Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
2026-yil Milan va Kortina-d’Ampetstso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida

1-ILOVA
2026-yil Milan va Kortina-d’Ampetstso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash DASTURI

2-ILOVA
2026-yil Milan va Kortina-d’Ampetstso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar

3-ILOVA
2026-yil Milan va Kortina-d’Ambetstso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ruvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalarining kontingenti

4-ILOVA
2026-yil Milan va Kortina-d’Ampetstso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga biriktirilgan sport bazalari RO‘YXATI

5-ILOVA
2026-yil Milan va Kortina-d’Ampetstso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi TARKIBI

6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ–4583-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekistonda qishki sport turlarini 2020 — 2023-yillarda rivojlantirish dasturiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Hujjat 02.07.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-127-son qaroriga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq biriktirilayotgan sport bazalaridan doimiy ravishda foydalanilishini, zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin. Bunda, ushbu chora-tadbirlar o‘z tizimida tegishli sport bazalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4583-son qaroribilan tasdiqlangan O‘zbekistonda qishki sport turlarini 2020 — 2023-yillarda rivojlantirish dasturiga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya), sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish, olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish

1.

Iqtidorli yoshlarni milliy terma jamoalar tarkibiga kiritish maqsadida Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining qishki sport turlari klubi, shuningdek, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey feder�tsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi o‘rtasida mutlaqo yangi shaklda o‘zaro hamkorlik tizimini joriy qilish.

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil oktyabr

Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida

Homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

2.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq, biatlon, tog‘ chang‘isi, kyorling, konkida uchish, chang‘i poygasi, snoubord, figurali uchish, fristayl, xokkey, short-trek bo‘yicha respublika chempionatlari va turnirlarini muntazam o‘tkazish, seleksiya ishlarini amalga oshirish va terma jamoa tarkibini shakllantirish.

2022 — 2025-yillar davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kale�dar rejalari doirasida ajratilgan mablag‘lar, homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX chegara qo‘shinlari, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

3.

Qishki sport turlari bo‘yicha uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini hududiy va xorijiy bazalarda tashkillashtirish, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish.

2022 — 2025-yillar davomida

Homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

4.

2023-yil Kemerovo viloyatida (Rossiya) “Osiyo bolalari” II xalqaro qishki sport o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun bo‘yicha terma jamoa tarkibini shakllantirish, uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va ushbu musobaqada ishtirok etish.

2023-yil davomida

Homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

5.

2024-yil Kanvondo shahrida (Koreya Respublikasi) IV o‘smirlar qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun bo‘yicha terma jamoa tarkibini shakllantirish, uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va ushbu musobaqada ishtirok etish.

2024-yil davomida

Homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

6.

2026-yil Milan va Kortina-d’Ampetstsoshaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash.

2026-yil yanvar — mart

Homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

7.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qishki sport turlari kafedrasining talabalari va bitiruvchilarini doimiy ravishda monitoring qilib borish, xorijiy oliy ta’lim muassasal�ridagi qishki sport turlari kafedralarida ularning malakasini oshirish, ularga kelgusida O‘zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha mehnat faoliyati olib borish uchun imkoniyatlar yaratish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab reja asosida

Budjet va homiylik mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

8.

Harbiy xizmatchilar o‘rtasida tog‘li hududlarda qishki sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazish, g‘olib va sovrindorlarni rag‘batlantirib borish, zarur hollarda, tegishli bo‘limlarni tashkil qilish.

Rejaga asosan, ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil noyabr

Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX chegara qo‘shinlari, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Respublika va hududiy olimpiya hamda paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport bazalari va inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

9.

Figurali uchish, konkida uchish, short-trek, kyorling, xokkey, paraxokkey, parakyorling bo‘yicha professional sportchi, malakali trener va boshqa mutaxassislarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida zamonaviy muz saroyi barpo etish.

2024-yil davomida

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablag‘lar, homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

10.

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon qishlog‘ida fristayl, tog‘ chang‘isi, snoubord, paratog‘ chang‘isi, parasnoubord, paraxokkey, parakyorling kabi sport turlarini rivojlantirish maqsadida sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga qarashli “Paxtakor” sport bazasi negizida qishki sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar a’zolari uchun 60 o‘ringamo‘ljallangan Olimpiya tayyorgarlik markazini tashkil etish.

2024-yil davomida

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablag‘lar, homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

11.

Toshkent shahrida Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabini tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablag‘lar, budjet mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

12.

Yetakchi xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rgangan holda, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri hududida qishki sport turlari uchun sport anjomlari va uskunalariniishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investorlarini jalb qilish.

2023-yil iyun

-

Toshkent viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi

III. Qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalarning tayyorgarlik jarayoniga zamonaviy ilmiy-uslubiy va axborot texnologiyalarini joriy qilish

13.

Xalqaro o‘quv jarayoni tajribasidan foydalangan holda, qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport-ta’lim muassasalari uchun takomillashtirilgan o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va taqdim etish.

Rejaga asosan, ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil oktyabr

Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

14.

Sport yutuqlarini rivojlantirishga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashrdan chiqarish hamda qishki olimpiya va paralimpiya terma jamoalarini tayyorlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘quv-mashg‘ulot texnologiyalarini takomillashtirish, shuningdek, nashr etilgan adabiyotlarni sport-ta’lim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga tarqatish.

Rejaga asosan, ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil oktyabr

Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

15.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar trenerlarining malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish.

Rejaga asosan, ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentyabr

Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

16.

Qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalarini tayyorlashda ishtirok etish va maslahat berish uchun malakali xorijiy trenerlar, sport mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish.

2023 — 2025-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

17.

Trener va sport mutaxassislarining xorijiy sport muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv kurslari, treninglar va seminarlarda muntazam ishtirokini ta’minlash, shuningdek, tajriba almashish maqsadida ularni xorijiy terma jamoalar va sport klublariga tanishuv safariga yuborish.

2022 — 2025-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

18.

Malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda, sport-ta’lim muassasalari va hududiy sport federatsiya (assotsiatsiya)lari trenerlari uchun joylarda o‘quv kurslari, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish.

Rejaga asosan, ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentyabr

Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

19.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni keng targ‘ib qilish, bolalar va yoshlar o‘rtasida oliy sport yutuqlarini ommalashtirish, xalqaro va respublika sport musobaqalari, qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari to‘g‘risida turkum teleko‘rsatuv va radioeshittirish, maqolalar, ijtimoiy reklamalar tayyorlash bo‘yicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil noyabr

Amalga oshirish — 2023 — 2025-yillar �avomida

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

IV. Mamlakat terma jamoalarini tibbiy-biologik, farmakologik va sport-psixologik jihatdan ta’minlash

20.

Terma jamoalar sportchilarini tibbiy va farmakologik jihatdan ta’minlash, ularning musobaqalarga tayyorgarlik va o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga ilg‘or innovatsion, ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish hamda sportchilarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash uchun ilmiy tahlil bo‘yicha mutaxassislar (sport sohasidagi olimlar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqa mutaxassislar) guruhlarini tashkil etish.

2022-yil oktyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

21.

Sport tibbiyoti sohasidagi xorijiy tajriba va yutuqlar asosida mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

22.

Sportchilar uchun me’yorlashtirilgan ratsional ovqatlanish tizimini takomillashtirish, ushbu masala bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni, sportchining individual ovqatlanish rejimini, ularning sog‘lig‘i va jismoniy qobiliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini hamda optimal ovqatlanish menyusini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi

23.

O‘quv-mashq yig‘inlari jarayonida qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar sportchilarining psixologik, jismoniy va tibbiy-biologik holatini doimiy nazorat qilish, ularga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining tajribali sport shifokorlarini jalb qilish hamda markazning moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish.

2022-yil dekabr

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mablag‘lari va homiylik mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi

24.

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini qishki olimpiya va paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan zamonaviy tibbiyot uskunalari va anjomlari bilan jihozlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil noyabr

Budjet mablag‘lari, homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

25.

Yetakchi xorijiy sport tibbiyoti markazlarida sport federatsiya (assotsiatsiya)laridagi sport shifokorlari, psixolog va diyetologlarningmalakasini oshirish va qayta tayyorlash.

2022 — 2025-yillar davomida

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mablag‘lari, homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

26.

Qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibidagi sportchilarnibir yilda ikki marotabachuqurlashtirilgan tibbiyko‘rikdan va doimiy mobil ekspress-laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazish, xorijiy tajribadan kelib chiqib, ularni davolash bo‘yicha har bir sport turi uchun alohida tekshirish va davolash reglamentlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil oktyabr

Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida

Qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari hamda homiylik mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Sportni rivojlantirish vazirligi

27.

Sport tibbiyoti yo‘nalishidagi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishga xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish, sport tibbiyoti masalalari va muammolari bo‘yicha xalqaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2022 — 2025-yillar davomida

Homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

28.

Qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi nomzod sportchilarning sog‘lig‘i holatini milliy standartlarga muvofiq davriy jihatdan qayta baholagan va sport mashg‘ulotlarida, shuningdek, musobaqalarda qatnashishga ruxsat bergan holda, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

2022 — 2025-yillar davomida

Homiyla� va ijrochilar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

29.

Oliy malakali sportchilar bilan ishlash huquqini akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro litsenziya beruvchi xorijiy sport markazlari bazasida malaka oshirgan sport shifokorlariga berish.

2022 — 2024-yillar davomida

Homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

30.

Har bir qishki olimpiya va paralimpiya sport turi bo‘�icha alohida ishlab chiqilgan tibbiyot reglamenti asosida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarda mamlakat terma jamoalarini tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatdan uzluksiz kuzatib borish.

2022 — 2025-yillar davomida

Homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Dori-Darmon” AK

31.

Sportchilarni farmakologik jihatdan ta’minlash tizimini takomillashtirish, sport farmakologiyasi, farmakologik korreksiya va sportchilarning jismoniy holatini tiklash hamda ishchanligini oshirish, bu borada darslik, qo‘llanma va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentyabr

Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida

Homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Dori-Darmon” AK

32.

Mahalliy dorivor o‘simliklarning farmakologik xususiyatini o‘rganish asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqarish, sportchilarning holatini tiklashga yordam beruvchi mahalliy preparatlar ro‘yxatini shakllantirish.

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentyabr

Amalga oshirish — 2022 — 2024-yillar davomida

Homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Dori-darmon” AK

V. Mamlakat terma jamoalarini antidoping jihatdan ta’minlash

33.

Qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari hamda tibbiyot xodimlari orasida dopingga qarshi murosasiz muhitni yaratish, halol sport va adolatli raqobat tamoyillarini keng targ‘ib qilish maqsadida hududlarda hamda onlayn shaklda seminar, vebinar, uchrashuv, davra suhbatlarini reja asosida doimiy ravishda o‘tkazib borish.

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil sentyabr

Amalga oshirish — 2022 — 2025-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy antidoping agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

34.

Milliy antidoping agentligi mutaxassislari hamda agentlik huzuridagi Terapevtik istisnolar, Axloq hamda Apellatsiya bo‘yicha komissiyalar a’zolarining antidoping sohasida yetakchi xorijiy muassasalarda o‘tkaziladigan o‘quv kurslari va seminar-treninglarda ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, xorijiy antidoping tashkilotlariga tanishuv safariga yuborish.

2022 — 2025-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy antidoping agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi

35.

Ilg‘or mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, Milliy antidoping agentligi mutaxassislari va agentlik huzuridagi Terapevtik istisnolar, Axloq hamda Apellatsiya bo‘yicha komissiyalar a’zolari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari uchun o‘quv kurslari, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish.

2022 — 2025-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy antidoping agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

36.

Qishki olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar sportchilarini o‘quv-mashq yig‘inlari va musobaqalari jarayonida antidoping jihatdan doimiy nazorat qilish.

2022 — 2025-yillar davomida

-

Milliy antidoping agentligi

T/r

Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

Biriktirilgan sport bazalar

Asosiy sport bazalari

Hududiy sport bazalari

1.

O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi

1. Toshkent shahridagi “Xumo Arena” muz saroyi.

2. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan zamonaviy muz saroyi.

3. Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi “Ice City” ko‘ngil ochar muz saroyi.

4. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti.

1. Andijon shahridagi “Ise Rink” muz saroyi.

2. Termiz shahridagi “Iceberg” ko‘ngilochar majmuasi.

3. Farg‘ona shahridagi “Central Festival” ko‘ngil ochar markazi.

4. Samarqand shahridagi “Ice Arena” muz saroyi.

5. Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi “Riveira” ko‘ngil ochar markazi.

6. Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi “Furqat” bog‘i hududidagi qishki sport turlariga mo‘ljallangan obyekt.

2.

O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi

1.Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Chimyon” kompleksi.

2. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti.

3. Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi “Zomin” turistik kompleksi.

3.

O‘zbekiston xokkey federatsiyasi

1. Toshkent shahridagi “Xumo Arena” muz saroyi.

2. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan zamonaviy muz saroyi.

3. Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi “Ice City” ko‘ngil ochar muz saroyi.

4.

O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi

1. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Chimyon” tog‘i hududi va Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashq markazi.

2. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Oygaing platosidagi mavsumiy ko‘chma baza.

Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashq markazi “Toshqo‘rg‘on” bazasi.

Keyingi tahrirga qarang.

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, komissiya raisi

2.

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, komissiya raisining o‘rinbosari

3.

A.I. Ikramov

sportni rivojlantirish vaziri, komissiya raisining o‘rinbosari

4.

A.J. Ramatov

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari

5.

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri

6.

N.T. Yo‘ldoshev

Bosh prokuror

7.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

8.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

9.

B.O. Saidov

xalq ta’limi vaziri

10.

A.X. Toshkulov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

11.

B.A. Musayev

sog‘liqni saqlash vaziri

12.

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri

13.

V.I. Norov

tashqi ishlar vaziri v.b.

14.

A.Y. Mavlonov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

15.

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

16.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

17.

A.K. Inakov

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori

18.

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

19.

A.K. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

20.

Sh.Sh.Maxmudov

sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari

21.

U.S. Salixbayeva

“Dori-Darmon” AK boshqaruvi raisi

22.

R.S. Irmatov

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

23.

M.M. Tashxodjayev

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi

24.

K.M. Rafikov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi

25.

O.A. Qosimov

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi

26.

I.K. Shodiyev

O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi raisi

27.

B.Sh. Fazilov

O‘zbekiston xokkey federatsiyasi raisi

28.

A.X. To‘xtayev

O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi raisi

29.

Z.Y. Yallakayev

O‘zbekiston alpinizm va qoyani zabt etish federatsiyasi raisi

30.

B.M. Maxsitov

O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi

31.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

32.

Lavozimi bo‘yicha

qishki sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)larga mas’ul etib biriktirilgan vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari

33.

Z.Z. Tadjibayev

Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi