Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoniga muvofiq, shuningdek jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, jumladan ushbu sohada davlat organlari va tashkilotlarining yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda yuritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni 5-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Adliya vazirligi) jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilanganligi;
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3. 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. 9 — 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
5. 14-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “har olti oyda” so‘zlari “har yili 25-yanvarga va 25-iyulga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
7. 16-banddagi “haqiqiyligiga” so‘zi “haqqoniyligiga” so‘zi bilan almashtirilsin.
8. 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Mas’ul davlat organlari va tashkilotlari

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni elektron portalga kiritib boradi

Tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng darhol

2-bosqich

Adliya vazirligi

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va o‘tkazilgan tadbirlar samaradorligini elektron portalda avtomatik tarzda baholaydi.

Har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar

Zaruratga ko‘ra, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda, elektron portalga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini joyiga chiqib o‘rganadi.

3 kun ichida

O‘rganish natijasida ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa, bu h�qda kamchilik aniqlangan tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarini ogohlantiradi.

Kamchilik aniqlangan kundan e’tiboran 1 kun ichida

3-bosqich

Adliya vazirligi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Har yili 25-yanvarga va 25-iyulga qadar

4-bosqich

Adliya vazirligi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari asosida:

tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha yangi innovatsion uslublarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

baholash natijalariga ko‘ra salbiy ko‘rsatkichga ega bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari mas’uliyatini oshirish hamda ularga huquqiy targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etishda ko‘maklashish bo‘yicha choralar ko‘radi;

baholash natijalarini Internet jahon axborot tarmog‘i orqali va boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi.

Muntazam

T/r

Indikator (ko‘rsatkich)ning nomi

Indikator (ko‘rsatkich)ii baholash metodikasi

O‘lchov birligi, me’yor

Elektron tizimdagi maksimal ball

1.

Huquqiy savodxonlikni oshirishga doir aksiyalar, fleshmoblar va boshqa ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. O‘rtacha daraja (2 yoki 3 ta)

4. Yuqori daraja (4 ta)

4 ta

6

2.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha o‘qitilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 30 % gacha)

3. O‘rtacha daraja (31 — 70 % gacha)

4. Yuqori daraja (71% dan yuqori)

(%) o‘qitilishi lozim bo‘lgan xodimlar soniga nisbatan

9

3.

Mahallalarda o‘tkazilgan manzilli targ‘ibot tadbirlari

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 30 ta)

3. O‘rtacha daraja (31 — 50 ta)

4. Yuqori daraja (51 — 70 ta)

70 ta

10

4.

Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkazilgan manzilli targ‘ibot tadbirlari

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 29 ta)

3. O‘rtacha daraja (31 — 50 ta)

4. Yuqori daraja (51 — 70)

70 ta

10

5.

Huquqiy qo‘llanmalarning tayyorlanishi va tarqatilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 3 ta)

3. O‘rtacha daraja (4 — 7 ta)

4. Yuqori daraja (8 va undan ko‘p)

8 ta

8

6.

Huquqni targ‘ib qilishga doir ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari (flayer, buklet, infografika)ning tayyorlanishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 7 ta)

3. O‘rtacha daraja (8 — 14 ta)

4. Yuqori daraja (15 — 20)

20 xil

5

7.

Huquqiy savodxonlikni oshirishga doir multiplikatsion filmlarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. O‘rtacha daraja (2 ta)

4. Yuqori daraja (3 ta va undan ko‘p)

3 ta

9

8.

Sohaga oid ijtimoiy-huquqiy tusdagi videoroliklar, film va seriallarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 4 ta)

3. O‘rtacha daraja (5 — 7 ta)

4. Yuqori daraja (8 — 10)

10 ta

10

9.

Korrupsiyaga qarshi kurashishni targ‘ib qilishga doir videoroliklarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 4 ta)

3. O‘rtacha daraja (5 — 7 ta)

4. Yuqori daraja 8 — 10).

10 ta

10

10.

Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallari foydalanuvchilari

1. Salbiy daraja (kamaysa)

2. Qoniqarli daraja (0% dan 4% gacha)

3. O‘rtacha daraja (5% dan 9% gacha)

4. Yuqori daraja (10% dan yuqori)

(%) o‘tgan baholash davriga nisbatan

5

11.

Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishda yangi targ‘ibot turlaridan foydalanganlik darajasi

1. Salbiy daraja (foydalanilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. O‘rtacha daraja (2 ta)

4. Yuqori daraja (3 ta va undan ko‘p)

3 ta

6

12.

Ommaviy axborot vositalari bilan amalga oshirilgan brifinglar

1. Salbiy daraja (amalga oshirilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 5 ta)

3. O‘rtacha daraja (6 — 9 ta)

4. Yuqori daraja (10 — 12)

12 ta

6

13.

Boshqa davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikdagi o‘tkazilgan tadbirlar

1. Salbiy daraja (o‘tkazilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 5 ta)

3. O‘rtacha daraja (6 — 10 ta)

4. Yuqori daraja (11 — 15)

15 ta

6

”.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi