Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 01.01.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
4. Yetakchilar ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan tadbirlar mahalladagi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda har kuni o‘tkazilishini ta’minlab borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
1-ilovada ko‘rsatilgan yordam turlari Yetakchining tavsiyasi asosida beriladi;
Yoshlar ishlari agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan yordam turlarini berishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardagi mexanizmlarni ixchamlashtirish va soddalashtirish yuzasidan hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
ushbu qarorning 7-bandi ikkinchi xatboshisi, 14-bandi va ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tadbirlarning moliyalashtirilishi belgilangan tartibda Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
19. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

T/r

Yordam turi

Tavsiya mazmuni

Xulosa kimga taqdim etilishi

1.

Moddiy ahvoli qiyin yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish.

Moddiy yordam berish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi)

2.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy ijarasi kompensatsiyasini qoplash uchun — har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Vasiylik kengashiga

3.

Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Vasiylik kengashiga

4.

Mamlakatdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha qismini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Vasiylik kengashiga

5.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Vasiylik kengashiga

6.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Vasiylik kengashiga

7.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yangi turmush qurayotgan yosh oilalarga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun tijorat banklari tomonidan 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishga kafillik berish.

Kafillik berish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Vasiylik kengashiga

8.

Uy-joy so�ib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya to‘lashda alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi bo‘yicha tavsiya berish.

Alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi bo‘yicha tavsiya

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limiga

9.

Sport to‘garaklarini tashkil etish uchun mahallada bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu obyektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga berish.

Ijaraga berish yuzasidan tavsiya

Yoshlar ishlari agentligiga

10.

Ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Vasiylik kengashiga

11.

Yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan qismi hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish.

Xarajatlarni qoplash yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Yoshlar ishlari agentligiga

12.

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Yoshlar ishlari agentligiga

13.

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya

Yoshlar ishlari agentligiga

Oldingi tahrirga qarang.

1.

K.K. Kuranbayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Komissiya raisi

2.

J.T. Jo‘rayev

Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

A.I. Ikramov

yoshlar siyosati va sport vaziri, Komissiya raisi o‘rinbosari

4.

O.F. Tojiyev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari

5.

Lavozimiga ko‘ra

Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi

6.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

7.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

8.

I.Y. Abduraxmonov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

9.

O.A. Nazarbekov

madaniyat va turizm vaziri

10.

S.B. Artikova

Bosh prokuror o‘rinbosari

11.

S.D. Mamayusupov

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari

12.

H.A. Qarshiyev

mudofaa vaziri o‘rinbosari

13.

A.I. Ikramov

ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

14.

R.O. Karimjonov

raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari

15.

A.Sh. Bekmurodov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akade�iyasi rektori

16.

O.A. Xasanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

17.

A.J. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

18.

S.S. Sayidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

19.

M.M. Xojimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

20.

S. Turdiyev

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi

21.

A.A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

22.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori, Komissiya mas’ul kotibi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
5-banddagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilova 3-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi” va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari” so‘zlari tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarori 7-bandining “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
b) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi