Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir MA’MURIY REGLAMENT

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Yer uchastkasini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish SXEMASI

4-ILOVA
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymatini hisoblash TARTIBI

2-ILOVA
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Auksionlarga chiqarish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash

1-§. Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va yer uchastkasini “Yerelektron” AATga joylashtirish tartibi

2-§. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi

3-§. Yer uchastkasini auksionga chiqarishga tayyorlash

4-§. Ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalari bo‘yicha auksion natijalarini rasmiylashtirish tartibi

5-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi

6-§. Yer uchastkasini berish

3-bob. Auksiondan tushadigan mablag‘larni taqsimlash

4-bob. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini tizimli nazorat va monitoring qilish

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish SXEMASI

3-ILOVA
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali realizatsiya qilish tartibi

1-§. Yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish va yer uchastkalarini auksionga qo‘yish uchun zarur materiallarni tayyorlash tartibi

2-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi

3-§. Yer uchastkasini berish

3-bob. Auksiondan tushadigan mablag‘larni taqsimlash

4-bob. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish SXEMASI

4-ILOVA
“Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar RO‘YXATI

5-ILOVA
“Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar RO‘YXATI

6-ILOVA
Vazirlik va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xo‘jaliklarida yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va yerga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2022-yilda ajratiladigan mablag‘lar HISOB-KITOBI

7-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 14.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer uchastkalarini xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish, shuningdek, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi;
Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida” 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatida “Yerxususiylasntirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yerxususiylasntirish” AAT) orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 9-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — ushbu tashkilotlar foydalanishidagi yer uchastkalariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — zaxira yerlar, obodonlashtirish yerlari va ko‘p kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning 2022-yil oxiriga qadar Milliy geografik axborot tizimida to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
vazirliklar va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xo‘jaliklarida 2022-yilda yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va yerga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 6-ilovaga muvofiq talab etiladigan budjet mablag‘lari respublika budjetining 2022-yil 1 va 2-choraklari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlar hamda aholi punktlarining bosh rejalari, hududlarni rivojlantirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tadbirlari uchun tegishli mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
xususiylashtirish obyektlari va subyektlari “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10, 12 va 13-moddalari talablariga mosligi “Yerxususiylasntirish” AATga ulangan tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar ariza bo‘yicha xususiylashtirish uchun berilgan yer uchastkasi hududida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) qurilish bo‘limi ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xulosa taqdim etadi. Bunda ariza beruvchiga 2021-yil 16-noyabrga qadar yuzaga kelgan doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari ulardan foydalanishning asosiy maqsadini shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanguniga qadar saqlab qolish sharti bilan xususiylashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);
b) ushbu Reglamentning 14-bandiga muvofiq yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi hisobvarag‘iga;
22. Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘lovini to‘liq amalga oshirganidan so‘ng “Yerxususiylasntirish” AAT avtomatik ravishda ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq jismoniy shaxs bo‘yicha — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport raqami, JSHSHIR, yuridik shaxs bo‘yicha — yuridik shaxs nomi, STIR raqamini ko‘rsatgan holda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali yer uchastkasini xususiylashtirishga ariza taqdim etadi.

2. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘lanadi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Ariza tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun “Yerxususiylasntirish” AATga yuboriladi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

1. Ariza tushgan kundan boshlab quyidagilarni tekshiradi:

arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;

xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;

xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;

yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralari, kadastr hujjatlari bilan mosligi.

2. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha “Yerxususiylasntirish” AAT orqali kelishadi.

5 ish kunida

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi

1. Arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini ko‘rib chiqadi.

2. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha “Yerxususiylasntirish” AAT orqali kelishadi.

3 ish kunida

4-bosqich

“Yerxususiylasntirish” AAT

Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

Yagona billing tizimi

Ariza kelishilgan taqdirda, “Yerxususiylasntirish” AAT ma’lumotlari asosida yer uchastkasini sotib olish uchun hisobvaraqni shakllantiradi va xabarnomaga ilova qiladi hamda to‘langan mablag‘lar hisobini yuritadi.

5-bosqich

Ariza beruvchi

Yer uchastkasini sotib olish qiymatining to‘lovini amalga oshiradi.

10 ish kunida

6-bosqich

“Yerxususiylasntirish” AAT

1. Yer uchastkasini sotib olish qiymati o‘z vaqtida va to‘liq to‘langan taqdirda, yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.

2. Yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirmagan taqdirda, xususiylashtirishni rad etish to‘g‘risida xabarnomani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.

Avtomatik ravishda

7-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderiga elektron raqamli imzo qo‘yadi va uni Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kunida

8-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining boshqarmasi

1. Davlat orderi taqdim etilgandan so‘ng davlat orderiga asosan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani davlat orderi bilan birga YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

2 ish kunida

9-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Davlat orderi va Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

Keyingi tahrirga qarang.
V — Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan davlat reyestridan ko‘chirmani berish va ko‘chmas mulk obyektlarini ro‘yxatga olish xizmatlariga belgilangan stavkalar asosida (so‘mda);

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGINING
____________________________ HUDUDIY BOSHQARMASI

(hudud nomi)


YER UCHASTKASIGA MULK
HUQUQINI BERUVCHI DAVLAT ORDERI № ______

Mulkdorning nomi___________________________________________________________________________

(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)


Mulkdorning manzili (yashash joyi)______________________________________________________________

pasport seriyasi ________ raqami __________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________

(jismoniy shaxslar uchun)

________________________________________________________________________________

STIR ____________________________, JSHSHIR__________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun)


_________________________________________________________________________________manzilidagi

o‘ziga _____________________________________________________________ huquqi asosida tegishli bo‘lgan

(doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish)


_________________________________________________________________________________qiymatidagi

(summa raqam va so‘z bilan yoziladi)


umumiy _____________kv m yer maydoniga mulk huquqi berildi.

Ushbu order_________________________________________________________________________________

(orderni bergan davlat organining nomi)


____________________________________________________________________________ga asosan berildi.

(orderni berishning asosi)


Order ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana ___________________________________

Hududiy boshqarma boshlig‘i


QR-kodi

F.I.O.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar ularga so‘rov tushgan kundan boshlab uch ish kun ichida “Yerelektron” AATga tegishli belgini qo‘yish orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion savdosi natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi o‘rinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” ATT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
a) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvarag‘iga;
b) ushbu Nizomning 32 va 35-bandlarida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha takliflarni “Yerelektron” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritib boradi.

Doimiy ravishda

Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda yer uchastkalari bo‘yicha takliflar tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari hamda tegishli ravishda “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “Toshkent-boshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJ bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi.

2-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Tuman (shahar) qurilish bo‘limining takliflariga asosan kadastr yig‘majildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan filialga yuboradi.

Kiritilgan takliflarga muvofiq

Jismoniy va yuridik shaxslar

“Yerelektron” AATning ochiq elektron portalida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turini, aniq chegaralari hamda maydoni va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Xohishiga ko‘ra

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

1. Buyurtmada belgilangan yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlaydi;

2. Yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish bo‘limiga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi;

3. Bo‘sh yer uchastkalari bo‘yicha yer tanlash materiallarini tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga joylashtiradi.

10 ish kuni

4-bosqich

Loyiha-qidiruv tashkiloti

1. Joyiga chiqqan holda yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini mahalliy koordinatalar tizimida elektron shaklda tayyorlaydi;

2. Elektron shaklda tayyorlangan topografik xaritani “Yerelektron” AATga joylashtiradi.

10 (25) ish kuni

5-bosqich

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi:

Topografik xaritani olgandan so‘ng bir ish kunida topografik xaritani va bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha yer tanlash materiallarini ilova qilgan holda “Yerelektron” AAT orqali yer uchastkasining joylashuvini kelishish uchun tegishli organlarga yuboradi.

1 ish kuni

Hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar

Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

3 ish kuni

Yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi

Yer uchastkasi to‘g‘risida tegishli xulosani tayyorlaydi bunda:

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

zarur hollarda loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan topografik xarita asosida yer uchastkasining chegaralariga o‘zgartirish kiritish yoxud yer uchastkasidan shaharsozlik cheklovlari quyilgan holda foydalanish bo‘yicha asoslangan taklif aks ettiriladi.

Xulosalar “Yerelektron” AATga elektron shaklda kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

3 ish kuni

6-bosqich

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar

“Yerelektron” AAT orqali har bir yer uchastkasi bo‘yicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadi.

5 ish kuni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari

Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli xulosa tuzadi, uni elektron shaklda “Yerelektron” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari

Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari

Avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasi hududida joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

7-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

Yer u?astkasi bo‘yicha tuman (shahar) qurilish bo‘limi va barcha vakolatli tashkilotlardan ijobiy xulosa “Yerelektron” AATga joylashtirilgandan so‘ng kadastr yig‘majildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

10 ish kuni

8-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

“E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga yuboradi.

2 ish kuni

9-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

1. Buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.

2. Yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi.

3. Tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ko‘chirmani “Yerelektron” AATga kiritadi.

2 ish kuni

10-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan va kelishuv natijalari va ijobiy xulosalar olinganidan so‘ng quyidagilarni:

auksionga chiqariladigan bo‘sh turgan yer uchastkasining huquq turini;

yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlarni;

auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara muddati va ijara shartnomasining loyihasini belgilaydi va “Yerelektron” AATga kiritadi.

2 ish kuni

11-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

1. Barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan boshlab eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini yoki ijara huquqi qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini ta’minlaydi;

15 ish kuni

2. Mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) jalb etgan holda baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi;

10 ish kuni

3. Baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot va ekspertiza xulosasi asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining bozor qiymatini kiritadi (ijara huquqida avtomatik kiritiladi).

1 ish kuni

12-bosqich

“Yerelektron” AAT

Bo‘sh yer uchastkalarini auksionga chiqarish bo‘yicha materiallar kelishilgandan, bozor qiymati yoki ijara huquqi qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yerelektron” AATga kiritilganidan, ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara shartno?asi shakllantirilganidan so‘ng yer uchastkasi yoki unga ijara huquqi auksionga qo‘yish uchun operatorga yuboriladi.

Avtomatik ravishda

13-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Auksionga qo‘yilgan bo‘sh yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.

2 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

14-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari

Elektron onlayn-auksionda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq ishtirok etadi.

Belgilangan muddatda

15-bosqich

Auksion g‘olibi

(Ijara huquqi bo‘lganda)

1. Ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

2. Ijara shartnomasi imzolagandan so‘ng avtomatik ravishda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.

10 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

(Mulk huquqi bo‘lganda)

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni

16-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga mulk huquqi yoki ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali yuboriladi.

2 ish kuni

17-bosqich

Operator

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara yoki mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

18-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali va tuman (shahar) qurilish bo‘limi

Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada ko‘rsatadi.

3 ish kuni

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ushbu Nizomning 8-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan va BRL ishlab chiqiladigan boshqa hududning BRL mavjud bo‘lsa mazkur hudud uchun topografik xarita loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion natijalari haqidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi o‘rinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish to‘g‘risidagi buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan filialga yuboradi.

2. Yer uchastkalarining shartli chegaralari tuman (shahar) qurilish bo‘limi hamda Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali bilan birgalikda belgilanadi.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan BRLga muvofiq

2-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

1. Davlat reyestri ma’lumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlaydi.

2. Yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish bo‘limiga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi.

3. Bo‘sh yer uchastkalari bo‘yicha kadastr yig‘majildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

15 ish kuni ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi.

2. “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

2 ish kunida

4-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

1. Buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.

2. Yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi.

3. Tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va tegishli ma’lumotlarni “Yerelektron” AAT kiritadi.

2 ish kuni

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlarni “Yerelektron” ATT orqali belgilaydi.

2. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga yer uchastkalarini tarmoqlarga ulashga tegishli texnik shartlarni olish uchun so‘rov yuboradi.

2 ish kuni

6-bosqich

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini ishlab chiqadi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

3 ish kuni

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni texnik shartlar bilan birga elektron shaklda “Yerelektron” AAT orqali Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni

8-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

1. Eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan shartnoma tuzish hamda yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi.

15 ish kuni

2. Mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) shartnoma asosida jalb etgan holda baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi.

10 ish kuni

3. Baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot va ekspertiza xulosasi asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining bozor qiymatini kiritadi.

1 ish kuni

9-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Auksionga qo‘yilgan bo‘sh turgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.

2 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

10-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

Elektron onlayn-auksionda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq ishtirok etadi.

Belgilangan muddatda

11-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

Auksion natijalari haqidagi bayonnoma asosida yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni

12-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali yuboriladi.

2 ish kuni

13-bosqich

Operator

Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

14-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali va tuman (shahar) qurilish bo‘limi

Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada ko‘rsatadi.

3 ish kuni

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI

YER UCHASTKASI VA DAVLAT KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI

(O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i fonida

oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)
_ _ _ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _



MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI
DAVLAT ORDERI
№ ________

Mulkdorning nomi___________________________________________________________________________

(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)


Mulkdorning manzili (yashash joyi)______________________________________________________________

pasport seriyasi ________ raqami __________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________

(jismoniy shaxslar uchun)


STIR ____________________________, JSHSHIR__________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun)


_________________________________________________________________________________manzilidagi

_________________________________________________________________________________ qiymatidagi

(summa raqam va so‘z bilan yoziladi)

Umumiy _______________ kv m yer maydoni va ______________ kv m davlat ko‘chmas mulk obyekti mulk huquqi bilan berildi.


Ushbu order_________________________________________________________________________tomonidan

(orderni bergan davlat organining nomi)


____________________________________________________________________________ga asosan berildi.

(orderni berishning asosi)


Order ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana ___________________________________

Agentlik direktori
(Hududiy boshqarma boshlig‘i)


QR-kodi

F.I.O.”.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi