Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 18.03.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori bilan respublikaning barcha tuman va shaharlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-avgustga qadar mazkur qarorning 2-bandi ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalarini “E-huquqshunos” elektron tizimiga shartnoma asosida ulash va ularga xizmat ko‘rsatish;
Belgilansinki, 3-ilova 2022-yil 1-avgustdan e’tiboran kuchga kiradi.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

“Ijro.gov.uz” tizimi negizida ishlab chiqilgan “E-huquqshunos” elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — “E-huquqshunos” elektron tizimi)dagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash maqsadida tegishli server qurilmalari va zarur texnik vositalar bilan ta’minlash.

1. “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanishi rejalashtirilgan qo‘shimcha tashkilotlarning ish hajmini hisob-kitob qilish asosida, ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash maqsadida “UNICON-SOFT” MChJni tegishli server qurilmalari va zarur texnik vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2. Ajratilgan server qurilmalarida “E-huquqshunos” elektron tizimidagi hujjatlar saqlanishini ta’minlash.

2022-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

2.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tomonidan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, oila va xotin-qizlar, qishloq xo‘jaligi, turizm va madaniy meros hamda sportni rivojlantirish bo‘limlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, davlat soliq inspeksiyalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish.

1. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlar rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.

2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlar bilan “UNICON-SOFT” MChJ o‘rtasida “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanish bo‘yicha shartnoma tuzilishini ta’minlash.

3. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlarga “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan ta’minlash.

4. Markazlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan davlat tashkilotlarining yuqori tezlikdagi optik tolali Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash.

5. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha joylarda seminarlar tashkil etish.

2022-yil aprel — iyul

“UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” DUK ta’sischiligidagi “UNICON-SOFT” MChJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(T. Xudaybergenov),

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

(Z. Mahkamova),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Turizm va madaniy meros vazirligi

(A. Abduxakimov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

3.

Markazlar tomonidan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yuridik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

1. Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash hamda zaruratga ko‘ra zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash.

2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.

3. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan maktablarda “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan bepul ta’minlash.

4. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan maktablarning mas’ul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha joylarda seminarlar tashkil etish.

2022-yil aprel — dekabr

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

UNICON-SOFT” MChJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

4.

Markazlar tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash hamda zaruratga ko‘ra zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash.

2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlar� rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.

3. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan bepul ta’minlash.

4. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mas’ul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha joylarda seminarlar tashkil etish.

2023-yil yanvar — dekabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi

(A. Shin)

“UNICON-SOFT” MChJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

5.

Markazlar tomonidan davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

1. Davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash hamda zaruratga ko‘ra zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash.

2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarning rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.

3. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan bepul ta’minlash.

4. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarning mas’ul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha joylarda seminarlar tashkil etish.

2023-yil yanvar — dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

“UNICON-SOFT” MChJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

6.

“E-huquqshunos” elektron tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. “E-huquqshunos” elektron tizimida ish yuritish bo‘yicha texnik va huquqiy savollarga javob berish maqsadida “Call-markaz” tashkil etish.

2022-yil 1-mayga qadar

“UNICON-SOFT” MChJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

2. “Call-markaz”ga kelib tushgan savollarga zudlik bilan malakali javob berilishini ta’minlash hamda “E-huquqshunos” elektron tizimini takomillashtirish bo‘yicha kelib tushgan takliflar asosida elektron tizimni doimiy takomillashtirib borish.

Doimiy

7.

Markazlar faoliyati kengaytirilishi to‘g‘risida jamoatchilikka yetkazish maqsadida keng targ‘ibot tadbirlari?i o‘tkazish.

1. Targ‘ibot tadbirlari reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil aprel

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

O‘zMTRK

(A. Xadjayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev)

2. Televideniyeda Markazlar faoliyati bo‘yicha ko‘rsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish, Markazlar faoliyatini OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

2022-2023-yillar

1. 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy adliya organlari) huzurida” so‘zlari “tuman (shahar) adliya bo‘limlari tuzilmasi va bo‘ysunuvida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi “hududiy adliya organlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy adliya organlari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 13-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 14-bandning 5-kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi