Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Hujjatlarni ishlab chiqish

3-bob. Ekspertiza o‘tkazish

4-bob. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritish tartibi

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash SXEMASI

2-ILOVA

3-ILOVA
Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish variantlari SXEMASI

4-ILOVA
Loyiha uchun texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning (TIA/TIHK) namunaviy tuzilishi

5-ILOVA

6-ILOVA
Loyiha TIA/TIHK asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari

2-ILOVA
Davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tender hujjatlari va texnik topshiriqning ekspertiza predmeti

3-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

4-bob. Tender hujjatlari va texnik topshiriqning tarkibiga asosiy talablar

5-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lov

6-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish muddatlari

7-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ijobiy xulosa berishni rad etish

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish SXEMASI

2-ILOVA
Texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan o‘tkazish SXEMASI

3-ILOVA

4-ILOVA

3-ILOVA
Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Markazda ekspertizadan o‘tkazilishi va ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shartnomalar, import kontraktlari va qo‘shimcha kelishuvlar loyihalari

3-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

4-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va qo‘shimcha kelishuvlar loyihalariga qo‘yiladigan talablar

5-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish tartibi va muddati

6-bob. Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olishni rad etish

7-bob. Xulosaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, tiklash, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish

8-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha berilgan xulosalar reyestri

9-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA

2-ILOVA
Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish SXEMASI

4-ILOVA
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi bo‘yicha YO‘RIQNOMA

I. Loyihalarning TIA/TIHKni kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatini aniqlash tartibi

II. Loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatini aniqlashga doir misollar

III. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari, texnik topshiriqlar, kontraktlar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmatining qiymatini aniqlash tartibi

IV. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga doir tender hujjatlari yoki texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmatining qiymatini aniqlashga doir misollar

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 26.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5263-son qaroriga muvofiq, shuningdek, investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalar ekspertizasini o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
g) moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va/yoki qayta ishlashni ko‘zda tutuvchi loyihalar (oltin izlovchilar usulida qazib olishdan tashqari, hamda ushbu Nizomning 3-bandi “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan loyihalar bundan mustasno). Bunda xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari qabul qilingan texnik-texnologik va arxitektura-qurilish yechimlar hamda loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va moliyalashtirish manbalarining mavjudligi yuzasidan ekspertiza qilinadi;
4. Ushbu Nizomning 2 va 3-bandlarida belgilangan talablardan qat’i nazar, loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) investitsiyaviy va infratuzilma loyihalari bo‘yicha hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ga kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun ixtiyoriy ravishda va shartnoma asosida kiritishi mumkin.
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq birlamchi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda, loyihaning TIA/TIHK;
mazkur Nizomning 2-ilovasi talablariga muvofiqligi;
mazkur Nizomning 4-ilovasi va tasdiqlangan texnik topshiriq talablariga muvofiqligi;
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, normativ hujjatlar talablariga va qurilish qiymatining yuzaga kelgan bozor konyunkturasiga muvofiqligi jihatidan ekspertiza qilinadi.
loyihaning xususiyati va amalga oshirish sohasidan kelib chiqqan holda, loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish davomida ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan talablarga aniqlik kiritish maqsadida loyiha doirasida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda (bajarishda, ko‘rsatishda) qo‘llaniladigan me’yorlar, talablar va standartlarni tashabbuskor (buyurtmachi)dan so‘rab olish.
20. E’tirozlar yuzaga kelgan taqdirda tashabbuskor (buyurtmachi) ularni bartaraf etadi va mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq qayta ishlangan hujjatlarni takroriy ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etadi.
Ushbu Nizom 24-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddatda taqdim etilgan qayta ishlangan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi.
b) loyihaning TIA/TIHK bo‘yicha — ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda loyihaning TIA/TIHK asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlashga doir qaror loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi.
Agar loyihaning avval tasdiqlangan TIA/TIHK bo‘yicha Markaz xulosasi berilgan bo‘lsa, loyihaning tuzatilgan TIA/TIHKni ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov undirilmaydi, ushbu Nizomning 25-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. Ushbu holatda ekspertiza uchun to‘lov loyihaoldi hujjatlarni kompleks ekspertizasi uchun o‘rnatilgan to‘lov miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi.

Bosqichlar

T/r

Tadbirlar

Muddatlar

Mas’ul ijrochilar

1-bosqich.

Texnik topshiriq ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish

1.

Texnik topshiriq ishlab chiqish, uni TITK bilan kelishish va Markazga kiritish

Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari), TITK

2.

Texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish hamda ijobiy xulosa yoki e’tirozlar berish

Ko‘pi bilan 15 ish kuni

Markaz

3.

Keltirilgan e’tirozlarni bartaraf etish va texnik topshiriqni Markazga takroran kiritish

Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari), TITK

4.

Tuzatilib, kiritilgan texnik topshiriqni ko‘rib chiqish va xulosa berish

Ko‘pi bilan 10 ish kuni

Markaz

2-bosqich.

Loyihaning TIA(TIHK)ni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish

5.

Loyihani amalga oshirishni moliyalashtirishning dastlabki shartlari va manbalarini hisobga olgan holda tasdiqlangan texnik topshiriq asosida TIA/TIHK ishlab chiqish va TITK xulosasini olish.

Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari)

6.

TIA/TIHKni ekspertizadan o‘tkazish hamda ijobiy xulosa yoki e’tirozlar berish

Ko‘pi bilan 30 ish kuni

Markaz

7.

Keltirilgan e’tirozlarni bartaraf etish, TITK bilan kelishish va loyiha TIA/TIHKni Markazga takroran kiritish

Ko‘pi bilan 180 kalendar kuni

Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari), loyihalashtirish tashkiloti, TITK

8.

Qayta ishlangan TIA/TIHKni ekspertizadan o‘tkazish va xulosa berish

Hujjatlar paketi to‘liq taqdim qilingandan keyin ko‘pi bilan 15 ish kuni

Markaz

9.

Markazning ijobiy xulosasi asosida loyiha TIA/TIHK parametrlarini tasdiqlash bo‘yicha tegishli qaror loyihasini tayyorlash

Belgilangan muddatlarga muvofiq

Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari)

10.

Ishchi hujjatlar hamda tender (tanlov) va boshqa hujjatlarni tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish

Tashabbuskorlar (buyurtmachilar), mas’ul organlar

LOYIHASI UChUN TIA/TIHK IShLAB ChIQIShGA
TEXNIK TOPShIRIQ

T/r

Asosiy ma’lumotlar va talablar ro‘yxati

Asosiy ma’lumotlar va talablar mazmuni

1.

Loyiha TIA/TIHKni ishlab chiqish uchun asos.

Hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan hujjat/hujjatlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlari, bayonnomalar, shartnomalar, bitimlar va boshqalar) nomi ko‘rsatiladi.

2.

Tashabbuskor (buyurtmachi)ning nomi.

Loyiha tashabbuskori (buyurtmachisi)ning to‘liq nomi va rekvizitlari ko‘rsatiladi.

3.

Loyiha tashkilotining nomlanishi.

Muayyan tashkilotni belgilash bo‘yicha yo‘riqnoma hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu bandda loyiha tashkilotining to‘liq nomi (yo‘riqnoma hujjati ko‘rsatilgan holda) keltiriladi.

Tegishli yo‘riqnoma hujjati mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu bandga “tanlov asosida aniqlanadi deb yoziladi.

4.

Loyihaning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati.

Loyihaning yo‘riqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosidagi taxminiy qiymati ko‘rsatiladi. Shuningdek, xarid qilinayotgan uskunalarning maqbul variantini tanlash, investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar va loyihaning boshqa xarajatlari bo‘yicha tahlillar asosida chegaralangan eng ko‘p qiymatni aniqlash to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi.

5.

Qurilish turi.

Qurilish turi ko‘rsatiladi (yangi qurilish, rekonstruksiya, mode�nizatsiya, kengaytirish, kapital ta’mirlash).

6.

Navbatlar, ishga tushirish majmualari, qurilish bosqichlarini ajratib ko‘rsatish. Bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish va qurish.

Navbatlar, ishga tushirish majmualari, qurilish bosqichlarini ajratib ko‘rsatish to‘g‘risidagi talablar ko‘rsatiladi. Bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish va qurilish amalga oshirilganda uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror sanasi va ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatiladi.

7.

Korxona tarkibi.

Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda korxonaning tarkibi: asosiy va yordamchi bino va inshootlarning dastlabki ro‘yxati, ularga qo‘yiladigan texnik-texnologik talablar, asosiy ko‘rsatkichlari ko‘rsatiladi.

8.

Ishlab chiqarish kooperatsiyasi va korxona infratuzilmasi.

Korxonaning sherik korxonalar bilan hamkorlikdagi faol�yati, shuningdek, uning infratuzilmasi tarkibi ko‘rsatiladi.

9.

Ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) mahsulotlar (xizmatlar) nomenklaturasi.

Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar) nomenklaturasi ko‘rsatiladi.

10.

Korxonaning ishlash tartibi.

Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda obyektning yil davomidagi ish bilan ta’minlanganlik darajasi, ish smenalari ko‘rsatiladi.

11.

Loyihaning ko‘lami va quvvati.

Yo‘riqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosida loyihaning ko‘lami va quvvati ko‘rsatiladi. Shuningdek, marketing tadqiqotlari asosida loyiha quvvatini aniqlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.

12.

Loyiha amalga oshiriladigan joy.

Loyihani amalga oshirish joyi to‘g‘risidagi aniq ma’lumot ko‘rsatiladi.

13.

Loyihaning maqsadi va vazifalari.

Loyihaning maqsadi va vazifalari aniq, shu jumladan miqdoriy ko‘rsatkichlarda bayon qilinadi.

14.

Loyihani amalga oshirish davri.

Yo‘riqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosida loyihani amalga oshirish mo‘ljallanayotgan davr to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatiladi.

15.

Moliyalashtirish manbalari.

Ko‘zda tutilayotgan moliyalashtirish manbalari (tashabbuskorning o‘z mablag‘lari, budjet mablag‘lari, bank kreditlari va boshqalar) ko‘rsatiladi.

16.

Qurilishning alohida shart-sharoitlari.

Qurilish maydoni (trassasi)ning xususiyatlari (seysmologik bardoshliligi, tuproq turi, suv va tuproq balandligi va boshqalar) ko‘rsatiladi.

17.

Loyihani amalga oshirish variantlari.

Loyihaning har bir bo‘limida loyiha maqsadlariga erishishning kamida ikkita mumkin bo‘lgan variantlari bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazish vazifasini qo‘ygan holda, ushbu maqsadlarga erishish yo‘llari (texnologik, moliyalashtirish sxemalari bo‘yicha, ishlar xususiyatlari bo‘yicha va boshqalar) ko‘rsatiladi.

18.

Loyihani moliyaviy asoslantirishga qo‘yiladigan talablar.

Moliyaviy asoslantirish asosli ishlab chiqarish xarajatlari va savdo tushumidan kelib chiqqan holda bajarilishi lozim. Bunda, Soliq kodeksi va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq soliqqa tortishning amaldagi barcha stavkalariga tayanish zarur. Shuningdek, asoslantirilgan moliyaviy hujjatlarni taqdim etgan holda, korxona moliyaviy ahvolining to‘liq tahlili hamda barcha birlamchi moliyaviy ma’lumotlarning dalillari kiritilishi, qabul qilingan standartlarga muvofiq keluvchi hisoblash metodikasini qo‘llash talab etiladi.

19.

Loyihani iqtisodiy asoslantirishga qo‘yiladigan talablar.

Iqtisodiy asoslantirish loyihaning iqtisodiy samaradorligini, xususan, tarmoq, hudud va umuman, milliy iqtisodiyot uchun iqtisodiy foydani aniq aks ettirishni inobatga olgan holda bajariladi. Shuningdek, loyihaning tarmoqqa ta’siri, uning iqtisodiyot uchun ijobiy samarasini asoslantirish, ehtimoliy iqtisodiy xavf-xatarlar, ularning darajalari va bu xavf-xatarlarni kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

20.

Loyihaviy yechimlar uchun qo‘yiladigan asosiy talablar.

Loyihalashtirish obyektiga qarab, loyihaning shaharsozlik, arxitektura-rejalashtirish, konstruktiv, texnologik va boshqa yechimlariga qo‘yi�adigan talablar ko‘rsatiladi. Shuningdek, loyiha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda texnologik va muhandislik uskunalar, atrof- muhitni muhofaza qilish, sanitar-epidemiologik vaziyat va boshqalarga qo‘yiladigan talablar ham ko‘rsatiladi.

21.

Izlanish ishlarini olib borish.

Loyiha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, muhandislik tadqiqotlari (muhandislik geologiyasi, gidrogeologiya, topografik s’yomkalar va boshqalar) o‘tkazish zarurati ko‘rsatiladi.

22.

Obodonlashtirish va rekultivatsiya bo‘yicha talablar.

Hududni obodonlashtirish, ko‘chatlar o‘tqazish, ichki yo‘llar, piyodalar yo‘lkalari, avtomobil to‘xtash joylari va boshqalarni qurish, shuningdek, yerlarni chopiq qilish bo‘yicha talablar keltiriladi.

23.

Loyihalashtirishning alohida shartlari.

Amalga oshirilayotgan loyihaning xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqib, loyihalash tashkilotiga qo‘yiladigan talablar aks ettirilishi lozim.

24.

Loyihalashtirishga qo‘yiladigan talablar.

Loyiha TIA/TIHK Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.

25.

Narxni shakllantirish bo‘yicha talablar.

Loyihaning ko‘rib chiqilayotgan variantlari chegaralangan qiymatini hisoblash (yaxlitlangan normativlar, shu kabi obyektlar bo‘yicha narx ko‘rsatkichlari va boshqalardan foydalanish) bo‘yicha talablar ko‘rsatiladi.

26.

Loyiha TIAni ishlab chiqish muddatlari.

Loyihalashtirish xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab loyihani ishlab chiqishning �niq muddatlari (oy) ko‘rsatiladi.

27.

Ish natijalarini taqdim qilish bo‘yicha talablar.

Loyihaning ishlab chiqilgan TIA/TIHKni ___ nusxada chop etilgan shaklda va 1 nusxa tahrir qilinadigan elektron shaklda tashabbuskorga taqdim qilish lozim. Ma’lumotlar hajmiga qarab loyiha bo‘limlari bir kitobga birlashtirilishi yoki alohida kitoblar shaklida tayyorlanishi mumkin.

28.

Birlamchi hujjatlar ro‘yxati.

Loyiha TIA/TIHKni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan, ishlab chiquvchining talabi bilan tashabbuskor tomonidan mazkur texnik topshiriqqa ilova ko‘rinishida beriladigan barcha birlamchi hujjatlar.

ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi va xulosani QR kod bilan tasdiqlagan holda davlat buyurtmachisiga (ariza beruvchi)ga taqdim etadi.
mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 20 kalendar kun ichida texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazadi, xulosani QR kod bilan tasdiqlagan holda davlat buyurtmachisiga (ariza beruvchi)ga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga

20___ yil _______________ __________-son

ARIZA

______________________________ loyihasi doirasida ______________________________

tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tenderi bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz.

Bozor konyunkturasini o‘rganish natijalariga ko‘ra xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning,

xizmatlarning) boshlang‘ich narxi (QQS bilan/QQSsiz) __________________________ni tashkil etadi.
Davlat xaridlari quyidagi ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning mahalliy ishlab chiqaruvchilari;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi barcha ishtirokchilar (mahalliy va xorijiy).
Davlat xaridini moliyalashtirish manbas� (quyida sanab o‘tilganlardan biri ko‘rsatiladi):
o‘z mablag‘larimiz;
budjet mablag‘lari;
kreditlar (qarz mablag‘lari);
boshqa manbalar (ko‘rsatiladi) hisobidan.
Tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun oldindan to‘lovni kafolatlaymiz.
Arizachining/buyurtmachining pochta manzili (joylashuvi): _______________________________
Arizachining / buyurtmachining bank rekvizitlari:
________________________________ (MFO, STIR, hisobraqam, bank nomi)
Arizachi/buyurtmachi bilan bog‘lanish raqamlari (ijrochi ko‘rsatilsin)
______________________________________________________________________.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda (ushbu Nizom talablariga muvofiq)
_____________________
_____________________
Arizachining mansabdor shaxsi_______________

F.I.Sh.

imzo yoki QR kod

M. O‘.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga

20___ yil _______________ __________-son

ARIZA

____________________________________________________ loyihasi doirasida

______________________________ tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi bo‘yicha texnik topshiriqni ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz. (agar texnik topshiriq ixtiyoriy va shartnoma asosida kiritilayotgan bo‘lsa, bu haqda arizada ko‘rsatiladi)

Bozor konyunkturasini o‘rganish natijalariga ko‘ra xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning,
xizmatlarning) boshlang‘ich narxi (QQS bilan/QQSsiz) __________________________ni tashkil etadi.
Davlat xaridlari quyidagi ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning mahalliy ishlab chiqaruvchilari;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi barcha ishtirokchilar (mahalliy va xorijiy).
Davlat xaridini moliyalashtirish manbasi (quyida sanab o‘tilganlardan biri ko‘rsatiladi):
o‘z mablag‘larimiz;
budjet mablag‘lari;
kreditlar (qarz mablag‘lari);
boshqa manbalar (ko‘rsatiladi) hisobidan.
Texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish uchun oldindan to‘lovni kafolatlaymiz.
Arizachi/buyurtmachi bilan bog‘lanish raqamlari (ijrochi ko‘rsatilsin):
____________________________________________________________________________.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda (ushbu Nizom talablariga muvofiq
___________________
___________________
Arizachining mansabdor shaxsi_______________F.I.Sh.

imzo yoki QR kod

M. O‘.
buyurtmachilar — ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hollarda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga murojaat qiluvchi shaxslar;
6. Mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilmagan davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlari qiymati bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan oshgan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini Markazga kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida kiritishlari mumkin.
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
mazkur Nizomning 4-bobidagi talablarga muvofiq ishlab chiqilgan shartnoma, import kontrakti loyihasining nusxasi (ro‘yxatga olish uchun — har bir beti buyurtmachining vakolatli shaxsi tomonidan muhr va imzo qo‘yib tasdiqlangan shartnoma, import kontraktining asl nusxasi);
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
mazkur Nizomning 4-bobidagi talablarga muvofiq ishlab chiqilgan qo‘shimcha kelishuv loyihasining nusxasi (ro‘yxatga olish uchun — har bir beti buyurtmachining vakolatli shaxsi tomonidan muhr va imzo qo‘yib tasdiqlangan qo‘shimcha kelishuvning asl nusxasi);
Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng besh ish kuni ichida shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv Markaz tomonidan ro‘yxatga olinadi va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa hujjatlarning asl nusxalari bilan beriladi. Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv asl nusxasining har bir varag‘ida Markazning shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuvlarni ro‘yxatga olish bo‘linmasi shtampi qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga

20____ yil “____”_________________-son

ARIZA

Sizdan______________________________________ (tashkilotning to‘liq nomi, mamlakati) bilan _____________________________________ (tashkilotning to‘liq nomi, mamlakati) o‘rtasida _________________________________________________________ (tovar, ishlar, xizmatlar nomlanishi) yetkazib berish bo‘yicha tuziladigan shartnoma/import kontrakti/qo‘shimcha kelishuv loyihasi bo‘yicha xulosa berishingizni so‘raymiz.

Ushbu shartnoma/import kontrakti/qo‘shimcha kelishuv __________________(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va/yoki Hukumati qarori hamda uning tegishli bandi ko‘rsatiladi) asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilmoqda.

Shartnoma/import kontrakti/qo‘shimcha kelishuv loyihasining umumiy qiymati __________________.

Shartnoma/import kontraktiga qo‘shimcha kelishuv loyihasi asosida kiritilayotgan o‘zgartirishlar _______________________________. (qo‘shimcha kelishuv kiritilayotgan holatlarda)

Shartnoma/import kontrakti/qo‘shimcha kelishuv loyihasi bo‘yicha moliyalashtirish manbalari (quyidagilardan biri ko‘rsatiladi):

o‘z mablag‘lari;

budjet mablag‘lari;

kreditlar (qarzlar);

boshqa manbalar (ko‘rsatib o‘tiladi).

Shartnoma/import kontrakti/qo‘shimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lovni amalga oshirishga kafolat beramiz.

Arizachining pochta manzili

(joylashgan joyi) ____________________________________________________;

Arizachining bank rekvizitlari _________________________________________ ____;

Arizachi bilan bog‘lanish uchun aloqa raqamlari __________________________;

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (nizom talablariga muvofiq): __________

Arizachi

________________

F.I.Sh.

________________

M. O‘.

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari

1-bosqich

Buyurtmachi

Hujjatlar to‘plamini tayyorlash va Markazga yuborish.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Markaz

Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligini o‘rganish hamda “Yangi so‘rovnoma” holatini “To‘lov kutilmoqda” yoki “Ko‘rib chiqilmoqda” yoxud “Rad etish” holatlariga o‘zgartirish.

5 (besh) ish kuni ichida

3-bosqich

Buyurtmachi

Ko‘rsatiladigan ekspertiza xizmatlari uchun qonunchilikka muvofiq to‘lovni amalga oshirish.

5 (besh) ish kuni ichida

4-bosqich

Markaz

“Ko‘rib chiqilmoqda” holatidagi so‘rovnomalar asosida shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish.

20 (yigirma) ish kuni ichida

AGAR E’TIROZLAR BO‘LSA

Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarining kompleks ekspertizasi yakunlariga ko‘ra

AGAR E’TIROZLAR BO‘LMASA

5-bosqich

Markaz

Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalari bo‘yicha e’tirozlar yo‘qligi to‘g‘risidagi xatni buyurtmachiga yuborish.

-

6-bosqich

Buyurtmachi

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuvni o‘rnatilgan tartibda tomonlar imzosi qo‘yilgan va rasmiylashtirilgan holda asl nusxasini va ularning avval Markazda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalari nusxalarini kuzatuv xati bilan Markazga kiritadi.

Markazning e’tirozlar yo‘qligi haqidagi xatini olgandan so‘ng bir oy muddat ichida

7-bosqich

Markaz

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv Markaz tomonidan ro‘yxatga olinadi va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa hujjatlarning asl nusxalari bilan beriladi.

5 (besh) ish kuni ichida

8-bosqich

Markaz

Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalari bo‘yicha e’tirozlar ko‘rsatilgan xulosani buyurtmachiga qayta ishlash uchun yuborish.

-

9-bosqich

Buyurtmachi

E’tirozlarni hisobga olgan holda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini qayta ishlab chiqish va uni takroran ko‘rib chiqish uchu� yuborish.

6 (olti) oy ichida*

10-bosqich

Markaz

1. Bildirilgan e’tirozlar va kamchiliklarni bartaraf etilgani nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish.

2. E’tirozlar va kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalari bo‘yicha e’tirozlar yo‘qligi to‘g‘risidagi xatni buyurtmachiga yuborish.

5 (besh) ish kuni ichida

11-bosqich

Buyurtmachi

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuvni o‘rnatilgan tartibda tomonlar imzosi qo‘�ilgan va rasmiylashtirilgan holda asl nusxasini va ularning avval Markazda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalari nusxalarini kuzatuv xati bilan Markazga kiritadi.

Markazning e’tirozlar yo‘qligi haqidagi xatini olgandan so‘ng bir oy muddat ichida

12-bosqich

Markaz

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv Markaz tomonidan ro‘yxatga olinadi va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa hujjatlarning asl nusxalari bilan beriladi.

5 (besh) ish kuni ichida


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi