Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 14.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini tartibga solish hamda dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tayyorlashga mo‘ljallangan materiallarning nazorat nusxasi va mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ekspertizani amalga oshirish uchun vakolatli organga yetkazib berilishi lozim.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

 

1-bosqich

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

Diniy mazmundagi materiallarni (keyingi o‘rinlarda — materiallar) tayyorlash va olib kirishda uning nazorat nusxasini talab etiladigan ma’lumotlar bilan birgalikda ekspertizani amalga oshirish uchun vakolatli organga qog‘oz (elektron) shaklida bevosita yoki pochta aloqasi orqali yetkazadi (yuboradi).

O‘z xohishiga ko‘ra

Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari

Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan materiallar aniqlanganda ekspertizadan o‘tkazish uchun vakolatli organga yuboradi.

Materiallar olib kirilgan vaqtdan boshlab

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ish yurituvidagi tergovga qadar tekshirish, ma’muriy yoki jinoyat ishlari bo‘yicha chiqargan ekspertiza tayinlash to‘g‘risida qaror asosida materiallarni ekspertizadan o‘tkazish uchun vakolatli organga yuboradi.

Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgandan keyin

2-bosqich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

(Vakolatli organ)

1. Ekspertizaga yuborilgan materiallarni qabul qiladi.

1. Materiallar kelib tushgandan keyin darhol

2. Materiallarni ekspertizadan o‘tkazadi.

2. 10 ish kunida

(zarur hollarda 20 ish kunigacha yoki ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddatlarda)

3. O‘tkazilgan ekspertiza natijasini xulosa shaklida rasmiylashtiradi.

3. 1 ish kuni

4. Ekspertiza xulosasini taqdim etilgan materiallar bilan birgalikda uni taqdim qilgan yuridik va jismoniy shaxslarga va (yoki) manfaatdor organlarga pochta aloqasi orqali yuboradi.

4. 1 ish kuni

3-bosqich

Vakolatli organ

Ijobiy xulosaga ko‘ra tayyorlash, olib kirish va tarqatishga ruxsat b�rilgan elektron ko‘rinishda bo‘lmaganmateriallarni maxsus gologramma bilan tamg‘alaydi.

1 ish kuni

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

Ijobiy xulosaga ko‘ra tayyorlash, olib kirish va tarqatishga ruxsat berilgan elektron ko‘rinishdagi materiallarni vakolatli organ tomonidan berilgan xulosaning sanasi va raqami hamda materialning muallifi va nomlanishi (agar mavjud bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan QR-kod bilan tasdiqlaydi.

1 ish kuni

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi