi-pedagoglarni saralash bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.

2. Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar bo‘yicha bir o‘ringa ikki va undan ortiq nomzo?lar bilan kasbiy bilim va ko‘nikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yo‘nalishida suhbat o‘tkaziladi.

Har yili 1-avgustga qadar

3. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchi-pedagoglar to‘g‘risida ma’lumotlarni elektron platformaga kiritadi.

Har yili 5-avgustga qadar

6-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi

Saralashdan o‘tgan o‘qituvchi-pedagoglar ro‘yxatini Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Har yili 10-avgustga qadar

7-bosqich

Umumta’lim maktabi direktori

Saralashdan o‘tgan o‘qituvchi-pedagoglar bilan yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab ishga qabul qilish bo‘yicha muddatli mehnat shartnomasi tuzadi va qonunchilikda belgilangan tartibda buyruqni rasmiylashtiradi.

Har yili yangi o‘quv yilining birinchi kuniga qadar

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 8-bandidagi “4-kursida” so‘zlari “4-kursida, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi