O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy
Qonuniga, ushbu Qonunga va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi.
Senat majlislari, agar ularning ishida senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni ma’qullash, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.