Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

“Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlash tartibi

3-bob. Elektron kooperatsiya portali ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

4-bob. Elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish tartibi

5-bob. Elektron kooperatsiya portali orqali xaridlarni amalga oshirish tartibi

6-bob. Shartnomaviy majburiyatlar ijrosini ta’minlash tartibi

7-bob. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish SXEMASI

2-ILOVA
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish to‘g‘risida MA’LUMOT

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risida MA’LUMOT*

O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida MA’LUMOT**

Hujjat 21.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
a) qarorning nomlanishidagi “Elektron yarmarkalar, auksionlar va tanlovlar tashkilotchilarining” so‘zlari “Elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-banddagi “Elektron yarmarkalar, auksionlar va tanlovlar tashkilotchilarining” so‘zlari “Elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning nomlanishidagi “Elektron yarmarkalar, auksionlar va tanlovlar tashkilotchilarining” so‘zlari “Elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “elektron yarmarkalar (shu jumladan ko‘rgazma-yarmarka savdosi), auksion va tanlovlar tashkilotchilarining” so‘zlari “elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “elektron yarmarkalar (shu jumladan ko‘rgazma-yarmarka savdolari), auksionlar va tanlovlar tashkil etuvchi yuridik shaxs” so‘zlari “o‘zining axborot tizimida elektron tijorat amalga oshirilishini ta’minlovchi yuridik shaxs, elektron tijorat platformalar va raqamli ekotizim operatorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “elektron yarmarkalar (shu jumladan ko‘rgazma-yarmarka savdolari), auksionlar va tanlovlar natijalari bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshidagi “(elektron yarmarkalar (shu jumladan ko‘rgazma-yarmarka savdolari), auksionlar va tanlovlar)ni o‘tkazish qoidalari)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
II bo‘lim quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
a) qarorning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) muqaddimadagi “kooperatsiya birjasini” so‘zlari “elektron kooperatsiya portalini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 2-banddagi “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi portali faoliyatini tashkil etish” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqichlar

Ijrochilar

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari (ishlar, xizmatlar) turlari, hajmi, texnik tavsiflari, sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

import qilinayotgan va eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlar turlari va hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

talab yuqori bo‘lgan va o‘zlashtirilishi tavsiya etilgan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ro‘yxatini Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirish.

Har chorakda

2-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Buyurtmachi va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida erkin raqobat va narx shaffofligi tamoyillari asosida masofadan turib shartnoma tuzish imkoniyatiga ega elektron tijorat platformasini takomillashtirish va doimiy ishlashini ta’minlash.

Doimiy ravishda

3-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, davlat buyurtmachilari

Kelgusi davr uchun davlat xaridlarining reja-jadvallari va davlat xaridlarining o‘tgan yildagi amaldagi hajmi, shu jumladan, import tovarlari xaridi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirish.

Hisobot davri yakuni bo‘yicha

4-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy bo‘linmalari

Respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri va haqqoniy kiritilishini ta’minlash va uni o‘z vaqtida yangilab borish.

Doimiy ravishda

5-bosqich

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha hokimlarning yordamchilari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy bo‘linmalari

Amaldagi statistika hisobotlarida belgilangan tartibga muvofiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari qayd etilmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aniqlash.

Doimiy ravishda

6-bosqich

Davlat soliq qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi

Elektron kooperatsiya portali orqali tuzilgan shartnomalar yuzasidan yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazilganligi to‘g‘risida yuborilgan va tasdiqlangan elektron hisob-fakturalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Elektron kooperatsiya portaliga taqdim etish.

Doimiy ravishda

7-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

Budjet buyurtmachilari tomonidan shartnoma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi axborotni DMBAT olgandan so‘ng ushbu ma’lumotlarni ma’lumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali Elektron kooperatsiya portaliga yuborish.

Doimiy ravishda, bir bank ish kuni mobaynida

8-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi

Elektron kooperatsiya portalini takomillashtirish hamda statistika, bojxona, sertifikatlashtirish, soliq, moliya organlari ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalash.

Doimiy ravishda

a) 1-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligining elektron kooperatsiya portali” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli tranformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchilari” so‘zlari “ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchilari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
v) 6-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi elektron kooperatsiya portaliga” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portaliga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi” so‘zlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli tranformatsiya markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Elektron kooperatsiya portali markazi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli tranformatsiya markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi