Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Resurs mablag‘laridan foydalanish tartibi

3-bob. Tijorat banklari tomonidan resursni qaytarish tartibi

4-bob. Kredit monitoringini amalga oshirish

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tijorat banklariga resurslarni joylashtirish SXEMASI

2-ILOVA
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. DXSh asosidagi MTTga subsidiyalarni hisoblash va to‘lash tartibi

3-bob. Oilaviy MTTga subsidiyalarni hisoblash va to‘lash tartibi

4-bob. DXSh asosidagi MTTga kompensatsiyalarni hisoblash va to‘lash tartibi

5-bob. DXSh asosidagi va boshqa nodavlat MTTga subsidiyalar hamda kompensatsiyalarni hisoblash va to‘lash shartlari

6-bob. NMTTBATdan foydalanish tartibi

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar va kompensatsiyalarni ajratish va to‘lash SXEMASI

2-ILOVA
20___ yil __________ oyi uchun “__________” DXSh asosidagi MTTda ta’lim olayotgan har bir bola uchun subsidiya olishga BUYuRTMANOMA

3-ILOVA
20___ yil __________ oyi uchun “_______________” DXSh asosidagi MTTga ish haqi xarajatlari uchun subsidiyani olishga BUYuRTMANOMA

4-ILOVA
___________________ DXSh asosidagi MTT va xususiy MTTga ajratiladigan kompensatsiyalar uchun BUYuRTMANOMA

5-ILOVA
20___ yil __________ oyi uchun “__________” oilaviy MTTda ta’lim olayotgan har bir bola uchun subsidiya olishga BUYuRTMANOMA

6-ILOVA
20___ yil __________ oyi uchun “_____________” oilaviy MTTga ish haqi bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarni olish uchun BUYuRTMANOMA

7-ILOVA
20___ yil _______ oyi uchun “__________” oilaviy MTTga yumshoq jihozlar va dori vositalari xarajatlari bo‘yicha subsidiyalarni olish uchun BUYuRTMANOMA

3-ILOVA
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqsadi va vazifalari

3-bob. Oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish

4-bob. Oilaviy MTTga bolalarni qabul qilish

5-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari

6-bob. Oilaviy MTTni boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish

7-bob. Oilaviy MTTlarni moddiy-texnik ta’minlash va moliyalashtirish

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish SXEMASI

4-ILOVA
Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining ish haqi xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Subsidiyani hisoblash va to‘lash tartibi

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
Idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish va to‘lash SXEMASI

5-ILOVA
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi o‘rtasida o‘zaro almashiladigan ma’lumotlar RO‘YXATI

6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 30.04.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son, “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmonlari hamda “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 14-iyuldagi PQ-322-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 24-fevraldagi 129-son qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Bunda 5-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralar rahbarlariga elektron ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo platformasiga integratsiyalashuvini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Subsidiyalar va kompensatsiyalarni to‘lash bo‘yicha buyurtmanomalar mazkur Nizomga 2 — 7-ilovalarga muvofiq Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — NMTTBAT) orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomning 12-bobida nazarda tutilgan xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTTga (keyingi o‘rinlarda — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTT) direktor, metodist, tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa xodimlarining ish haqini to‘lash uchun — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlarida;
Bunda mazkur subsidiya ushbu Nizomning 6-bandi “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshidagi subsidiyaga qo‘shimcha ravishda NMTTBATdagi bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida mazkur jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi organlar tomonidan to‘lanadi.
SBF — mazkur Nizomning 6-bandi “a” kichik bandida belgilangan hududlar bo‘yicha subsidiyaning belgilangan foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
32. Subsidiyalarning oylik summalari ushbu Nizomning 31-bandida belgilangan ish soatlari mobaynida NMTTBATda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati asosida hisoblanadi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ta’lim tashkiloti

1. “Bolalar bog‘chasi” ATda tarbiyalanuvchilar ro‘yxatini belgilangan tartibda shakllantiradi.

2. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga (NMTTBAT) tashkilot va uning xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi.

3. Jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomatini belgilangan tartibda yuritadi.

Bolaning qonuniy vakili yokixodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan kundan keyingi ish kunidan boshlab

2-bosqich

Maktabgacha ta’lim vazirligi

1. Hisobot oyi davomida MTTga haqiqatda qatnagan xodimlar va tarbiyalanuvchilar ro‘yxatini avtomatik tarzda shakllantiradi.

2. MTTga haqiqatda qatnagan xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati hamda kommunal to‘lovlar bo‘yicha elektron shaklda ma’lumotlarni yig‘adi, to‘lanadigan subsidiya va kompensatsiya miqdorlarini hisoblaydi.

Hisobot oyidan keyingi oyning 7-kunigacha

3-bosqich

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Subsidiya va kompensatsiya turiga qarab elektron shaklda buyurtmanomalarni shakllantiradi va Moliya vazirligining tegishli axborot tizimlariga yuboradi.

Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha

4-bosqich

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratish bo‘yicha NMTTBATda shakllantirilgan talabnomalar asosida zarur mablag‘larni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlarida ochilgan alohida hisobvaraqlariga qayta taqsimlaydi.

Ikki ish kunida

5-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari

Taqdim etilgan reyestr asosida tegishli DXSh asosidagi va nodavlat MTTning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga subsidiyalar va kompensatsiyalarni belgilangan tartibda o‘tkazib beradi.

Ikki ish kunida

2. Oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Oilaviy MTT o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
14. Ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan miqdordagi bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar NMTTBATga kiritilganidan so‘ng oilaviy MTTga tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi shtat birliklari ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

Zaruratdan kelib chiqib

2-bosqich

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi

1. Yakka tartibdagi tadbirkorga arizada ko‘rsatilgan elektron pochta yoki mobil telefon raqamiga, arizaning ID-raqami va ariza qabul qilingan sana va vaqti ko‘rsatilgan holda ma’lumot jo‘natiladi;

2. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organiga elektron so‘rovlar jo‘natiladi.

Ariza tushgan kunning o‘zida

3-bosqich

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organi oilaviy MTTni joylashtirish uchun tanlangan manzilda faoliyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqidagi xulosalarni elektron shaklda Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.

Uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organi xulosalari olinganidan so‘ng ariza Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.

Bir ish kunida

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Maktabgacha ta’lim vazirligi rejalashtirilayotgan hududda 3 — 7 yoshdagi bolalar soni, o‘sha hududda mavjud davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, qamralgan va qamralmagan bolalar soni bo‘yicha ma’lumotlardan kelib chiqib oilaviy MTTga subsidiyalar ajratish uchun tegishli moliya yilida Davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hajmini hisobga olgan holda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.

10 ish kunida

6-bosqich

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha ijobiy xulosa Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga kiritilgandan so‘ng avtomatik ravishda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim shakllantiriladi va imzolash uchun xususiy sherikka elektron xabar jo‘natadi.

1 ish kunida

7-bosqich

NMTTBAT

Xususiy sherik Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi orqali taqdim etilgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga elektron imzo qo‘yganidan so‘ng ushbu bitim elektron imzo qo‘yish uchun Davlat sherigiga avtomatik tarzda yuboriladi.

Xususiy sherik tomonidan imzolangan kunda

3. Idoraviy MTT tarbiyachilari ish haqini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lash mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — NMTTBAT) orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Idoraviy MTT

1. “Bolalar bo�chasi” ATda tarbiyalanuvchilar ro‘yxatini belgilangan tartibda shakllantiradi.

2. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga (NMTTBAT) tashkilot va uning xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi.

3. Jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomatini belgilangan tartibda yuritadi.

Bolaning qonuniy vakili yoki xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan kundan keyingi ish kunidan boshlab

2-bosqich

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi

1. Hisobot oyi davomida MTTga haqiqatda qatnagan xodimlar va tarbiyalanuvchilar ro‘yxatini avtomatik tarzda shakllantiradi.

2. MTTga haqiqatda qatnagan xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati bo‘yicha elektron shaklda ma’lumotlarni yig‘adi, to‘lanadigan subsidiya miqdorlarini hisoblaydi.

Hisobot oyidan keyingi oyning 7-kunigacha

3-bosqich

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi

Subsidiya uchun elektron shaklda buyurtmanomalarni shakllantirib, Moliya vazirligining tegishli axborot tizimlariga yuboradi.

Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha

4-bosqich

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish bo‘yicha NMTTBATda shakllantirilgan talabnomalar asosida zarur mablag‘larni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlarida ochilgan alohida g‘azna hisobvaraqlariga qayta taqsimlash.

Ikki ish kunida

5-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari

Taqdim etilgan reyestr asosida tegishli idoraviy MTTning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga subsidiyalarni belgilangan tartibda o‘tkazib beradi.

Ikki ish kunida

T/r

Ma’lumot va hujjatlar nomi

Ma’lumot va hujjatlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar

1.

Shaxsga doir ma’lumotlar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

2.

Tug‘ilish, o‘lim, nikohni qayd etish va nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Adliya vazirligi

3.

Davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda — DXSh) asosidagi tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma ma’lumotlari

4.

DXSh asosidagi tashkilotlarga oid litsenziya va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlar

5.

DXSh asosidagi tashkilotlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlaganligi yoki to‘xtatganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Davlat soliq qo‘mitasi

6.

DXSh asosidagi tashkilotlar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga olishga oid ma’lumotlar

7.

DXSh asosidagi tashkilotlar tomonidan foydalanadigan ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

8.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Moliya vazirligi

9.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

10.

Kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

11.

Boquvchisini yo‘qotgan ayollar va ularning farzandlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

12.

Oliy yoki professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga berilgan diplom to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

13.

Jismoniy shaxslarning bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

14.

Xodimlarning malaka toifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

15.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lar bo‘yicha 7 yoshgacha va 7 yoshdagi bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Davlat statistika qo‘mitasi

16.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti tashkilotlarining axborot tizimlaridagi har oylik ma’lumotlar

“Hududgazta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

18.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

19.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

20.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Yoshlar ishlari agentligi

a) uchinchi xatboshidagi “moddiy rag‘batlantirishga” so‘zlari “moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
ikkinchi xatboshidagi “berilsin.” so‘zi “beriladi;” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5-ilova (Reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi nizom)da:
47-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
72-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 246-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2024-y., 09/24/246/0313-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi