Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 13.06.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

1.

Yoshlar ishlari agentligiga mazkur qarorga muvofiq yuklanayotgan qo‘shimcha vazifalarni amalga oshirish maqsadida agentlik to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqish va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

intellektual o‘yinlarni o‘tkazish tartibini, o‘tkaziladigan joyni belgilash;

hakamlar hay’ati tarkibi, apellatsiya komissiyasi a’zolari ro‘yxatini shakllantirish hamda intellektual o‘yinlarga qo‘yiladigan savollar maxfiyligini ta’minlash;

intellektual o‘yinlarni tashkil etish, o‘tkazish va natijalarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish;

intellektual o‘yinlar ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning yagona elektron platformaga kiritilishini ta’minlash;

intellektual o‘yinlar natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida g‘oliblarning keyingi bosqichda ishtirok etishini ta’minlash hamda respublika bosqichini tashkil etish va g‘olib jamoalarni taqdirlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil mart

-

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Intellektual o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini tasdiqlash.

Tashkiliy qo‘mita qarori

2022-yil aprel

-

Tashkiliy qo‘mita

(A. Abduvaxitov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Prezident ta’lim muassasalari agentligi

(X. Umarova)

3.

Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari, Prezident ta’lim muassasalari hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida Zakovat” intellektual klublarining doimiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil apreldan boshlab bosqichma-bosqich

Ta’lim muassasalari va Yoshlar markazlari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Prezident ta’lim muassasalari agentligi

(X. Umarova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar, o‘qituvchilarni har yili chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash hamda magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yildan boshlab har yili

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(O. Xasanov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmurodov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

5.

Jamoalar “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash va respublika bosqichlarida ishtirok etishi uchun ularga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasidan alohida xona ajratish va “Zakovat burchagi”ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil may

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi mablag‘lari

O‘zbekiston milliy kutubxonasi

(U. Teshabayeva),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

6.

“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlar haqidagi barcha ma’lumotlarni yagona veb-saytga joylashtirish. Bunda:

ishtirokchilar uchun shaxsiy kabinetlar yoki ID-kartalar yaratish;

tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rish imkoniyatini yaratish;

o‘tkazilgan tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlari videoyozuvini to‘liq hajmda veb-saytga joylashtirish;

“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlar ishtirokchisi bo‘lish uchun talablarni belgilash;

“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlar haqidagi o‘rgatuvchi videoroliklarni joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

7.

“Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning hududiy va respublika bosqichi g‘oliblarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yildan boshlab har yili

-

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(O. Xasanov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Yoshlarning iqtidorini namoyon etish va ular uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida hududlarda Intellektual parklar barpo etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillarda

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi

(B. Zakirov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

9.

Intellektual musobaqalar g‘oliblari va iqtidorli yoshlar uchun Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “Intellektual maktab” mavsumiy oromgoh loyihasini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yildan boshlab har yili

Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov)

10.

Respublikamiz tuman (shahar)laridan birini “Intellektual hudud” deb e’lon qilish hamda ushbu hududdagi yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Tashkiliy qo‘mita qarori

2022-yildan boshlab har yili

Ijrochilar mablag‘lari

Tashkiliy qo‘mita

(A. Abduvaxitov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi

(B. Zakirov)

11.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida dunyo tan olgan olimlar, jumladan Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Tashkiliy qo‘mita

(A. Abduvaxitov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Yoshlarning intellektual salohiyatini reyting baholash va ularning elektron bazasini shakllantirishga qaratilgan elektronplatforma ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

“Zakovat” intellektual klubi” NNT

(A. Abdullayev)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi