Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2024
Hujjat 17.03.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami 1998-y. 8-son, 31-bet), 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2003-y. 7-8-son, 63-bet) va 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2003-y. 14-son, 118-bet) qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunlariga,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 23-iyundagi 419-son “O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining ustav jamg‘armalaridagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Agar davlat vakilini almashtirish amalga oshiriladigan bo‘lsa, Markaz ishonchli boshqarish shartnomasi tuzilgan yoki ishonchnoma berilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechiktirmay, mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tartibda xo‘jalik jamiyatini boshqarishning tegishli organiga avvalgi davlat vakilining vakolatlari bekor qilinganligi va yangi davlat vakili tayinlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 8, 9-boblarida va O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 43 va 44-moddalarida nazarda tutilgan yirik bitimlar yoki jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlarni tuzish.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar olish uchun davlat vakili kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi bo‘lg‘usi majlisining sanasi belgilangandan, shuningdek barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilingandan keyin o‘n ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasiga va/yoki Markazga mazkur Nizomga 1-son ilovaga ko‘ra shaklda yozma xabarnoma, shuningdek kun tartibi masalalari bo‘yicha zarur axborot va ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibiga doir o‘z takliflarini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bu holda, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ishtirok etish uchun Markaz, Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organining ishonchnoma bo‘yicha ovoz beradigan xodimi yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Kuzatuv kengashi majlisida, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida, shuningdek barcha oddiy aksiyalar bir aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida davlat vakili mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning hududiy bo‘linmasi va/yoki Markaz bilan kelishmasdan yoki uning ko‘rsatmalariga zid ravishda ovoz bergan holda qabul qilingan qaror sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.

___________________________________________________________________________________ manzilda joylashgan, aksiyadorlik jamiyati (mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat) ustav jamg‘armasidagi davlat aksiyalari (ulushlari) paketi bo‘yicha davlat manfaatlarini ifodalaydigan

_______________________________________________________________________

(davlat vakili)

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (kuzatuv kengashi majlisini o‘tkazish / aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishini o‘tkazish / barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilish to‘g‘risida)

XABARNOMA

Sana:______________________________Vaqt:________________________________________
Joy:______________________________________________________________________________________

KUN TARTIBI

1.______________________________
2.______________________________
3.______________________________
4.______________________________va h.k.
_____________________________________________________________________________________________________

(ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibiga doir davlat vakilining takliflari)

Davlat vakilining aloqa bog‘lash telefoni:


_______________________________________________________________________
Xabarnoma tuzilgan sana:_______________________________________________________________________
Davlat vakili:

_____________________________

________________________________________

(imzo)

F.I.O.

_______________________________________________________________________________ aksiyadorlik jamiyati
(mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat) ustav jamg‘armasidagi davlat aksiyalari (ulushlari) paketi bo‘yicha davlat manfaatlarini ifodalaydigan
________________________________________________________________________________ ga

(davlat vakiliga)

________________________________________________________________________ da o‘tkaziladigan / qabul qilinadigan

(sana)

_______________________________________________________________________________________________________

(kuzatuv kengashining majlisida / aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida) barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilishda)

ishtirok etish davomida ovoz berish tartibi to‘g‘risida

KO‘RSATMALAR

20________ yil “___________” ___________________ dagi________ son

OVOZ BERISh TARTIBI

1. Birinchi masala bo‘yicha ovoz berish ___________________________________________________ (so‘z bilan ko‘rsatilsin)

(yoqlab/qarshi/betaraf)

2. Ikkinchi masala bo‘yicha ovoz berish ___________________________________________________ (so‘z bilan ko‘rsatilsin)

(yoqlab/qarshi/betaraf)

3. Uchinchi masala bo‘yicha ovoz berish ____________________________________________________ (so‘z bilan ko‘rsatilsin)

(yoqlab/qarshi/betaraf)

4. To‘rtinchi masala bo‘yicha ovoz berish __________________________________________________ (so‘z bilan ko‘rsatilsin)

(yoqlab/qarshi/betaraf)

5. Beshinchi masala bo‘yicha ovoz berish ___________________________________________________ (so‘z bilan ko‘rsatilsin)

(yoqlab/qarshi/betaraf)

Rahbar (uning o‘rinbosari)______________________________________________________________________

(imzo)

(F.I.O)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi