Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

1-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda davriy monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi

3-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holati yuzasidan joriy monitoringni amalga oshirish tartibi

4-bob. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi va agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan tezkor monitoringni amalga oshirish tartibi

5-bob. Monitoring materiallaridan foydalanish va ularni saqlash tartibi

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish SXEMASI

2-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari

3-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorati amalga oshiruvchi davlat organlarining vazifalari

4-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi

5-bob. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish SXEMASI

3-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini tashkil etish tartibi

3-bob. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish tartibi

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish SXEMASI

4-ILOVA
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan ChORA-TADBIRLAR REJASI

5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yer monitoringi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Hujjat 13.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini, yerlarni muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish hamda yer tuzish tadbirlarini o‘tkazish tartiblarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, shuningdek, “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari

1. Davlat organlaridan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar yer uchastkalari chegarasi hamda holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul oladi.

2. Monitoring ishlarini yerlarning tuproq, geobotanika va boshqa tadqiqotlar materiallaridan foydalangan holda amalga oshiradi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, shuningdek, “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari

Monitoring ishlarini davriyligi bo‘yicha amalga oshiradi:

a) davriy monitoring — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer turlari va maydoni bo‘yicha xatlovdan o‘tkazib borish;

Har besh yilda

b) joriy monitoring — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holati yuzasidan monitoringni amalga oshirish;

Har yili

v) tezkor monitoring — qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi va agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan kunlik monitoringni amalga oshirish.

Doimiy ravishda

3-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari

1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini davriyligi bo‘yicha amalga oshiradi.

Doimiy ravishda

2. Monitoring natijalarini yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va hududlar kesimida jamlaydi, monitoring natijalarini dalolatnoma asosida rasmiylashtirgan holda tuman (Quvasoy shahar) hokimliklariga taqdim etadi.

Monitoring yakunlangan kunda

4-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari

Monitoring natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi.

Besh ish kuni ichida

5-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari

1. Monitoring yakuni bo‘yicha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer turi, konturi, chegarasi haqidagi barcha ma’lumotlarni “O‘zdaverloyiha” institutining yer axborot tizimi portalida shakllantiriladi.

2. Monitoring yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritadi.

O‘n ish kuni ichida

Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari

1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini respublikaning butun hududida amalga oshiradi:

a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan maqsadli foydalanish yuzasidan o‘tkazadigan o‘rganishlarni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olishning yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan holda amalga oshirish;

b) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘rganish ishlarini amalga oshirish.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha davlat inspektorlari

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlash, bunda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining yoki Inspeksiyaning topshiriqlari;

o‘tkazilgan monitoringdan olingan ma’lumotlar tahlili;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan ma’lumotlar;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish yuzasidan so‘rovlari.

Uch ish kuni ichida

3-bosqich

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha davlat inspektorlari

O‘rganish ishlarini amalga oshirish uchun to‘sqinlik qilingan taqdirda, o‘rganish ishlari amalga oshiriladigan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs ishtirokida dalolatnoma tuzadi va ular tomonidan imzolanishini ta’minlaydi.

Zaruratga ko‘ra, o‘rganish boshlangan kunda

4-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari

Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlardan mutaxassislarni jalb qiladi.

Zaruratga ko‘ra, ikki ish kuni ichida

5-bosqich

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha davlat inspektorlari

1. O‘rganish ishlari yakuni bo‘yicha ikki nusxada ma’lumotnoma rasmiylashtiradi.

O‘rganish yakunlangan kunda

2. O‘rganish ishlari yakuni bo‘yicha barcha hujjatlar yig‘majildini shakllantiradi.

3. Yig‘majildni Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksi�si yoki uning hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.

Uch ish kuni ichida

6-bosqich

Inspeksiya boshlig‘i, o‘rinbosarlari va Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari va o‘rinbosarlari

1. O‘rganish natijalari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi yoki tegishliligi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlarga yuboradi.

2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga oid qonun buzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taqdimnoma kiritadi.

Besh ish kuni ichida

7-bosqich

O‘rganish ishlari amalga oshirilgan davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar

Taqdimnomani ko‘rib chiqadi va natijasi to‘g‘risida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yoki uning hududiy boshqarmalariga ma’lum qiladi.

Bir oy muddatda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)

MA’LUMOTNOMA

20____ yil “____”__________

Toshkent shahri

O‘rganish ishlari amalga
oshirilgan tashkilot:



_________________________________________

O‘rganish ishlari uchun asos

_________________________________________

O‘rganish ishlarini amalga oshiruvchilar F.I.O. va lavozimi





_________________________________________

O‘rganish ishlari amalga oshirilgan soha


Qishloqxo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan maqsadli foydalanish yuzasidan

O‘rganish ishlarida ishtirok etgan tashkilot xodimi



_________________________________________

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ga asosan “____________________________________________________” _______________________da qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan maqsadli foydalanish yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish davomida ___________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________kabi qonun talablariga amal qilinmaganlik holatlari aniqlandi.

O‘rganish ishlari natijasi bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi:

Ushbu ma’lumotnomada ko‘rsatib o‘tilgan yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining

buzilish holatlari va uning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan “ _________________________”
________________________________ga______kun muddatda bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Ma’lumotnomani tuzdik:

_______________________________________________
Ma’lumotnoma bilan tanishdim, e’tirozlarim ____________________ (bor yoki yo‘q) va bir nusxa oldim:
yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga;

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarini yer axborot tizimi portalida aks ettirish.

1. Hududning tabiiy iqlim sharoiti, joylashuvi, suv ta’minoti, tuproq unumdorligidan kelib chiqib, hududlarning ixtisoslashuvini belgilash va ekinlarni joylashtirish.

2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi har yilgi ma’lumotlarni yer axborot tizimi portaliga kiritish.

3. Qishlo� xo‘jaligi ekinlarining ekilishi va rivojlanish holatini monitoring qilish natijalarini yer axborot tizimi portaliga kiritib borish.

4. Monitoring natijalarini foydalanuvchilarga belgilangan tartibda yer axborot tizimi portali orqali taqdim etish.

2022-yildan boshlab, doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2.

Yaylov va pichanzorlarda geobotanika tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish:

1. Fanlar akademiyasi Botanika instituti bilan yaylov o‘simliklarining tarqalishi bo‘yicha;

2. Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar, yaylovlarning degradatsiyasi va uning atrof-muhitga ta’sirlari bo‘yicha;

3. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan yaylovlarda chorva mollarini almash�ab boqish bo‘yicha;

4. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan o‘rmon fondi yaylovlarida o‘simlik dunyosini o‘rganish va yaxshilash bo‘yicha;

5. Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan ularning tasarrufidagi yaylovlarda o‘simlik dunyosini o‘rganish va chorva mollarini almashlab boqish bo‘yicha.

2022-yil I chorak, doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi

3.

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasini takomillashtirish.

1. “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari tarkibida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi Geofazoviy ma’lumotlar infratuzilma (GMI) bo‘limini tashkil etish.

2022-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. GMI bo‘limlari tomonidan yerdan foydalanuvchilarga yer axborot tizimi portali orqali interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishni joriy etish.

2022-yil I chorak

4.

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti ilmiy xodimlari va tadqiqotchilarining yer tuzish, kadastr, geobotanika, geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi, geodeziya va kartografiya sohasida Oliy ta’lim vazirligi va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorligini ta’minlash.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti yer tuzish yo‘nalishidagi muammolar va ularni ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish uchun loyihalarni belgilangan tartibda Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2022-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

2022-yildan boshlab, doimiy

5.

Soha mutaxassislarini ma’naviy rag‘batlantirish.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yer tuzuvchi” faxriy unvonini ta’sis etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil III chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

6.

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy bo‘linmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish xamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va doimiy kuzatuv monitoringini olib borish.

1. Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish.

2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va yetishtirish.

2022-yil II chorak, doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Bunda spektorli kameralar bilan jihozlangan dronlardan foydalangan holda, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishi bo‘yicha doimiy kuzatuv monitoringini amalga oshirish va dronlarda olingan suratlarga ishlov berish orqali monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

doimiy

1. 2-banddagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha) va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-banddagi “Yer monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda yer monitoringi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa toifadagi yerlarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 17-banddagi “tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari” so‘zlari “tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari va Kadastr agentligi tumanlar (shaharlar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 18-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari” va “Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga” so‘zlari tegishlicha “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha), Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” va “Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi