Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 03.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi 1062-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 3-moddaning ikkinchi qismidagi “qoidalar qabul qiladi va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “adliya organlari” degan so‘zlar “davlat xizmatlari markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi qismidagi “ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni” degan so‘zlar “adliya organini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrda qabul qilingan “Firma nomlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-51-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 493-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan to‘ldirilsin:
Ushbu Qonun 2-moddasining 2-bandi, 4-moddasining 2-bandi, 5 va 6-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi