Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

1-ILOVA
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yig‘ma MAQSADLI PARAMETRLARI

1.1-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.2-ILOVA
Andijon viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.3-ILOVA
Buxoro viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.4-ILOVA
Jizzax viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.5-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.6-ILOVA
Navoiy viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.7-ILOVA
Namangan viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.8-ILOVA
Samarqand viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.9-ILOVA
Surxondaryo viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.10-ILOVA
Sirdaryo viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.11-ILOVA
Toshkent viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.12-ILOVA
Farg‘ona viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.13-ILOVA
Xorazm viloyatida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

1.14-ILOVA
Toshkent shahrida charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan MAQSADLI PARAMETRLARI

2-ILOVA
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida xomashyo resurslaridan samarali foydalanish, sifat ko‘rsatkichlarini oshirish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, tashqi bozorlardagi targ‘ibotni kuchaytirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ChORA-TADBIRLAR REJASI

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Hujjat 26.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlaridan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Mavjud xomashyo resurslari va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish

1.

Terini chuqur qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

Terini qayta ishlash korxonalarining modernizatsiya darajasini oshi�ish;

Terini qayta ishlash korxonalari hamda ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish.

2022 — 2024-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini hamda sifat ko‘rsatkichlarini oshirish

2.

2022 — 2025-yillarda charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida:

yuqori qo‘shilgan qiymatli;

import o‘rnini bosuvchi;

jundan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida umumiy qiymati 1,0 mlrd AQSh dollariga teng 490 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish. Buning uchun:

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tegishli tijorat banklari, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi

mazkur qaror hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-son qaroriga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq loyihalarni moliyalashtirish masalalarini hal qilish;

2022 — 2025-yillarda tarmoq jadvallari asosida

Shu jumladan,

2022-yilda 218 mln dollarlik 118 ta;

2023-yilda 242 mln dollarlik 121 ta.

2024-yilda 265 mln dollarlik 124 ta.

2025-yilda 279 mln dollarlik 127 ta.

zarur infratuzilma bilan ta’minlash (yo‘l, elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya tarmoqlari va h.k.);

2022 — 2025-yillarda tarmoq jadvallari asosida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishida yuzaga keladigan boshqa muammolarni tezkorlik bilan bartaraf qilish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish.

doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi

3.

Hududlarda klaster usulida terini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus tumani), Andijon (Shahrixon va Oltinko‘l tumanla�i), Buxoro (Buxoro tumani), Jizzax (Jizzax shahri), Qashqadaryo (Qarshi shahri), Namangan (Namangan shahri va Uychi tumani), Samarqand (Urgut va Samarqand tumanlari), Surxondaryo (Angor tumani), Farg‘ona (Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlari), Xo?azm (Hazorasp tumani) va Toshkent viloyatlarida (Yuqori Chirchiq tumani va Nurafshon shahri) klaster usulida terini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish bo‘yicha tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2022-yil 10-mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari

2. Kichik sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlarga zarur mablag‘lar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish hamda hisob-kitoblar bo‘yicha ma’lumotlarni Moliya vazirligiga kiritish;

2022-yil 15-aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar hokimliklari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi, “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi

3. Taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan kichik sanoat zonalari tashqi infratuzilmasini qurish-ta’mirlash ishlarini bajarish uchun mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga ajratish;

Loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatlarda

Moliya vazirligi

4. Mablag‘lar ajratilganidan so‘ng kichik sanoat zonalari tashqi infratuzilmasini qurish-ta’mirlash ishlarini bajarish.

Loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatlarda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari

4.

Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalaridagi ishlab chiqaruvchi korxonalarni xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlashni kengaytirish orqali tayyor mahsulotlarning MDH va Yevropa mamlakatlariga eksportini ko‘paytirish.

1. Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari bo‘yicha rivojlangan davlatlarda tan olingan xalqaro standartlar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlash kompaniyalari bilan aloqa o‘rnatib, sertifikatlash talablarini chuqur o‘rganib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning har bir bosqichini ko‘rsatgan holda qo‘llanma ishlab chiqish hamda har bir ishlab chiqaruvchiga yetkazib, tushuntirish ishlarini olib borish.

2022-yil may

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi

3. Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida mahsulot ishlab chiqaruvchi har bir korxona bilan manzilli ishlash orqali 2022-yilda kamida 10 ta, 2023-2024-yillarda esa 40 tadan korxonaning rivojlangan mamlakatlarda tan olingan standartlardan biri bo‘yicha sertifikatlanishini ta’minlash hamda u bo‘yicha xarajatlarni kompensatsiya qilish.

2022 — 2024-yillar

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi

4. Rivojlangan davlatlarda tan olingan standart bo‘yicha sertifikatlangan har bir ishlab chiqaruvchining tijorat takliflarini shakllantirish, MDH va Yevropa mamlakatlaridan xorijiy xaridorlar topish orqali ularning har biri tomonidan yiliga qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 1 mln dollarlik eksport amalga oshirilishini ta’minlash.

2024-yil yakuniga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi

5.

Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalaridagi ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish va sifat menejmenti tizimini joriy etish.

1. Respublikadagi charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish va sifat menejmenti tizimini joriy etish holatini o‘rganish.

2022-yil may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Sifatni nazorat qilish va sifat menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish. Buning uchun:

xorijiy kompaniyalar bilan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

sifatni nazorat qilish va sifat menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro tajribani zarur hollarda joyiga borgan holda o‘rganish.

2022-yil iyun

3. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, mahalliy charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun sifatni nazorat qilish va sifat menejmenti tizimiga oid qo‘llanmani yaratish.

2022-yil may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

4. Mahalliy charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga mazkur tizim bo‘yicha taqdimot o‘tkazib, tushuntirish ishlarini olib borish.

Doimiy ravishda

5. Sifatni nazoratni qilish va sifat menejmenti tizimini joriy etish istagida bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini shakllantirib, ular bilan manzilli ish tashkil etish orqali amaliy yordam ko‘rsatib borish.

Doimiy ravishda

6. Sifatni nazorat qilish va sifat menejmenti tizimini kamida 200 ta mahalliy korxona faoliyatiga joriy qilib, ularning har biri tomonidan yiliga kamida 100 ming AQSh dollariga teng eksport amalga oshirilishini ta’minlash.

2024-yil yakuniga qadar

III. Charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarining tashqi bozorlardagi targ‘ibotini kuchaytirish

6.

Xorijiy davlatlarda charm-poyabzal, charm-attorlik, jun va mo‘ynachilik mahsulotlarini saqlash va sotishga mo‘ljallangan yirik ulgurji savdo omborlari va savdo uylarini tashkil qilish.

1. Savdo omborlari va savdo uylari tashkil etish uchun qulay va salohiyatli chet davlatlar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi

2. Mazkur sohalardagi salohiyatli tadbirkorlar bilan birgalikda shakllantirilgan ro‘yxat asosida xorijiy davlatlarda yirik savdo omborlari va savdo uylari ochish choralarini ko‘rish.

2022-yil yakunigacha

7.

Charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlari bilan xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish orqali mahalliy mahsulotlarni xorijda keng targ‘ib qilish.

Xorijiy davlatlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish bo‘yicha mahsulot sifat ko‘rsatkichlari va korxona ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqib qatnashchilar reyestrini shakllantirish va ularning ko‘rgazmada ishtirokini ta’minlash.

Doimiy ravishda va belgilangan muddatlarda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi

Mahalliy charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini taniqli xalqaro internet savdo platformalariga chi?arishni ta’?inlash.

Doimiy ravishda

8.

Har yili ikki marotaba (bahor va kuz mavsumida) “UzCharmExpo” Xalqaro charm, poyabzal va mo‘yna ko‘rgazma yarmarkasini tashkil etish.

Ko‘rgazmani tashkil etish muddatlarini belgilash, ishtirokchi korxonalar ro‘yxatini shakllantirish.

Ko‘rgazmaga xorijiy yirik kompaniyalar, uyushmalar va tashkilotlarni keng jalb qilish.

Har yili ikki marotaba (bahor va kuz mavsumida)

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, “Uzexpomarkaz” AJ

9.

Autsorsing va franchayzing asosida xorijiy hamkorlarni jalb qilishni kengaytirish.

1. Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, respublikaning mazkur sohalardagi imkoniyatlari va salohiyatini keng yoritish ishlarini olib borish.

2022-yil may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi

2. Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarining xalqaro taniqli poyabzal brendlari bosh ofislariga hamkorlik qilish yuzasidan murojaat xatlari bilan birgalikda videorolik, taqdimot materiallari, bukletlar va boshqa tegishli materiallarni diplomatik kanallar orqali yuborish.

2022-yil may-iyun

3. Hamkorlikka rozilik bildirgan xalqaro taniqli poyabzal brendlari bilan muzokaralar o‘tkazib, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini respublikada tashkil etish yoki buyurtmalarini mahalliy ishlab chiqarish quvvatlariga jalb etish masalasini muhokama etish.

doimiy

4. Tarmoqqa xorijiy investor va hamkorlarni keng jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish.

doimiy

IV. Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

10.

Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish.

1. Respublikaning soha rivojlangan hududlari markazlarida o‘quv amaliyot markazlarini tashkil etish.

2022-yil iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi

2. Tegishli yo‘nalishlarni ochish maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda, ularni yangi o‘quv yilidan boshlab o‘quv tizimida tashkil etish.

o‘rganish natijasiga asosan

a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “va terini qayta ishlovchi korxonalar” so‘zlari “hamda terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi