Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 28.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirish, jurnalistika sohasini rivojlantirish maqsadida:
Bunda, ushbu “d” kichik bandda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
ushbu qarorning 12-bandida keltirilgan bino va inshootlar hamda ularga tutash hududda zamonaviy media shaharcha tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin;
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3184-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisidagi, 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi, 10-bandidagi hamda qarorga 1-ilovaning o‘n beshinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Jurnalistlar ijodiy uyushmasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Jurnalistlar uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

T/r

Ommaviy axborot vositalari tahririyati nomi

Oliy ta’lim muassasalari kafedralarining ixtisoslashgan bo‘limlari

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Raqamli media va Internet kafedrasining “Internet jurnalistikasi” bo‘limi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya�ar universiteti

2.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika kafedrasining “Telejurnalistika” va “Radiojurnalistika” bo‘limi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti

3.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasi tahririyati

O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika kafedrasining “Matbuot” bo‘limi

“Yangi O‘zbekiston” gazetasi tahririyati, O‘zbekiston Milliy universiteti

4.

“Xalq so‘zi” gazetasi tahririyati

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasining “Parlament jurnalistikasi” bo‘limi

“Xalq so‘zi” gazetasi tahririyati, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

5.

“Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasining “Xalqaro jurnalistika” bo‘limi

Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

6.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanali

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Harbiy va sport jurnalistikasi kafedrasining “Sport jurnalistikasi” bo‘limi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

7.

Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Harbiy va sport jurnalistikasi kafedrasining “Harbiy jurnalistika” bo‘limi

Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

8.

Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasining “Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy jurnalistika” bo‘limi

Adliya vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash

1.

Davlat organlari va tashkilotlarining ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish.

Bunda, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar aniqlagan va jamoatchilikka e’lon qilgan muammo va takliflarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari axborot manbalarida asosli munosabat berilishini ta’minlab borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyuldan boshlab doimiy

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

vazirlik va idoralar

2.

Barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z muassisligidagi davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakli, shu jumladan mobil ilovalari tegishli davlat organlari va tashkilotlariga 2022 — 2024-yilda ajratilgan Davlat budjeti hamda ularning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishini tashkil etish, keyingi yillarda ularni modernizatsiya qilish uchun mablag‘ ajratib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyuldan boshlab

Tegishli davlat organlari va tashkilotlari,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov)

3.

Bolalar uchun mo‘ljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish bo‘yicha har yili eng yaxshi 30 ta loyiha uchun har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda bo‘lgan tanlov e’lon qilish.

Bu boradagi xarajatlarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga qo‘shimcha ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil sentyabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

2026-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslar tomonidan “Obuna” yagona elektron platformasi orqali obuna qilingan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy ommabop davriy bosma nashrlar obuna narxining 10foiz, bolalar uchun mo‘ljallangan davriy bosma nashrlar obuna narxining 20 foiz miqdorini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan obunachilarning bank kartalariga bir oy muddat ichida qaytarish (“Cashback”), reklama xususiyatiga ega bo‘lgan davriy bosma nashrlar bundan mustasno.

Bunda, ushbu xarajatlarni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qo‘shimcha ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Tele- va radiokanallarda:

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmasi asosida bolalar va yoshlar uchun qiziqarli ta’lim-tarbiyaviy dasturlarni;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi buyurtmasi asosida tadbirkorlik, biznes ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan loyihalarni;

Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasi asosida to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi, sihat-salomatlik bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil sentyabr

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

Maktabgacha ta’lim vazirligi

(Shin),

Xalq ta’limi vazirligi

(Saidov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Norqulov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

6.

Tegishli davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa muassasalarga 110 nusxa davriy bosma nashrlar va 67 nusxa kitob mahsulotlarining majburiy bepul nusxalarini yuborish amaliyoti bekor qilinib, ular tomonidan bosma mahsulotlarni xarid qilib olish tartibini joriy qilish (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bundan mustasno).

Bunda:

xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan noshirlik faoliyatining talablari va shartlariga bosma mahsulotlarning tegishli nusxalarini majburiy tartibda sotish va yuborishni kiritish;

tegishli davlat organlari tomonidan xarid qilib olish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida bo‘lmagan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganiga kamida ikki yil bo‘lgan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash uchun 2026-yil 1-yanvarga qadar har yili eng yaxshi 20 ta loyiha bo‘yicha tanlov e’lon qilish.

Bunda, har bir tanlov uchun O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan miqdorda mablag‘ ajratish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil dekabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib obuna tashkil qilish va ularning buyurtmachigacha o‘z vaqtida yetkazib berilishini kuzatib borish imkonini beradigan “Obuna” yagona elektron platformasini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Obuna” yagona elektron platformasini yaratish va elektron to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish hamda uning doimiy ravishda modernizatsiya qilinishi, texnik qo‘llab-quvvatlanishi va faoliyat yuritishini ta’minlash.

modernizatsiya qilish — zaruratga ko‘ra, texnik qo‘llab-quvvatlash — doimiy

II. Kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirish, jurnalistika sohasini rivojlantirish

9.

Yosh jurnalistlar o‘zaro tajriba almashishi, yangi loyiha va g‘oyalar bilan o‘rtoqlashishi uchun ularga zarur sharoit yaratish maqsadida “Navqiron jurnalistlar” yozgi media oromgohini tashkil qilish va o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil avgustdan boshlab har yili

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi

(kelishuvga muvofiq),

Yoshlar ishlari agentligi

(Sa’dullayev),

Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi

(Rafikov),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov)

10.

Teleradiokanallar tahririyatlari hamda telestudiyalarida siyosiy sharhlovchi va soha mutaxassislari, jamoatchilik faollaridan iborat ekspert guruhlarni tashkil qilish va ular faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

11.

Vazirlik va idoralar axborot xizmatlari rahbarlarining malakasini oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil iyuldan reja bo‘yicha

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

(Qudratxo‘ja),

vazirlik va idoralar

12.

Axborot bozorining holati va rivojlanish istiqbollarini o‘rganish bilan bog‘liq sotsiologik va marketing tadqiqotlarni o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2022-yil sentyabrdan reja bo‘yicha

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi

(Rahimova),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov)

13.

Ommaviy axborot vositalarining tajribali xodimlarini jalb etgan holda jurnalistika sohasida zamonaviy o‘quv adabiyotlar, darsliklarni audio, video, multimedia ilovalari bilan birga tayyorlash va chop etish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2022-yil sentyabr, tayyorlash — dasturda ko‘rsatilgan muddatlarda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov)

14.

Ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, sohada bozor munosabatlarini, mediabiznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha mahalliy va xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil sentyabrdan boshlab har yili

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov)

15.

Ommaviy axborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan jurnalistlar va tahririyat xodimlarining:

xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismini kompensatsiya qilish. Bunda, ular xorijiy tillar bo‘yicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi hamda nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarni isbotlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim;

xorijiy tillar bo‘yicha V2 va undan yuqori bo‘lgan darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan sohada kamida bir yil ishlagan jurnalistlarning imtihon topshirish xarajatlari to‘liq kompensatsiya qilish.

Bunda:

ushbu tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash;

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil sentyabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

(Obidov),

Adliya vazirligi

(Davletov)

zaruratga ko‘ra, ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish.

zaruratga ko‘ra

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

16.

100 tagacha eng yaxshi material mualliflarini taqdirlash hamda amaliy va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan 100 tagacha eng yaxshi tahliliy material tayyorlash va e’lon qilish loyihasini amalga oshirish.

Bunda:

tanlovlarni tashkil etish tartibi va shartlarini belgilash;

keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar tomonidan ochiq va shaffoflik usulda elektron aniqlash tizimi — maxsus elektron platformani yaratish;

loyihani keng ommalashtirishga qaratilgan reklama-targ‘ibot ishlarini tashkil etish;

loyihani moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini belgilash, jumladan, tahliliy material mazmun-mohiyatiga mos ravishda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘larini jalb etish.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplash.

Vazir�ar Mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil oktyabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov)

17.

Oliy ta’lim muassasalarida jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim beradigan professor-o‘qituvchilarning mualliflik ko‘rsatuv va eshittirishlari hamda yirik tahliliy maqolalarini ularni moddiy rag‘batlantirish nuqtai nazaridan ilmiy maqolaga tenglashtirish bo‘yicha mualliflik ko‘rsatuv va eshittirishlar hamda yirik tahliliy maqolalarga qo‘yiladigan eng kam talablar hamda tegishli mezonlarni belgilash.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2022-yil oktyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abdurahmonov),

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(Ko‘chimov),

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev)

18.

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar, axborot makonini isloh qilish bo‘yicha davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot loyihalariga alohida tanlovlar asosida mablag‘lar ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oktyabrdan har yili

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abdurahmonov)

19.

Ommaviy axborot vositalari faoliyatida yuzaga keladigan qonunchilikka aloqador savollarga huquqiy jihatdan tezkor va aniq maslahat berishni tashkil etish maqsadida “Mediaadvice.uz” huquqiy tavsiyalar va savol-javoblar veb-resursini ishga tushirish.

Axborot resursini yaratish

2022-yil oktyabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Adliya vazirligi

(Davletov)

III. Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari hamjamiyatlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash

20.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining ustavini ishlab chiqish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Unda uyushmaga a’zolar qabul qilishni takomillashtirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish kabi masalalarni nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

Adliya vazirligi

(Davletov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

21.

“RENESSANS TV” telekanalining efirlarini respublika hududi bo‘yicha namoyish etishni yo‘lga qo‘yish hamda uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

22.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda 2022-2023-yillarda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 5 mlrd so‘m mablag‘ ajratish.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga ajratilgan ushbu mablag‘:

telekanallarning badiiy kengashlari faoliyatiga jalb qilingan malakali ekspertlarni moddiy rag‘batlantirishga;

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi ustavida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi

2022-yil iyul

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Norqulov),

Adliya vazirligi

(Davletov)

23.

Quyidagilarni:

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasini Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydonidagi “Poytaxt” biznes kompleksi binosiga (g‘arbiy tomon, 4-yo‘lak 2-qavat);

“RENESSANS TV” telekanalini Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 1a-uy manzildagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

2022-yil iyul

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Toshkent shahar hokimligi

(Artikxodjayev),

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

Kinematografiya agentligi

(Abduxalikov)

24.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining tegishli tele- va radiokanalida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan hamkorlikda “Gazetalar sharhi” ko‘rsatuvi va eshittirishini zamonaviy shaklda tiklash va uni haftada besh kun efirga berib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyuldan doimiy

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

25.

Ommaviy axborot vositalari vakillarining ijodiy faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, jumladan:

yubiley yoshini nishonlaydigan jurnalistlarning ijodiy kechalarini tashkil etish;

moddiy va ma’naviy rag‘bat va ko‘makka ehtiyoji bor soha vakillarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, ularga yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyuldan doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlikla�i,

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev),

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(Ko‘chimov)

26.

Telekanallarning badiiy kengashlari faoliyatiga jalb qilingan ekspertlar mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasida badiiy kengashlar faoliyati bo‘yicha jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2022-yil avgust

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

27.

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi tomonidan yilning har bir oyida ma’lum bir hudud oyligini e’lon qilish.

Hudud mutasaddilari va media vakillari bilan ochiq muloqot va debatlarni tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni

2022-yil avgust oyidan reja bo‘yicha, kelgusida har yili

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Hududlarning turizm salohiyati, joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan jurnalistlarni yaqindan tanishtirish maqsadida Jurnalistlar uyushmasi a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ijodiy safarlar uyushtirish, media-tur loyihasini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil avgustdan doimiy

Turizm va madaniy meros vazirligi

(Shaxriyorov),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

vazirliklar va idoralar

29.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining tegishli hududiy bo‘limlari faoliyatini samarali tashkil qilish, saqlash xarajatlarini qoplash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan subsidiya sifatida mablag‘ ajratib borish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari qarori

2022-yil avgustdan doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov)

30.

Yosh jurnalist kadrlarga audiovideoreportaj tayyorlash, suxandonlik, sharhlovchilik, zamonaviy radioboshlovchilik kabi jurnalistikaning eng muhim yo‘nalishlarining asosiy mezonlarini o‘rgatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil sentyabrdan reja bo‘yicha

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev)

31.

Nodavlat teleradiokanallarning ijtimoiy so‘rovlari uchun “Odamlar nima deydi?” rukni ostida maxsus video va audio loyiha tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil sentyabrdan har hafta

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

32.

Ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va uning hududiy bo‘limlarida:

taniqli jurnalistlarning bo‘lajak jurnalistlar uchun ustoz-shogird an’anasi asosida “Mahorat maktablari”ni tashkil etish;

o‘quvchi-talabalardan iborat “Yosh jurnalistlar” to‘garagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasida tanlovlar o‘tkazib borish;

“Mahorat maktabi” tashkil qilgan tajribali va taniqli jurnalistlarni Jurnalistlar uyushmasiga ajratilgan ma�lag‘lar hisobidan rag‘batlantirib borish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oktyabrdan doimiy

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(Ko‘chimov),

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

(Qudratxo‘ja),

O‘zbekiston Milliy universiteti

(Madjidov),

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

(Azizov)

33.

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Yilning eng faol jurnalisti”, “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovlarida jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik mavzudagi kitoblar bo‘yicha nominatsiya tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oktyabr

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev)

34.

Quyidagilarni:

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining rasmiy veb-saytini zamon talablari asosida qayta yaratish va uning taqdimotini o‘tkazish;

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(Ko‘chimov),

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev)

“O‘zbekiston jurnalistlari” va “O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi” kitoblarini nashrga tayyorlash.

2023-yil aprel

35.

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan media haftalik o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni

2023-yildan boshlab har yili iyun

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja)

36.

Jurnalistika sohasida xalqaro tajribani o‘rganish va uni milliy ommaviy axborot vositalari faoliyatida qo‘llash, har yili 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida O‘zbekistonda milliy jurnalistikaning rivojlanishi bo‘yicha O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining milliy ma’ruzasini tayyorlash va e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Milliy ma’ruza

2023-yildan boshlab har yili 27-iyun

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev),

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja)

37.

Har yili yil yakunida “Renessans” milliy mukofoti taqdirlash marosimini o‘tkazish. Ushbu tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni

2022-yildan boshlab har yili dekabr

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

vazirlik va idoralar

38.

3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Birlashish nuqtasi” media anjumanini o‘tkazish. Ushbu tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni

2023-yildan boshlab har yili may

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Qudratxo‘ja),

vazirlik va idoralar

IV. Ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyat olib borishi uchun moddiy-texnika baza va infratuzilmani yaxshilash

39.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi markaziy apparati va uning hududiy muxbirlik punktlari, Qoraqalpoq axborot agentligi xodimlari ish haqi miqdorlarini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil avgust

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(Ko‘chimov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

40.

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 16-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Milliy matbuot markazi binosini mukammal ta’mirlash va zamonaviy jihozlash. Bunda:

isitish-sovitish, yoritish, xavfsizlik tizimini takomillashtirish;

tezkor Internet aloqasi, sifatli ovoz va tasvir orqali onlayn translatsiya qilish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalar bilan jihozlash;

vazirliklar va idoralar tomonidan media loyihalarni, shu jumladan xalqaro darajadagi matbuot anjumanlari, press-uchrashuvlar, jurnalistlar va davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish;

qo‘shimcha bino yoki joy ajratish, bino atrofini obodonlashtirish, avtomobillar turar joyini barpo etish masalalarini hisobga olish.

Bu boradagi xarajatlarni Toshkent shahar mahalliy budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul — dekabr

Toshkent shahar hokimligi

(Artikxodjayev),

Qurilish vazirligi

(Zakirov),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov)

41.

Xorijiy ilg‘or mamlakatlar axborot agentliklari tajribasini chuqur o‘rgangan holda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini qayta tashkil qilish, uni yirik mediatuzilmaga aylantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif kiritish

2022-yil dekabr

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(Ko‘chimov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov)

42.

Nukus shahri va viloyatlar markazlaridagi Matbuot uylarini mukammal ta’mirlash hamda jihozlash.

Bu boradagi xarajatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari mablag‘lari hisobidan qoplash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari qarori

2022-yil avgustdan 2023-yil mayga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Qurilish vazirligi

(Zakirov),

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

(O‘sarov)

43.

Ehtiyojmand va faol jurnalistlarni ipoteka kreditlari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa shartlar asosida uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil avgustdan doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

44.

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Soyliq” qishlog‘ida joylashgan “Oqtosh” ijod uyini rekonstruksiya qilish hamda unga qo‘shimcha bino va inshootlar qurish loyihasini 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani rivojlantirish dasturi

2023-yil mart

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

“Ilhom” jamoat fondi

(Rizayev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Boboyev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi